JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
145
145
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA KREATIV
VA INNOVAVATSION FIKRLASHNING TA’LIM
JARAYONIDAGI AHAMIYATI
Niyozova Shaxnoza Farxod qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Boshlang`ich ta’lim yo`nalishi talabasi.
Iqtidorli talabalar o`rtasida o`tkazilgan
“Rektor stipendiyasi” sohibasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimida
kreativ va innovatsion fikrlashning o`rni va ahamiyati yoritilgan. Maqolada zamonaviy
texnalogiyalar – suniy intellekt, raqamli platformalar, onlayn ta’lim vositalari – orqali
o`quvchilarning mustaqil, ijodiy va yangilikka intiluvchi shaxs sifatida shakllanishi
tahlil qilingan. Shuningdek , kreativ fikrlashni rivojlantirishda muhim metodlar,
xususan STEAM yondashuvi, dizayn fikrlash va loyiha asosida o`qitishning
samaradorligi ko`rsatib o`tilgan. Muallif O`zbekiston ta’lim tizimida olib borilayotgan
islohatlar va innovatsion yondashuvlarning yosh avlod raqobatbardoshligini
oshirishdagi rolini ham tahlil qiladi. Maqola ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan
pedagoglar, innovatsion metodlarni o`rganuvchilar va ilmiy izlanuvchilar uchun
foydali manba bo`lib xizmat qiladi.
Kalit so`zi:
Raqamli transformatsiya, kreativ fikrlash, innovatsion fikrlash, talim
jarayoni, o`quvchi faolligi, STEAM yondashuvi, dizayn fikrlash, sun’iy intellekt,
raqamli texnalogiyalar, innovatsion ta’lim.
XXI asr - raqamli texnalogiyalar asri sifatida e’tirof etilmoqda. Bugungi kunda
jamiyat hayotining deyarli barcha sohalarida raqamli transformatsiya jarayonlari jadal
sur’atlarda kechmoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida yuz berayotgan o`zgarishlar nafaqat
o`quv-uslubiy yondashuvlarni, balki fikrlash tarzini ham tubdan yangilashni talab
etmoqda. Endilikda bilim olishning o`zi kifoya emas – zamonaviy o`quvchi mustaqil,
kreativ va innovatsion fikrlay oladigan, yangilikka intiluvchan shaxs bo`lishi zarur.
Raqamli texnalogiyalar—suniy intelekt onlayn platformalar, virtual va aralash
ta’lim tizimlari – o`quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, o`z fikrini ilgari surish
va muammolarga noodatiy yechim topish imkoniyatlarini yaratmoqda. Shu sababli
ham bugungi ta’lim jarayonida kreativ va innovatsion fikrlashni shakllantirish asosiy
vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.
Kreativ fikrlash – bu muammolarga noodatiy, ijodiy yondashish, mavjud bo`lgan
ma’lumotlardan yangi g`oyalar yaratish jarayonidir. Innovatsion fikrlash esa bu
g`oyalarni amaliyotga joriy etish, foydali mahsulot yoki xizmatga aylantirish
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
146
146
demakdir. Bugungi kunda ushbu ikki yondashuv ta’limda o`quvchilarning faolligini
oshirish, ularni real hayotga tayyorlashda muhim vosita sifatida qaralmoqda.
Raqamli transformatsiya ta’lim tizimida quyidagi o`zgarishlarga sabab
bo`lmoqda:
-
Raqamli platformalar (Zoom, Google Classroom, Microsoft Teams) orqali
masofaviy ta’lim kengaymoqda;
-
Sun’iy intellekt asosida ishlovchi dasturlar orqali shaxsiylashtirilgan ta’lim
imkoniyatlari yaratilmoqda;
-
Onlayn testlar, raqamli laboratoriyalar va simulyatorlar o`quvchilarni faol
ishtirokchi sifatida jalb etmoqda.
Onlayn ta’lim platformalari o`quvchilarga o`z vaqtida va istalgan joyda ta’lim
olish imkoniyatini yaratadi. O`quvchilar darslarni o`zlariga qulay bo`lgan vaqtda
ko`rishlari, savollarni berishlari va o`quv materiallarini mustaqil o`rganishlari
mumkin. Bunday platformalar o`quvchilarga individual yondashuvni amalga
oshirishda yordam beradi, chunki ular o`z o`rganish uslublariga mos tarzda
resuruslarga kirishadi.
Interaktiv darslar o`quvchilarning faol ishtirokini taminlaydi.
O`quvchilarga qiziqarli va samarali tarzda darslarni o`zlashtirish, amaliy
mashqlarni bajarish va o`z bilimlarini sinab ko`rish imkoniyatini yaratadi. Bu esa
o`quvchilarning o`zlarini erkin ifoda etishlariga o`rganish jarayonida yanada yuqori
natijalarga erishishlariga yordam beradi.
Ta’lim jarayonlarida tobora faol qo`llanilayotgan zamonaviy vositalardan biri
axborot texnalogiyalari sanaladi. Ularning texnik, texnalogik imkoniyatlari ta’lim
jarayonini qiziqarli, jonli, samarali tashkil etishda pedagoglar uchun nihoyatda qo’l
keladi. Bugungi kunda ta’limda radio eshittirish, teleko`rsatuvlar, filmlarni namoyish
qilish, imkoniyatlari mavjud. Ulardan foydalanish o`qitish jarayonini yaxshilaydi,
shaxsning kreativ sifatlari, kasbiy malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Innovatsiya iqtisodiy toifa sifatida yangiliklar yaratish va amalga oshirishning eng
umumiy xususiyatlari, belgilari, aloqalari va munosabatlarini aks ettiradi. Yangi g`oya
izlab topishning asosiy usullari qatoriga quydagilarni kiritish mumkin:
-
sinov va xatolar.
-
nazorat savollari usuli.
-
aqliy hujum.
-
sintetika.
-
yetti karra izlash strategiyasi.
-
ixtirochilik masalalarini hal qilish usuli.
Yangi ayniqsa ilmiy bilimlar eng ishonchli va oldindan aytish mumkin bo`lgan
manba hisoblanadi. Innovatsiya (ingilizcha. innavationas-kiritilgan yangilik, ixtiro)
degan ma’noni anglatib, uni qulayroq, samaraliroq yoki foydaliroq holda keltirish
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
147
147
hamda biror narsani yangiliklarda
yaratish hisoblanadi. Masalan: Telefonlar ilgari faqat qo`ng`iroq qilish uchun
ishlatilgan, hozirda esa ular internet, kamera va suniy intellekt bilan jihozlangan – bu
innovatsiya. Maktablarda darslar faqat doskada emas, endilikda interaktiv doska,
onlayn platformalar orqali o`tilmoqda –bu ham innovatsiya.
Ta’limda innovatsiya quydagilarni anglatadi:
-
Raqamli texnalogiyalarni dars jarayoniga joriy etish.
-
Kreativ metodlar bilan o`quvchini faol ishtirokchiga aylantirish.
-
Mustaqil fikr yuritish va muammoga yechim topishga o`rgatish.
Raqamli texnalogiyalar ta’lim tizimiga integratsiya qilinishi, individual
yondashuvni amalga oshirishga o`quvchilarning ehtiyojlariga mos ta’lim jarayonlarini
yaratishga va ta’lim samaradorligini oshirishga katta yordam beradi. Sun’iy intellekt,
malumotlar tahlili, onlayn ta’lim platformalari va innovatsion texnalogiyalar
yordamida ta’limni yanada samarali va qiziqarli qilish mumkin. Raqamli
texnalogiyalar orqali ta’lim jarayonini optimallashtirish va o’quvchilarning o`ziga xos
ehtiyojlarini inobatga olish, ta’limning sifatini va samaradorligini sezilarli darajada
oshiradi.
Ta’lim jarayonida kreativ va innovatsion fikrlashni rivojlantirish uchun quydagi
texnalogiyalar qo`llanilmoqda:
-
STEAM yondashuvi – fan, texnalogiya, muhandislik, san’at, va matematikani
integratsiyalash orqali muammolarni hal qilish ko`nikmasini rivojlantiradi.
-
Dizayn fikrlash – muammoni aniqlash, g`oya yaratish, sinovdan o`tkazish
bosqichlarini o`z ichiga olgan interaktiv metod.
-
Loyiha asosida o’qitish (Project-Based Learning)-real hayotiy topshiriqlar orqali
o`quvchilarning mustaqil ishlash, tanqidiy fikrlash va kreativ qaror qabul qilish
ko`nikmalarini oshiradi.
O`zbekistonda ta’lim tizimida ham raqamli islohotlar bosqichma-bosqich amalga
oshirilmoqda:
-
“Raqamli ta’lim” dasturi asosida maktablar kompyuter va internet bian
jihozlanmoqda;
-
“Bilimlar bellashuvi”, “IT maktablari”, “Digital School” kabi loyihalar orqali
yoshlarning texnalogik va ijodiy salohiyati ochilmoqda;
-
O`quvchilar uchun raqamli kompetensiyalar bo`yicha maxsus kurslar tashkil
etilmoqda.
Bu jarayonlar barchasi kreativ va innovatsion fikrga ega yangilik yaratishga
tayyor yoshlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Xulosa qilib shuni aytamizki, raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimi
tubdan o’zgarib bormoqda. Endilikda o`quvchi faqat bilim oluvchi emas, balki
mustaqil fikrlovchi, yechim topuvchi va yaratuvchi shaxs sifatida shakllanmoqda. Bu
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
148
148
esa kreativ va innovatsion fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishni taqozo etadi. O`quv
jarayonida zamonaviy texnalogiyalarni joriy etish, loyihaviy yondashuvlar, interaktiv
metodlar orqali yoshlarning ijodiy salohiyati ochiladi, muammolarga yechim topishga
yo`naltirilgan. Shunday ekan, o`qituvchilar va ta’lim tashkilotlari innovatsion
yondashuvni doimiy ravishda amaliyotga joriy etishi – zamon talabi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati:
1.
Xolmurodov Sh. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. Toshkent 2021.
2.
Alimova D. Raqamli ta’lim texnalogiyalari:konsepsiya va amaliyot. Ta’lim va
Innovatsiyalar Jurnali. Toshkent 2023.
3.
G`ulomov I; Rahimova S. (Onlayn ta’lim platformalari va o`quvchilarning
individual ehtiyojlari. Ta’lim metodologiyasi 2020.
4.
K.B.Ergashev. Kreativ pedagogika (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti). Toshkent 2023
5.
Ismoilova G.X (Talimda kreativ fikrlashni rivojlantirish metodikasi. Toshkent
2022
6.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo`ljallangan
Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to`g`risida”gi Farmoni. 2022-yil.
7.
O`zbekiston Respublikasi “Talim to`g`risida”gi Qonun (yangi tahriri). 2020-yil.