JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
90
90
YARALARNING BITISHI: GISTOLOGIK BOSQICHLAR
VA ULARNING KLINIK AHAMIYATI
Gʻofforov Dilshodbek
Alfraganus Universiteti Tibbiyot fakulteti
Davolash ishi yo‘nalishi talabasi
Bekmirzayeva Gulira'no Akbarali qizi
Alfraganus Universiteti tibbiyota fakulteti
Davolash ishi yo‘nalishi talabasi
guliranobekmirzayeva231@gmail.com
Anotatsiya:
Gistogenez — bu embrional rivojlanish davomida kam
ixtisoslashgan yoki totipotent hujayralarning ma’lum tuzilma va funksiyaga ega
bo‘lgan to‘qimalarga aylanish jarayonidir. Bu biologik jarayon organizmning to‘g‘ri
shakllanishi va funksional tizimlarning rivojlanishi uchun muhim hisoblanadi.
Gistogenez jarayoni hujayra bo‘linishi, migratsiyasi, differensiasiyasi va morfogenezi
bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, ektoderm, endoderm va mezoderm
qatlamlaridan turli xil to‘qimalarning hosil bo‘lishi rivojlanish biologiyasining asosiy
yo‘nalishlaridan biridir. Har bir to‘qima o‘ziga xos signal molekulalari, transkripsion
omillar va mikroRNAlar ta’sirida shakllanadi. Gistogenezni o‘rganish zamonaviy
regenerativ tibbiyot, organoidlar yaratish, matritsa asosida to‘qima muhandisligi va
onkologik kasalliklarning kelib chiqish mexanizmlarini aniqlashda muhim ahamiyatga
ega. Mazkur maqolada gistogenezning asosiy mexanizmlari, morfogenez bilan
bog‘liqligi, hujayra differensiasiyasining nazorati, klonogen potentsial va epigenetik
regulyatsiya jarayonlari keng yoritiladi. Shuningdek, gistogenezdagi buzilishlar va
ularning patologik holatlarga olib kelishi bilan bog‘liq klinik jihatlar ham tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar :
Yara bitishi, regeneratsiya, proliferatsiya, yallig‘lanish, fibroblast,
epitelizatsiya, neovaskulyarizatsiya, kollagen, granulyatsiya to‘qimasi, klinik
ahamiyat.
Yaralarning bitishi organizmning fiziologik himoya mexanizmlaridan biridir. U
hayot davomida sodir bo‘ladigan travmalar, jarrohlik aralashuvlar yoki infeksiyalardan
keyin to‘qimalarning holatini tiklash uchun muhim ahamiyatga ega. Bu murakkab
biologik jarayon bir necha hujayra turlari, sitokinlar, o‘sish omillari va gistologik
bosqichlar ishtirokida kechadi. To‘g‘ri va vaqtida bitgan yara sog‘lom to‘qima
funksiyalarining tiklanishini ta’minlasa, noto‘g‘ri bitgan yara esa jiddiy klinik
asoratlarga olib kelishi mumkin. Yallig‘lanish bosqichi (0–3 kun): Jarohat yuzasida
qon ketadi → trombotsitlar yig‘iladi → qon ivishi → vaqtincha to‘siq hosil bo‘ladi.
Neytrofillar, makrofaglar kirib keladi, infeksiyalarni yo‘q qiladi. Yallig‘lanish
mediatorlari (interleykinlar, TNF-α) ajraladi.
Proliferatsiya bosqichi (3–10 kun): Fibroblastlar ko‘payadi va kollagen sintez
qiladi. Endotelial hujayralar ko‘payib, yangi qon tomirlar (angiogenez) hosil qiladi.
Epitelial hujayralar ko‘payadi va yara chetidan markazga harakat qiladi →
epitelizatsiya.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
91
91
Remodelatsiya (pishib yetilish) bosqichi (10 kundan – oylab): Kollagen to‘qima
qayta tuziladi (I tur kollagen ustunlik qiladi). Yarali to‘qima kuchayadi, mexanik
bardoshliligi oshadi. Granulyatsiya to‘qimasi tolali chandiqqa aylanadi.Assalomu
Yaralarning turiga qarab regeneratsiya xususiyatlari: Birlamchi bitish: Toza
jarohatlar (jarrohlik kesiklari), chetlari yaqin. Yallig‘lanish kam, epitelizatsiya tez.
Chandiq minimal. Ikkinchi darajali bitish: Jarohat katta, chetlari uzoq yoki
infeksiyalangan. Granulyatsiya ko‘p, chandiq katta. Uchinchi darajali bitish
(kechiktirilgan): Dastlab ochiq qoldirilgan, keyin tikilgan jarohatlar.
Klinik ahamiyati: Yara bitishining bahosi bemor umumiy holatini ko‘rsatadi.
Diabet, immunitet yetishmovchiligi, yallig‘lanish kasalliklari yara bitishini
sekinlashtiradi.
Farmakologik
preparatlar
(kortikosteroidlar,
sitostatiklar)
regeneratsiyani bostiradi. Qo‘shimcha muolajalar (fizioterapiya, PRP terapiya) bitishni
tezlashtiradi.
Xulosa:
Yaralarning bitishi organizmning tabiiy himoya va tiklanish
mexanizmlarining eng muhim ko‘rinishlaridan biridir. Gistologik jihatdan bu jarayon
bir necha bosqichda kechadi: yallig‘lanish, proliferatsiya, regeneratsiya va
remodellashtirish. Har bir bosqichda maxsus hujayralar va to‘qimalar ishtirok etadi,
masalan, fibroblastlar kollagen sintezini kuchaytiradi, angiogenez orqali yangi
kapillyarlar hosil bo‘ladi, epitelial hujayralar esa yuzani qayta tiklaydi. Yaralarning
bitish mexanizmi turli omillarga bog‘liq: infeksiyalar mavjudligi, bemorning immun
holati, metabolik kasalliklar (masalan, qandli diabet), vitaminlar va mikroelementlar
yetishmovchiligi hamda jarohat turi va chuqurligi bu jarayonlarga bevosita ta’sir qiladi.
Klinik amaliyotda gistologik bosqichlarni bilish – shifokorga har bir bosqichda qanday
tibbiy yondashuv zarurligini aniqlashda yordam beradi. Masalan, yallig‘lanish
bosqichida antiseptiklar va yallig‘lanishga qarshi dorilar qo‘llaniladi, proliferatsiya
bosqichida esa regeneratsiyani rag‘batlantiruvchi vositalar (masalan, epitelizatsiya
qiluvchi malhamlar) tavsiya qilinadi. Yakuniy natijada to‘qimalar tiklanadi, lekin
ularning funksional holatga qaytishi jarayonni qanday kechganiga bog‘liq. Ba’zi
hollarda granulyatsion to‘qimalar o‘rnida chandiq hosil bo‘ladi. Bu esa yaralarning
to‘liq funksional tiklanmasligiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, bitish jarayonini
to‘g‘ri nazorat qilish, har bir bosqichni gistologik jihatdan tushunish va unga mos
tibbiy choralarni qo‘llash – zamonaviy tibbiyotda juda muhim ahamiyatga ega.
Yaralarning bitish mexanizmlarini chuqur o‘rganish orqali nafaqat umumiy
patofiziologik jarayonlarni anglash mumkin, balki regenerativ tibbiyot, biomateriallar
va yangi dori vositalarini ishlab chiqishda ham yangi yondashuvlarga erishiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Junqueira L.C., Carneiro J. “Basic Histology: Text and Atlas”, 15th edition,
McGraw-Hill, 2021.
2. Ross M.H., Pawlina W. “Histology: A Text and Atlas”, 8th edition, Wolters
Kluwer, 2020.
3. Robbins & Cotran Pathologic Basis of Disease, 10th edition, Elsevier, 2021.
4. Gofurjonova M. “Gistologiya asoslari”, Toshkent, 2019.