JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
34
34
JANNATMAKON YURTIM — O‘ZBEKISTONIM
Tursunmurodova Marjona Abduvali qizi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti
Tarix fakulteti 3-bosqich talabasi
“O‘z o‘tmishini unutmagan xalq – doimo
kelajakka ishonch bilan qaraydi”
Annotatsiya
: Ushbu maqola o‘zbek xalqining boy tarixiy merosi, ma’naviy
qadriyatlari va yurtga bo‘lgan sadoqati haqida yozilgan bo‘lib, O‘zbekistonning yirik
tarixiy shaharlari — Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo
kabi zaminlarning tarixiy ahamiyati, ulug‘ siymolar merosi va me’moriy obidalari
tahlil qilinadi. Maqolada xalqning mardlik, tinchliksevarlik, mehnatsevarlik kabi
fazilatlari poetik va publitsistik uslubda ifodalanadi. Muallif ona yurti – O‘zbekistonni
"jannatmakon", "tarix va kelajak chorrahasi" sifatida ulug‘laydi. Asarda milliy o‘zlik,
tarixiy xotira va zamonaviy vatanparvarlik g‘oyalari uyg‘unlashtirilgan.
Kalit so‘zlar:
O‘zbekiston, vatanparvarlik, tarixiy shaharlar, milliy qadriyat,
xalq ruhi, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, ma’naviyat, birlik, tarixiy xotira,
o‘zbek xalqi, ma’rifat, ilm, sadoqat.
Yer yuzida yelkamni tik tutib, faxr bilan "Bu mening Vatanim!" deb ayta
oladigan yurtim bor – bu yurak bag‘ridagi eng pok tuyg‘udir. Bu diyorda har bir tuproq
zarrachasi tirik tarix, moziydan so‘zlaydi go‘yo, har bir daraxtdagi yaproqlarda
ajdodlarimizning nafaslari, yuksak ma’naviyat kabi barq uradi. Bu zamin –
O‘zbekiston deb ataladi. O‘zining ming yillik tarixiga ega jannatmonand yurtdir bu.
Ne-ne janglarda jasur o‘g‘lonlari shu tuproq uchun jon olib, jon bergan. Bu yurtning
qadrini, bahosini Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur, Bobur Mirzodan
so‘rang. O‘zbekiston – shunchaki geografik hudud emas. Bu – o‘tmish shon-shuhrati,
ma’naviyat mehrigiyohi, kelajak ishonchi bilan baralla yashayotgan xalqning
jannatmakon yurti. Har bir vodiysi, har bir tog‘i, har bir qadimiy shaharida tarix
so‘zlaydi, dillarni junbushga keltiradigan bebaho xotiralar yashaydi. O‘zbekiston –
yurakdagi iftixor, so‘zlardagi sadoqat, ko‘zlardagi umiddir.Samarqand – tarix jilosida
yaltiragan durdona.Yer yuzining sayqali. Bugun shahar 2768 yoshda. Samarqand yer
yuzining sayqali. Bu nom tilga olinganda, xayol uzra ko‘k gumbazlar ostidagi azim
masjidlar, oltin naqshli madrasalar, Registon maydonidagi muazzam sukunat ko‘z
oldimizda jonlanadi. Amir Temurning yuragi bo‘lgan bu shahar – ilm, san’at, din va
sivilizatsiyaning bebaho maskanidir. Ulug‘bekning yulduzlarni o‘rgangan rasadxonasi,
Bibixonim masjidi, Sherdor va Tillakori madrasalari, bu nafaqat me’moriy obidalar,
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
35
35
balki xalqimizning ilm-fan va go‘zallikka muhabbatining timsolidir. Bu diyor tarix
emas – u yurakda yashaydigan izdir. Bu yerda Mirzo Ulug‘bek, Abdurazzoq
Samarqandiy, Ali Qushchi kabi allomalar dunyoga keldi. Navoiy ham bu shahar ilm-
fan manbai ekanini tan olib, unga ilm maqsadida safar qiladi.Ulug'bek
,Sherdor,Tillakori,Bibixonim madrasalari asrlar davomida sharq ilm-fani uchun
munosib xizmat qildi.
Buxoro – Ma’rifat va diyonat maskaniBuxoro – arabcha “Tangrining jamoli”
degan ma’noni bildiradi. Bu shahar 2500 yildan ziyod tarixga ega. Uni har bir g‘ishtida,
har bir xiyobonida ilm va tafakkur nafasi seziladi. Bu zaminda Imom Buxoriy,
Bahouddin Naqshband, Marg‘inoniy, Ibn Sino kabi mo‘tabar zotlar yashagan, ilm-fan,
tasavvuf va falsafani jahonga yoyganlar. Buxoro – bu qalblar nurlanadigan, zakovat
tilga kiradigan muqaddas manzildir. Kalon minorasi, Mir Arab madrasasi, Ark qal’asi,
Sitorai Mohi Xosa saroyi – bular Buxoroning tarixiy-yodgorliklar to‘nini bezagan
nodir durdonalardir. Bu diyorda har bir qadamda tarix jimjit so‘zlaydi, har bir devor
ostida donishmandlar izlari yashiringan. Buxoro – bu ilm qal’asi, dil pokligi, ixlos
o‘chog‘idir.
Xiva – tarix ichra barhayot saodat shahar.
Xiva – sahro ichida porlagan oltin gavhar, sharqona nafosat va mardlikning
timsoli. Ichan-Qal’a devorlari hanuz mo‘g‘ullar shovqinini, karvon yurishlarini,
sultonlarning dardli suhbatlarini eslab turadigandek.Xiva – bu vaqt bilan
suhbatlashayotgan me’morchilik asari. Ko‘hna Ark, Pahlavon Mahmud maqbarasi,
Kalta Minor, Tosh Hovli, Muhammad Aminxon madrasasi – har biri o‘ziga xos hikoya,
o‘ziga xos san’at. Xiva – bu nafaqat tarix, bu xalqning sabr-u shukridan yo‘g‘rilgan
jasorat ramzidir. “Sahro uzra yongan tong nuri – Xivaning minoralari ustida jilolanar.”
Xiva – 1990 yildan boshlab YUNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan
Ichan-Qal’asi orqali butun insoniyat uchun bebaho manzildir.
Toshkent – zamonlar chorrahasidagi nurli shahar. 2200 yillik tarixga ega.
Toshkent – qadimiylik va zamonaviylik uyg‘unlashgan poytaxt, Vatanning urib turgan
yuragidir. Shosh edi nomi, azalda ulug‘, Qalblar sultoni – sabr-u matonat timsoli. Bu
shaharning har bir ko‘chasida tarix izlari yashiringan. Zilzilalar uni yanchgan, lekin
xalq uni yana tiklagan. Ko‘kaldosh madrasasi, Hazrati Imom majmuasi, Shayxontohur,
Muyi Muborak – bular oddiy obidalar emas, balki xalq ruhining aksidir. Toshkent – bu
sabr bilan tiklangan shon-sharaf, Har tongda umid, har tun baraka taratadi. Bugun esa
Toshkent – taraqqiyot, ilm, madaniyat va tinchlik bayrog‘ini baland tutgan zamonaviy
shahardir. Bu yerda Sharq bilan G‘arb, o‘tmish bilan kelajak quchoqlashgan.
Surxondaryo – tarix ildizlari yashiringan muqaddas zamin. Janubda joylashgan
bu diyor – tarixiy xazinaga boy, qadim sivilizatsiyalar beshigi. Surxondaryo o‘z
bag‘rida Fayoztepa, Kampirtepa kabi buddaviy madaniyat yodgorliklarini saqlagan.
Termiz – Buyuk ipak yo‘li ustidagi qadim shahar, madaniyatlar chorrahasi. "Har tosh
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
36
36
tagida muazzam tarix yotadi, Har shamolda qadim hayot so‘zlaydi." Bu yurtda dunyo
tasavvufining buyuk allomasi – Hakim Termiziy yashab o‘tgan. Surxondaryo nafaqat
tarix, balki go‘zal tabiat, jozibador tog‘ va vodiylar yurti hamdir. Bu diyorda har bir
qadam tarixga eltadi, Har qoya ustidan ezgulik suvi oqadi.
Qashqadaryo – Sohibqiron yuragi urgan maskan Qashqadaryo – Amir Temur
tug‘ilib, ilk saboqlarini olgan diyor. Shahrisabz – bu yurtning yuragi, buyuk orzular
parvoz qilgan maskan. Dorus Saodat, Dorut Tilovat, Oqsaroy saroyi – bular Temuriylar
buyukligining ramzidir. Sohibqironning bu yurtda yurag urdi, Dunyoni adolat bilan
yoritmoqni orzu qildi. Bu zamin – jasorat, g‘urur va oriyat yurti. Bu yerdan chiqqan
har bir yigit – yurt posboni, har bir ona – sabr maktabi. Qashqadaryo – bu mardlik
maskani, Tarixu bugun orasida bog‘liq arqoni. Shahrisabzda tarbiya topgan Temur –
tarixda eng ulug‘ saltanatni qurgan, adolatli hukmdor sifatida nom qoldirgan.
O‘zbekiston xalqi – qadim tarix va porloq kelajak egasi.Bu xalqni ta'riflashga til
ojiz .Shuning uchun yoshligimda yodlagan bir she'rni samimiy ,farishtayuzli o'zbek
xalqini ta'rifini ochib berish uchun foydalandim.
Bir qo'lda belanchak, bir qo'lda Qur'on,
Bir yelkada ketmon, birida iymon.
Barchaga barobar bir oftobsimon,
Yashnasin olam deb yashaydi o'zbek.
O‘zbekiston – bu shunchaki yurt emas. Bu – yelkasida tarix, qalbida oriyat,
nigohida kelajak charog‘oni porlayotgan xalqning maskani.
Bu xalq – Mir Alisher qalbidan,
Jaloliddin yuragidan,
Amir Temur tafakkuridan yaralgan.
O‘zbekiston xalqi – tinchliksevar, mehnatkash, mehmondo‘st, sabrli va bardavom
xalq. Uning har bir avlodi – ajdodlar merosini ardoqlagan holda, kelajak sari
intilmoqda. Bu xalq nonushtasida duoni unutmaydi, Vatan deganda yuragi hapriydi,
Qadr-qimmat, odob-axloq – bu hayotining yo‘lidir. Har bir onaning tarbiyasida
millatning ertasi, har bir otaning peshonasida yurt g‘ami bor. Bolasi uchun emas – yurt
kelajagi uchun bilim olgan yoshlar bor bu diyorda. Ko‘zlarida ishonch, qo‘llarida
mehnat, qalbida esa fidoyilik yashaydi. O‘zbek xalqining qudrati – uning birligidadir,
Ilmi, odob-u sadoqatidadir, Allohga shukronalik, yurtdoshga sadoqatdadur. Qachonki
yurt dardi turgan bo‘lsa, bu xalq o‘rnidan turgan. Qachonki istiqlol bayrog‘i hilpiragan
bo‘lsa, bu xalq qalbidan “Erkinlik!” degan hayqiriq chiqqan. Bizga ajdodlar merosi –
faqat tarix emas, bu – mas’uliyat, bu – ishonch, bu – kelajakka yo'l
Xulosa: Mening yuragim – mening yurtim
O‘zbekiston – bu yurt o‘z tarixini unutmaydi. Uning har bir dovoni, har bir
daryosi, har bir obod mahallasi – o‘tmishdan kelgan hayot darsidir. U yurtga muhabbat
faqat tilda emas – amalda, niyatda, yurakda bo‘lishi kerak.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
37
37
Men faxr bilan aytaman:
“Jannatmakon yurtim – bu mening O‘zbekistonim!”
Shu yurtda tug‘ildim, shu yurtga xizmat qilaman
,
Shu xalq bilan yashayman, shu xalq bilan orzu qilaman.
Shunday ekan, o‘tmishni e’zozlaylik, bugunni qadrlaylik, kelajakka imon bilan
boqaylik. Chunki biz tarix yaratgan xalqmiz. Bizning yuragimizda ona Vatan surati
bor.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008
2. O‘zbekiston tarixi. 1–4 jildlar. – T.: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2000–
2009.
3. Aliev M. O‘zbekistonning tarixiy shaharlarida me’morchilik merosi. – T.: Fan,
2015.
4. G‘afurov B.G. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi. – Dushanbe, 1989.
5. YUNESKO materiallari: Ichan-Qal’a, Samarqand, Buxoro bo‘yicha xalqaro
ilmiy hujjatlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutqlari va asarlari.