JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
360
360
TEMIR YO‘L KESISHMALARIDA DASTURLANADIGAN MANTIQIY
KONTROLLER QURILMALARIDAN FOYDALANISH
Xolbo‘tayev Otabek Toxir o‘g‘li
1
Normurodov Shaxzod Shermamat o‘g‘li
2
1
Toshkent davlat transport unversiteti, 2-kurs magistratura talabasi
2
Toshkent davlat transport unversiteti, 1-kurs magistratura talabasi
Annotatsiya.
Zamonaviy temir yo‘l infratuzilmasida dasturlashtiriladigan
mantiqiy
kontrollerlar
(DMK)
muhim
ahamiyat
kasb
etadi,
ayniqsa,
avtomatlashtirilgan temir yo‘l kesishma boshqaruv tizimlarida. Ushbu tadqiqot DMK
texnologiyasining temir yo‘l xavfsizligini va samaradorligini oshirishdagi yo‘llari
tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida uchta asosiy loyiha – temir yo‘l kesishmalarida
avtomatlashtirilgan nosozliklarni aniqlash tizimi, temir yo‘l shlagbaumlarini avtomatik
boshqarish tizimi va svetofor boshqaruv mexanizmini ishlatish bo‘yicha ilmiy
tatqiqotlar tahlili olib borilgan. Ushbu tizimlarning integratsiyalashuvi temir yo‘llarda
harakat xavfsizligini oshirish va operatsion samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
temir yo‘l kesishmalari, dasturlashtiriladigan mantiqiy
kontrollerlar (DMK), xavfsizlik, avtomatlashtirish, datchik tizimlari.
USE OF PLC DEVICES IN RAILWAY CROSSINGS
Kholbutayev Otabek Tokhir oglu
Normurodov Shakhzod Shermamat oglu
1
- Tashkent State transport University, 2nd-year master's student
2
- Tashkent State transport University, 1st-year master's student
Abstract
. Programmable Logic Controllers (PLCs) play a crucial role in modern
railway infrastructure, particularly in automated railway crossing control systems. This
study examines the application of PLC technology in enhancing railway safety and
efficiency. Three key projects are analyzed: an automated fault detection system at
railway crossings, an automatic railway gate control system, and a traffic light control
mechanism. The integration of these systems contributes to improving railway traffic
safety and optimizing operational efficiency.
Keywords:
railway crossings, Programmable Logic Controllers (PLC), safety,
automation, sensor systems.
Kirish
Temir yo‘l kesishmalari transport tizimining muhim qismlaridan biri bo‘lib,
ularning xavfsizligi va samaradorligi jiddiy e’tibor talab qiladi. An’anaviy boshqaruv
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
361
361
tizimlari inson omiliga bog‘liq bo‘lgani sababli, ular ba’zan xatolik va kechikishlarga
olib kelishi mumkin[1-3]. Zamonaviy sanoat avtomatlashtirish texnologiyalari,
jumladan DMK qurilmalari[4-9], temir yo‘l kesishmalarida xavfsizlik va ishonchlilikni
oshirish uchun samarali yechim hisoblanadi.
DMK qurilmalari real vaqt rejimida ishlaydi va datchiklardan kelayotgan
ma’lumotlarga asoslangan holda avtomatik boshqaruv funksiyalarini bajaradi. Ushbu
tizimlar temir yo‘l kesishmalarida signal chiroqlari, to‘siqlar va ogohlantirish
tizimlarini aniq va muvofiqlashtirilgan tarzda boshqarish imkonini beradi. Mazkur
maqolada DMK texnologiyasining temir yo‘l kesishmalarida qo‘llanilishi, uning
afzalliklari hamda xavfsizlikni oshirishdagi roli haqida batafsil ma’lumot beriladi.
DMK asosida Avtomatlashtirilgan temir yo‘l
kesishmasi tizimini ishlab chiqish.
Hozirgi vaqtda temir yo‘l darvozalarida ogohlantiruvchi chiroqlar va odam
tomonidan boshqariladigan darvozalar (barrierlar) mavjud. Poyezd stansiyaga yetib
kelganda, stansiya navbatchisi telefon orqali darvoza navbatchisiga xabar beradi, u esa
to‘siqni qo‘lda yopadi. Ba’zan xabar yetib kelganida poyezd hali uzoqda bo‘ladi,
ammo darvoza yopilgan bo‘lishi mumkin, bu esa transport harakatini ortiqcha
to‘xtatib, tirbandliklarga sabab bo‘ladi. Yoki avtomatlashtirilgan temir yo‘l
kesishmalarida poyezd belgilangan uchastkaga kelganida signalizatsiya va tosiqlar
avtomatik ishlaydi , ammo tizim eski bo’lganligi releli kontaktlar ishlatilganligi sababli
kechikishlar va xatoliklar bo’lishi kuzatiladi. Shu sababli hozirgi zamonaviy talablarga
mos ravishda tizimni yangilash, tez va aniq ishlovchi avtomatlashtirish qurilmalaridan
foydalanib tizimning tezligi , ishonchliligi va qulayligini oshirish dolzarb muammo
bo‘lmoqda.
Ushbu tadqiqot ishida temir yo‘l kesishmalarida DMK asosida avtomatik darvoza
boshqaruv tizimi ishlab chiqish taklif etiladi. Ushbu tizim:
Inson omilini yo‘q qilib, avtomatlashtirilgan temir yo‘l darvoza tizimini
yaratadi;
Shlagbaumni aniq vaqtida yopish va ochish orqali yo‘l harakatini samarali
boshqaradi;
Temir yo‘l relslarini doimiy ravishda monitoring qilish va buzilishlarni oldindan
aniqlash imkonini beradi.
Taklif etilayotgan tizim xavfsizlikni oshiradi, inson xatosini kamaytiradi va temir
yo‘l operatsiyalarining ishonchliligini ta’minlaydi.
Mazkur loyiha temir yo‘l kesishmalarida xavfsizlikni oshirish, inson aralashuvini
kamaytirish va tizimning samaradorligini oshirish maqsadida DMK, datchiklar,
svetofor chiroqlari hamda to‘siq motorlaridan foydalangan holda avtomatlashtirilgan
boshqaruv tizimini yaratishga qaratilgan.
Ushbu tizimda ikkita asosiy datchik mavjud bo‘lib, ular poyezdning temir yo‘l
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
362
362
kesishmasiga kelishi va undan o‘tib ketishini aniqlash uchun ishlatiladi. Birinchi
datchik temir yo‘l kesishmasidan oldin joylashtirilgan bo‘lib, yaqinlashayotgan
poyezdni aniqlash vazifasini bajaradi. Ushbu datchik poyezdni sezgandan so‘ng,
DMKga signal yuboradi. DMK bu signalni qayta ishlaydi va svetofor chiroqlarini qizil
rangga almashtirib, yo‘ldagi transport vositalarini to‘xtatish uchun buyruq beradi.
Shuningdek, DMK avtomatik ravishda temir yo‘l kesishmasidagi to‘siq
motorlariga signal yuboradi. To‘siqlar yopilib, transport vositalarining kesishmadan
o‘tishining oldi olinadi. DMK jarayonni nazorat qilib, poyezd to‘liq o‘tib ketguncha
tizimni faol holda ushlab turadi.
Poyezd kesishmadan to‘liq o‘tib ketgach, kesishmadan keyingi joyga o‘rnatilgan
ikkinchi datchik faollashadi. Bu datchik DMKga signal yuborib, yo‘lning xavfsiz
ekanligini bildiradi. DMK ushbu ma’lumotni qayta ishlaydi va to‘siq motorlariga
buyruq yuborib, kesishmadagi to‘siqlarni ochadi. Shundan so‘ng, svetofor chiroqlari
yashil rangga o‘zgaradi va transport vositalari harakatlanishda davom etishi mumkin
bo‘ladi.
1-rasm. DMK asosida ishlangan temir yo‘l kesishmasi sxemasi.
1.DMK- Dasturlanadigan mantiqiy kontroller, 2.HD- Harakat datchiklari , 3.M-
Matorlar ( shlagbaum va bardyorlar uchun elektr dvigatel) 4. Svetaforlar.
Avtomatlashtirilgan temir yo‘l kesishmasi tizimining asosiy xususiyatlari
1.
Real vaqt rejimida monitoring va boshqaruv
– DMK har ikki
datchikdan kelayotgan signallarni uzluksiz kuzatib boradi va real vaqt ma’lumotlari
asosida to‘siqlar va svetofor chiroqlarini boshqaradi. Bu tezkor javob qaytarish va
samarali boshqaruvni ta’minlaydi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
363
363
2.
Xavfsizlik darajasini oshirish
– Avtomatlashtirilgan tizim inson xatosi
ehtimolini kamaytiradi. DMK va datchiklar uzviy ishlashi natijasida poyezd kelganda
to‘siqlar avtomatik yopiladi va svetofor qizil rangga o‘zgaradi, bu esa
avtohalokatlarning oldini olishga yordam beradi.
3.
Tejamkorlik va samaradorlik
– DMK asosida qurilgan tizim nisbatan
arzon va kengaytirilishi oson. DMK dasturiy ta’minoti oson yangilanadi va zarur
holatlarda o‘zgartirilishi mumkin.
4.
Tirbandlikni kamaytirish
– Tizim avtomatik ravishda yo‘l harakatini
tartibga solganligi sababli, ortiqcha kutish va tirbandlikning oldini oladi. Bu nafaqat
xavfsizlikni oshiradi, balki yo‘l harakatining samarali yurishini ta’minlaydi.
5.
Masofadan monitoring qilish va xabarnoma berish
– IoT
texnologiyasini integratsiya qilish orqali tizim masofadan boshqarilishi va nazorat
qilinishi mumkin. DMK va bulut texnologiyalari yordamida tizim haqidagi
ma’lumotlar real vaqt rejimida operatorlarga yetkaziladi. Agar tizimda nosozlik yuz
bersa, u operatorlarga xabar yuboradi, bu esa muammoni tezkor bartaraf etishga imkon
yaratadi.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu avtomatlashtirilgan temir yo‘l kesishmasi
tizimi transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va xavfsizlik darajasini oshirish
bo‘yicha samarali yechim hisoblanadi. DMKlarga uzviy bog’lanadigan datchik
texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan ushbu tizim butun jarayonni avtomatlashtirib,
inson aralashuvini sezilarli darajada kamaytiradi va vaqt kechikishlarni qisqartiradi
shuningdek nazorat hamda texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi.
Ushbu tizim tezkor va aniq ishlashi sababli temir yo’l kesishmalarida vujudga kelishi
mumkin bo’lgan avariyalarning oldini olish, transport oqimini jadalligini va operatsion
samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Tizimning moslashuvchanligi va kengaytirish
imkoniyati uni uzoq muddatli, arzon va ishonchli yechim sifatida keng joriy etish
imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati
1.
2.
Раматов А.Ж. «Ўзбекистон темир йўллари» : Акцент на качество / А.Ж.
Раматов // Евразия Вести. – 2009. – № 11. – с. 6–11.
3.
Никитин А.Б. Обеспечение безопасности на станционных переездах при
организации высокоскоростного движения на действующих линиях / А.Б.
Никитин, С.Т. Болтаев // Изв. ПГУПС. – СПб.: ПГУПС, 2016. – Т. 13, вып. 2.
– с. 206–214.
4.
Alphonsus, E. R., & Abdullah, M. O. (2016, July 1). A review on the applications
of programmable logic controllers (PLCs). Renewable and Sustainable Energy
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
364
364
https://doi.org/10.1016/j.rser.2016.01.025
5.
Muhibul Haque Bhuyan and Md. Ahasanol Kabir PLC based Automatic Railway
Gate Control System. 2010 Conference: National Conference on Electronics and
Telecommunications for Digital Bangladesh At: Bangladesh Electronics Society,
Dhaka, Bangladesh – p. 136-138.
6.
Anjaly K S, Abhijith V Nair, Liji K, Ajay Krishnan K V, Stino Sathyan Automation
of Railway Signaling using PLC and SCADA. IJSRD - International Journal for
Scientific Research & Development| Vol. 4, Issue 02, 2016. – p. 1024-1026.
7.
Kornaszewski, M. (2020). The Use of Programmable Logic Controllers in Railway
Signaling Systems. In Lecture Notes in Intelligent Transportation and
Infrastructure
(Vol.
Part
F1382,
pp.
104–111).
Springer
Nature.
https://doi.org/10.1007/978-3-030-39688-6_15
8.
Zhang, Z. G., Li, X. F., & Gan, Y. L. (2014). Railway crossing intelligent safety
alarming system design based on PLC. In 26th Chinese Control and Decision
Conference,
CCDC
2014 (pp.
5045–5048).
IEEE
Computer
Society.
https://doi.org/10.1109/CCDC.2014.6853077
9.
Georgieva, M., & Nenov, I. (2005). Implementation of microcontrolers in railway
automatic traffic control systems. In 28th International Spring Seminar on
Electronics Technology: Meeting the Challenges of Electronics Technology
Progress,
2005 (Vol.
2005,
pp.
76–79).
https://doi.org/10.1109/ISSE.2005.1491003