Vol. 74 No. 1 (2025)
Articles
RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA SAMARALI О‘QITISH
Annоtatsiya: Zamоnaviy ta’lim tizimi raqamli texnоlоgiyalarning jadal rivоjlanishi natijasida tubdan о‘zgarib bоrmоqda. Raqamli ta’lim muhitida samarali о‘qitish zamоnaviy о‘qitish usullari, innоvatsiоn yоndashuvlar va texnоlоgiyalarni о‘z ichiga оladi. Ushbu maqоlada raqamli ta’lim muhitining afzalliklari, duch kelinayоtgan muammоlar va ularni samarali hal qilish yо‘llari yоritiladi.
TIJORAT BANKLARIDA TRANSFORMATSIYA ORQALI FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI (“O‘ZMILLIYBANK” AJ MISOLIDA)
Kirish. Zamonaviy iqtisodiy muhitda tijorat banklari global raqobat, texnologik yangilanishlar va mijozlarning o‘zgaruvchan talablari sharoitida faoliyat yuritmoqda. Ushbu murakkab sharoitlarda bank tizimining barqarorligini ta’minlash, moliyaviy xizmatlar sifatini oshirish va iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun transformatsiya jarayonlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Transformatsiya nafaqat ichki jarayonlarni takomillashtirish, balki xizmat ko‘rsatishning yangi usullarini joriy etish va bankning bozordagi mavqeini mustahkamlash imkonini beradi. Ayniqsa, O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega mamlakatlarda bank sektorining modernizatsiyasi nafaqat moliyaviy institutlarning o‘ziga, balki umumiy iqtisodiy rivojlanishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
“O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati misolida transformatsiya jarayonlari bank faoliyatida samaradorlikni oshirishning real imkoniyatlarini ko‘rsatmoqda. So‘nggi yillarda ushbu bank tomonidan amalga oshirilgan strategik o‘zgarishlar, xususan, raqamli texnologiyalarni joriy etish, xalqaro moliya bozorlariga chiqish va mijozlar bilan ishlashda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash bankning nafaqat moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshiladi, balki uning iqtisodiyotdagi rolini ham mustahkamladi. Shu bilan birga, transformatsiya jarayonlari banklar oldida yangi chaqiriqlar – masalan, xarajatlarni optimallashtirish, xodimlar malakasini oshirish va raqobat muhitiga moslashish kabi vazifalarni ham qo‘ymoqda.
TEMIR YO‘L KESISHMALARIDA DASTURLANADIGAN MANTIQIY KONTROLLER QURILMALARIDAN FOYDALANISH
Annotatsiya. Zamonaviy temir yo‘l infratuzilmasida dasturlashtiriladigan mantiqiy kontrollerlar (DMK) muhim ahamiyat kasb etadi, ayniqsa, avtomatlashtirilgan temir yo‘l kesishma boshqaruv tizimlarida. Ushbu tadqiqot DMK texnologiyasining temir yo‘l xavfsizligini va samaradorligini oshirishdagi yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida uchta asosiy loyiha – temir yo‘l kesishmalarida avtomatlashtirilgan nosozliklarni aniqlash tizimi, temir yo‘l shlagbaumlarini avtomatik boshqarish tizimi va svetofor boshqaruv mexanizmini ishlatish bo‘yicha ilmiy tatqiqotlar tahlili olib borilgan. Ushbu tizimlarning integratsiyalashuvi temir yo‘llarda harakat xavfsizligini oshirish va operatsion samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
TIJORAT BANKLARIDA TRANSFORMATSIYA ORQALI FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI (“O‘ZMILLIYBANK” AJ MISOLIDA)
Annotatsiya. Ushbu tadqiqot tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarining faoliyat samaradorligini oshirishdagi rolini o‘rganishga qaratildi. Transformatsiya zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda banklarning raqobatbardoshligini ta’minlash va iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shish uchun muhim strategiya sifatida ko‘rib chiqildi. Tadqiqot misol (case study) yondashuvi, statistik ma’lumotlar tahlili va hujjatli tahlil usullariga asoslanib, “O‘zmilliybank” AJ faoliyatini markazga qo‘ydi. Ma’lumotlar bankning yillik hisobotlari, davlat hujjatlari va rasmiy statistikadan olingan. Natijalar transformatsiyaning moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, raqamli xizmatlarni rivojlantirish va strategik loyihalar orqali iqtisodiy ta’sirni kengaytirishdagi samaradorligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, jarayondagi cheklovlar sifatida xodimlar malakasini moslashtirish va xarajatlarni boshqarishdagi qiyinchiliklar qayd etildi. Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, transformatsiya banklarning operatsion samaradorligini oshirish bilan birga, ularning bozor talablariga moslashishini ta’minlaydi. Banklar uchun raqamli innovatsiyalarni kengaytirish va xalqaro tajribadan foydalanish kelajakdagi rivojlanish uchun muhim yo‘nalishlar sifatida tavsiya etiladi.
СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ РЕЧИ У СТУДЕНТОВ НЕФИЛОЛОГИЧЕСКИХ НАПРАВЛЕНИЙ В УЗБЕКСКИХ ВУЗАХ
Аннотация: В данной статье рассматриваются современные тенденции развития речевой деятельности студентов нефилологических направлений в вузах Узбекистана. Особое внимание уделяется интеграции интерактивных методик, проектной деятельности и цифровых технологий в образовательный процесс. Проведённый эксперимент показал, что комплексный подход к обучению, включающий работу с профессиональной терминологией, развитие академического письма и активные формы взаимодействия, способствует повышению речевой компетенции студентов. Авторы анализируют ключевые барьеры в развитии речи и предлагают эффективные стратегии их преодоления.
ЎТКИР ИЧАК ИНФЕКЦИЯЛАРИНГ ЭПИДЕМИОЛОГИЯСИ ВА ПРОФИЛАКТИКАСИ
Аннотатция: Уткир ичак инфекциялари (УИИ) – турли бактериал, вирусли ва паразитар патогенлар томонидан келтириб чиқариладиган кенг тарқалган касалликлар гуруҳидир. Улар асосан оғиз-ичак йўли орқали юқади ва ич кетиш, қусиш, юқори ҳарорат ҳамда умумий заифлик каби клиник белгилари билан намоён бўлади.УИИнинг эпидемиологияси турли омилларга боғлиқ бўлиб, асосий юқиш йўллари орасида сув, озиқ-овқат маҳсулотлари, қўл гигиенасига риоя қилмаслик ва контактли алоқалар муҳим роль ўйнайди. Инфекция манбаи кўпинча касал инсон ёки бактерия ташувчи шахслар ҳисобланади. Профилактика чоралари орасида шахсий гигиена қоидаларига риоя қилиш, тоза ичимлик сувидан фойдаланиш, озиқ-овқат маҳсулотларини тўғри сақлаш ва ишлов бериш, санитар-гигиеник нормаларга амал қилиш каби тадбирлар жуда муҳим аҳамиятга эга. Шунингдек, юқори хавф гуруҳларида эмлаш тадбирларини ўтказиш ва касалликни эрта аниқлаш орқали унинг тарқалишини олдини олиш мумкин
ИПОТЕКА КРЕДИТИ РИСКЛАРИНИ БОШҚАРИШДАГИ МУАММОЛАР ВА УЛАРНИНГ ЕЧИМЛАРИ
Аннотация Ушбу мақолада Ўзбекистон ипотека бозорининг ривожланиш жараёнида учрайдиган рисклар таҳлил қилиниб, уларни бошқаришдаги асосий муаммолар ва ечимлар кўриб чиқилади. Тадқиқотда ипотека кредити рискларининг макроиқтисодий, молиявий ва ҳуқуқий жиҳатлари таҳлил қилиниб, уларни бартараф этишга қаратилган чора-тадбирлар таклиф қилинади.
JARROHLIK AMALIYOTIDA TINCHLANTIRUVCHI VOSITA NARKOZDAN FOYDALANISH USULLARI
Anotatsiya. Ushbu maqolada og’riq qoldiruvchi dori vositasi narkoz haqida ma’lumotlar muhokama qilinadi. Bunda narkozning asosiy turlari, narkozning tibbiyotdagi ahamiyati, narkozning tashqi asoslari, umumiy narkozning maqsadlari va uning qo’llanish usulari haqida umumiy ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Maqolada narkozning zararli va foydali tomonlariga alohida e’tibor qaratilgan.
BOLA TARBIYASI OLIY NE'MAT
Annotatsiya: Bola tarbiyasi har bir ota-ona, jamiyat va davlat uchun eng muhim vazifalardan biridir. Bu jarayon, nafaqat bolalarning shaxsiyati va xarakterini shakllantirishda, balki ularning kelajakdagi hayoti, ijtimoiy munosabatlari va jamiyatga qo‘shgan hissasida ham muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar va tarbiyachilar, bolalarning tarbiyasida, ularning ruhiy, jismoniy va axloqiy rivojlanishini ta'minlash uchun mas'uldirlar. Bola tarbiyasi, shuningdek, millatning kelajagini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi.
MUOMALA MADANIYATINING TIBBIYOTDAGI MUHIM O‘RNI
Annotatsiya: Ushbu maqolada muomala madaniyatining tibbiyot sohasidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Sog‘liqni saqlash tizimida bemor va tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi samarali muloqot jarayoni davolash samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqotda tibbiyotda etik muomala qoidalari, shifokor va bemor o‘rtasidagi ishonchning ahamiyati, shuningdek, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish usullari yoritilgan. Maqolada bemorlarning psixologik holatini inobatga olgan holda muomala madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan.
KIYINISH MADANIYATINING TIBBIYOTDAGI MUHIM O‘RNI
Ushbu maqolada tibbiyot sohasida kiyinish madaniyatining ahamiyati tahlil qilinadi. Kiyim-kechak shifokorlar, hamshiralar va boshqa tibbiyot xodimlarining kasbiy imidjini shakllantirish bilan birga, gigiena, xavfsizlik va bemorlarga nisbatan ishonch muhitini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, maqolada maxsus tibbiy kiyimlarning funksional jihatlari, infektsiyalarni oldini olishdagi o‘rni va kasbiy etikaga ta’siri haqida so‘z boradi. Kiyinish madaniyati nafaqat tashqi ko‘rinish masalasi, balki tibbiyot xodimlarining mas’uliyati va kasbiy yondashuvini ham aks ettiruvchi muhim omildir.
HAMSHIRA VA LABORANTLARNING TIBBIYOTDAGI O‘RNI
Hamshira va laborantlar tibbiyot tizimining ajralmas bo‘g‘ini hisoblanadi. Hamshiralar bemorlarni parvarish qilish, muolajalarni o‘tkazish va shifokor ko‘rsatmalarini bajarishda muhim rol o‘ynaydi. Laborantlar esa tashxis qo‘yish jarayonida laboratoriya tahlillarini o‘tkazish orqali shifokorlarga aniq ma’lumotlar taqdim etadi. Ushbu maqolada hamshira va laborantlarning kasbiy faoliyati, ularning bemorlar salomatligini saqlashdagi ahamiyati hamda tibbiyot tizimidagi roli yoritiladi.
ОБРАЗОВАНИЯ ДЛЯ УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ
Статья посвящена вопросам образования для устойчивого развития (ОУР) как важной составляющей глобальных усилий по охране окружающей среды, улучшению качества жизни и социальному прогрессу. В работе рассматриваются основные принципы и подходы ОУР, а также роль образования в формировании у населения экологической, социальной и экономической ответственности. Отдельное внимание уделено важности интеграции устойчивого развития в образовательные системы различных стран и на разных уровнях. Также обсуждаются вызовы и перспективы внедрения ОУР в учебные программы, а также роль педагогов и государственных структур в продвижении устойчивых практик.
THE ROLE OF GAMING TECHNOLOGIES IN TEACHING ENGLISH
Abstract: Game technologies play an important role in teaching English. They not only help make the learning process interesting and effective but also increase students' motivation and ensure their active participation. They are suitable for educational purposes in traditional classes. Games of this kind contribute to the systematization of foreign language material in a simple game scheme: bingo-lotto, games in pairs, board games, crosswords, etc. Most often, these games are introduced to train spelling or systematize vocabulary. In addition they make the learning process enjoyable and engaging, encouraging learners to use and experiment with the language in different contexts. Language games often incorporate novel or contextual vocabulary, helping participants learn new words and phrases while having fun. This process of games adapted to players needs and skill progressions develops student meaningful skill improvement, leading to students' shaping their own practice, and in time learning to modify games to suit each others playing abilities. Several important aspects of the role of games in language teaching have been mentioned. These are interactive game processes, the development of language skills, etc. In conclusion, game technologies are an innovative and effective method in teaching English. They help to attract students' attention, consolidate their knowledge, and develop language skills.
DEHQON VA FERMER XO‘JALIKLARIDA URUG‘LIK SARIMSOQ YЕTISHTIRISHNING RESURSTEJAMKOR TEXNIKA VOSITALARI JAMLANMASINI ISHLAB CHIQISHNING YECHIMLARI
Annotatsiya: Hozirgi kunda Respublikamizda sarimsoq ekinini еtishtirish jadallik bilan rivojlanib, O‘zbekiston dunyoda sarimsoq eksporti bo‘yicha еtakchi oltita davlatdan biri hisoblanadi. Asosan respublikamizda sarimsoq tomorqa, kichik konturli maydonlarda va kichik fermer xo‘jaliklarida yuqori mehnat sarfi hisobiga еtishtirilib, mexanizatsiya darajasi esa juda past hisoblanadi. Buning asosiy sababi respublikamiz tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib sarimsoqni еtishtirishda urug‘lik uchun sarimsoqlarni boshchalarga ajratadigan va saralaydigan, ekadigan, yig‘ishtiradigan mashinalarni ishlab chiqish bo‘yicha еtarli tadqiqotlar olib borilmagan, shunindek xorij texnikalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
MUHANDISLAR TAYORLOVCHI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA INTERFAOL METODLAR ASOSDA TARIX DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR
Annotatsiya: Mazkur maqolada bugungi kundagi zamonaviy ta’lim tizimining asosini tashkil qiluvchi o‘qituvchi va talabalar (o‘quvchilar)ning hamkorlikda ta’lim olishini taminlovchi ta’lim metodlari tushunchasi, qo‘llanilishi, rivojlanishi, olimlar tamonidan o‘rganilishi va tasnifi joy olgan. Shu bilan birgalikda interfaol metodlar va grafik organayzerlar, ularning xususiyatlari, tarix fanida qo‘llanilishi, yutuq va kamchiliklari tahlili haqidagi ma’lumotlar aks etgan.
OROL DENGIZI QIRG‘OQ CHIZIQLARI O‘ZGARISHINI KARTALASHTIRISH
Annotatsiya. Ushbu maqolada Orolboʻyi mintaqasida sodir boʻlayotgan ekologik holat tahlil etilgan boʻlib, Orol dengizi qirgʻoq chiziqlarinig oʻzgarish dinamikasini aks ettiruvchi kartani ishlab chiqish jarayonlari aks ettirilgan. Ushbu kartani yaratishda ArcGIS dasturidan foydalanilgan boʻlib, bu dastur turli mavzudagi kartalar tuzish geografik axborotni to‘plash, tashkil etish, boshqarish, tahlil qilish, almashinish va taqdim etish imkonini beruvchi to‘liq tizim hisoblanadi.
TEMIRBETON ELEMENTLARNING MUSTAHKAMLIGINI OSHIRISH USULLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada Temirbeton konstruksiyalari haqida asosiy ma`lumotlar hamda ularni kuchaytirish va mustahkamligini oshirish usullari batafsil keltirib o`tilgan. Mustahkamligini oshirishning barcha usullari to`liq yoritilib formulalari ham keltirib o`tilgan. Yakunda esa umumiy xulosalar berilgan.
O‘QUV-MASHQ BOSQICHIDAGI TOG‘ CHANG‘ICHILARNI JISMONIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISH SAMARADORLIGI
Annotatsiya Maqolada tog‘ chang‘ichilarining jismoniy tayyorgarligini oshirishning samarali usullari va metodikasi tahlil qilinadi. O‘quv-mashq bosqichida sportchilarning chidamlilik, tezkorlik, muvozanat va koordinatsiya qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar keltirilgan. Tadqiqotda statistik ma’lumotlar asosida jismoniy tayyorgarlik dasturining samaradorligi tahlil qilinadi va amaliy tavsiyalar beriladi.
KREDIT SIYOSATINING KICHIK BIZNES RIVOJIGA TA’SIRI VA MOLIYALASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik biznesni moliyalashtirish muammolari ko'rib chiqiladi: bankning kredit siyosati va unga qo’yiladigan talablar, tijorat banklarining kredit siyosati mezonlari, ularning siyosatida kreditlarning daromadliligini oshirish Kichik biznesni kreditlashni qo'llab-quvvatlash bo'yicha tavsifi berilgan. Kichik biznesni moliyalashtirish muammolarini hal etish bo'yicha ham ayrim chora-tadbirlar taklif etilmoqda.
FLOTATSIYA JARAYONINING KIMYO SANOATIDAGI AHAMIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada flotatsiya jarayoni va uni asosan, minerallarni qayta ishlashda, suv tozalashda va kimyoviy ishlab chiqarishda qo’llanilishi, ajratish mexanizmlari, flotatsion reagentlar, jarayonning afzalliklar , kamchiliklari ularni, o'rganish jarayonlari va Olamaliq kon metallurgiyasidagi flotatsiya usulda boyitish jarayonlari haqida so’z boradi.
UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA YOSH FUTBOLCHILARNI TAYYORLASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Annotatsiya Ushbu maqolada umumta'lim maktablarida yosh futbolchilarni tayyorlash jarayoni tahlil qilinadi. Futbol bo‘yicha boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichlarining metodik xususiyatlari, jismoniy va texnik tayyorgarlikning ahamiyati, hamda zamonaviy yondashuvlar haqida so‘z boradi. Shuningdek, futbolni ommalashtirish va ta’lim muassasalarida sifatli mashg‘ulotlar tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
MAKTABLARDA SINFDAN TASHQARI JISMONIY SOG‘LOMLASHTIRUVCHI TADBIRLARNI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USLUBIYATI
Annotatsiya Ushbu maqolada maktablardagi sinfdan tashqari jismoniy sog‘lomlashtiruvchi tadbirlarning samaradorligini oshirish usullari, metodik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida mavjud metodlar, ularning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqilib, sinfdan tashqari faoliyatning o‘quvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligiga ta’siri aniqlanadi.
CREDIT RISK MANAGEMENT AND PROFITABILITY IN COMMERCIAL BANKS OF UZBEKISTAN
Abstract: Ensuring the liquidity and financial stability of banks directly depends on the quality of the loan portfolio, since in the structure of the assets of commercial banks of Uzbekistan loans occupy the highest balance. In turn, improving the quality of the credit portfolio of banks creates the need to improve the practice of managing credit risk. The article identified current problems associated with improving the practice of managing credit risk in the activities of commercial banks and developed scientific proposals aimed at solving them.
ATOM ELEKTRON TUZILISHI VA KVANT SONLAR
Annotatsiya: maqolada kimyo fanini o’qitishdagi qiyinchiliklar, masalalar ishlash davomida duch kelinadigan ikkilanishlar va bularni bartaraf etish yo’llari haqida so’z boradi.
O‘RTA ASRLAR DAVRIDA O‘RTA OSIYODA QURILISH VA ME’MORCHILIK TARIXI
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘rta Osiyodagi eng yirik o‘rta asr shaharlarining qurilish va me’morchilik sohalari haqida fikr va mulohazalar keltirilgan. O‘rta asrlar davri qurilish va me’morchilik sohalari hozirgi davr qurilish va me’morchilik sohalari bilan taqqoslangan. O‘rta asrlar davri tarixi batafsil yoritilgan.
IKKINCHI JAHON URUSH YILLARIDA O‘ZBEKISTON AYOLLARINING FRONT VA FRONTORTIDAGI FAOLIYATI
Annotatsiya: Mazkur maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbekistonlik xotin-qizlarning front va frontortida jang va mehnat sohasida ko‘rsatgan jasoratlari, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida so‘z boradi.
INKLYUZIV TAʼLIMDA TARBIYA TURLARINI QO’LLANILISHI
Annotatsiya: Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim jarayonida tarbiya turlarining qo‘llanilish samaradorligi tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’lim — imkoniyati cheklangan bolalar va sog‘lom bolalarning umumiy ta’lim tizimida teng huquqli ta’lim olishini ta’minlovchi tizim bo‘lib, uning muvaffaqiyati samarali tarbiya usullarini qo‘llash bilan bevosita bog‘liqdir. Maqolada ijtimoiy, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiya turlarining inklyuziv ta’lim muhitida o‘rni va ularning bolalarning rivojlanishiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, inklyuziv ta’lim tizimida tarbiyaning individual yondashuvlar asosida amalga oshirilishi va bu borada samaradorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
KARTEL KELISHUVI VA BOSHQA RAQOBATGA QARSHI KELISHUVLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada kartel kelishuvlari va boshqa raqobatga qarshi kelishuvlarning iqtisodiy ta’siri, ularning turlari va tartibga solish mexanizmlari yoritilgan. Kartel kelishuvlari narxlarning oshishiga, raqobatning kamayishiga va bozor samaradorligining pasayishiga olib keladi. Xalqaro va O‘zbekiston qonunchiligidagi kartelga qarshi choralar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda yuz bergan real misollar orqali kartel kelishuvlarining bozorlarga ta’siri tahlil qilinadi. Maqola oxirida kartellarga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
БИОЛОГИК КЕЛИБ ЧИҚИШГА ЭГА БЎЛГАН АШЁВИЙ ДАЛИЛЛАР ЭКСПЕРТИЗАСИНИ ЗАМОНАВИЙ ИМКОНИЯТЛАРИ
Аннотация. Ушбу мақолада биологик келиб чиқишга эга бўлгаи ашёвий далиллар экспертизасида ДНК текширувларини аҳамияти ҳақида адабиётлар маълумотлари таҳлили берилган.
EKOLOGIK MUAMMOLAR IQLIM O'ZGARISHI MISOLIDA
Annotatsiya: Iqlim o'zgarishi hozirgi kunda eng dolzarb ekologik muammolardan biridir. Bu jarayon inson faoliyati natijasida, xususan, chiqindilar va issiqxonaga ta'sir etuvchi gazlarning ko'payishi bilan bog'liq. Iqlim o'zgarishi natijasida global harorat oshib, qurg'oqchilik, misli ko'rilmagan to'fonlar va dengiz darajasining ko'tarilishi kabi hodisalar yuz berishi mumkin. Iqlim o'zgarishi nafaqat tabiiy resurslarga, balki inson salomatligiga ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda, shuning uchun bu masalaga jiddiy e'tibor qaratish zarur.
JAVDAR DONIDAN UNI ISHLAB CHIQISHNING SAMARALI TEXNOLOGIYASINI TADBIQ ETISH
Annotatsiya Javdar donini qayta ishlash mahsulotlarini oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatining turli tarmoqlarida qo'llash hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida ham tadqiqotchilar, hamda ishlab chiqaruvchilarning e'tiborini tortmoqda. Bu ekin maydonlarining ko‘payishi, javdarning yangi navlarini yaratish, texnologik, biokimyoviy va biologik imkoniyatlarini ko‘plab o‘rganishlar bilan bog‘liq.
AMPROMETRIK USULDA BUG‘DOY UNI TARKIBIDAGI KRAXMALNING ZARARLANISH KO‘RSATKICHINI ANIQLASH
Annotatsiya.Uhbu maqolada kraxmalning non tayyorlash jarayonidagi roli juda muhim kraxmalning polisaxaridlari, amiloza va amilopektin xamirda bijg‘uvchi uglevodlarning manbai hisoblanadi, bunda ular amilolitik fermentlar taʼsirida gidrolizga uchraydi. Shu bilan bir qatorda, xamir qorishda kraxmal donachalarining suvni yutish qobiliyati muhim ahamiyatga ega hisoblanadi, aytish joizki bu yerda kraxmalning qanchalik yutuvchanlik xususiyati emas, balki un tortish jarayonida kraxmalning donachalari qanchalik mexanik shikastlanganligi darajasi muhimdir.
ZIRA O’SIMLIGINI OZIQ OVQAT MAHSULOTI SIFATIDA SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARINING AMALIY AXAMIYATI
Anotatsiya. Ziradoshlar oilasiga kiruvchi ko‘p o‘simlik turlari o‘zida efir moylari saqlashligi bilan boshqa oila vakillaridan ajralib turadi. Bu oila vakillaridan biri ya’ni zira ham bu hususiyatni o‘zida saqlab qolgan bo‘lib, undan tibbiyotda va xalq tabobatida keng foydalanish mumkin. Zamonaviy tadqiqotlarda ham, ziraning sog‘liq uchun juda ko‘p foydali tomonlari borligini, shu jumladan hazm qilishni osonlashtirish va oziq-ovqat bilan yuqadigan infeksiyalarni kamaytirishni ko‘rib chiqishdi.
ВЛИЯНИЕ И ЗНАЧЕНИЕ ПОКАЗАТЕЛЯ ГЛБ (ГИДРОФИЛЬНО-ЛИПОФИЛЬНОГО БАЛАНС) ПРИ ПОЛУЧЕНИИ ПОЛИМЕРНО-БИТУМНЫХ ЭМУЛЬСИЙ (Обзор)
Аннотация: В получении стабильных битумных эмульсий важную роль играют такие факторы, как поверхностное натяжение между фазами, дисперсность частиц, вязкость дисперсионной среды и температура. ГЛБ поверхностно-активных веществ различной природы имеет значение для оценки процессов коалесценции, коагуляции и седиментации при образовании эмульсий. Гидрофильно-липофильный баланс синтезированного катионного ПАВ определяли с использованием формул Гриффина и Дэвиса.
CURRENT STATUS OF ECOTOURISM IN UZBEKISTAN
Abstract. Ecotourism in Uzbekistan is emerging as a key sector within the broader tourism industry, driven by the country’s diverse natural ecosystems, mountainous regions, deserts, and rich biodiversity. This article analyzes the current trends, government initiatives, statistical data, and challenges in the development of ecotourism in Uzbekistan. The study is based on recent government reports and international tourism data to provide an evidence-based assessment of the sector.
THE ROLE OF THE ChILDREN IN THE EDUCATIONAL PROCCESS IN SCHOOL-FAMILY PARTNERSHIP
Abstract. The educational process is a joint endeavour including schools, families, and children. Although much research emphasises the roles of parents and teachers, the child's position in this collaboration is a vital yet frequently neglected component. This paper analyses the role of children in the educational process within the school-family partnership, emphasising their responsibility, participation, and engagement. It examines how children actively engage in their learning experiences and the methods by which schools and families can facilitate their autonomy. The study employs an analytical methodology, utilising previous research to examine the impact of children's motivation, autonomy, and communication skills on academic achievement. The findings indicate that children significantly influence their educational experiences, and promoting their active involvement improves overall learning outcomes.
PROBLEMS IN THE FORMATION OF VOCABULARY SKILLS IN TEACHING ENGLISH TO PRIMARY GRADES
Abstract. Vocabulary acquisition is a crucial component of language learning, especially in basic education. Young learners frequently face difficulties in acquiring proficient vocabulary skills due to cognitive, linguistic, and pedagogical influences. This article analyzes prevalent challenges encountered in instructing English vocabulary to primary-grade pupils, highlighting concerns such as restricted exposure, absence of contextual learning, and inadequate teaching approaches. The study examines techniques to address these issues, offering practical options for educators to improve vocabulary learning in early learners.
TAZIYQ VA ZO'RAVONLIKDAN JABRLANGAN XOTIN QIZLARGA PSIXOLOG YORDAM KO'RSATISH
Annotatsiya: Zamonaviy jamiyatda bu muammolar ko'plab ayollarning hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda va ularning ruhiy salomatligi, ijtimoiy hayoti va umumiy farovonligiga daxldor. Psixologik yordam, jabrlanuvchilarga o'z muammolarini tushunish, his-tuyg'ularini boshqarish va hayotlarini qayta tiklashda yordam berishi mumkin.
O’ZBEKISTONDA DIN VA JAMIYAT
Annotatsiya: Ushbu maqolada mustaqil O’zbekistonda dinning erkinligi, jamiyatdagi ahamiyati mustaqillikdan keyingi islom dinining rivojlanishi unga juda katta e’tibor qaratilganligi, jamiyatdagi birdamlik va bag’rikenglik haqida qisqacha keltirilgan.
O‘ZBEKISTON AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TA’MINLASH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
YOSH GANDBOLCHILARNING ANATOMIK VA FIZIOLOGIK RIVOJLANISHI
Anotatsiya: Yosh gandbolchilarni tayyorlashning anatomik va fiziologik jihatlari muhokama qilinadi. Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va amaliyotida o‘rganilayotgan jarayonning dolzarbligi va ahamiyati asoslandi. Yosh gandbolchilarning anatomik va fiziologik tayyorgarligining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha so‘rov natijalari taqdim etilgan. Tajribalar natijalari tahlil qilinadi, natijalarda jismoniy talqini beriladi.
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA DIFFERENSIAL TENGLAMALAR ASOSIDA INKLUZIV TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Annotatsiya: Ushbu maqola raqamli transformatsiya davrida inkluziv ta’limning samaradorligini oshirishda differensial tenglamalardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi. Raqamli texnologiyalarning ta’limga ta’siri, inkluziv ta’limning dolzarbligi va matematik modellar yordamida o‘quv jarayonlarini optimallashtirish masalalari tahlil qilinadi. Maqolada ushbu yondashuvning afzalliklari, qiyinchiliklari va kelajakdagi istiqbollari muhokama qilinadi.
ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqola O‘zbekistonda ziyorat turizmining rivojlanish bosqichlari va uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Maqolada turizmning tarixiy jarayonlari, infratuzilma rivoji va olimlarning tadqiqotlari misollar bilan yoritilgan.
THE ROLE OF SONGS AND MUSICS FOR KINDERGARTEN LEARNERS IN LEARNING ENGLISH LANGUAGE
ANNOTATION. This study explores the significance of songs and music in enhancing English language acquisition among kindergarten learners. Research indicates that music-based learning engages young children by making the learning process enjoyable, interactive, and memorable. Songs help develop listening skills, improve pronunciation, and reinforce vocabulary retention. Additionally, rhythm and melody aid in cognitive development and emotional engagement, making it easier for children to grasp linguistic patterns and sentence structures. The study also examines the impact of music on motivation, social interaction, and overall language fluency. Findings suggest that incorporating songs in early language education fosters a positive learning environment and enhances linguistic competence among young learners.
ЛИТЕРАТУРНЫЙ ОБЗОР СОВРЕМЕННЫХ ПОДХОДОВ К ПРИМЕНЕНИЮ ИНГИБИТОРОВ ДПП-4 ПРИ САХАРНОМ ДИАБЕТЕ 2 ТИПА
Аннотация: В статье рассматриваются современные подходы к лечению сахарного диабета 2 типа с акцентом на использование ингибиторов дипептидилпептидазы-4 (ДПП-4), в частности ситаглиптина. Приводятся данные клинических и метаанализов, подтверждающие эффективность и безопасность данных препаратов как в монотерапии, так и в комбинации с метформином. Особое внимание уделяется их влиянию на сердечно-сосудистые исходы и возможность индивидуализации терапии с целью минимизации риска гипогликемии. Обсуждаются также плейотропные эффекты ингибиторов ДПП-4, включая благоприятное влияние на массу тела, липидный спектр, артериальное давление и воспалительные процессы. Отмечается высокая клиническая переносимость и целесообразность использования фиксированных комбинаций препаратов.
VIRTUAL REALITY (VR) AND AUGMENTED REALITY (AR) FOR IMMERSIVE EXPERIENCES IN HOSPITALITY AND TOURISM INDUSTRY
Abstract: This thesis investigates the roles of Virtual Reality (VR) and Augmented Reality (AR) in shaping the modern tourism industry. It explores their applications in destination marketing, tourist engagement, and enhancing experiences. The study highlights the potential of VR and AR to address accessibility challenges, promote sustainable tourism, and redefine traditional travel paradigms. Furthermore, it evaluates their implications for consumer behavior, industry practices, and technological advancements.
THE ROLE OF GASTRONOMY IN THE DEVELOPMENT OF TOURISM INDUSTRY
Abstract: Gastronomic tourism, an increasingly popular niche of the travel business, provides a unique combination of gastronomic pleasures and cultural exploration. This thesis studies how food influences tourist destination preferences, promotes cultural interchange, and contributes to sustainable tourism. The project investigates the economic, cultural, and environmental implications of gourmet tourism through case studies, surveys, and stakeholder interviews. It also identifies difficulties, such as the risk of over-commercialization and resource depletion, and proposes methods to encourage authentic and sustainable culinary tourism.
ВАЖНОСТЬ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ОБРАЗОВАНИИ
Аннотация: В последние годы, искусственный интеллект широко используется в различных областях, включая образование. Важность искусственного интеллекта в системе образования проявляется не только в эффективной организации учебного процесса, но и в учёте индивидуальных потребностей учащихся. В этой статье мы подробно разберем роль ИИ в образовании, его преимущества, проблемы и перспективы на будущее.
UYALI ALOQA VOSITALARINI KUZATISHNING MAVJUD USULLARI TAHLILI
Annotatsiya: Mazkur maqolada mobil telefonlarni davlat organlari binosiga olib kirish uchun cheklovlarning huquqiy jihatlari rivojlangan davlatlar bilan taqqoslagan holda tahlili va mobil telefonlarni kuzatishning mavjud usullari tahlili keltirilgan. Shuningdek, maqolada`smartfon va boshqa turdagi ma’lumot tashuvch qurilmalarni toifalangan obyeklarga noqonuniy olib kirishni aniqlash uchun xizmat qiluvchi detektor apparat-dasturiy ta’minotini ishlab chiqish masalasi yoritilgan.
AXBOROT XAVFSIZLIGIDAGI ZAMONAVIY TAHDIDLAR: FISHING VA IJTIMOIY MUHANDISLIK HUJUMLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada fishing va ijtimoiy muhandislik hujumlarining axborot xavfsizligiga tahdidi tahlil qilinadi. Ushbu tahdidlar texnologik vositalardan tashqari, inson psixologiyasidan foydalanishga asoslanadi. Maqolada hujumlarning asosiy turlari, real misollar va ularni oldini olish yo‘llari keltirilgan.
SHAXSNING MA’NAVIY FAZILATLARINI YANADA BOYITISH MA’NAVIY HAYOTIMIZNI YUKSALTIRISH OMILI
Annotatsiya. Mazkur maqolada inson jamiyatning qudrati ekanligi, milliy qadriyatlarimiz bo‘lgan ma’naviy fazilatlarning asosiy mezonlarini inobatga olib, ma’naviy boyligimizni yanada yuksaltirish, shaxs ma’naviyatli bo‘lib kamol topishida ma’naviy fazilatlarning o‘rni, ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish jamiyat barqarorligini ta’minlash garovi ekanligi, ma’naviy fazilatlar va uning o‘rnini-xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, ruhiyatiga asoslanib kelajakka ishonch va ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirish zarurligi haqida yoritilgan.
OʻZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXIGA DAXLDORLIK MASALASI
Abstract: This article analyzes the scientific and theoretical foundations of the issue of involvement in Uzbekistan’s modern history, its social and political aspects, and its role in society. Furthermore, by comparing it with the experiences of other countries, conclusions are drawn about how this process is unfolding in Uzbekistan. The significance of this study lies in the fact that it influences not only the formation of historical consciousness but also the attitude of future generations toward national heritage.
GEODEMOGRAFIK TAHLILLAR UCHUN GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARI (GAT) DAN FOYDALANISH
Annotatsiya. Geografik axborot tizimlari (GAT) geodemografik tahlilda muhim rol o‘ynab, demografik ma’lumotlarni vizuallashtirish, xaritalash va fazoviy tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu maqolada GATning geodemografik tadqiqotlardagi qo‘llanilishi O‘zbekiston Respublikasi hududlari misolida o‘rganiladi. Demografik ma’lumotlarni qayta ishlash metodologiyalari, fazoviy tahlil usullari va GATdan foydalanish orqali aholi tarkibi, migratsiya jarayonlari hamda hududiy tafovutlarni aniqlash imkoniyatlari muhokama qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajribalar bilan taqqoslash va statistik modellar bilan integratsiya qilish yondashuvlari ham ko‘rib chiqiladi.
GOSPITAL SHAROITDA DO’STLIK MUNOSABATI O‘QUVCHILARNING IJTIMOIYLASHISHINING ASOSIY BO‘G‘INI
Annotatsiya: Mazkur maqolada gospital sharoitida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning ijtimoiylashish jarayonida do‘stlik munosabatlarining o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Do‘stlik munosabatlari bolaning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ruhiy barqarorlikni ta’minlash va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishda qanday ahamiyat kasb etishi yanada do‘stlik munosabatlarini shakllantirishga yordam beruvchi pedagogik-psixologik yondashuvlar orni haqida so‘z yuritiladi.
KUTUBXONALARDA FONDLARINI SAQLASH ISHLARINI TASHKIL QILISH.
Annotatsiya: Ushbu maqolada axborot-kutubxona fondlari va ularni saqlash,shart-sharoitlari va saqlash gigiyenasi talablari haqida so’z boradi
SUD -GISTOLOGIYA BO‘LIMIDA LABORANTNING ISH KUNI
Annotatsiya: Maqolada sud-tibbiy ekspertiza gistologik laboratoriyasi laborantlarining mashaqqatli mehnati, ularni sud-tibbiyotidagi o‘rni va axamiyati haqida so‘z yuritilgan.
BIOKIMYOVIY TAHLILLAR: ORGANIZMDAGI HOLATNI ANIQLASHDA ISHONCHLI KO‘RSATGICH
Annotatsiya. Ushbu maqolada biokimyoviy tahlillarning ahamiyati, ularning organizmdagi turli fiziologik va patologik jarayonlarni baholashdagi ro‘li yoritilgan. Biokimyoviy ko‘rsatkichlar yordamida kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, tashxis qo‘yish va davolash samaradorligini kuzatish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada qon, siydik, jigar va buyrak faoliyatini baholovchi biokimyoviy testlarning asosiy turlari, ularning diagnostikadagi o‘rni va ishonchliligi tahlil qilinadi. Tadqiqotlar natijalariga asoslanib, biokimyoviy tahlillarning zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni va istiqbollari muhokama qilinadi.
MEDIA OLAMDAGI AXBOROT INQILOBINING SHAXS MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASIGA TA’SIRI
Annotatsiya: Ushbu maqolada axborot xurujlarining mohiyati ularning shaxs ongiga va axloqiy qarashlariga ta’siri taxlil qilinadi.SHuningdek,media vositalarning inson ma’naviy kamolotiga ijobiy va salbiy ta’siri ,yolg’on axborot va manipulatsiya usullarning tarbiyaga ta’siri haqida so’z yuritiladi.Axborot xurujlariga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirish usullari haqida fikr yuritiladi.
TALABALARDA TARIXGA DAXLDORLIK TUYG‘USINI RIVOJLANTIRISHDA RESPUBLIKA MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT MARKAZLARINING O‘RNI
Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalarda tarixga daxldorlik, nafaqat daxldorlik tarixga bo‘lgan qiziqish qachon shakillanishi, tarixga daxldorlik tuyg‘usini his qilishda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazlarining o‘rni ularning asosiy maqsadlari va hozirgi kunga qadar erishgan yutuqlari haqida ma’lumot beriladi. Maqolada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazlarining talabalarda tarixiy ongni rivojlantirishdagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar beriladi.
EFFECT OF CHEMICAL ADDITIVE " BETON STRONG-17" ON THE MECHANICAL PROPERTIES OF CONCRETE
Annotation: This article provides information on the chemical additives used in the preparation of concrete products and construction mixtures.
ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRI ОRQАLI TАLАBАLАRDА TАRIXGА DАXLDОRLIK TUYG‘USINI RIVОJLАNTIRISH METODIKASI
Abstract. This article discusses the development of a sense of historical awareness among students through the mass media, the enlightening ideas of our Jadid ancestors. Also, the scientific research work thoroughly analyzes the publishing work carried out by the Jadids and the problems of their development.
BUXORO AMIRLIGI TARIXNAVISLIK AN`ANALARINING ILMIY USLUBIY TAHLILI
Maqolada O`rta Osiyo xonliklari tarixnavislik an`analarining o`ziga xos uslublari haqida to`xtalib o`tiladi. Shuningdek, asosiy mavzu Buxoro amirligidagi mahalliy muarrixlarning asarlaridagi ma`lumotlar, ularning ishonchliligi hamda ulardagi o`xshashlik va farqlar taqqoslab keltiriladi. Buxoro amirligi davridagi tarixshunoslik jarayonlari, mualliflar yondashuvi va tarixiy manbalar tahlil qilinadi.
АНАЛИЗ ВЫГОД И ЗАТРАТ КАК ОДИН ИЗ ВАЖНЕЙШИХ МЕТОДОВ ОЦЕНКИ РЕГУЛЯТОРНОГО ВОЗДЕЙСТВИЯ
В данной статье всесторонне рассматривается метод анализа выгод и затрат, широко применяемый в проведении оценки регуляторного воздействия во всем мире. Приводится историко-теоретические данные, примеры с математическими исчислениями, раскрываются преимущества и недостатки анализа выгод и затрат.
UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA IMOM AL BUXORIY HADISLARINI O’RGANISH JARAYONINI TASHKILIY- PEDAGOGIK ASOSLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada Imom Buxoriy hayot yo’li, hadislarining didaktik ahamiyati, umumta’lim maktablarida Imom Ismoil al-Buxoriy hadislarini o’rgatishdagi ayrim texnologik metodlar bilan tanishtirilgan.
THE DIFFERENCES BETWEEN UZBEK AND ENGLISH MORPHEMES, AND THE CHALLENGES IN TRANSLATION
Annotation: This article explores the key differences between Uzbek and English morphemes, focusing on how these differences pose challenges for accurate and meaningful translation. It analyzes morphological structures, types of morphemes, and their role in word formation in both languages. The paper also discusses translation difficulties caused by structural and cultural mismatches between agglutinative (Uzbek) and analytic (English) languages. Recommendations are given to improve translation practices and language teaching strategies.
KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILI OʻQITISHDA XALQ OGʻZAKI IJODINING OʻRNI
Annotatsiya. Maqolada yosh bolalarga ingliz tilini o‘rgatishda xalq og‘zaki ijodining o‘rni yoritilgan. Unda maktabgacha yoshdagi bolalarning til o‘rganish faoliyatida an’anaviy xalq unsurlari, ya’ni bolalar qofiyalari, xalq ertaklari, qo‘shiqlari bilan uyg‘unlashtirish muhimligi ta’kidlanadi. Ushbu an'analar bolalarni til va madaniy o'rganishga jalb qiluvchi tilga boy muhit yaratishda samarali vosita bo'lib xizmat qiladi. Og‘zaki xalq amaliy san’ati elementlaridan foydalangan holda pedagoglar lug‘at boyligini oshirish, tinglash va nutq ko‘nikmalarini oshirish, bolalarda ijodkorlikni rag‘batlantirishlari mumkin.
MAKTABGACHA TA`LIM O`RGANUVCHILARIGA XORIJIY (INGLIZ TILINI) O`QITISH JARAYONIDA PEDAGOGLARNING MALAKASINI OSHIRISH
Annotatsiya. Bugungi globallashuv davrida xorijiy tillarni, xususan, ingliz tilini bilish zamonaviy jamiyat uchun muhim talabga aylanib bormoqda. Shu sababli, ta’lim tizimining boshlang‘ich bosqichi bo‘lmish maktabgacha ta’limda ham ingliz tilini o‘qitish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bolalarning lingvistik va kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish uchun maktabgacha ta’lim muassasalaridagi pedagoglarning malakasi yuqori bo‘lishi lozim. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun malaka oshirishning ahamiyati, samarali metodlari va zamonaviy yondashuvlar haqida so‘z yuritiladi.
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING INGLIZ TILINI RIVOJLANTIRISHDA YUZAGA KELADIGAN QIYINCHILIKLAR (GAPIRISH KO’NIKMASI MISOLIDA)
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining ingliz tilini rivojlantirish jarayonida duch keladigan asosiy qiyinchiliklar va ingliz tilida erkin gapirishga bo’lgan hayajonni yengish usullarini tahlil qilinadi. Bolalar ingliz tilini o’rganishda fonetik farqlar so’z boyligi cheklanganligi,grammatik murakkabliklar va kommunikativ qo’rquv kabi muammolarga duch keladilar. Ayniqsa, ingliz tilini o’zlashtirishda ishonchsizlik hissi o’quvchilarning faolligini pasaytiradi.Ularning til kompetensiyalarini o’zlashtirishga to’sqinlik qiladi. Maqolada ushbu muammolarni bartaraf etish uchun o’yinlar qiziqarli dars metodlari, viziual materiallar va psixologik qo’llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlanadi. O’qituvchilarning bolalarga mativatsiya berishi,ularga til o’rganish jarayonida xato qilishdan qo’rqmaslikni o’rgatish muhim omillardan biri ekanligi aytib o’tiladi. Shuningdek, til muhitni yaratish va o’quvchilarning muloqotga bo’lgan ishonchini oshirish uchun samarali strategiyalar taklif etiladi.
“LENIN YO‘LI” GAZETASI – IKKINCHI JAHON URUSHI TARIXINI YORITISHDA MUHIM MANBA
Annotatsiya: Mazkur maqolada “Lenin yo‘li” gazetasida 1941 – 1945-yillar davomida nashr qilingan materiallarning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi O‘zbekiston tarixi, xususan Samarqand viloyati tarixini o‘rganishdagi manbaviy ahamiyati tahlil qilingan.