JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
349
349
SHAXSNING MA’NAVIY FAZILATLARINI YANADA BOYITISH
MA’NAVIY HAYOTIMIZNI YUKSALTIRISH OMILI
A.S. OTOKULOV
Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
D.A. SOBIRQULOVA, SH.T. UMARALIYEVA
O‘zbekiston Respublikasi IIV 1-sonli Toshkent akademik litsey o‘quvchilari
Annotatsiya.
Mazkur maqolada inson jamiyatning qudrati ekanligi, milliy
qadriyatlarimiz bo‘lgan ma’naviy fazilatlarning asosiy mezonlarini inobatga olib,
ma’naviy boyligimizni yanada yuksaltirish, shaxs ma’naviyatli bo‘lib kamol topishida
ma’naviy fazilatlarning o‘rni, ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish jamiyat barqarorligini
ta’minlash garovi ekanligi, ma’naviy fazilatlar va uning o‘rnini-xalqimizning azaliy
an’analariga, udumlariga, ruhiyatiga asoslanib kelajakka ishonch va ma’rifat
tuyg‘ularini ongimizga singdirish zarurligi haqida yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
ma’naviy fazilat, inson, ma’naviyat, urfodatlar, an’analar, Vatan,
xalq, otaona, tinchlik, totuvlik, mas’uliyat, daxldorlik, tarix, vatanparvarlik, qadriyat,
tuyg‘u, g‘urur.
Аннотация.
В данной статье рассматривается, что сила общество
заключается в человеке, акцентируется внимание на основных критериях
духовных ценностей, являющихся нашими националными традициями, а также
на необходимости далнейшего укрепления нашего духовного богатства.
Указывается, что роль духовных ценностей в формировании духовно зрелой
личности и их укрепление является залогом стабильности общества.
Подчеркивается, что духовные ценности и их место должны основыватся
на древних традициях, обычае и духе нашего народа и что необходимо внедрять
в наше сознание чувство уверенности в будущем и духовности.
Клюchевые слова:
духовная добродетель, человек, духовность, убеждения,
традиции, Родина, народ, родители, мир, гармония, ответственность,
неприкосновенность, история, патриотизм, ценность, чувство, гордость.
Annotation.
This article discusses the concept that a person is the power of the
state, taking into account the main criteria of our national values and moral virtues. It
emphasizes the importance of further elevating our spiritual wealth, the role of moral
virtues in an individual's spiritual development, and the fact that the enhancement of
moral virtues ensures the stability of society. The article also highlights that the
promotion of moral virtues should be grounded in the ancient traditions, customs, and
spirit of our people, and stresses the necessity of instilling feelings of trust and
knowledge for the future in our consciousness.
Keywords:
moral virtues, person, spirituality, customs, traditions, homeland,
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
350
350
people, parents, peace, harmony, responsibility, relevance, history, patriotism, values,
emotions, pride.
Bugungi kunda jamiyatimizning haqiqiy boyligi inson ekanini tushunamiz.
Jamiyat Vataniga sadoqatli, ma’naviyati yuksak insonlar bilan faxrlanadi. Inson
davlatning qudrati hisoblanadi, ma’naviyatli yosh avlodni tarbiyalab voyaga
yetkazayotgan millat kelajakka katta ishonch bilan qaraydi. Umrimizning mazmuni
farzandlarimizdir. Bu dunyoda munosib farzand ko‘rish, bog‘ yaratish kabi
ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan bizning insoniy burchimizdir.
Asrlar osha millatimizning ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatsevarlik kabi
ezgu fazilatlari yuksalib bormoqda. Millatimiz daholaridan bahra olib, bizning
kelajagimiz Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahovaddin Naqshband, Imom Buxoriy,
Imom Termiziy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari
ajdodlarimizning fikrlariga tayanishimiz lozim.
Ma’naviy fazilatlar jamiyatimizning qon-qoniga singib ketgan sifatlardan biri
hisoblanadi. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni asrab, avaylash va yanada yuksaltirish,
farzandlarimizni Davlatimizning munosib o‘g‘il-qizlari etib tarbiyalash masalasi
ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning asosiy yo‘nalishini tashkil etmoqda. Shunga
uchun ajdodlarimiz tarixi va madaniyatini, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama
o‘rganish dolzarb ahamiyatga ega.
Millatimizning eng yaxshi fazilatlari, o‘z Vataniga mehr-muhabbati,
vatanparvarligi ma’naviyatni mustahkamlaydi. Tariximizga nazar tashlasak,
ma’naviyatimiz bilan bog‘liq halollik, haromdan hazar, ta’magirlikdan nafratlanish,
kamtarlik, adolatparvarlik shu kabi eng olijanob fazilatlarga duch kelamiz. Fransuz
olimi Marsel Brionning “Men kim Sohibqiron Temur” nomli kitobida Amir Temurning
Qur’oni Karimni yoddan bilganligi, yirik ulamolar bilan diniy bahslarda so‘z yuritgani
uning ma’naviyatini yuksakligi, iymoni qanchalar pok va mukammal ekani, fiqh
ilmiga ega bo‘lganini bildiradi.
Xalqimiz urush yillarida o‘zlari yemay, bolalariga yedirib-ichirmay, mutlaqo
begona yordamga muhtoj insonlar bilan topganlarini birgalikda baham ko‘rganlar.
O‘sha og‘ir yillarda turli millatlarga mansub yetim bolalar o‘zbek oilalarida ota-ona
mehrini oldilar. Butun bir xalq ana shunday yuksak olijanoblik va ma’naviy fazilatlarni
namoyish etganligi haqidagi misollar tarixda kam topiladi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Ilm-ma’rifat va kasb-hunarga
intilish, oilani muqaddas bilish, ma’naviy poklik, kattalarga - hurmat, kichiklarga -
shafqat, ezgu qadriyatlarga - sadoqat kabi fazilatlar azaldan xalqimiz va millatimizning
qonida bo‘lib kelgan. Biz mana shunday bebaho merosimizni nafaqat asrashimiz, balki
uni yanada boyitishimiz, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazishimiz kerak”
[1].
Milliy ma’naviyatimizga mutlaqo begona bo‘lgan zararli g‘oyalar, tushuncha
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
351
351
va qarashlar chegarani buzmasdan, bildirmasdan, ta’bir joiz bo‘lsa, “Chaqirilmagan
mehmon”
bo‘lib
xonadonimizga,
jamiyatimizga,
eng
yomoni,
murg‘ak
bolalarimizning pokiza qalbi va yuragiga kirib kelmoqda. Bularning barchasi biz uchun
ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lib yangrashi zarur. Biz - g‘ururi baland xalqmiz. Bu, hech
shubhasiz, katta boylik. Ajdodlarimiz asrlar davomida asrab-avaylab kelgan bu
boylikni yukotib qo‘ysak, kelgusi avlodlar bizni aslo kechirmaydi
[2].
Odobaxloq, hayoibo, ornomus, diyonat kabi boqiy qadriyatlar xalqimiz boy
ma’naviyatining ajralmas qismiga aylanib ketgan. Afsus, bugungi murakkab sharoitda
“Ommaviy madaniyat” niqobi ostida yoshlarimizga turli yot g‘oyalar, ma’naviy
buzuqlik va axloqsizliklarni targ‘ib etishga urinayotgan ayrim g‘alamislar aynan ana
shu bobomeros qadriyatlarimizga bolta urishga urinayotgani sir emas
[3].
Ba’zi insonlar chiroyli bo‘lmasligi mumkin, lekin ularda ma’naviy fazilatlari ko‘p
bo‘lsa, o‘zgalarning e’tiborini tortadi. Ishbilarmon kishi xushmuomala, ko‘ngli ochiq
bo‘lishi, suhbatdoshi bilan so‘zlashganda o‘zining fikrlarini erkin ifoda eta olishi
lozim. Insonning ichki dunyosini his etish, uni tushunish, oldindan bo‘ladigan
muzokaralar yechimini his etish yoki o‘z hamsuhbatining kayfiyatini bilib, mavzuni
o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘lgan inson faqat ezgu maqsadni ro‘yobga chiqishiga
sababchi bo‘ladi, yomonliklarning oldini oladi
[4].
Ma’naviy tushunchaga e’tibor qaratamiz, ma’naviy fazilatlar – insonning
ma’naviy qiyofasi, ijtimoiy hayot, ong va munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan, jamiyat
taraqqiyoti va turmushi ta’sirida shakllangan ma’naviy xususiyat va xislatlarining
umuminsoniy hamda milliy fe’l-atvor ko‘rinishlarini ifodalovchi tushuncha
[5].
Ma’naviyatning axloqiy mezonlari inson tarbiyasi va kamolotida alohida o‘rin
tutib, shaxs va jamiyat ma’naviyatini yuksaltiruvchi, tafakkur rivojida beqiyos
ahamiyat kasb etadigan qadriyat shakllaridir. Masalan, urfodatlar, an’analar, Vatanni
sevish, o‘z xalqi va millatini hurmat qilish, otaonasini e’zozlash, tinchlik va totuvlikni
saqlash, o‘z ishiga mas’uliyatli bo‘lish, o‘z Vatani taqdiriga daxldorlik hissi kabi
yuksak ma’naviy fazilatlar o‘zbek xalqining qonqoniga singib ketgan. 1-rasmda
ko‘rsatilgan.
Ma’naviyatning insonlar tomonidan amalga oshiriladigan o‘ziga xos
xususiyatlaridan odob, insonparvarlik, ezgulik, mehrmuruvvat, halollik, poklik,
haqiqatgo‘ylik, vatanparvarlik, kattalarga hurmat va kichiklarga izzatda bo‘lish,
kamtarlik, sharmxayo, andisha, vijdon, oriyat, jasurlik, sahiylik, himmatlilik,
muloyimlik, to‘g‘rilik, haqgo‘ylik, mehribonlik, odillik, qonunga bo‘ysunish, iymon,
e’tiqodlilik, vafodorlik, insof va diyonatlilik, samimiylik va hokazolar ma’naviyatning
ijobiy sifatlari sanaladi
[6].
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
352
352
1-rasm. Shaxs kamolotini yuksaltiriltiruvchi ma’naviy fazilatlar
Tarixdan bugungi kun davrigacha turli xalqlarning tinch va osoyishta yashashlari
uchun doimo turli muammolar vujudga kelgan. Har tomonlama to‘liq ustun bo‘lgan
davlatlar o‘zidan kuchsiz mamlakatning hududlarini egallash, ularning boyliklariga
egalik qilish va oqibatda o‘z yurti sarhadlarini yanada kengaytirib ulkan davlat tuzishni
maqsad qilishgani sir emas. Shunday maqsad yo‘lida turli hiylalar va harbiy
kurashlardan foydalanilgan va egallangan hududning aholisi milliy urf-odatlari,
qadriyatlari, dinini yo‘q qilishga urinib, o‘zlarining dinini, urf-odatlarini, tilini
singdirishga harakatlarni his qilish qiyin emas, inson ongini egallashdek faoliyat
ko‘rinishida olib borilmoqda.
Milliy qadriyatlarni shakllantiradigan asosiy mezonlar millatning tarixi, urf-odati,
an’anasi, hayotiy qadriyatlari bilan birga ma’naviy merosi, madaniy boyliklari va
ko‘hna tarixiy yodgorliklaridir.
Urfodat – ma’naviy hayot hodisasi, an’analar sifatida umumxalq tomonidan
qabul qilingan, tarixan tarkib topgan tartib-qoida, rasm-rusum, tamoyil. (Masalan,
o‘zbeklarda kichiklarning kattalarga salom berishi, erta turib uy-hovlini supurib sidirib,
tartibga keltirib qo‘yish, mehmonlarga alohida hurmatda bo‘lish, bayram arafasida
betob, ojiz va qiynalganlardan xabar olish, yordamga muhtojlarga hasharga borish va
b.). Urf-odat va rasm-rusumlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisining
tarkibiy qismi hisoblanadi. Urf-odat va rasm-rusumlar har bir millat va elatning tarixi,
turmush tarzi va boshqa omillar ta’sirida shakllanadi hamda ularning o‘ziga xos
qiyofasini belgilovchi xususiyatlardan biridir
[7].
«Urf-odat – an’analar sifatida umumxalq tomonidan qabul qilingan tartib-qoida,
rasm-rusum, tamoyil»lar jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olib, ularda o‘z
ifodasini topadi. An’analar – qadimdan insoniyat hayoti, turmushi, mehnati va ibratli
hayot saboqlari bo‘lib, avloddan-avlodga, o‘tmishdan kelajakka meros bo‘lib
qoladigan, barcha tadbirlarda namoyon bo‘ladigan ijtimoiy faoliyat mahsulidir.
Marosimlar esa an’analar va urf-odatlarning amaliy ko‘rinishidir. An’analar va urf-
odatlar milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy siyosiy va diniy bo‘lib, milliy
qadriyatlarning ajralmas qismidir. Chunki har qanday urf-odat, udum, rasm-rusum,
marosim va an’analar milliy qadriyatlar negizida shakllanadi va milliy vijdon, milliy
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
353
353
ruh, milliy xulq, milliy odob-axloq mevasi sifatida uni yaratgan zukko xalq
tarbiyasining asosini tashkil etadi. Jamiyatni boshqarishning ma’naviy omili sifatida
yoshlar qalbida mehr-muhabbatli bo‘lish, oila va Vatanni sevish, ajdodlar merosidan
bahra olish va hayotni qadrlash kabi tuyg‘ularni shakllantiradi
[8].
An’ana – tarixiy jihatdan uzviylik va vorisiylikni anglatadigan ma’naviy hayot
hodisasi, ma’naviyatga xos ijtimoiy kategoriya, ajdodlarning tarixan to‘plagan
ma’naviy qadriyatlarini avlodlarga uzatish (berish) vositasi. An’ana lug‘aviy ma’noda
mavhum tushuncha bo‘lsa-da, aslida an’anaga aylangan rasm-rusumlar, urf-odatlar,
marosimlar, udumlar, ko‘nikma, malaka, turmush tarzi va boshqalar haqida fikr
yuritilganda, u aniq ma’no kasb etadi. Millatlar, xalqlar, elatlarning tarixiy xotirasiga
zo‘r hurmat bilan qarash, avvalo, an’anaga aylangan jarayonlarda o‘z ifodasini topadi.
An’analar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi. Odamlarning
turmush tarzi, moddiy sharoitlari turli an’analarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Muayyan ijtimoiy tartib-qoidalar, axloq me’yorlari, urf-odatlar, marosim va boshqalar
An’ana sifatida namoyon bo‘ladi. An’analarni, ijtimoiy-tarixiy hodisa, jamiyat
hayotidagi jarayonlarning tarkibiy qismi, kishilar hayoti va faoliyatini belgilash
mezoni, jamiyat va odamlarni boshqarishning ma’naviy omillaridan biri sifatida ham
tavsiflash mumkin
[9].
Bugungi davrda va mustaqilligimizni mustahkamlash jarayonida Vatanni sevish,
yurt tinchligini asrash, xalq farovonligi yo‘lida kurashish, ezgu amallar va savob
ishlarni amalga oshirish – mamlakatimizdagi barqarorlikning mazmunini belgilaydi.
Vatanga mehr, avvalo, insonning o‘z oilasi, uyi, mahallasi hamda tug‘ilib o‘sgan
yurtiga muhabbatdir. Vatanga muhabbat yuksak insoniy fazilatlardan ekani ko‘p zikr
etiladi. Bu haqda “Vatanni sevmoq imondandir”, deyilgan hikmatni esga olish
kifoyadir. Vatanni sevish insonga xos tabiiy tuyg‘udir.
Musulmon mutafakkiri, tarixchi olim, o‘z davrida Qohira shahrida shariat oliy
qozisi lavozimida ishlagan Ibn Xaldun “Vatan – bu insonning tug‘ilib o‘sgan yeri,
uning go‘daklik chog‘idanoq mehr qo‘ygan o‘chog‘idir”, deb ta’rif bergan
[10].
Inson o‘z Vatani ravnaqi uchun fidoiylik ko‘rsatishi, bu yo‘lda kerak bo‘lsa, jonini
ham berishga tayyor bo‘lishi lozim. Vatanni sevish va ayniqsa, bu sevgini amalda
namoyon qilish unchalik oson ish emas. Bu insondan juda katta jasoratni, bardoshni,
chidamni talab qiladi. Qizig‘i shundaki, Vatan o‘z farzandlaridan har-bir lahza jon fido
qilishini talab qilmaydi. Bu yo‘lda sodir bo‘ladigan fidoiylik eng yuksak jasorat bo‘lib,
u kutilmagan hollarda ro‘y beradi, lekin Vatan sevgisi insondan bir qarashda mahobatli
ko‘rinmaydigan, insonning oddiy faoliyatidan kam farq qiladigan, aslida esa juda
mashaqqatli
mehnatdan
iborat
bo‘lgan
kundalik
jasoratni
talab
qiladi.
Donishmandlardan birining aytishicha: “Vatan bir bog‘dir, Vatanning sodiq farzandlari
bu bog‘ni o‘z yurak qonlari ila sug‘ormaklari darkor”
[11].
Ona Vatani, millati va xalqini sevish, demakki, vatanparvarlik, millatparvarlik
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
354
354
va xalqparvarlik xislatlari inson ma’naviyatining asosiy ijtimoiy omillaridir.
Ma’naviyatli insonlar ko‘paygan jamiyatda aql, sog‘lom fikr, yaxshi xulq, insof va
adolat tantana qilib, turli salbiy illatlar barham topadi. Natijada jamiyat a’zolarining
kelajakka ishonchi ortib, ular o‘z faoliyatlarini Vatan va xalq ravnaqi yo‘lida safarbar
etadi
[12].
Vatanparvarlik shaxs ma’naviyatining ajralmas qismi ekani asoslangan.
Haqiqatdan ham, o‘z Vatanini sevmagan, uning taraqqiyoti uchun joy kuydirmaydigan,
beparvo va loqayd inson ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lishi mumkin emas
[13].
Ma’naviyati yuksak kishi birovning haqiga, davlat, jamoa mulkiga xiyonat
qilmaydi, sadoqatli bo‘ladi, Vatani, elu yurti, xalqi uchun jonini fido etishga tayyor
turadi. Buning aksi o‘laroq, ma’naviyati qashshoq kishilar nopok, firibgar, poraxo‘r,
o‘g‘ri, qallob bo‘lib, Vatan va millat manfaatlariga befarq qaraydi
[14].
So‘zining ustidan chiqmaydigan, atrof-muhitga befarq, qat’iyatsiz, beburd va
munofiq kimsalar o‘zi tug‘ilib o‘sgan Vataniga xiyonat qilishgacha borishi mumkin
[15].
Jamiyat va shaxs ma’naviyatini yuksaltiruvchi, tafakkur rivojida beqiyos
ahamiyat kasb etadigan qadriyat shakllari ma’naviy qadriyatlar tushuniladi. (Masalan,
urf-odatlar, an’analar, Vatanni sevish, o‘z xalqi va millatini hurmat qilish, ota-onasini
e’zozlash, tinchlik va totuvlikni saqlash va hokazo)
Bizning ustuvor vazifamiz - inson salohiyatini ro‘yobga chiqarishga har
tomonlama ko‘maklashish, uning asosiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilishdan iborat. Bu jamiyatda tinchlik va barqarorlik, farovon hayotni ta’minlashning
asosiy shartidir. Afsuski, bugungi kunda barchamiz mazkur ijobiy jarayonga to‘sqinlik
qilayotgan murakkab va ziddiyatli tendensiyalar mavjudligiga guvoh bo‘lib turibmiz.
Bu o‘rinda so‘z jahonda, jumladan, Janubi-Sharqiy Osiyodan tortib Yaqin Sharqqacha
bo‘lgan makonda qurolli to‘qnashuvlar kuchayib, o‘zaro ishonchsizlik va nizolar,
millatlararo va konfessiyalararo ixtiloflar chuqurlashib borayotgani, barqaror
taraqqiyotga qarshi boshqa global tahdid va xatarlar paydo bo‘layotgani haqida
bormoqda [16].
Yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning
hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga
daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligiga, tinch va osoyishta
hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan kuchlarga qarshi izchil kurash olib
borish vazifasi hech qachon o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi [17].
Mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mintaqaviy xavfsizlikning
eng muhim muammolarini hal etish, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga
solishga ko‘maklashish, transchegaraviy suv oqimlari resurslaridan foydalanish
masalalarini hal etish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonlarini
tugallash, ekologik barqarorlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarga hamda tabiiy va
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
355
355
texnogen xususiyatdagi transchegaraviy tahdidlarga e’tibor qaratish yuzasidan
ta’sirchan chora-tadbirlarni ko‘rish;
mintaqadagi tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikka tashqi hamda ichki tahdidlar
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni neytrallashtirish, ekstremizm, terrorizm, uyushgan
hamda transchegaraviy jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida Markaziy Osiyodagi
barcha mamlakatlar bilan o‘zaro hamfikrlik va amaliy hamkorlikni mustahkamlash
kabi vazifalar belgilangan [18].
Xalqimiz uchun aziz va qadrli bo‘lgan mehr oqibat, sahovat, muruvvat, andisha,
or-nomus, sharm-hayo, bosiqlik, sabrlilik, ulug‘vorlik, xalollik kabi ma’naviy fazilatlar
va oilada bola tarbiyasi, mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik, oqko‘ngillilik, mehnatkashlik
kabi milliy qadriyatlar aynan urf-odat va ana’analar orqali qaror topadi. O‘zbek
oilasida ota-onaga, qo‘shnilarga, mahalla va keksalarga hurmat-ehtirom, jamoaga, el-
yurtga, turli bayram va marosimlarga hurmatda bo‘lish kabi munosabatlar o‘rgatiladi
[19].
Insonning obro‘-e’tibori kiyinishi, savlati bilan emas, balki yetim-yesirlarga,
nogironlarga, muhtojlarga, keksalarga mehribonligi bilan o‘lchanadi. Ma’rakadan
qolmaslik kerak, to‘ylarga bormaslik mumkin, lekin azada azador bilan birga bo‘lish
kerak. Yetim-yesirning boshini silagan, ulardan yordamini ayamagan odam hech
qachon xor bo‘lmaydi. Xalqqa va Vatanga sadoqat ota-onaga sadoqatdan boshlanadi.
Ota-onasi rozi insondan xudo ham rozi.
Shunday holatlar bo‘lishi mumkinki, jinoyat qilish, bir tomondan niyati buzuq
kimsalarning salbiy ta’siri bo‘lsa, ikkinchi tomondan, farzandlarimizning ma’naviy-
axloqiy jihatdan yuksalmaganligi oqibatida vujudga keladi. Natijada ular o‘z ota-
onalari boshiga ham g‘am tashvish keltirmoqda. Biz har doim, faoliyatimizda kadrlar
tarbiyasiga e’tibor berishimiz kerak. Turli darajadagi lavozimlarda ishlaganimiz bilan
birinchi navbatda ota-ona ekanligimizni, farzandlar kamoli uchun mas’ulligimizni
unutmasligimiz kerak. Jamiyatimizda oldindan ota-onaga hurmat, ehtirom ko‘rsatish
fazilati biz uchun qadriyat bo‘lib qolgan. Har bir farzand ota-onasi bilan faxrlanishi
kerak. Ota-ona ham o‘z navbatida farzandlarga munosib kishilar bo‘lishi taqozo etadi.
Biz qadriyatlarimizga rioya qilishga katta ahamiyat bermog‘imiz kerak.
Ta’lim-tarbiya berayotgan ota-onalarga raxmat aytishimiz kerak, ularga ta’zim
qilishimiz kerak. Ota-onalarimizda mas’uliyat katta buni anglashimiz kerak. Ilmli,
odobli, ertangi kunini o‘ylaydigan farzand ota-onaning eng katta boyligi hisoblanadi.
Sog‘lom farzand faqat sog‘lom oilada tug‘iladi. Oiladagi muhit, ota-onaning totuvligi,
bir-birini tushunishi, qo‘llab quvvatlashi, o‘zaro izzat-hurmati bilan izohlanadi. Har bir
fuqaro, tarbiyalab oq yuvib-oq tarab voyaga yetkazgan ota-onasi oldidagi qarzini ado
etishi, ularni rozi qilishi insoniy burchdir. Tinch hayotimiz, musaffo osmonimiz,
farzandlarimizning quvnoq kulgusi, ota-onalarimizning osuda umr kechirishi mana
shunday hayotimiz, uni asrab-avaylash, ko‘z qorachig‘iday saqlash yoshlarning
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
356
356
qo‘lidadir.
Bu dunyoda har bir inson o‘zining mehribon ota-onasiga, nisbatan hamisha
minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi. Inson umri davomida qanday yutuqlarga
erishmasin, qaerda, qanday lavozimda bo‘lmasin, nafaqat ota-ona, balki maktab
dargohida olgan ta’lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs mutaxassis bo‘lib shakllanishida
katta ahamiyatga ega. Ota-ona farzandlarning murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini
baxsh etadigan, mo‘tabar zotdir. Ota-onasi bor insonlarning oilasida fayz va ziyo
bo‘ladi.
Globallashuv jarayonida halqlar o‘z qadryatlarini saqlab qolishlari va kelgusi
avlodlarga yetkazishi bilan bog‘liq mas’uliyat dolzarb masalaga aylandi.
Bugungi kunda zimmasiga mas’uliyat olishdan qochmaydigan kishilar
ishlaydigan davr. Barcha narsani bir inson boshqarishi qiyin, hamma narsaga boshliq
javob beradi, deb mas’uliyat olishdan qo‘rqib o‘tirish mumkin bo‘lgan shaxslar ham
yo‘q emas. Boshqaruv tizimining barcha bo‘g‘inlariga mas’uliyat teng taqsimlanishi
kerak. Jamiyatda shunday insonlar borki, kuzatuvchi maqomiday tuyuladi. Jamiyatda
bahona qilib, arzon obro‘ orttirib qolish payida bo‘lish yomon illatlar ham mavjud,
buni hayotiy tajribaning o‘zi tasdiqlab turibdi.
Har bir inson lavozimidan qat’iy nazar va’da bergan bo‘lsa, va’dasini bajarishi,
agar zaiflik qilsa, o‘z o‘rnini bo‘shatishi kerak. Bitta zaif mansabdor shaxs tufayli
minglab odam zarar ko‘rishi mumkin. Shuni to‘g‘ri tushunishimiz kerak. Hamma
joyda o‘z mas’uliyatini sezmagan, insonlarning boshini qovushtirolmagan shaxslar
xayotida biror amaliy ish qilmagan inson aql o‘rgatishi bilan jamiyatga zarar yetkazishi
mumkin.
Jamiyat adolatsizlikka chidamaydi, buni unutish mansabdor shaxsni salbiy
tomonlari desak, agar adashmagan bo‘lamiz. O‘z qadrini bilgan inson maqtovga
zoriqmaydi, mas’uliyatli burchni og‘ishmay, halol ado etish uchun juda katta aql-idrok
va fahm-farosat kerak bo‘ladi.
Inson o‘z burchini anglagani sari uning zimmasida mas’uliyat hissi ortib boradi.
Qachonki inson oilasi oldidagi burchni anglab yetsa, u jamiyat oldida mas’ulligini
tushunadi. Qachon inson jamiyat oldidagi burchini anglasa, unda shaxsiy daxldorlik
hissi paydo bo‘ladi [20].
Shaxsning erkinlik va ijtimoiy mas’uliyatga ongli munosabatini shakllantirishda
yana bir muhim omil bu ijtimoiy muhitdir. Ijtimoiy muhitni qay darajada
shakllanganligiga qarab yoshlarda mas’uliyat tuyg‘usi qaror topadi va aksincha.
Ma’lumki, har bir shaxs o‘z atrofida kishilarning ma’naviy madadini sezib tursagina
uning qobiliyati va insoniy hususiyatlarida o‘sish, rivojlanish, o‘zlikni anglash sodir
bo‘ladi. Bu jihatdan ijtimoiy tarbiyani amalga oshirishda ijtimoiy muhitning roli
ayniqsa kattadir [21].
Fuqaro daxldorligi — birorbir faoliyatga, jarayonga aloqadorlik, sheriklikdir.
Har bir fuqaro Vatan taqdiriga shaxsiy daxldorlik tuyg‘usi bilan yashasa, uning jamiyat
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
357
357
oldidagi burchi va mas’uliyati ham kuchayib boradi. Daxldorlik hissi insonlarni
birlashtiradi, shuning uchun daxldorlik va mas’uliyatni kundalik faoliyatiga
aylantirgan inson haqiqiy ma’naviyatli inson hisoblanadi. Otabobolarimizdan qolgan
boy moddiy va ma’naviy merosni asrabavaylab kelgusi avlodlarga yetkazish uchun
shu yurtda yashovchi har bir fuqaro mas’uldir [22].
Har bir oila, har bir inson va har bir tashkilot va jamoa manfaatlariga daxldor
ekanini esidan chiqarmaslik kerak, bugungi olib borilayotgan islohotning maqsadi
aholi keng tabaqalarini mulkka chinakam daxldor qilish, shu asosda tashabbuskorlik
va ishbilarmonlik uchun shart-sharoit yaratish nazarda tutiladi.
Milliy urf-odatlarimiz va an’analarimiz, inson ma’naviyatiga daxldor barcha
boyliklarimiz qaytadan qad rostlanmoqda. Insonlarda o‘zligini anglash, oriyat,
tarixidan faxrlanish, porloq kelajakni barpo etishdan g‘ururlanish kabi tuyg‘ular kamol
topmoqda, jamiyatning ertangi kunga ishonchi ortib bormoqda.
Insonning ma’naviy kamolotiga, ma’rifatiga davlat siyosati sifatida qarash lozim.
Insonlar ongidagi milliy iftixor tuyg‘usi bilan boshqa millatlarning tarixi, madaniyati
va qadr-qimmatini hurmat qilishning dialektik uyg‘unligini ta’minlash zarur. Jamiyat
ongida hozirgi kunda ro‘y berayotgan barcha hodisalarga daxldorlik va mas’ullik
hissini vujudga keltirish va doimo mustahkamlab borish kerak. Hozirgi yoshlarda va
kelgusi avlodda o‘z davlati, xalqining tarixini shak-shubhasiz bilish bilan bir qatorda,
jahon tarixi va madaniyati yutuqlarini chuqur o‘rganish zarurligini tushunish va
anglash hissini tarbiyalash lozim.
Xulosa o‘rnida, jamiyatimizning boyligi inson ekan, yoshlarimizni komil inson
qilib tarbiyalashda ma’naviyat, madaniyat, ma’rifat bilan to‘yintirishimiz
ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan qadriyatlarimizni asrab avaylab, yuksaltirib,
kelajak avlodga yetkazishimiz darkor. Insonlarda ma’naviy fazilatlari ko‘p bo‘lsa,
o‘zgalarning e’tiborini tortadi. Milliy qadriyatlarimiz bo‘lgan ma’naviy fazilatlarni
yuksaltiradigan asosiy mezonlar, millatning tarixi, urf-odati, an’anasi, hayotiy
qadriyatlari bilan birga ma’naviy merosi, madaniy boyliklari va ko‘hna tarixiy
yodgorliklari hisoblanadi. Bizning ma’naviy boyligimiz, yoshlarda o‘zaro hurmat,
mehr-oqibat, vatanga muhabbatni shakllantiradi. Vatan uchun jon kuydiradigan fidoyi
farzand bo‘lishga da’vat etishi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Yoshlar o‘tgan
davrlardan qadriyat bo‘lib kelayotgan merosimizdan qanchalik saboq olsa,
ma’naviyatli inson sifatida yuksalib boraveradi. Chunki qadriyatlarimiz insonning
iymon-e’tiqodli, ma’naviyatli va ma’rifatli bo‘lishiga qaratilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
[1] “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” (O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy majlisga Murojaatnomasi
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
358
358
hamda O‘zbekiston yoshlari forumida so‘zlagan nutqidan iqtiboslar) [Matn]:
publitsistika. – Toshkent: Tasvir nashriyot uyi, 2021. – 47 b.
[2] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev.
Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g‘oyamizning poydevoridir [Matn]:
– Toshkent: Tasvir nashriyot uyi, 2021. – 9 b.
[3]
U. Alimov. Oilada farzand tarbiyasi “Movarounnahr”.
nashriyoti,
Toshkent 2019. 165- b.
[4]
Shu manbaa. – 66 b.
[5]
G. Almurotova. Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI
Factor = 1.7 3(4/2), April, 2023.
[6]
U. Alimov. Oilada farzand tarbiyasi “Movarounnahr”.
nashriyoti,
Toshkent 2019. 77-b.
[7]
O.Salimov,
X.Sultonov,
A.Abduvaxitov,
D.Kenjaev,
A.A’zamov,
M.Hojimatov, M.Quronov, Q.Nazarov (tuzuvchi va mas’ul muharrir) Ma’naviyat
asosiy tushunchalar lug‘ati “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti,
Toshkent 2021. 603-b.
[8]
R. Ruzieva.
Urf-odat
va
an’analar
– milliy qadriyatlarni
shakllantiradigan mezon sifatida. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ
ISSUE 4 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601.
[9]
O.Salimov,
X.Sultonov,
A.Abduvaxitov,
D.Kenjaev,
A.A’zamov,
M.Hojimatov, M.Quronov, Q.Nazarov (tuzuvchi va mas’ul muharrir) Ma’naviyat
asosiy tushunchalar lug‘ati “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti,
Toshkent 2021. 37-b.
[10]
O‘. Hasanbaev. Vatanni sevish imondandir. Hidoyat jurnalining 8 son 2021.
Elektron resurs https://hidoyat.uz Murojaat sanasi 12.02.2025.
[11]
M. Muminjonov. Vatanni sevmoq ulkan fazilat. Elektron resurs
https://arroziy.uz. Murojaat sanasi 12.02.2025.
[12] O.Salimov, X.Sultonov, A.Abduvaxitov, D.Kenjaev, A.A’zamov,
M.Hojimatov, M.Quronov, Q.Nazarov (tuzuvchi va mas’ul muharrir) Ma’naviyat
asosiy tushunchalar lug‘ati “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti,
Toshkent 2021. 214-b.
[13] O‘sha manbaa. 411-b.
[14] O‘sha manbaa. 255-b.
[15] O‘sha manbaa. 76-b.
[16] Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi [Matn] / Sh.M. Mirziyoev.
- Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. - 22 b.
[17] O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O‘zbekiston
davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
359
359
rivojlantirishning falsafiy, huquqiy va sotsiologik muammolari. - Chirchiq.: 2020. –
139 b.
[18] O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoev.
O‘zbekiston
Respublikasining qonuni O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi
to‘g‘risida. Toshkent sh., 2018 yil 9- yanvar, O‘RQ-458-son. 5-b.
[19] O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O‘zbekiston
davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirishning falsafiy, huquqiy va sotsiologik muammolari. - Chirchiq.: 2020. –
135 b.
[20
]
U. Alimov. Oilada farzand tarbiyasi “Movarounnahr”.
nashriyoti, Toshkent
2019. 36- b.
[21]
O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash
borasida rahbar kadrlar oldida turgan vazifalar: mavjud holat, muammolar va
yechimlar: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari // O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi. Toshkent, 2019. - 15 b.
[22]
U. Alimov. Oilada farzand tarbiyasi “Movarounnahr”.
nashriyoti, Toshkent
2019. 36- b.