Authors

  • Alayev S.R.
  • Mahmudov Sh.T.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93403

Keywords:

Kalit so‘zlar: Fishing ijtimoiy muhandislik axborot xavfsizligi kiberhujum psixologik tahdidlar.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada fishing va ijtimoiy muhandislik hujumlarining axborot xavfsizligiga tahdidi tahlil qilinadi. Ushbu tahdidlar texnologik vositalardan tashqari, inson psixologiyasidan foydalanishga asoslanadi. Maqolada hujumlarning asosiy turlari, real misollar va ularni oldini olish yo‘llari keltirilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

345

345

AXBOROT XAVFSIZLIGIDAGI ZAMONAVIY TAHDIDLAR:

FISHING VA IJTIMOIY MUHANDISLIK HUJUMLARI

Alayev S.R, Mahmudov Sh.T.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada fishing va ijtimoiy muhandislik hujumlarining

axborot xavfsizligiga tahdidi tahlil qilinadi. Ushbu tahdidlar texnologik vositalardan
tashqari, inson psixologiyasidan foydalanishga asoslanadi. Maqolada hujumlarning
asosiy turlari, real misollar va ularni oldini olish yo‘llari keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Fishing, ijtimoiy muhandislik, axborot xavfsizligi, kiberhujum,

psixologik tahdidlar.

Аннотация

: В данной статье анализируются угрозы информационной

безопасности, связанные с фишингом и атаками социальной инженерии. Эти
угрозы основаны не только на технических средствах, но и на использовании
человеческой психологии. Представлены основные виды атак, реальные
примеры и меры профилактики.

Ключевые слова:

Фишинг, социальная инженерия, информационная

безопасность, кибератака, психологические угрозы.

Abstract:

This article analyzes the threats to information security posed by

phishing and social engineering attacks. These threats are based not only on technical
tools but also on the manipulation of human psychology. The paper presents main types
of attacks, real-life examples, and prevention measures.

Keywords:

Phishing, social engineering, information security, cyberattack,

psychological threats.


Bugungi kunda raqamli axborot vositalari jadal rivojlanar ekan, kiberxavfsizlik

masalalari global muammoga aylanmoqda. Fishing va ijtimoiy muhandislik hujumlari,
ayniqsa, foydalanuvchilarning shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlarini o‘g‘irlashda keng
qo‘llanilmoqda [1].

Fishing va ijtimoiy muhandislik hujumlari

– bu

kiberjinoyatchilar tomonidan

foydalanuvchilarni csalg‘itish orqali maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, tizimlarga
kirish yoki zararli dasturlarni joylashtirish uchun amalga oshiriladigan hujumlar

.

Bu turdagi hujumlarning maqsadi – login va parollarni o‘g‘irlash, bank kartalari va

moliyaviy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, davlat tizimlariga noqonuniy kirish hamda
tizimlarga zararli dasturlarni o‘rnatish.

1. Fishing hujumlari.

Fishing

hujumi – bu

firibgarlik usuli bo‘lib, hujumchilar soxta veb-saytlar,

elektron pochta yoki xabarlar orqali foydalanuvchini aldab, undan maxfiy
ma’lumotlarni olishga urinishdir

.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

346

346

Fishing hujumlarining asosiy xususiyatlari – hujum

f

oydalanuvchi haqiqiy deb

hisoblaydigan manbadan bo‘ladi, hujumchi foydalanuvchini soxta veb-saytlarga
yo‘naltirib, login va parollarni o‘g‘irlaydi hamda elektron pochta, SMS yoki ijtimoiy
tarmoqlar orqali tarqatiladi.

Fishing hujumlarining asosiy turlari

1-jadval

Fishing turi

Tavsif

Email Phishing

Soxta elektron pochta orqali
foydalanuvchini aldash

Spear Phishing

Maxsus bir shaxs yoki kompaniyaga

qaratilgan fishing hujumi

Whaling

Yuqori lavozimli rahbarlarga qaratilgan

fishing hujumi

Smishing

SMS orqali fishing xabarlari yuborish.

Vishing

Telefon qo‘ng‘iroqlari orqali fishing

hujumi.

Fishing hujumlarida hujumchi ishonchli tashkilot (masalan, bank, pochta, davlat

idorasi) nomidan soxta xat yuboradi, ushbu xat orqali foydalanuvchidan
ma’lumotlarini yangilash, parolni kiritish yoki havolaga bosish so‘raladi. Havola
foydalanuvchini soxta saytga olib boradi, u esa asl saytdan deyarli farq qilmaydi.
Foydalanuvchi ma’lumotlarini kiritgach, bu ma’lumotlar firibgarning qo‘liga tushadi.

F

ishing hujumlarining belgilari quyidagi bo‘lishi mumkin:

tanish bo‘lmagan manzildan kelgan shubhali xabarlar;
“Hisobingiz bloklandi” kabi vahima uyg‘otuvchi matnlar;
“Tezda javob bering!” – vaqt bo‘yicha bosimlar;
Soxta manzil – https://paypa1.com (aslida esa paypal.com bo‘lishi kerak).

Fishing hujumlaridan himoyalanish uchun s

ayt manziliga e’tibor berish lozim

(HTTPS bo‘lishi shart), emaildagi havolalarga darhol bosmaslik, parollarinni hech
kimga aytmaslik, ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqish hamda antifishing dasturlar
va brauzer plaginlaridan foydalanish lozim bo‘ladi.

2.

Ijtimoiy muhandislik hujumlari.

Ijtimoiy muhandislik hujumlarida texnik vositalardan ko‘ra, inson ishonchi

va psixologiyasiga urg‘u beriladi. U quyidagi usullarni o‘z ichiga oladi [2]:

Ijtimoiy muhandislik

– bu

foydalanuvchilarning psixologik xususiyatlaridan

foydalanib, ularni aldash va maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish uchun ishlatiladigan
hujum turi

.

Ijtimoiy muhandislik

hujumlarining asosiy xususiyatlari shundaki,

hujumchi foydalanuvchilarni maxfiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritishni ishonchni


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

347

347

qozonish, manipulyatsiya qilish, hamda elektron pochta, qo‘ng‘iroqlar, shaxsiy
uchrashuvlar yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshiradi.

Ijtimoiy muhandislik hujumlarni amalga oshirish uchun hujumchi tanlangan

shaxs haqida ma’lumot to‘playdi (ismi, lavozimi, tashkilot, qiziqishlari) va unga
ishonchli ko‘rinadigan muloqot yaratadi (masalan, tashkilot xavfsizlik bo‘limidanman
deydi), hamda jabrlanuvchidan parol, login, yoki fayl yuborishni so‘raydi. Bunda
jabrlanuvchi hech narsadan shubhalanmay harakat qiladi va hujum muvaffaqiyatli
amalga oshadi [4].

Ijtimoiy muhandislik

hujumlarining asosiy turlari

2-jadval

Hujum turi

Tavsif

Pretexting

O‘zini rasmiy shaxs sifatida ko‘rsatib, ma’lumot

so‘rash

Baiting

Qiziqarli narsa (fleshka, sovg‘a, link) orqali

foydalanuvchilarni zararli fayllarni yuklashga

undash

Tailgating

Jismoniy xavfsizlikni buzib, ob’ektga ruxsatsiz

kirish

Quid Pro Quo

Foydalanuvchiga soxta yordam (sovrinlar,

lotereyalar) taklif qilish va ma’lumot olish

Misol: Telefon orqali bank xodimi sifatida qo‘ng‘iroq qilib, foydalanuvchidan

parolni so‘raydi,

yoki

hujumchi kompaniya hisobchisi nomidan soxta xabar yuboradi:

“Yangi yetkazib beruvchi uchun to‘lov qilish zarur. Quyidagi hisob raqamga pul
o‘tkazing”. Shunda tashkilot hisobchisi xabarga ishonadi va mablag‘ni jinoyatchining
hisobiga o‘tkazadi.

Ijtimoiy muhandislik hujumlaridan himoyalanish uchun shaxsiy ma’lumotlarni

noma’lum shaxslarga bermaslik, qo‘ng‘iroqlar yoki elektron xabarlarda shubhali
so‘rovlarni e’tiborsiz qoldirish, tizimga kirish huquqiga ega bo‘lgan xodimlarga
xavfsizlik treninglari o‘tkazish hamda parollarni muntazam o‘zgartirish va xavfsiz
saqlash lozim.

Real hayotdagi fishing va ijtimoiy muhandislik hujumlari [4]

3-jadval.

Yil

Hodisa

Jabrlangan

tashkilot

O‘g‘irlangan

ma’lumotlar

2020

Kredit karta

ma’lumotlari

o‘g‘irlandi

Target

40 million kredit karta

ma’lumotlari

o‘g‘irlangan


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

348

348

2022

Mashhur

akkauntlar fishing

qurboni bo‘ldi

Twitter

Bir nechta mashhur

akkauntlar buzilgan

2023-2024

Muvaffaqiyatli

fishing hujumi

Google &

Facebook

$100 million

yo‘qotgan


Tashkilotlarda ijtimoiy muhandislik hujumlaridan h

imoyalanish uchun h

ar

qanday shubhali so‘rovga

javob bermaslik, x

odimlar bilan muntazam ravishda

kiberxavfsizlik bo‘yicha treninglar o‘tkazish

, har bir xodimning

vazifasiga doir

doiraviy huquqlarni belgilash

va tashqi manba yoki shaxsdan kelgan har qanday

talabni

tasdiqlash mexanizmini

ishlab chiqish tavsiya etiladi [5].

Ijtimoiy muhandislik hujumlaridan himoyalanish uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha

xodimlarni muntazam o‘qitish, ikki bosqichli autentifikatsiyadan va fishinglarni
aniqlovchi tizimlardan foydalanish, hamda tashkilotning axborot xavfsizligi siyosatiga
qat’iy rioya qilish kerak.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, f

ishing va ijtimoiy muhandislik hujumlari

– zamonaviy kiberxavfsizlik muammolarining markazida turadi. Bunday hujumlar
texnologik emas, balki inson psixologiyasi orqali amalga oshiriladigan kiberxavflardir.
Bunday tahdidlarga qarshi kurashda texnologik choralar bilan bir qatorda,
foydalanuvchilarni o‘qitish va ogohlik darajasini oshirish zarur [6].

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Hadnagy, C. (2018). Social Engineering: The Science of Human Hacking. Wiley.

2.

Mitnick, K. D., & Simon, W. L. (2002). The Art of Deception: Controlling the
Human Element of Security. Wiley.

3.

Symantec. (2021). Internet Security Threat Report.

4.

FBI. (2017). Lithuanian Man Charged with Theft of Over $100 Million.
https://www.fbi.gov

5.

ENISA. (2022). Cybersecurity Threat Landscape Report.

6.

Alayev S.R. Axborot xavfsizligi asoslari. Darslik. Aloqa nashriyoti, Toshkent 2025
y.

References

Hadnagy, C. (2018). Social Engineering: The Science of Human Hacking. Wiley.

Mitnick, K. D., & Simon, W. L. (2002). The Art of Deception: Controlling the Human Element of Security. Wiley.

Symantec. (2021). Internet Security Threat Report.

FBI. (2017). Lithuanian Man Charged with Theft of Over $100 Million. https://www.fbi.gov

ENISA. (2022). Cybersecurity Threat Landscape Report.

Alayev S.R. Axborot xavfsizligi asoslari. Darslik. Aloqa nashriyoti, Toshkent 2025 y.