Authors

  • S.R.ALAYEV
  • A.A.ABDIGAPIROV
  • SH.T.MAXMUDOV

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93404

Keywords:

Kalit sо‘zlar: axborot xavfsizligi mobil qurilma smartfon ichki qidiruv detector metallodetektor IMEI SIM-karta GPS.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur  maqolada mobil telefonlarni davlat organlari binosiga olib kirish uchun cheklovlarning huquqiy jihatlari rivojlangan davlatlar bilan taqqoslagan holda tahlili va mobil telefonlarni kuzatishning mavjud usullari tahlili keltirilgan.  Shuningdek, maqolada`smartfon va boshqa turdagi ma’lumot tashuvch qurilmalarni toifalangan obyeklarga noqonuniy olib kirishni aniqlash uchun xizmat qiluvchi detektor apparat-dasturiy ta’minotini ishlab chiqish masalasi yoritilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

338

338

UYALI ALOQA VOSITALARINI KUZATISHNING MAVJUD

USULLARI TAHLILI

S.R.ALAYEV, A.A.ABDIGAPIROV, SH.T.MAXMUDOV

Annotatsiya:

Mazkur maqolada mobil telefonlarni davlat organlari binosiga olib

kirish uchun cheklovlarning huquqiy jihatlari rivojlangan davlatlar bilan taqqoslagan
holda tahlili va mobil telefonlarni kuzatishning mavjud usullari tahlili keltirilgan.
Shuningdek, maqolada`smartfon va boshqa turdagi ma’lumot tashuvch qurilmalarni
toifalangan obyeklarga noqonuniy olib kirishni aniqlash uchun xizmat qiluvchi
detektor apparat-dasturiy ta’minotini ishlab chiqish masalasi yoritilgan.

Kalit sо‘zlar:

axborot xavfsizligi, mobil qurilma, smartfon, ichki qidiruv,

detector, metallodetektor, IMEI, SIM-karta, GPS.

Аннотация:

В этой статье представлен анализ правовых аспектов

ограничений на проникновение мобильных телефонов в здания государственных
органов в сравнении с развитыми странами и анализ существующих методов
отслеживания мобильных телефонов. Также в статье освещается вопрос
разработки аппаратно-программного обеспечения детектора, служащего для
обнаружения незаконного проникновения смартфонов и других типов
устройств-носителей информации в категоризированные объекты.

Ключевые слова:

информационная безопасность, мобильное устройство,

смартфон, внутренний поиск, детектор, металлодетектор, IMEI, SIM-карта, GPS.

Annotation:

This article presents an analysis of the legal aspects of restrictions

on the penetration of mobile phones into government buildings in comparison with
developed countries and an analysis of existing methods of tracking mobile phones.
The article also highlights the issue of developing hardware and software for a detector
that serves to detect illegal penetration of smartphones and other types of media devices
into categorized objects.

Keywords:

information security, mobile device, smartphone, internal search,

detector, metal detector, IMEI, SIM card, GPS.


Bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari bizning

kundalik hayotimizning barcha jabhalarida sezilarli o‘zgarishlar olib kirmoqda.
Jamiyat avtomatlashtirishning yuqori darajasiga intilishi axborot texnologiyalarining
xavfsizligiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Axborot xavfsizligi, aslida, yangi muammo emas,
chunki xavfsizlikni ta’minlash har qanday tizim uchun birlamchi vazifa hisoblanadi.
Ammo, himoyalanuvchi obyekt axborot vositasi bo‘lsa, himoyaning mutloq yangi
texnologiyalari va usullarini yaratishga to‘g‘ri keladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

339

339

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi № PF-60 sonli

“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi, 2022-yil 16-fevraldagi PF-73 sonli “Qurolli Kuchlarda Kiberxavfsizlik
tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g’risidagi, 2023 yil 11 sentabrdagi PF-
158 sonli “O‘zbekiston - 2030 strategiyasi to‘g’risida”gi Farmonlarida axborot
xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlarida ustuvor vazifalar belgilangan

Ayrim davlat organlariga borilganda telefonni o‘chirib qo‘yish yoki nazorat o‘tish

joyida qoldirib ketish so‘raladi. Xo‘sh, bu talab qanchalik qonuniy? Tashkilotlar ob’ekt
ichki rejimini o‘zi mustaqil belgilaydimi? Kimlarga davlat organlari binosiga kirish
uchun cheklov yo‘q? Ushbu masalaning huquqiy jihatlarini rivojlangan davlatlar bilan
taqqoslagan holda tahlil qilamiz.

Birinchidan,

qonun hujjatlariga muvofiq davlat organi yoki tashkiloti ob’ekt

ichki rejimi (ichki tartib tadbirlari va qoidalarini hamda yong‘in xavfsizligini amalga
oshirish tartibi)ni o‘zi mustaqil belgilash huquqi berilgan. Xususan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentning 2021 yil 20 fevraldagi PQ–4997-son qaroriga
muvofiq

ob’ekt ma’muriyati

kirib-chiqish yo‘riqnomasini

o‘zi tasdiqlaydi.

Bundan tashqari, ayrim hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonun hujjati bilan ba’zi davlat

organlarining binosiga mobil telefonlarni olib kirish yoki undan foydalanish
cheklangan.

Jumladan, sud binolari, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini

ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2981, 2018 yil 15 mart)
asosan sud binosiga mobil telefon, foto va video qayd etish vositalarini sud majlisida
raislik qiluvchining ruxsatisiz olib kirish taqiqlanadi.

Biroq ayrim toifadagi shaxslar borki, ularga davlat tashkilotlari binosiga kirish

uchun cheklov belgilanmagan. Masalan, advokat o‘z professional faoliyatini amalga
oshirishi uchun, protsessual normalarga qat’iy rioya etgan holda

sud

binosiga

kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish

huquqiga ega.

Ikkinchidan,

davlat organlari va tashkilotlari joylashgan binolarga shaxsiy mobil

telefonlarni olib kirish quyidagi maqsadlarda cheklanadi:

ichki va axborot xavfsizlikni ta’minlash;
ish yurituvidagi oshkor etilmaydigan ma’lumotlarning butligini saqlash;
noto‘g‘ri axborotlarni tarqatilishini oldini olish;
boshqa fuqarolarga xalaqit berilishini oldini olish;
xodim xavfsizligini ta’minlash va h.k.
Davlat tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning axborot maxfiyligini saqlash bilan

bog‘liq majburiyatlari mansab yo‘riqnomalari va shu kabi boshqa lavozim vazifalarini
belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatib o‘tiladi. Shu sababli tashkilotlar o‘z axborot
xavfsizligi siyosatidan kelib chiqib

nafaqat tashqaridan tashrif buyuruvchilar,


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

340

340

balki o‘z xodimlariga

ham ishxonalarda mobil aloqa vositasidan foydalanishga ruxsat

berish va aksincha taqiqlash huquqiga ega.

Uchinchidan,

ijtimoiy muhofaza qilinadigan ob’ektlar, jumladan sog‘liqni

saqlash muassasalari, dam olish oromgohlarida ham shaxsiy mobil telefonlarni olib
kirish cheklanishi mumkin.

Bundan ko‘zlangan maqsad bemorlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish

va ularning xavfsizligini ta’minlashdir. Ba’zi bir shunday kasalliklar yoki tibbiy
uskunalar mavjud, ularga radiatsiya aloqasi salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, ta’lim muassasasiga kirib kelishda har bir ta’lim oluvchi, xodim,

keluvchi va boshqa shaxslar o‘z telefoni abonentining chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib
qo‘yishi (telefonni “ovozsiz” rejimga o‘tkazishi) shart ekanligi Hukumat qarori bilan
mustahkamlangan.

To‘rtinchidan,

davlat

organlari

va

tashkilotlarining

binosiga

tashrif

buyurayotgan

shaxslar

bilan

mazkur

davlat

tashkilotlari

o‘rtasidagi

munosabatlari

ommaviy-huquqiy (ma’muriy) munosabatlar hisoblanadi

.

Bu yerda gap fuqaroning mulkida emas, balki uning davlat tashkilotiga tashrifi va

belgilangan ichki tartib-qoidalarga amal qilishi haqida bormoqda.

Shunga ko‘ra, davlat organlariga joylashgan binoda fuqarolar tomonidan binoga

uyali telefonlarini vaqtincha topshirib kirishi amaliyoti fuqarolarning mulkiy
huquqlarini cheklanishini anglatmaydi.

Chunki mobil telefonni topshirishni

istamagan fuqarolar, o‘z shaxsiy mulklarini qoldirib kelishlari mumkin.

Beshinchidan,

xizmat vazifasini o‘tayotgan ichki ishlar xodimlari bilan o‘zaro

munosabatni o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilishlari
mumkin (ichki ishlar xodimi tomonidan foto va video tasvirga olish taqiqlangan belgi
mavjud hududlarda xizmat olib borish holatlari bundan mustasno).

Oltinchidan,

jahon tajribasiga nazar solsak, ko‘plab davlatlarda aynan axborot va

ichki xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tashkilotlarda uyali telefonlardan
foydalanishda cheklovlar mavjud.

Masalan,

AQShning

Federal tartibga solish to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra,

xavfsizlikni ta’minlash uchun maxsus qoidalar, ko‘rsatmalar yoki buyruqlar bilan
yoxud sud qarori bilan taqiqlangan hududlarda suratga, videoga olish man etiladi. Shu
sababli bunday hududlarga mobil telefon olib kirish mumkin emas.

AQShda sud ishida federal organlar binosini tashqarisidan fuqarolar tomonidan

rasmga olish huquqi mavjudligi tasdiqlangan. Shunga qaramay,

yo‘riqnomaga asosan

har bir holatda bino tashqarisini rasmga olayotgan fuqaroni oldiga xizmatchi
borib, suratga olish sabablariga aniqlik kiritishi lozim.

Shuningdek, AQSh federal sud zallarida ham rasmga olish va jarayonni

translyatsiya qilish taqiqlanadi. O‘z navbatida AQSh pochta bo‘limlarida ham rasmga
olish uchun maxsus ko‘rsatmalar mavjud. Unga ko‘ra xodimlarning faoliyatiga xalaqit


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

341

341

bermagan hamda fuqarolarga kirishga ruxsat etilgan joylardagina mas’ul shaxsning
ruxsati bilan rasmga olishga yo‘l qo‘yiladi. O‘z navbatida pochta bo‘limlarida olingan
rasmlarda xodimlarning, mijozlarning yoki bo‘limda o‘rnatilgan xavfsizlik
kameralarining tasviri aks ettirilmasligi kerak.

Bundan tashqari

AQShning ayrim shtatlarida

yashirin tarzda mobil telefon yoki

boshqa vositalar orqali ovoz yozib olish taqiqlanadi.

Yaponiyada

esa davlat organlariga telefon olib kirish mumkin bo‘lsada, uning

yordamida turli video tasmalar yoki suratga olish taqiqlanadi.

Yettinchidan,

davlat tashkiloti, mansabdor shaxslar u yoki bu funksiyani amalga

oshirayotganda faqatgina belgilangan qonun-qoidalarga rioya etishi lozim. Agar
shaxsning talabi qonuniy bo‘lsa, davlat tashkilotlari uni belgilangan tartibda hal
qilishga, aksincha bo‘lsa rad etishga majbur.

Ushbu tartiblar, majburiyatlar va munosabatlar mobil telefonlar va videoga

olish moslamalari ixtiro etilishidan oldin ham mavjud bo‘lgan.

Bundan tashqari,

shaxs o‘z talabi noqonuniy rad etilgan deb, unga nisbatan noqonuniy xatti-harakat sodir
etilgan deb hisoblasa, uni ro‘yobga chiqarishning boshqa qonuniy usullari (yuqori
tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish) mavjud.

Shuningdek, deyarli barcha davlat organlari va tashkilotlarida uzluksiz

videokuzatuv tizimi mavjud. Bu tizimni o‘rnatishdan maqsad ham aynan fuqarolarning
huquq manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi.

Bundan tashqari, so‘roq qilish jarayonini videoqayd etilishini ta’minlash

maqsadida, barcha tergovchi va surishtiruvchilar veb-kameralar bilan ta’minlandi,
so‘roq qilish va boshqa tergov harakatlarini audio- va videoqayd etish tizimlari bilan
jihozlash ishlari boshlab yuborildi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan mobil

telefon, foto va video qayd etish vositalarini olib kirilishini taqiqlash bo‘yicha
belgilangan talablar amaldagi qonunchilik hujjatlariga zid emas.

Shu bilan birga, cheklovlar “davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini

o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari har kimga o‘z huquqlari
hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar
bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi shart”, – degan konstitutsiyaviy normaga daxl
qilmasligi lozim.

Xozirgi kunda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimlarida hamda toifalangan

obyektlarda qo‘riqlash xizmatlari hududlarga olib kiriladigan jismlarni qurollar,
portlovchi moddalar va har xil kontrabanda yuklari hamda smartfon va boshqa
ma’lumot tashuvchilar bor yo‘qligini aniqlash maqsadida metallodetektorlardan
foydalaniladi (1-rasm).


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

342

342

1-rasm. Metallodetektorning tashqi ko‘rinishi.

Ammo, bu metallodetektorlar o‘zining vazifalariga ko‘ra smartfon

(yoqilgan/o‘chirilgan holatlarda) va boshqa turdagi ma’lumot tashuvchi qurilmalarni
to‘laqonli aniqlash imkonini bermaydi. Shu sababli, bugungi kunda, jahon amaliyotida
smartfon, smartwatch va boshqa ma’lumot tashuvchi qurilmalarni aniqlash uchun
xizmat qiluvchi detektorlarning yangi turlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilib
kelinmoqda. Bu borada ma’lumot tashuvchi qurilmalarni aniqlovchi milliy
detektorlarni ishlab chiqish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Uyali telefon nafaqat aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi, balki muhim

ma’lumotlarni ham saqlaydi. Bunga telefon raqamlari, fotosuratlar, bank hisob
raqamlarini yoki elektron hamyonlarni boshqarish dasturlari kiradi.

Mobil telefonni o‘chirilgan va yoqilgan holatlarda qanday topish mumkin”?
Agar mobil qurilma yo‘qolganda qurilmani topishning mumkin bo‘lgan

usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Chunki uyali telefonga turli xil hisoblarga kirish
uchun dasturlar o‘rnatilishi va bu orqali nafaqat ijtimoiy tarmoqlar, balki banklar va
elektron hamyonlarga kiberxujumlarni amalga oshirish imkonini yaratishi mumkin.
Agarda zudlik bilan kuzatuv urinishlari amalga oshirilmasa, mobil qurilmani toppish
ehtimoli kamayib boradi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, mobil telefonlarni dastlabki
10-15 kun ichida topish mumkin, keyin buni amalga oshirish qiyinlashib boradi.

Mobil telefonni o’chirilgan holda topish usullari:
1. Kompyuter orqali qidirish.
2. IMEI bo‘yicha qidirish.
3. SIM-kartaning abonent raqami bo‘yicha qidirish;
4. Ichki qidiruv funktsiyasi (android va IOS uchun qidiruv funktsiyalari) orqali

qidirish.

5. Ilovalar yordamida qidirish.
6. Boshqa usullar.
Bundan tashqari mobil kompaniya operatorlari “Locator” (mobil telefonlarni

kuzatib boorish) xizmatiga telefonlarni egalarining roziligi bilan kuzatib borishni taklif
qilishadi.

Mobil telefonlarni IMEI bo‘yicha qidirish usuli har qanday operatsion tizimda

GPS qabul qiluvchisi bo‘lgan telefonlarga mos keladi. Buning uchun qurilmaga


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

343

343

dasturni yuklab olish va o‘rnatish kerak bo‘ladi. Ushbu dasturning veb-saytida
ro’yxatdan o‘tiladi. Shundan so‘ng uyali telefon sun’iy yo‘ldosh tomonidan doimiy
ravishda kuzatib boriladi va ma’lumotlar saytda saqlanadi. Qurilmani telefon abonent
raqami bo‘yicha qidirish usuli.

Uyali aloqa operatorlari signallarni o‘chirilgan qurilmaga yuborishlari mumkin.

Agar tajovuzkor SIM-kartani olib tashlamagan bo‘lsa, unda telefonning qaerdaligini
bilib olish mumkin. Buning uchun xizmat ko‘rsatuvchi provayderga murojaat qilish
kerak bo‘ladi. Ammo bunday usul bilan manzil qidirishda SIM karta boshqa telefonga
o‘rnatilgan bo‘lsa faqat SIM-kartani topish mumkin, mobil telefonni emas.

Ichki qidiruv funktsiyasi turli xil operatsion tizimlarga o‘rnatilgan funksiya va

Internet yordamida qurilmani qidirishni ta’minlaydi. Bu usulning kamchiligi mobil
qurilmalar faqat yoqilgan holatdagina aniqlaydi.

Shu bilan birga Google hisobi yordamida xam mobil telefonlarni topish,

qurilmangizni bloklash va ma‘lumotlarni o‘chirish mumkin. Buning uchun telefon
Internetga ulangan bo‘lishi lozim bo‘ladi. Ammo bu usulning xam kamchiligi bor, yani
ushbu usul faqatgina Android smartfonlariga mos keladi.

Agar SIM-karta yoki akkumulyator olib tashlangan bo'lsa, IMEI kodini

o‘zgartirish uchun uni qayta joylasa, mobil telefonni topib bo‘lmaydi.

Xulosa о‘rnida aytish mumkinki, mobil qurilmalarni toifalangan obyektlarga

yashirincha olib kirishda ularni to‘laqonli aniqlash imkonini beruvchi milliy detektor
apparat-dasturiy ta’minotini ishlab chiqish tadqiqot ishining zarurati hisoblanadi.

Yuqorida keltirilganlarga ko‘ra “prinsipial jihatdan yangi texnologiya turlarini

o‘zlashtirish” hamda “Qurolli Kuchlarning salohiyatini oshirish va

axborot

xavfsizligini ta’minlash” muhim ahamiyatga ega. Bu jixatdan milliy detektor apparat-
dasturiy ta’minoti asosida axborotni himoyalash muammolarini yechish muhim
hisoblanadi.

Bu borada, maqsadli ilmiy tadqiqotlarni jumladan, amplituda, chastota va faza

detektorlarida sodir bo‘layotgan jarayonlarni hamda elektomagnit maydonining
shakllanish mexanizmlarini tahlil qilish orqali - smartfon, smartwatch va boshqa turdagi
ma’lumot tashuvchi qurilmalarni aniqlovchi detektorlar tayyorlash uchun texnologik
jarayonlarni va marshrutini ishlab chiqish, hamda uning texnik tasniflarini aniqlash
ustida ilmiy izlanishlarni amalga oshirish muhim vazifalardan hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

[1]. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-

2026-yillarga

mо‘ljallangan Yangi О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

tо‘g‘risida”gi PF-60- son Farmoni.

[2]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi

“O‘zbekiston - 2030 strategiyasi to‘g’risida”gi PF-158 son Farmoni.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

344

344

[3]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-fevraldagi “Qurolli

Kuchlarda Kiberxavfsizlik tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g’risidagi
PF-73 sonli Farmoni.

[4]. Alayev S.R. “Axborot xavfsizligi asoslari”, o‘quv qo’llanma, Aloqa

nashriyoti, Toshkent 2023 y.

[5]. Alayev S.R., Nurmatov T.Sh. “Axborot xavfsizligini ta’minlash”, o‘quv

qo‘llanma, Aloqa nashriyoti, Toshkent-2024.

Detektorlar (Elektron resurs). http:www.Wikipediya/ru.
[6]. Детектор // Энциклопедия современной техники. Автоматизация

производства и промышленная электроника. Том 1. Главные редакторы
А. И. Берг и В. А. Трапезников. - М.: 2022.

[7]. Схемотехника

детекторов

//

Основы

радиоэлектроники

и

схемотехники: Учебное пособие.

- Минск : БГУИР, 2016. - 152 с.

[8]. https://uz.wikipedia,org.
[9]. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasi.

References

. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mо‘ljallangan Yangi О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tо‘g‘risida”gi PF-60- son Farmoni.

. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi “O‘zbekiston - 2030 strategiyasi to‘g’risida”gi PF-158 son Farmoni.

. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-fevraldagi “Qurolli Kuchlarda Kiberxavfsizlik tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g’risidagi PF-73 sonli Farmoni.

. Alayev S.R. “Axborot xavfsizligi asoslari”, o‘quv qo’llanma, Aloqa nashriyoti, Toshkent 2023 y.

. Alayev S.R., Nurmatov T.Sh. “Axborot xavfsizligini ta’minlash”, o‘quv qo‘llanma, Aloqa nashriyoti, Toshkent-2024.

Detektorlar (Elektron resurs). http:www.Wikipediya/ru.

. Детектор // Энциклопедия современной техники. Автоматизация производства и промышленная электроника. Том 1. Главные редакторы А. И. Берг и В. А. Трапезников. - М.: 2022.

. Схемотехника детекторов // Основы радиоэлектроники и схемотехники: Учебное пособие. - Минск : БГУИР, 2016. - 152 с.

. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasi.