JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
262
262
MAKTABGACHA TA`LIM O`RGANUVCHILARIGA XORIJIY
(INGLIZ TILINI) O`QITISH JARAYONIDA PEDAGOGLARNING
MALAKASINI OSHIRISH
Asadova Shaxina Tolib qizi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti 4-kurs talabasi
Annotatsiya.
Bugungi globallashuv davrida xorijiy tillarni, xususan, ingliz tilini
bilish zamonaviy jamiyat uchun muhim talabga aylanib bormoqda. Shu sababli, ta’lim
tizimining boshlang‘ich bosqichi bo‘lmish maktabgacha ta’limda ham ingliz tilini
o‘qitish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bolalarning lingvistik va kommunikativ
ko‘nikmalarini shakllantirish uchun maktabgacha ta’lim muassasalaridagi
pedagoglarning malakasi yuqori bo‘lishi lozim. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim
pedagoglari uchun malaka oshirishning ahamiyati, samarali metodlari va zamonaviy
yondashuvlar haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so`zlar:
Maktabgacha ta`lim, pedagogik malakasi, lingvistika,
kommunikativ, ko`nikmalarni shakllantirish, samarali metodlar, zamonaviy jamiyat.
Annotation.
In today's times of globalization, knowledge of foreign languages,
in particular English, is becoming an important requirement for modern society. For
this reason, the teaching of English in pre-school education, as the primary stage of the
education system, is of particular importance. In order to develop linguistic and
communication skills of children, teachers in preschool education institutions should
be highly qualified. This article discusses the relevance, effective methods and modern
approaches of professional development for preschool teachers.
Keywords:
Preschool education, pedagogical qualifications, linguistics,
communication, skills development, effective methods, modern society.
Аннотация.
В сегодняшние времена глобализации знание иностранных
языков, в частности английского, становится важным требованием для
современного общества. По этой причине преподавание английского языка в
дошкольном образовании, как начальной ступени системы образования, имеет
особое значение. Для развития языковых и коммуникативных навыков детей
педагоги в дошкольных образовательных учреждениях должны обладать
высокой квалификацией. В данной статье рассматриваются актуальность,
эффективные методы и современные подходы к профессиональному развитию
педагогов дошкольного образования.
Ключевые
слова:
Дошкольное
образование,
педагогическая
квалификация, лингвистика, коммуникация, развитие навыков, эффективные
методики, современное общество.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
263
263
KIRISH.
Maktabgacha taʼlim muassasasi, shuningdek, bolalar bogʻchasi, boshlangʻich
maktab yoki oʻyin maktabi sifatida ham tanilgan, bolalarga boshlangʻich maktabda
majburiy taʼlimni boshlashdan oldin erta bolalik davridagi taʼlimni taklif qiladigan
taʼlim muassasasi. U davlat yoki xususiy boʻlishi mumkin va davlat mablagʻlari
hisobidan subsidiyalanishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tizimida oliy ma’lumotli
mutaxassislarga ehtiyoj esa pedagogika universitetlarida maktabgacha ta’lim
yo‘nalishiga qabul kvotalarining oshirilishi va nomutaxassis kadrlarni qayta
tayyorlovdan o‘tkazish evaziga to‘ldirilmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimi oldiga
qo‘yiladigan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari ilg‘or xorijiy tajriba asosida
takomillashtiriladi. Ushbu dasturlar bolalarga o‘qish va yozishni turli o‘yinlar orqali
o‘rgatish, ularning zerikmasligi, aksincha, bog‘chaga xursand bo‘lib borishiga xizmat
qiladi. Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish
yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tashkil etildi. Komissiya
tomonidan maktabgacha ta’lim sohasidagi qonunchilik undagi bo‘shliqlar, korrupsiya
va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtayi
nazaridan tahlil etildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini
samarali ro‘yobga chiqarishgato‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda
kompleks o‘rganish amalga oshirildi.
ASOSIY QISM:
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. U
bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga qiziqishni shakllantirish maqsadini
ko‘zlagan holda, olti-yetti yoshgacha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha
ta'lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalarini
tatbiq etishda jamoat va homiy tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok
etadilar. Maktabgacha ta'lim-bolaning individual va yosh xususiyatlarini inobatga
olgan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini ta'minlovchi, uni uzluksiz
ta'limning keyingi bosqichi - maktabga borishiga zamin yaratuvchi, har tomonlama
maqsadli yo‘naltirilgan ta'lim va tarbiya jarayonidir.
1
Maktabgacha ta'lim o‘zining shakl va usullaridan qat'iy nazar quyidagi vazifalarni
bajarishi lozim:
- bolalarning jismoniy va psixik sog‘ligini mustahkamlash;
- bolalarni milliy, umuminsoniy, qadimiy va madaniy qadriyatlarga jalb etish;
- bolaning aqliy, intellektual salohiyatini rivojlantirish;
- milliy an'analar va udumlar asosida yuksak ahloqiy va ma'naviy sifatlarni
shakllantirish;
- bolalarni tizimli va maqsadli ravishda maktabda ta'lim olishga tayyorlash,
ularning individual xususiyatlari va iqtidorini rivojlantirish.
1
cyberleninka.ru
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
264
264
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali
pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini
tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va
texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va
jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish tubdan isloh qilishga
yo'naltirilgan qarordir. Bu qaror natijasi Maktabgacha ta'lim sohasida keskin
o`zgarishlar,qayta ta`mirlash ishlari, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash,
maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar
bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash,
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish,
bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun
shart-sharoitlar yaratish ishlari olib borilmoqda.
2
Maktabgacha ta`lim tashkilotlari
pedagog xodimlaridan keng bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik
mahorat, kompetentlik va ijodkorlik talab etiladi. Maktabgacha ta'lim jarayonida
insonparvarlik omilini ta'minlaydigan ustozlarning shaxsiy sifatlariga quyidagilar
kiradi: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik. Ushbu sifatlar
pedagogning ta'lim-tarbiya oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi kerak. Zero,
shaxsiy sifatlar o'qitish va tarbiyalash mahoratiga ta'sir ko'rsatadi. Shaxsni tarbiyalash,
oʻqitish va shakllantirish pedagogikaning asosiy funksiyasi hisoblanadi.
Shaxsni tarbiyalash pedagogdagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning
barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi.
Tarbiya yordamida inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda
tutiladi. Dunyoqarash, eʼtiqod, ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, adolatga doir qarash va
koʻnikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi.
3
Insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat koʻrsatish uchun zarur
boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindisini oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat
oʻqitish tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan
taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus maʼlumotni olish imkoniga ega boʻladi.
Tarbiyalash va oʻqitish natijasida odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi.
Shaxs tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan maʼnaviy-intellektual
sifatlarga ega boʻladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va
uning rivojlanishiga omil boʻladi.
XULOSA.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ingliz tilini samarali o‘qitish uchun
pedagoglarning malakasi doimiy ravishda oshirib borilishi lozim. Zamonaviy
metodlarni o‘zlashtirish, yangi texnologiyalar bilan ishlash va xorijiy tajribani
2
www.norma.uz
3
nsportal.ru
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
265
265
o‘rganish orqali bolalarga yanada sifatli ta’lim berish mumkin. Pedagoglarning
malakasini oshirishga qaratilgan tizimli yondashuv nafaqat bolalarning til
ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki ularning umumiy aqliy va muloqot qobiliyatlarini
oshirishga ham xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Chet tillarini o‘qitish tizimini
takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining metodik tavsiyalari.
3.
©fayllar.org 2022
4.
cyberleninka.ru
5.
www.norma.uz
6.
http://www.marifat.uz
7.
zety.com
8.
nsportal.ru