JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
247
247
UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA IMOM AL BUXORIY
HADISLARINI O’RGANISH JARAYONINI TASHKILIY- PEDAGOGIK
ASOSLARI
Razzaqov Bilimjon Begijon o‘g‘li
Osiyo xalqaro universiteti 2-kurs magistranti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Imom Buxoriy hayot yo’li, hadislarining didaktik
ahamiyati, umumta’lim maktablarida Imom Ismoil al-Buxoriy hadislarini
o’rgatishdagi ayrim texnologik metodlar bilan tanishtirilgan.
Kalit so’zlar
: Imom Al- Buxoriy, hadis ilmi, sahih hadislar, Qur’ni Karim, keys
stadi, Bliss savollari, Venn diagrammasi.
ORGANIZATIONAL AND PEDAGOGICAL BASIS OF THE PROCESS OF
LEARNING THE HADITHS OF IMAM AL BUKHARI IN GENERAL
SECONDARY SCHOOLS
Abstract.
This article introduces the life path of Imam Bukhari, the didactic
significance of his hadiths, and some technological methods for teaching the hadiths of
Imam Ismail al-Bukhari in general schools.
Keywords:
Imam Al- Bukhari, hadith science, authentic hadiths, Holy Quran,
case study, Bliss questions, Venn diagram.
OРГАНИЗАЦИОННО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ
ПРОЦЕССА ИЗУЧЕНИЯ ХАДИСОВ ИМАМА АЛЬ-БУХАРИ
В ОБЩИХ СРЕДНИХ ШКОЛАХ
Аннотация
. В данной статье представлен жизненный путь имама Бухари,
дидактическое значение его хадисов, а также некоторые технологические
методы преподавания хадисов имама Исмаила аль-Бухари в средних школах.
Ключевые слова:
Имам Аль-Бухари, хадисоведение, достоверные хадисы,
Священный Коран, тематическое исследование, вопросы блаженства, диаграмма
Венна.
Kirish.
Imоm Ismоil аl-Buхоriy o’tа kаmtаr, insоnpаrvаr, хulq-оdоbdа tengsiz,
sаhоvаtli insоn hаm bo’lgаn. U hаdis ilmining yetuk оlimi sаnаlsаdа, zаmоndоshlаri
hаmdа shоgirdlаridаn hаm ilm o’rgаngаn. Аllоmа bir ming sаksоn nаfаr muhаddisdаn
hаdis eshitgаn. Аllоmаning o’zidаn esа to’qsоn ming nаfаr kishi ishоnаrli hаdislаrini
eshitgаn. Mа’lumоtlаrgа ko’rа, Imоm Ismоil аl-Buхоriy 600 minggа yaqin hаdisni
to’plаgаn., 100 ming “sаhih” vа 200 ming “g’аyri sаhih” hаdislаrni yod оlgаn. Imоm
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
248
248
Ismоil аl-Buхоriy uzоq sаfаrdаn оnа yurti Buхоrоgа qаytgаch, tаlаbа vа ulаmоlаrgа
hаdis ilmidаn sаbоq berаdi vа mаzkur limning tаrg’ibоtchisigа аylаnаdi. Rivоyatlаrgа
ko’rа, хаlifаning Buхоrоdаgi nоibi Хоlid ibn Аhmаd ibn Хоlid аz-Zuhаliy uni sаrоygа
kelib hаdis ilmidаn sаbоq berishgа tаklif etаdi. Аmmо Imоm Ismоil аl-Buхоriy bu
tаklifni qаbul etаdi vа: “Men ilmni хоrlаb sultоnu аmirlаr eshigigа оlib bоrmаymаn.
Аgаr аmirgа ilm kerаk bo’lsа, bоlаlаrni uyimgа yoki mаsjidimgа yubоrsin”, -deb jаvоb
berаdi. SHu bоis аllоmа bilаn аmir Хоlid ibn Аhmаd аz-Zuhаliy o’rtаsidаgi
munоsаbаtgа bir оz putur yetаdi. Bungа аyrim hаsаdgo’y shахslаrning ig’vоlаri hаm
sаbаb bo’lаdi.
Muhokama va natijalar.
Аmir аllоmаning shаhаrdаn chiqib ketishgа fаrmоn
berаdi. Sаmаrqаnd ulаmоlаri Imоm Ismоil аl-Buхоriyni o’z yurtlаrigа tаklif etаdilаr.
Yo’lgа chiqqаn Imоm Ismоil аl-Buхоriy Sаmаrqаnd shаhrigа yaqin bo’lgаn Hаftаng
qishlоg’i (hоzirgi Pоyаriq tumаnining hududi)dа betоb bo’lib qоlаdi vа shu yerdа hijriy
256 yili 19 rаmаzоn оyining охirgi kuni (milоdiy 872 yil 1 sentyabr) 62 yoshidа vаfоt
etаdi vа shu yergа dаfn etilаdi. Imom al-Buxoriy butun faoliyati davomida ham ilmiy,
imkoni bo’lsa, moddiy jihatdan odamlarga, ya’ni Allohning bandalariga biror naf
yetkazishni o’zining asosiy maqsadi qilib qo’ygan edi.
Imom Al-Buxoriy hadislarini “Venn” diagrammasi asosida tahlil qilish qoidalari.
Topshiriq: ”Al-Jome as- Sahih”, ”Al-adab al-mufrad” asarlarining o‘zaro taqqoslang.
х хх х Ma’ruza matnini o‘qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing: V
– bilaman + - men uchun yangi ma’lumot - men bilgan ma’lumotni inkor qiladi ? –
noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo‘shimcha ma’lumot.
1. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring. Mavzu savollari v + - ?
Rasululloh
sallollohu
alayhi
va
sallamdan
so’radilar:”Yo
Rasululloh,
musulmonlarning afzali qaysi kishidir ?”Qo’lidan va tilidan boshqa musulmonlar ozor
topmagan kishidir” ,- deb javob berdilar. Rasululloh salollohu alayhi va sallamdan
bunday deganlar:”Iymon daraxt yanglig’ 60 dan ortiq shoxga egadir.Gunoh qilmoqqa
Olloh va bandalardan uyalmak o’sha shoxlardan bittasidir”. 39 Olloh taolo oyati
kalimasida:” Olloh taolo sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni
yuksaltirganlarni bu dunyoda yorlaqab martabasini ulug’ qilgaydir,oxiratda jannatga
kirmoqlikni nasib etgusidir, Olloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardordir”,-
deyilgan.Yana boshqa oyatli kalimada esa :”Yo rabbiy ,ilmni ziyoda qilgaysen,deb
ayt!”- deyilgan.
Keys-stadi amaliy vaziyatlarni tahlil etish va hal qilish asosida o‘qitish usuli
sifatida xorijiy ta’limda avval-boshda huquq sohasida qo‘llanila boshladi: u ilk marta
Garvard universitetining huquq maktabida 1870 yilda qo‘llanilgan edi. 1920 yilda
Garvard biznes-maktabi (HBS) o‘qituvchilari yuristlarning o‘qitish tajribasiga tayanib,
iqtisodiy amaliyotdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhokama qilishni ta’limning
asosiy usuli etib tanlashganidan keyin mazkur o‘qitish uslubi keng tatbiq etila boshladi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
249
249
Mamlakatimizdagi ta’lim sohasida keys-stadi, dastlab, mutaxassislarni qayta
tayyorlash va malakasini oshirish tizimida, ayniqsa boshqaruv sohasida qo‘llanila
boshlangan edi. Keyingi yillarda oliy o‘quv yurtlarida ham o‘qituvchilarning keyslarni
ishlab chiqish va amalga oshirishga qiziqishi oshayotganligi kuzatilayapti. Keys-
stadini Maktabgacha ta’lim yo‘nalishining ta’lim amaliyotiga keng tatbiq etishning
dolzarbligi va zarurligi quyidagi omillar bilan bog‘liq: Birinchidan, bola shaxsining
shakllanishida oilaning muhim omil ekanligi, uning nafaqat ta’lim oluvchilarda aniq
bilimlarni shakllantirishga, shu bilan birga o’quvchilarda fikrlash faoliyati, nazariy
bilimlarini amalda qo‘llashga tayyorlik va bunga qobillikni rivojlantirish, bo‘lg‘usi
mutaxassislarda mustaqillik va tashabbuskorlik, bola shaxsi rivojlanishiga oid
muammolar va tadqiqotlarning turli 40 jihatlari bilan bog‘liq keng doiradagi
masalalarni idrok etish qobiliyatini ravnaq toptirishga yo‘naltirilganligi bilan.
O’quvchilarning keyslarni ishlab chiqish texnologiyalarini o‘zlashtirishi, keysda
taqdim qilinadigan amaliy muammoli vaziyatlarni tahlil etish, yakka tartibda va jamoa
bo‘lib ularni optimal hal qilish yo‘llarini izlash malakalarini egallashi, bo‘lg‘usi
mutaxassisda funksional vakolatlilikni shakllantirish - kasbiy faoliyatda o‘zining
boshqarish va tashkil qilish texnologiyalarini loyihalashtirish, kasbiy jarayon
mantig‘ini qurish usullari, shuningdek kasbiy vazifalarni mustaqil va mobil tarzda hal
etish usullarini hosil qilishga yordam beradi. Ikkinchidan, bola shaxsi rivojlanishi
jarayonida yuzaga keladigan turli muammoli vaziyatlarda bir tizimli asosda va samarali
harakat qilish, oqilona echimlarni qabul qilish qobiliyatini egallagan mutaxassislarga
muhtojligi bilan. Keysda har xil hayotiy vaziyatlar bayoni beriladi va ularning
oqibatlari xususida mushohada yuritish yoki qatnashchilar harakatlarining
samaradorligini baholash yoxud muammoni hal etish usullarini taklif qilish talab
etiladi. Lekin har qanday holatda ham amaliy harakat modeli ustida ishlash ta’lim
oluvchilar – bo‘lg‘usi pedagoglarda bola shaxsini ijtimoiylashuvini ta’minlashni talab
qiladigan kasbiy jihatdan muhim xususiyatlarni shakllantirishning samarali vositasi
hisoblanadi. Uchinchidan, jahon tajribasi ko‘rsatib turganidek, keys-stadi
o’quvchilarda ijtimoiy yetuklikni rivojlantirish, o‘qishga qiziqish va motivlarni hosil
qilish, ularni haqiqiy professionallar sifatida etishtirishga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Jumladan yoshlar tarbiyasida buyuk hadisnavis, muhaddis Abu Abdulloh
Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning ta’limoti o’quvchilar tarbiyasida eng muhim
manba bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga kelajak avlodda ma’rifatli, bilimli ,
zakovatli, aqlli va idrokli, baxtli va saodatli, odobli- axloqli, pok hamda iffatli, sabr-
44 matonatli bo’lib ulg’ayish tuyg’ulari shakllanib boradi. Imom Al-Buxoriy
ta’limotida axloq masalasiga alohida e’tibor berilgan. Bugungi kunda o’quvchilarni
tarbiyalashda Imom al-Buxoriy hadislarining ahamiyati qanchalik darajada? Keysni
yechish jarayonida ushbu vaziyatni tahlil qilib, muammoni hal qilish yo‘llarini ishlab
chiqishga harakat qiling. Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavzu
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
250
250
bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur. Tavsiya etilgan keysni echish
quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha
bilimlarni mustahkamlash;
falsafiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
ma’naviy
va axloqiy tarbiya ko‘nikmalarini egallash;
o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish
darajasini tekshirib ko‘rish.
Vaziyat- Hadis rivoyatidagi noqislik va ularning to’g’riligiga ishonch hosil qilish
masalalari sahobalar davridan boshlanib, o’sha paytdanoq hadislarni yozib olishda bu
masalaga alohida e’tibor berilgan. Chunonchi, sahobalarning o’zlari rivoyat qilgan
hadislarda ham illatli hadislar uchragan hollar aniqlangan edi. Payg’ambar vafotidan
keyin vaqt jihatidan muddat kam o’tgani, hadislarni naql qilishda vositalarning ozligi
tufayli dastlabida bunga ehtiyoj unchalik katta bo’lmagandi. Rivoyatda ishtirokchilar
soni ko’payib, vaqt o’ta borgan sari roviylarning illatini aniqlashga tobora zarurat
kuchaydi. Hadis ilmida ham, muhaddislar orasida ham bu masala muhim ahamiyat
kasb eta boshladi. Hadis roviylariga nisbatan alohida diqqat-e’tibor, chuqur munosabat
bilan qaralib, har xil uslubu qoidalar yaratildi. Masalan, qaysi holatlarda
zamondoshlarning illati (jarhi) qabul qilinmaydiyu, qaysi bir holatlarda qabul qilinadi
kabi aniq yo’l-yo’riqlar ishlab chiqildi.
Muammo: Ushbu vaziyatda Imom al- Buxoriy sahih hadislarni toplashda biror
fakt va hodisani dalillash yoki o’z fikrlarini isbot etish maqsadida unga murojaat qilgan
o‘rni sezilyapti.
AMALIY VAZIYATNI BOSQICHMA – BOSQICH TAHLIL QILISH VA HAL
ETISH BO‘YICHA O’QUVCHILARGA USLUBIY KO‘RSATMALAR
Keysni yechish bo‘yicha individual ish yo‘riqnomasi 45 1. Keys bilan tanishing.
“ Imom Al-Buxoriy sahih va nosahih hadislarni qanday ajratgan?, “Sahih va nosahih
hadislarni farqi nimada.” shu haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo‘lgan butun
axborotni diqqat bilan o‘qib chiqing. O‘qish paytida vaziyatni tahlil qilishga
shoshilmang. 2. Sizning fikringizcha, ushbu vaziyatlarda qanday muammo ko‘tarilgan.
(YOrdam: keys mavzusiga e’tibor bering). 3. Muammoni tasdiqlovchi dalillarni
ko‘rsating. 4. Vaziyatlarda Sahih va nosahih hadislarni farqi nimada qanday farqlari
mavjudligini ajratib oling va muammoning kelib chiqish sabablarini ko‘rsating.
Guruhlarda keysni echish bo‘yicha yo‘riqnoma 1. Individual echilgan keys vaziyatlar
bilan tanishib chiqing. 2. Guruh sardorini tanlang. 3. Vatman qog‘ozlarda quyidagi
jadvalni chizing. 4. Muammoni tahlil qilish va echish jadvali Muammoni tasdiqlovchi
dalillari Muammoni kelib chiqish sabablari Muallif tomonidan taklif qilingan yechim
Guruh echimi 5. Ishni yakunlab, taqdimotga tayyorlang. Keysning yechimlari va
xulosalar: 1-vaziyat yechimi. Imom al-Buxoriy hadis ilmida kamolotga erishib,o’zi
yod olgan 600 mingga yaqin hadislarni sahih va g’ayrisahihlarga ajratdi.Imom
alBuxoriyning “Al-Jome as-Sahih”(Ishonarli to’plam) asari haqida shuni aytish
mumkinki, mazkur manba Islom dini ta’limotida Qur’oni Karimdan keyin asosiy
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
251
251
manba sifatida foydalaniladi. Imom al-Buxoriy yashagan davrdan oldin ta’rif etilgan
hadis kitoblarida sahih va g’ayrisahih hadislar aralash holda berilgan bo’lib,o’quvchi
ulardagi biror hadisni to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini, hadis rivoyat qiluvchining
ahvolini tekshirmay va aniqlamay turib, bilolmasdi. Buning uchun o’quvchi o’sha
hadisga aniqlik kiritish maqsadida ulamolardan so’rashga majbur bo’lar edi. Mana
shunday og’ir davrda Imom al-Buxoriy “Al-Jome asSahih” kitobini 16 yilda yozib
tugatib,unga 7275 dan ortiq sahih hadislarni boblarga ajratib tartibli ravishda jamladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, hadislarda illat masalasi muhim ahamiyat kasb
etib, u bilan shug’ullanadiganlardan pok diyonat va taqvodorlik, qobiliyat talab
qilinadi. Imom al-Buxoriy bu sohada o’ziga asosiy dasturulamal qilib olgan
ehtiyotkorlik maslagi uning diyonat, imon-ixlos va xudojo’ylikda yuksak darajaga
erishganini ko’rsatadi. Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va
ko‘rsatkichlari (mustaqil auditoriyada va auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun)
Auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
O’quvchilar ro‘yxati Asosiy muammo ajratib olinib, tadqiqot ob’ekti aniqlangan maks.
0,7 b Muammoli vaziyatning kelib chiqish sababi va dalillari aniq ko‘rsatilgan maks.
1,0 b Vaziyatdan chiqib ketish harakat-lari aniq ko‘rsa-tilgan maks. 1,0 b Jami 2,7 b
Auditoriyada bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari Guruhlar
ro‘yxati Guruh faol maks. 0,7 b Ma’lumotlar ko‘rgazmali taqdim etildi maks.1,0 b
Javoblar to‘liq va aniq berildi maks.1,0 b. Jami maks. 2.7b 1. 2. 3. 47
XULOSA.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, mustаqil yurtdа, sоg’lоm
аqlgа muvоfiq yangi ijtimоiy tuzumdа yashаydigаn bаrkаmоl аvlоdning mа’nаviyatini
shаkllаntirishdаy, tа’lim-tаrbiyasini yuksаk dаrаjаgа ko’tаrishdаy zаlvаrli yumush
bоrki, u bilаn pedаgоgikа tаriхi fаni shug’ullаnаdi. Bizga ma’lumki Sharq xalqlari
o’zining bir necha ming yillik madaniyati va ma’naviy boyliklari, ilmiy ba’diiy
mazmunga boy, mohiyati jihatdan yuksak g’oyaga ega bo’lganligi bilan tarixda
ma’lum. Mutafakkirlar asarlardagi ilgari surilgan dunyoviy ilmlar va diniy ilohiy
tasavvurlar bir butun holda qabul etilib, inson ilmiy tushunchalari asosida talqin 48
etilib, ular jahonga mashhur qomusiy mutaffakkirlarimiz asarlarida keng o’rin
egallagan. Ta’kidlash joizki, Muso al-Xorazmiy, Imom Ismoil al – Buxoriy, Imom
atTermiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos
Hojib, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Shayx Najmiddinov Kubro, Sulaymon
Boqirg’oniy, Abduxoliq G’ijduvoniy, Bahovuddin Naqshband, Mahmud Zamaxshariy,
Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Davoniy, Voiz Koshifiy va ulardan keyin ijod qilgan
boshqa mutafakkirlar islom ta’limotini, Qur’oni Karimni, payg’ambarimizning aytgan
so’zlari, diniy va axloqiy yo’l-yo’riqlari, hikmatlaridan iborat manba-Hadisi
Shariflarni yaxshi bilganlar, ularning ta’sirida ijod etib, kelgusi avlodlar uchun benazir
meros qoldirganlar.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
252
252
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
(References)
1.
Mirziyoev SH. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T. “O‘zbekiston”, 2017 y.
2.
Azimov A. Islom va hozirgi zamon. Toshkent,O’zbekiston, 1991,13-bet.
3.
Uvatov U. Hadis ilmining sultoni.O’zbekiston adabiyoti va san’ati.1993.29-
oktyabr.
4.
Boboxonov Sh.Tarjima, muqaddima va izohlar. Toshkent,O’zbekiston.1990,6-8
betlar. 50
5.
Imom Mahkamov U. Ahloq-odob saboqlari. – T.: Fan, 1994-yil. 8. Hoshimovk,
Nishonova S, Inomova M, HasanovR “Pedagogika tarixi”
6.
Imom
Ismoil
al-Buxoriy
Al-adab
al-mufrad
(Adab
durdonalari)
Toshkent,”O’zbekiston”,1990-yil
7.
Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. –
Toshkent.: “Fan” nashriyoti, 2006 y.