JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
232
232
BUXORO AMIRLIGI TARIXNAVISLIK AN`ANALARINING
ILMIY USLUBIY TAHLILI
Ramazonova Nilufar Nurali qizi
Buxoro davlat universiteti“Tarixshunoslik, manbashunoslik
va ilmiy tadqiqot usullari” mutaxasisligi 2-bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada O`rta Osiyo xonliklari tarixnavislik an`analarining o`ziga xos
uslublari haqida to`xtalib o`tiladi. Shuningdek, asosiy mavzu Buxoro amirligidagi
mahalliy muarrixlarning asarlaridagi ma`lumotlar, ularning ishonchliligi hamda
ulardagi o`xshashlik va farqlar taqqoslab keltiriladi. Buxoro amirligi davridagi
tarixshunoslik jarayonlari, mualliflar yondashuvi va tarixiy manbalar tahlil qilinadi.
Kalit so`zlar:
Tarixnavislik an`analari, Ahmad Donish, Sadriddin Ayniy, Mirza
Salimbek, Somiy, Fitrat, “Navodirul vaqoye”, Rossiya- Buxoro munosabatlari, Amir
Sayid Olimxon.
АННОТАЦИЯ
В статье речь пойдет об уникальных стилях историографической традиции
среднеазиатских ханств. Также основной темой является информация в трудах
местных муаррихов Бухарского эмирата, их достоверность, а также
сопоставление сходств и различий в них. Анализируются историографические
процессы в Бухарском эмирате, авторский подход и исторические источники.
Ключевые слова:
Традиции историографии, Ахмад Дониш, Садриддин
Айний, Мирза Салимбек, Соми, Фитрат, «Наводирул вакойе», российско-
бухарские отношения, Амир Саид Олимхан.
KIRISH
Musulmon Sharq tarixiy asarlari bizning hozirgi tushunchamizdagi tarixiy asar
bo`lmay, balki adabiy-tarixiy hamda tarixiy-badiiy janrga taalluqli asarlardir.
An`anaga binoan Sharq musulmon tarixchisi tarixiy- xronologik haqiqatni boy adabiy
tasvir tili bilan tashbih, mubolag`a, istiora va mavjud bo`lgan barcha tasvir va bayon
vositalari orqali berishi lozim edi. Aks holda yuqori saviyali Sharq o`quvchisi bunday
asarni tan olmasdi. O`quvchi bu asarni mutolaa qilib, o`zining estetik, g`oyaviy
talablarini ham qondirishi lozim bo`lgan.
1
Tarixiy asarlar zamonasining ma`naviy muhitini to`g`ridan-to`g`ri, bevosita
o`zida mujassam etadi. Shuning uchun ular o`zlarida muayyan ijtimoiy intelektual
guruh va tabaqalarning tafakkurlari, dunyoqarashlarini aks ettirgan.
1
Бертелсь Э.Э. Состаяния работ поизучению истории таджикиской литературы // Труды ИВ АН СССР, 1933. –
С. 87.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
233
233
Musulmon
tarixnavisligi,
jumladan
O`rta
Osiyo
tarixnavisligi
(историографияси) va tarixiy tafakkuri (историософияси) o`ziga xos an`analar va
qoliplar chegarasida rivojlangan.
2
Unga ko`ra tarixchilar jahon tarixini an`anaviy
muqaddimadan so`ng (tamhid, tasanno, na`t, salom, saltaniyat, vasf va fexristi
kitobidan keyin) quyidagi tartibda bayon etadilar: Olamning yaratilishi: Odam Ato va
Momo Havo tarixlari; Birinchi payg`ambarlar; Muhammad rosululloh va xalifai
roshidin tarixlari; Ummaviylar; Abbosiylar; Hindiston va Xitoy tarixi; Qadimiy Eron
shohlari; Sosoniylar tarixi; Safforiylar, somoniylar, g`aznaviylar, daylamiylar,
saljuqiylar, g`uriylar, xorazmshohlar va ismoiliylarning davri; Arab xalqlari tarixi;
Chingiz va chingiziylar tarixi; Temur va temuriylar tarixi; Shayboniylar tarixi;
Ashtarxoniylar davri.
Qo`qon tarixnavislik maktabi namoyondalaridan Muhammad Hakimxon va
Avaz Muhammad Attorning va Buxoro tarixchilaridan Mirza Salimbekning
(“Kashkuli Salimiy”) jahon tarixiga bag`ishlangan asarlari yuqoridagi ta`riflarga misol
bo`la oladi.
Yuqorida ta`kidlanganidek, musulmon muarrixlarining tarixiy asar
yaratishda o`ziga xos uslublari va muayyan qolip shakllari mavjud. O`rta Osiyo
xonliklari tarixchilarining katta qismi ham o`z asarlarini yaratishda ushbu uslublar va
qolip shakllaridan foydalanishadi. Shuning uchun ham xonliklar davri tarixiy asarlari
orasida mazmunan va shaklan bir-biriga yaqin bo`lgan asarlarni ko`rishimiz mumkin
bo`lgan.
ADABIYOTLAR VA MANBALAR
Ma`lumki, XIX asrning 2- yarmida Buxoro amirligi siyosiy hayotida tub
burilishlar yuz beradi. Buxoro amirligi Rossiya imperiyasining yarim mustamlakasiga
aylanadi. Ushbu voqea mamlakat hayotining barcha jabhalariga o`z ta`sirini
o`tkazmay qo`ymadi.Amirlik hayotining barcha siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy,madaniy va
harbiy sohalaridagi ahvoli, ulardagi o`zgarishlar mahalliy tarixchilar asarlarida o`z
aksini topgan.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Buxoro amirligida o`nlab donishmand va
olimlar jamiyat tarixi sohasida bir qancha asarlar yozgan edilar. Ularga misol qilib,
Ahmad Donish, Somiy, Mirza Salimbek, Sadr Ziyo, Muhammad Ali Baljuvoniy, Sayid
Muhammad Nosir ibn Muzaffar, Sadriddin Ayniy, Fitrat va boshqalarni keltirish
mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ahmad Donish ―qomusiy olim. Tarixchi, shoir, yozuvchi, muhandis,
musavvir, yulduzshunos, tabobat ilmidan xabardor ma`rifatparvar olim edi.Olim
tarixchi sifatida bizga 3ta tarixiy asarni meros qilib qoldiradi. Ulardan biri “Navodirul
vaqoye” asaridir.
2
Vohidov Sh. H. Qo`qon xonligida tarixnavislik. T.: Akademnashr. 2010 y.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
234
234
Ahmad Donishning serqirra hayotiy tajribasi mahsuli hisoblangan “Navodirul
vaqoye” (“Nodir voqealar”) asari allomalarning ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-axloqiy
tabiiy-falsafiy yo`nalishga oid teran qarashlari hamda keng dunyoqarashini anglashda
muhim o`rin tutadigan qomusiy asar hisoblanadi. Aynan mazkur asar allomaning eng
yirik asari hisoblanib, turli masalalar to`g`risidagi fikrlari bayon etilgan.
3
Asar XIX asrning 2-yarmi O`rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrlarini,
shuningdek, shu davrda Buxoro amirligida hukm surgan feodal davlat tartiblarini
o`rganishda muhim ahamiyatga egadir. Muallif o`z fikrini ifodalashda adabiy qiyos,
istiora va metafora usullaridan foydalangan.
Asarning tarixiy qiymati shundaki, unda muallifning Rossiyaga elchilik safari
tafsilotlari keltiriladi. Xususan, elchilarning kutib olinishi, yig`ilish va to`y bazmlari,
Rossiya aholisi, aristokratlar qatlami hayoti, kiyinishi, hatto ularning ruhiy holatlari,
bozorlar va ulardagi tozalik, intizom, odob-axloq normalari, muzeylar va boshqa
taassurotlar bilan bo`lishgan.
Shuningdek, biz asar orqali muallif tilidan, o`zining qiziqishlari, ta`lim olishi va
faoliyati, yoshlik chog`lari haqida ma`lumotga ega bo`lishimiz mumkin.
4
Ahmad
Donishning tarixnavislik bo`yicha yozilgan yirik asari “Risola yohud mang`itlar
xonadoni saltanatining qisqacha tarixi” dir. Asar nomi shartli qo`yilgan. Tarjimon
(Qiyomiddin Yo`ldoshev) tili bilan aytkanda asar “yurt hukmdorlarining jaholat va
g`aflat botqog`iga botib ketishi, mas`uliyat va xushyorlikni yo`qotishlari, umrini o`tab
bo`lgan aqidalarga o`ralashib yashashlari oqibatida mamlakat o`z mustaqilligidan
mahrum bo`lishi tarixiga bag`ishlanadi”.
5
Asar tili ancha murakkab va arab-fors tillariga xos murakkab unsurlar ko`p.
6
Asarni shartli 2 qismga bo`lish mumkin: birinchi qismda muallif faqat yozma
manbalardan o`qishi yoki eshitishi mumkin bo`lgan voqelar haqida hikoya qiladi. Unda
Amir Doniyol hukmronligining so`nggi yillari va uch amir: Shohmurod, Haydar va
Nasrulloning (so`nggi yillari) hukmronligi to`g`risida bayon etiladi. Ikkinchi qismda
muallif o`zi guvoh bo`lgan voqealar bayoni, xususan, Amir Muzaffar va Amir
Abdulahad hukmronlik qilgan davrning tarixiy hodisalari tafsilotlariga to`xtaladi.
Muqaddima va 7 bobdan iborat asarda muarrix mang`itlar sulolasi tarixining qariyb
138 yillik davrini xronologik tartibda tahlil etgan.
7
Shuningdek, Ahmad Donishning tarixchi sifatidagi o`ziga xosligi, boshqa hech
bir tarixchida uchramaydigan jihati shundan iboratki, u asarlarida o`z davrining
muammolarini shunchaki sanab o`tib ketmaydi, balki ularga yechim topish maqsadida
3
Vohidov Sh. H. Qo`qon xonligida tarixnavislik. T.: Akademnashr. 2010 y.
4
A. Donish. “Navodirul vaqoe”. – B. 336-355
5
A.Donish. “Risola yohud mang`itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi”. Tarjima, izohlar va kirish so`zi muallifi
Q.Yo`ldoshev. – Toshkent: ”o`.m.e.” davlat ilmiy nashriyoti; 2014
6
O`sha asar.
7
Naimov I.N. Ahmad Donishning ma`rifatparvarlik faoliyati va uning ilmiy merosi. (PhD) disertatsiya avtoreferati.
2022
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
235
235
o`z fikr-mulohazalari va takliflarini ilgari suradi.
Muhammad Ali ibni Muhammad Sayid Baljuvoniyning “Tarixi nofeiy” nomli
asari Buxoro amirligining XIX-XX asr boshlaridagi siyosiy tarixni yoritib beruvchi
manbalardan hisoblanadi. Asarda Buxoro inqilobi, Sovet davlatining Buxoro
amirligiga nisbatan olib borgan siyosati voqealar guvohi tilidan bayon qilinadi.
8
Muallif asarning yozilish sababiga to`xtalib, Buxoro va Samarqanddagi do`stlarining
iltimos va takliflariga binoan yozganligini ta`kidlaydi. Asarda Buxoro va
Samarqanddagi madrasalar, masjidlar, avliyo va murshidlarning qabrlari, darvozalar
haqida ma`lumot beradi.
Davlat amaldorlari, ularning vazifaga tayinlanishi, ozod etilishi, qo`shin,
madrasalardagi ta`lim haqida, Abdulahadxon davri, jadidlar faoliyati, Kolesev voqeasi,
Amir Olimxon davri, Buxoro amirligining bosib olinishi, Amir Olimxonning
Afg`onistonga ko`chishi bayoni, “Kichik qiyomat”dan keyin Buxoroning ahvoli va
bosmachilik harakati haqida bevosita o`zi guvohi bo`lgan yohud guvohlardan
eshitkanlarini yozib qoldiradi. Asar kirish qismida uning 15 bobdan iborat ekanligi
ta`kidlangan, ammo bu tarjima nusxada ulardan 8 tasi keltirilmagan.
Sayyid Muhammad Nosir ibn Muzaffar “Tahqiqoti arki Buxoro”. Nosir ibn
Muzaffarning “Buxoro arki haqida tadqiqot” risolasi XX asrda arkka bag`ishlangan 1-
maxsus asardir. Muallifning qayd etishicha, asar 1921-yilda tashkil etilgan “Anjumani
tavorix” jamiyati tashabbusi bilan yozila boshlanadi va shu yili fors tilida yozib
tugallanadi. Muallif asarni yozishda bir qancha tarixiy asarlarga tayangani haqida
aytib o`tadi. Xususan, “Tarixi Narshaxiy”, Yoqut al-Hamaviyning “Mo`jam ul-
buldon”, al Balsiyning “Majmua ul g`aroyib” asari tarixchi va geograf Hofizi
Abruning asari va muallifi noma`lum “Tarixi Jahonkushoy” asaridir.
Asarda Buxoroning nomlari, Buxoroning qadimgi davri, Siyovush rivoyati,
Somoniy hukmdorlari, arablar va Chingizxon bosqini haqida ma`lumotlar keltiriladi.
Shuningdek, Ashtarxoniylar va Mang`itlar davrida sulola a`zolarining ark va unga
tutash hududlarda qurdirgan imoratlar haqida aytib o`tadi. Asarni ko`zdan kechirar
ekanmiz, uzoq yillar davomida ark ichida istiqomat qilgan kishi sifatidan tarixchidan
ark haqida batafsil va qiziq ma`lumotlarni kutish tabiiy holdir. Lekin Nosir ibn
Muzaffar ark haqida juda qisqa ma`lumotlarni keltirib o`tadi. Shuningdek, tarixchi
“Ayon bo`lsinki, Somoniylar saltanati zikridan so`ng, navbati bilan Buxoroda saltanat
sugan va uni poytaxt qilgan sultonlar toifasi haqida mufassal ma`lumotlar topa
olmadim” – deya asarning qisqa bir shaklda yozilish sababini izohlaydi.
Amirlik davri tarixi bayon etilgan tarixiy asarlardan yana biri Abduaruf Fitratning
“Amir Olimxon va uning hukmronlik davri” nomli asaridir. Ushbu risola Amir
Olimxon va uning hukmronlik davriga bag`ishlangan bo`lsada, muallif dastlab
Olimxondan oldingi mang`it amirlari tarixiga to`xtalib o`tishni ma`qul ko`radi.
8
Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeiy. “Akademiya” nashriyoti. Toshkent. 2001
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
236
236
Risolaning katta qismi Olimxon davriga bag`ishlangan bo`lib, XX asr boshlarida
Buxoro
amirligidagi
ijtimoiy-siyosiy
hodisalar,
xususan,
Rossiya-Buxoro
munosabatlari, Buxoroning bosib olinishi, o`sha davr amaldorlari va qo`shin
o`rtasidagi tarqoqlik va boshboshdoqliklar aks ettirilgan.
Muallif kitobining so`z boshisida «mazkur asarni yozishda mavjud materiallardan
foydalanib» yozganligini aytib o`tadi. Darhaqiqat, Fitrat risolaning ko`pgina
qismlarida Sadriddin Ayniyning « Mang`it amirlari tarixi» va Obid Ko`lobiyning
«Tanzilul amsol» asarlaridan parcha va iqtiboslar keltiradi. Xususan, Fitrat o`zidan
oldingi amirlar faoliyati bilan bog`liq ma’lumotlarning katta qismini Sadriddin
Ayniyning “Mang’it amirlari tarixi” asaridan foydalanib yozadi.
XX asr boshida amirlik hayotidagi mavjud ijtimoiy- siyosiy hayot, 1910– yil
yanvar voqealari va ruslar bilan bo’lgan jang tafsilotlarini bayon etishda Obid
Ko’lobiyning “Tanzilul amsol” asariga murojaat etadi. Asar 1930- yilda yozib
tugallangan. Yuqorida keltirib o’tilgan tarixiy asarlarda mavjud voqealarni ( XX asr
boshlarida sodir bo’lgan hodisalar) shaxsan amir tilidan bayon etilgan asarda ham
ko’rishimiz mumkin. Mazkur asar Buxoro amirligining so’nggi amiri Amir Sayyid
Olimxonning “Buxoro xalqining hasrati tarixi” nomli kitobidir. Asar esdaliklar
shaklida yozilgan bo’lib, amirning yoshlik chog’i, Rossiyadagi ta’limi va Qarshi va
Karmana viloyatlarida hokimlik qilgan davri haqida ma’lumot berishdan boshlaydi.
Shuningdek, asarda mahalliy muarrixlarda mavjud siyosiy voqealar bayoni ya’ni,
Rossiya- Buxoro urushi, Rossiyaning Buxoroni bosib olishi, Buxoroliklarning ruslarga
qarshi 7 yil davomida olib borgan urushi tafsilotlari amir tilidan bayon etiladi. Boshqa
tarixchilarning asarlarida deyarli uchramaydigan ma’lumot, amirning Afg’onistondagi
hayoti va faoliyati bilan bog’liq ma`lumotlar keltirib o’tiladi. Ushbu esdaliklar 1927-
yili sentabrida amirning mutlaq vakili bo’lmish general Hoji Yusufbiy Muqimbiy
orqali millatlar ittifoqiga taqdim qilingan
9
. Yuqorida nomlari keltirib o’tilgan
asarlardan ko’rishimiz mumkinki, mahalliy muarrixlar asarlarida o’z davrining mavjud
ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, harbiy va boshqa sohalari haqida ma’lumot beribgina
qolmay, holatga nisbatan o’zlarining fikr va mulohazalarini ham keltirib o’tadilar.
Yuqoridagi asarlarning tarixiy qiymati shundaki, ularning aksariyatida
tarixchilar shaxsan guvohi bo’lgan yoxud guvohlardan eshitgan ma’lumotlarini
keltiradi. Ulardagi ma’lumotlar bevosita bir-birini to’ldiradi yoki aksincha, rad etishi
mumkin. Bu esa muallifning jamiyatdagi o’rni, yuz berayotgan voqealarga nisbatan
turlicha munosabatda bo’lganligi bilan bog’liqdir. Ma’lum bir tarixiy manbani
o’rganishda tegishli asar muallifining o’zi ham asaridan ajratilmagan holda o’rganilishi
lozim, chunki tarixnavis-muarrix birinchidan, ijodkor shaxsdir; ikkinchidan, u muarrix
sifatida muayyan tarixnavislik konsepsiya va nazariyasining egasi bo’lib, muayyan
tarixiy-madaniy an’analar vorisidir. Uchinchidan muarrixning faoliyati sotsial jamoa
9
Amir Sayyid Olimxon. “Buxoro xalqining hasrati tarixi”, O’zbekiston SSJ “Fan” nashriyoti. Toshkent- 1991.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
237
237
a’zosi sifatida, jamoaning boshqa a’zolari bilan bo’lgan uning munosabati orqali
aniqlanadi. Muallifning bu munosabati esa uning asaridagi g’oyaviy va siyosiy
konsepsiyasiga ta’sirini o’tkazadi.
10
Yuqorida biz XIX asrning 2- yarmi XX asrning boshlarida Buxoro amirligida
yozilgan tarixiy asarlarning bir nechtasini sanab o’ttik. Ularning aksariyati mavzu
jihatidan bir-birini takrorlaydi. Masalan, tarixchilarning bir nechtasi o’z asarlarida
mang’it amirlarining har birining faoliyatiga alohida to’xtalib o’tishni xohlaganlar.
Shunday tarixchilardan biri XIX asrning ko’zga ko’ringan ma’rifatparvar olimi Ahmad
Donishdir. Ahmad Donish o’zining “Risola yoxud mang’itlar xonadoni saltanatining
qisqacha tarixi” asarida mang’itlar sulolasining Amir Doniyoldan boshlab to o’z
davridagi hukmdor amir Abdulahadgacha bo’lgan amirlar tarixini yoritishga harakat
qiladi. Muallif o’zigacha bo’lgan amirlar tarixini yozma manbalarga tayanib yozadi.
Xususan, amir Doniyol boshqaruv davriga to’xtalib, uning davrida yuz bergan salbiy
voqealarni keltirib o’tadi. Uning yozishicha, Amir Doniyol davrida mamlakatda
tartibsizliklar yuzaga keladi va buning sababi qilib, “mang’it mardum”larining davlat
ishlariga aralashib, davlat boyliklari va xalqni talon-taroj qilganligi ko’rsatiladi.
Aksariyat masjidlar va madrasalar e’tiborsiz qoldiriladi. Shuningdek, “amir va
hokimlar o’rtasida mayxo’rlik, qimorbozlik, fisqu-fasod keng tarqalgan”ini yozib
qoldiradi.
Doniyoldan keyin taxtga amir Shohmurod o’tiradi. Tarixchi amirni adolatparvar,
sahiy, ochiqko’ngil va davlat manfaatlarini o’z manfaatlaridan ustun qo’yuvchi
hukmdor sifatida gavdalantiradi. Amir Shohmurod o’zining turmush tarzi bilan boshqa
amirlardan tubdan farq qilgan. Ahmad Donish amirning xokisor turmush tarzi
kechirganligini, davlat xazinasidan o’z maoshidan tashqari pul olmaganligi, kiyinish
va yeb ichish tarzini tasvirlab, Amir Shohmurod va uning faoliyatini boshqa amirlarga
namuna bo’lishini xohlaydi.
Ma’lumki, ko’plab manbalarda Amir Shohmurod shaxsiyati va faoliyatini
ta’riflashda ijobiy yondashilgan. Faqat Fitrat o’zining asarida amirga nisbatan salbiy
baho beradi. U o’z asarida Shohmurod haqida quyidagilarni keltirib o’tadi “Shohmurod
ham o’zining fe’l-atvoriga mos keladigan kishilarni, juda ko’p so’fi hamda shayxlarni
o’z atrofiga to’pladi, egnini but, qornini to’q etdi. Ular esa gumroh xalq orasida
Shohmurod foydasiga tashviqot yurgizib, uni “avliyo”lardan biri sifatida ko’rsatar
edilar. Marv sultonligining tanazzulga yuz tutishi Shohmurodning fasod niyatlari
oqibatidir. … uning dunyoqarashi anchagina cheklangan kishi edi. U qo’shni
davlatlardan panohiga najot istab kelgan siyosiy qochoqlarni hech bir gunohsiz, maxfiy
holda qatl ettirardi…”.
11
Amir Haydar faoliyatiga berilgan ta’riflarda Fitratning unga nisbatan salbiy
10
Vohidov Sh.H. Qo’qon xonligida tarixnavislik. T. : Akademnashr. 2010 y.
11
Abdurauf Fitrat. Amir Olimxon va uning hukmronlik davri.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
238
238
fikrlar keltirganini ko’rishimiz mumkin. Tarixchilarning ko’p qismi jumladan Ahmad
Donish ham amir Haydar davrida ilm-fanga juda katta e’tibor berilganini aytib, uni
maqtagan bo’lsa, Fitratda u qoralangan. Xususan, Fitrat o’z asarida “o’zining obro’
e’tiborini xalq qalbiga joylash maqsadida boshqacha yo’lni tutdi– mamlakat ishlarini
bir chekkaga yig’shtirib qo’yib, odamlarga dars berishga kirishdi. Xushomadgo’ylik
tabiatida g’olib bo’lgan mullalar guruh-guruh bo’lib, uning oldiga borib ta’lim olar
edilar ….”, deb yozib qoldiradi.
Shuningdek, Ahmad Donish Amir Nasrulloga ta’rif berayotgan paytida ham
tarozining pallasini teng tutishga harakat qiladi, ya’ni uning salbiy xislatlarini keltirib
o’tish bilan birga mamlakat rivoji uchun qilgan sa’y-harakatlarini ham aytib o’tadi.
Ahmad Donish saroy tarixchilaridan o’zining haqiqatgo’yligi va riyokorlikdan uzoq
bo’lganligi bilan ajralib turgan.
Sadriddin Ayniy o’zining “Esadaliklar”ida qo’liga Ahmad Donishning qoralama
daftari tushgani haqida so’z yuritadi. Unda muallif o’zi haqidagi ma’lumotlarga
to’xtalib, jumladan, quyidagilarni yozib qoldiradi: “Men o’zimni taniganimdan beri
erkin yurganman, hech qachon va hech bir mavridda asoratga tushmaganman, saroyga
mansub bo’lib, ma’mur va maoshxo’r bo’lgan vaqtlarda ham erkinligimni qo’ldan boy
bermay asoratni tan olgan emasman, Podshohga yozgan maktub va arizalarim ham har
xil riyokorlik, ta’makorlik va xushomadgo’ylikdan holi edi…”.
Yuqoridagi fikrlarni e’tiborga oladigan bo’lsak, Ahmad Donish asarlarida
berilgan ma’lumotlarni ishonchli deb ayta olamiz. Chunki muallifning tarixiy asarlarini
o’qigan har bir kishi mazkur asarlarda yuqoridagi fikrlar o’z tasdig’ini topganligini
ko’rishi mumkin. Lekin shuni ham aytib o’tish kerakki, agar uning ijodiga adolat nazari
bilan qaraydigan bo’lsak, tarixchi o’z asarlarida, xususan, “Risola yoxud mang’itlar
xonadoni saltanatining qisqacha tarixi” asarida o’z davrida hukmronlik qilgan amirlar
va davlat amaldorlari faoliyatining deyarli faqat salbiy tomonlarini yoritadi. Ammo
tanganing ikki tomoni bo’lganidek, tarix ham faqat qora sahifalardan iborat bo’la
olmaydi…
O’zida mang’it amirlarining tarixini aks ettirgan manbalardan yana biri yuqorida
so`z yuritilgan Abdurauf Fitratning “Amir Olimxon va uning hukmronlik davri”
asaridir. Muallif ushbu davrni yoritar ekan, asarning boshidan oxirigacha barcha
masalalarni tasvirlashda tanqidiy yondashadi. Abdurauf Fitrat jadidchilik harakatining
a’zolaridan biri bo’lgan. Ma’lumki, Kolesov voqeasidan so’ng jadidlar davlatning
qattiq ta’qibiga uchraydi. Ularning ko’pchiligi qamoqqa olinib, qatl qilinadi. Tirik
qolganlar esa boshqa davlatga qochib ketadi. Ushbu voqealar, jadidlarning g’oyalari,
ularning davlatga bo’lgan munosabati va keyinchalik sovet davri mafkurasi ta’sirida
muallifdan ushbu davr boshqaruvi va undagi hukmdorlarga nisbatan nafrat uyg’otadi.
Tarixchining ushbu holati esa asarda yaqqol aks etadi.
Shunday bo’lishiga qaramay risolada keltirilgan ba’zi ma’lumotlar boshqa
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
239
239
asarlarda uchramasligi bilan qimmatlidir. Xususan, Amir Olimxonning shaxsiy hayoti
va unga bevosita ta’sir o’tkaza oluvchi yuqori davlat amaldorlari haqidagi ma’lumotlar
boshqa asarlarda kuzatilmaydi. Shuningdek, biz asar orqali saroy tarixchisi Obid
Ko’lobiy va uning asari bilan tanishamiz. Fitrat unga “Buxoro qalam ahllaridan biri
doimo shu shaharda yashab, Kolesov voqeasidan Buxoro inqilobiga qadar saroyda
sodir bo’lgan ishlarni o’z ko’zi bilan ko’rgan, shularning barchasini betaraf, odilona
qayd etgan edi” –deb ta’rif beradi.
Fitrat o’z asarini tanqidiy fikrlarga boy bo’lganligi sababli o’quvchida mavjud
ma’lumotlarning ishonchli yoki yo’qligi haqida shubha tug’ilishini bilib, tasvirlashda
Ko’lobiyning “Tanzilul amsol” asaridan parcha keltiradi va bu haqda “Bu shaxs
Buxoro inqilobchilaridan bo’lmaganligi tufayli uning yozganlariga hech kim shubha
qilmasa kerak” deb yozib qoldiradi. O’z faoliyatining katta qismini Buxoro amirlariga
xizmat qlish bilan o’tkazgan Mirza Salimbek ham o’zining “Kashkuli Salimiy” nomli
asarida Buxoro amirlari faoliyati bilan bog’liq ma’lumotlarni keltirib o’tadi.
Mirza Salimbek o’z asarida amirlarning siyosiy faoliyatlariga ko’proq urg’u
beradi. Ularning harbiy yurishlari, davlat boshqaruvi usullari, ular davrida sodir
bo’lgan ba’zi voqealar haqida yozadi. Mirza Salimbek davlat amaldori bo’lganligi
tufayli ham uning asarida amirlarga nisbatan deyarli birorta salbiy fikr uchratmaymiz.
Aksincha, u Amir Abdulahad davrini maqtab, “viloyatlar xotirjam va osoyishta edilar.
Hech tarafdan lashkarlarning tozi-bozi yo’q edi. Buxoro atrofidagi viloyatlardan …
hamma qaram, farmonbardor edilar.” deb yozib qoldiradi. Shuningdek, amir
Abdulahadning Makka va Madinada, Peterburgda qurdirgan masjid va boshqa
imoratlarini keltirib o’tadi.
Yuqorida nomlari zikr etilgan asarlar qatoriga Sadriddin Ayniyning “Buxoro
mang’it amirlari tarixi” asarini kiritishimiz mumkin. Tarixchi bu kitobida ushbu sulola
vakillari tarixini sovet mafkurasi ta’sirida salbiy baholagan bo’lsada, mang’it
amirlarining mamlakatni mustahkamlash va iqtisodiyot rivojiga e’tibor berganligi
bilan bog’liq jihatlarni ham e’tirof etadi. Ayniqsa, muallif tomonidan Buxoro amirlari
Shohmurod, Haydar, Muzaffarxon va Abdulahadxon haqida keltirilgan ayrim ijobiy
ma’lumotlar boshqa tarixiy asarlarda uchramasligi bilan ahamiyatlidir.
12
XULOSA
Xulosa qilib aytkanda, XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligida
bir qancha tarixiy asarlar yozilgan bo`lib, biz ulardan o`sha davr amirlik hayotining
ko`plab jihatlari haqida qimmatli ma`lumotlarni qo`lga kiritishimiz mumkin. Lekin
tarixiy manbalardan foydalanishda ulardagi ma`lumotlarni ishonchliligiga e`tiborli
bo`lish va ularni taqqoslab, shuningdek tarixiy asarlarni ularning mualliflari bilan
birgalikda o`rganish lozim.
12
Temirov F.U. S. Ayniyning Buxorodagi jadidchilik harakatida tutgan o’rni va ijtimoiy faoliyati. (PhD) disertatsiyasi
avtoreferati.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
240
240
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ahmad Donish. Risola yohud mang`itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi.
O`.M. E. davlat ilmiy nashriyoti. – Toshkent: 2014.
2.
Ahmad Donish. Navodirul vaqoe. O`zbekiston SSR “Fan” nashriyoti. –
Toshkent:1964
3.
Amir Sayyid Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixi. O’zbekiston SSJ “Fan”
nashriyoti. Toshkent- 1991.
4.
“Akademiya” nashriyoti, 2001 Muhammad Ali Bakjuvoniy. Tarixi Nofeiy.
Toshkent.
5.
Abduaruf Fitrat. Amir Olimxon va uning hukmronlik davri.
6.
Sadriddin Ayniy. Esdaliklar.
7.
Temirov F.U. S. Ayniyning Buxorodagi jadidchilik harakatida tutgan o’rni va
ijtimoiy faoliyati. (PhD) disertatsiyasi avtoreferati.
8.
Vohidov Sh.H. Qo’qon xonligida tarixnavislik. T. : Akademnashr. 2010 y.
9.
Naimov I.N. Ahmad Donishning ma`rifatparvarlik faoliyati va uning ilmiy
merosi. (PhD) disertatsiya avtoreferati. 2022
10.
Бертелсь Э.Э. Состаяния работ поизучению истории таджикиской
литературы // Труды ИВ АН СССР, 1933. – С. 87.