JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
212
212
MEDIA OLAMDAGI AXBOROT INQILOBINING SHAXS
MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASIGA TA’SIRI
Davlatova Mohichehra Turg’un qizi
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi
(Ma’naviyat asoslari) yo’nalishi magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada axborot xurujlarining mohiyati ularning shaxs
ongiga va axloqiy qarashlariga ta’siri taxlil qilinadi.SHuningdek,media vositalarning
inson ma’naviy kamolotiga ijobiy va salbiy ta’siri ,yolg’on axborot va manipulatsiya
usullarning tarbiyaga ta’siri haqida so’z yuritiladi.Axborot xurujlariga qarshi ma’naviy
immunitetni shakllantirish usullari haqida fikr yuritiladi.
Kalit
so’zlar:
Axborot
xurujlari,ma’naviy
tarbiya,axloqiy
tarbiya,media,ijtimoiy tarmoqlar,axborot ,ijtimoiy ong,axloqiy me’yorlar,
Abstract:
In this article, the essence of information attacks is deduced by their
influence on the consciousness and moral views of the individual. It is also thought
about the positive and negative impact of media on human spiritual maturation ,the
influence of false information and methods of manipulation on upbringing.
Key words:
Information attacks, spiritual upbringing ,moral upbringing, media,
social network, information, social awareness, moral standards.
KIRISH
Bugungi taraqqiyotni axborot tarmog’I internetsiz tasavvur qilish qiyin.Ayni
paytda jamiyatning har bir qatlami uchun kundalik turmushda internet muhim ro’l
o’ynaydi.SHuningdek ,axborot insonni o’z ustida ishlashga ,rivojlanishiga yordam
beradi.Albatta ,axborot axloqiy me’yorlarga asoslanishi zarur.SHaxsni axloqiy
onggiga va axloqiy qarashlariga ta’sir kuchini e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur. ‘
‘Axborot tevarak atrofdagi turli xil manbalardan to’plangan omillar bo’lib,bu
bilimlarni qayta bayon etish ”dir.
1
Axborot (lotincha “information”-tushuntirmoq,bayon qilmoq,arabcha “ xabar va
ma’lumot ”degan ma’nolarni anglatadi)-hozirda kop qo’llaniladigan tushunchadir.
“Axborot o’z mazmun -mohiyatiga ko’ra ,o’z-o’zini tashkil etadi va boyitib
boradi.Lekin ,axborot tushunchasining umume’tirof etilgan ta’rifi hanuzgacha mavjud
emas”.
2
XXI asr axborot inqilobi asri nomini oldi.Natijada,axborot uzatishdagi tezlik
va texnologiyalar rivojini ko’rishimiz mumkin.Misol uchun,telegraf va rotatsion
tipografik
mashinalarning
yaratilishi(1847-yil),telefon(1870-yil),radio(1895-
1
Davronov Z.Ilmiy ijod metadologiyasi.-Toshkent :Iqtisod-moliya,2007.b-180.
2
Винер Н Кибернетика М 1968 -С 166
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
213
213
yil),simsiz telegraf (1922-yil),televideniya(1930-yil) paydo bo’ldi.
3
Jamiyatning har bir
sohasidagi o’zgarishlar ,nafaqat, texnika va iqtisodiy tomondan shuningdek,ma’naviy
sohada ham tub burilish sodir bo’ldi.
Tarixdan insonlar xabar qoldirish uchun turli yo’llardan foydalanishgan,o’sha
davrlarda qadimgi toshdagi yozuvlar va xabar yetkazuvchi elchilarni misol keltirish
mumkin.lekin bunday xabarlarni yetkazish va qabul qilish uchun ko’p vaqt talab
qilingan.Shundan so’ng axborotlar almashinuvini yaxshilash va tez yetkazib berish
yo’llarini o’ylab topishga harakat qilishdi.Misol uchun,pochta xizmati ,so’ngra telegraf
va telefonlar ixtiro qilindi.Lekin XX asr oxiriga kelib olimlar internetni ixtiro qilishi
bilan hammasi o’zgardi.1969-yilda AQSH departamenti o’zining ilk ARPANET nomli
tarmog’ini ishga tushirdi.U orqali AQSHning o’nlab xodimlari bir -biri bilan xabar
almashish imkoniyatiga ega bo’ldi.Aynan internet axborot kommunikatsiya
texnologiyalarining hozirgi zamondagi eng oliy ,ilg’or cho’qqisi bo’lib turibdi.SHuni
ta’kidlash lozimki ,internetni rivojlanishi va axborot xurujlarini amalga oshirishda
,avvalo ,inson ongi va qalbini egallash orqali mafkuraviy ta’sir o’tkazish g’oyasi
yotadi.Mazkur holatda ,davlatlarning barqarorligiga rahna solib ,millatning an’ana
,urf-odat va qadriyatlariga ,uning o’ziga xosligi ,millat va xalq sifatida yashab qolishini
xavf ostiga qo’yadi.Axborot inqilobi shaxsga ham ijobiy ham salbiy ta’sir ko’rsatish
mumkin:
Ijobiy ta’sirlar:1.Ma’lumotlarga oson kirish-Axborot inqilobi shaxslar uchun turli
-xil ma’lumotlarga oson kirish imkoniyatini yaratadi .Masalan,internet ,mobil ilovalar
va onlayn platformalar yordamida ,har qanday shaxs mavzular bo’yicha bilim olish
imkoniyatiga ega bo’ladi.
2.Ta’lim va o’qish imkoniyatlari-Onlayn ta’lim platformalari va masofaviy o’qish
imkoniyatlari shaxsning malakasini oshirishga yordam beradi.Shu orqali yangi bilimlar
va ko’nikmalarni o’rganish osonlashadi.
3.Kommunikatsiya va aloqalar -Axborot texnologiyalari orqali odamlar o’zaro tez
va qulay aloqada bo’lishlari mumkin.Muloqot va hamkorlikni kuchaytiradi.
Salbiy ta’sirlar:1.Axborotning haddan tashqari ko’pligi -Axborot inqilobi
shaxslarni juda ko’p va turli xil ma’lumotlarga duchor qiladi ,bu esa noto’g’ri axborot
yoki axborot yuki deb ataladigan holatni keltirib chiqaradi.Bu holat shaxsni qaror qabul
qilish qobiliyatini pasaytirishi yoki stressni oshirishi mumkin.
2.Maxfiylik va xavfsizlik muammolari-Internet orqali axborot almashinuvi
ko’payishi shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarning oshkor bo’lish xavfini keltirib
chiqaradi.
3.Ijtimoiy aloqalarning kamayishi:Yuzma-yuz muloqotni kamaytiradi.
4.Internetga qaramlik:Internet va texnologiyalarga ortiqcha qaramlik insonlarni
o’z real hayotidan ajratib qo’yishi ,psixologik muammolarni keltirib chiqarishi
3
Чернов А А Дашков и К 2003 С 13
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
214
214
mumkin.Yovuz va buzg’unchi g’oyalar ta’sirini o’z vaqtida anglash ,ulardan doim
ogoh bo’lish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanligini unutmaslik kerak.Ayniqsa
,bugungi o’sib kelayotgan yosh avlod vakillari chuqur anglab yetish
lozimdir.Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek , ``Biz
farzandlarimizning ongi ,dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o’tgan ,yuksak
ma’naviyat xazinasi bo’lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas,balki
qandaydir shubhali ,zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab
turolmaymiz``
4
Bugungi kunda dunyoning ko’p nuqtasida urush ,200dan ortiq
davlatlarda ma’naviy urush ketmoqda .Ko’p jihatdan e’tibor berilsa ,ma’naviy
tahdidlar axborot xurujlari orqali vujudga keladi.Misol uchun,Tibbiyot sohasini
oladigan bo’lsak,yurak ,qon tomir kasalliklari davosi dori.Lekin Jamiyat o’zini tarixini
o’zligini yo’qotgan xalqni davosi yo’qdir,buni eng xavfli kasallik deb hisoblash
zarur.Bugungi kunda,axborot xurujlarining oqibatlari yoshlarda depressiya ,loqaydlik
,befarqlik va sabrsizlikni keltirib chiqarmoqda.Muammoning ildizi ham axborotlarga
to’g’ri ishonchli yondashishda ham insondan tanqidiy fikrlash hamda axborot
savodxonligi talab etiladi..Bugungi kunda yoshlarda Vatanparvarlik ,qanoat sabr
,shukronalik ,ishonchni biroz sustlashganini ko’rishimiz mumkin.Fizikada qonuniyat
bor ,bo’shliq bo’lmaydi.energiya bir turdan ikkinchi turga o’tadi.Jamiyatda ham
nimadir
sustlashsa
,nimadir
kuchayadi.Prezidentimiz
aytganidek``ma’rifat
sustlashsa,jaholat kuchayadi``
5
.Yoshlarimizda Vatanparvalik,qanoat shukronalik,
ishonchni pasayishi oqibatida boqimandalik loqaydlik ,dangasalik ,shikoyatchilik
ko’paydi.
6
Shunga qaramasdan,dunyo miqyosida yolg’on ma’lumot va uydurmalarni
tarqatish orqali yoshlarimizni aldab ,o’z qarmog’iga ilintirishga intilayotgan ijtimoiy
tarmoqlarni misol qilishimiz mumkin.Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda axborot
almashinuvi rivojlanmoqda,foydalanuvchilarda insonlarga nisbatan andisha ,hurmat va
masuliyat hissi keskin pasaydi,Ijtimoiy tarmoqlarni buzg’unchi g’oyalarni
tarqatyotgani va yoshlarga salbiy ta’siri sezilmoqda .Misrlik iymon Abdurahim huquq
-tartibot xodimlari ,tadqiqotchilar ,akademiklar hamda OAV xodimlaridan iborat
``Zamonaviy ommaviy axborot vositalari va terrorchilik harakatlari o’rtasidagi
aloqalar``mavzusida so’rovnoma o’tkaziladi.Natijalarga ko’ra ,so’ralganlar hozirda
ijtimoiy tarmoqlar -terrorchi guruhlar o’z a’zolari bilan bog’lanadigan ,yangi a’zolarni
jalb qiliadigan eng muhim vosita ekanini tasdiqlashgan.Asosan Facebook tarmog’i
,shunday maqsadlarni amalga oshiruvchi ijtimoiy tarmoq ekani ma’lum
bo’lgan.SHuningdek,tadqiqotchilar hozir yot guruhlar tuzog’iga ilinganlarni aksaryati
,bilimi saviyasi kam ,va moddiy aldovga tez uchadigan ,shuningdek,dunyoqarashi tor
4
Mirziyoyev SH .milliy taraqqiyot yo’limizni qa’tiyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko’taramiz.1-jild.T
O’zbekiston,2017 b.150
5
Karimov I ``Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch``2008yil b.54
6
Inson fitrati: ma’naviyatga tahdid yechim va tavsiyalar 2023 yil
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
215
215
yoshlar ekani ham ma’lum qilingan.
Yoshlar ijtimoiy tarmoqlar olamiga qanchalar chuqur kirib borayotganini turli xil
vositalar orqali bilib olishimiz mumkin.Bugungi kunda dunyo aholisining 3 milliardga
yaqin qismi ijtimoiy tarmoqlar a’zosidir.O’zbekistonda esa hozir 10,2 milliondan
ziyod aholi internetdan foydalanadigan bo’lsa ,ulardan 5 milliondan ziyodi ijtimoiy
tarmoqlarga a’zo.Eng rivojlangan davlatlardan AQSHdagi ``Boston consulting
group``tadqiqot markazi malumotiga ko’ra ,dunyoning eng yirik 4 mamlakat
Xitoy,Braziliya, Rossiya ,Hindistonda internetdan foydalanuvchilar soni 2015 -yilda 1
milliarddan oshadi.Ulardan 60 foizidan ortig’I 35 yoshgacha bo’lgan insonlar tashkil
etadi.Tadqiqotchilarni fikricha,har yili internetdan foydalanuvchilarni soni keskin ortib
bormoqda
7
.Buning natijasida,axborotlarni keskin oshib ketganligi ularning qaysi biri
to’g’ri qaysi yolg’onligini aniqlash uchun insonlarga axborot savodxonligi
zarurdir.Yaqin avlod yoshlarni olsak,axborot almashinuvida smslarni afzal
ko’rishgan,hozirgi yoshlar esa ijtimoiy tarmoqlarda online tartibdagi suhbatlarni ustun
ko’rmoqda.Lekin
,oilalarda
ijtimoiy
tarmoqlar
sababli
ajralishlar
ko’paymoqda.Yoshlarni o’rab turgan davr ,axborot texnologiyalari bilan ta’minlangan
davrdir,bu jarayon yoshlarni an’anaviy muhitdan ancha chetlashtirib quydi.
8
Aksariyat
yoshlar vaqtlarini yolg’on va bo’hton xabarlarni o’qish bilan vaqtlarini behuda
sarflamoqda.Shu tariqa ,ular barcha axborotga ega bo'ladi ,va o’z qarashidan kelib
chiqib munosabat bildiradi.Ammo, ularni fikri ma’naviyatli insonlarni fikri deb
bo’lmaydi,chunki ,axborotlarni rost yoki yolg’onligini tahlil qilmay turib o’z fikrini
bayon qilishga intiladi.
Xulosa o’rnida. Axborot inqilobining asosiy xususiyati uning global xususiyatga
ega ekanligidadir.Internetning keng tarqalishi,,raqamli texnologiyalar,mobil telefonlar
va boshqalarni rivojlanishi insoniyat tarixidagi eng muhim o’zgarishlardan birini
yaratdi.Bu o’zgarishlar axborot va ma’lumotlarni saqlash ,uzatish va ishlatish usullarni
butunlay yangiladi.SHuningdek ,shaxslarning ijtimoiy va madaniy faoliyatini yanada
kuchaytirdi.Bugungi kunda mediasavodxonlik va axborot madaniyati,kino, teatr
,san’atning turlari ,madaniyat sarchashmalari,internet orqali uzatilayotgan har qanday
ma’lumot inson ongiga o’zining ta’sirini o’tkazib,uning dunyoqarashini o’zgartirish
kuchiga ham egadir.Yuqorida tilga olingan ,tushunchalarni qo’llanilishi va bugungi
kunda mediata’lim ,mediasavodxonlik,mediatanqid va mediani o’rganishga bo’lgan
intilishning asosiy maqsadi ham axborotning yaratilishi,uning tarqalish jarayonini
tushunib yetish,tijorat,siyosiy,iqtisodiy-ijtimoiy,ma’naviy va madaniy maqsadlarda
tarqatilayotgan axborotning mohiyatini anglagan holda uni baholay olishdir.
9
Media
savodxonlikni oshirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak:
1.Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish:Odamlar mediada ko’rsatilgan ma’lumotlarni
7
Karimov I yuksak ma’naviyat yengilmas kuch T Ma’naviyat 2008
8
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M .Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi.
9 B.S,ABDULLAYEVA,Y.Z,RO’ZIYEV K.V,ISMOILOVA Media savodxonlik va axborot madaniyati darslik2024.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
216
216
osonlik bilan qabul qilish o’rniga ,ularni tahlil qilish va tekshirishni o’rganish
kerak.Xususan axborotlarni o’qishda ,e’tiborni manbaga ,muallifga va uning
maqsadlariga qaratish kerak.
2.Manbalarni tekshirish:Ularning ishonchliligiga e’tibor qaratish ,yolg’on va
noto’g’ri ma’lumotlardan himoyalanishga yordam beradi.
Bugungi kunda mediasavodxonlik Buyuk Britaniya va Avstraliyada gumanitar
fanlar majmuasida alohida fan sifatida o’tilsa,Finlandiyada 1970-yildan o’rta
maktablarning ,1977-yildan esa oliy o’quv yurtlarining o’quv dasturlariga
kiritilgan.1990-yillardan esa mamlakatda mediasavodxonlik mediata’lim nomiga
o’zgartirilgan.
10
1990-yillarda Rossiyada mediata’lim darsligi yuritildi va Rossiyada
kino ta’lim va media pedagogika sayt ishga tushurildi.Media savodxonlik axborot va
axborot manbalarini tanqidiy baholashga yordam beradi va tanlangan ma’lumotlardan
muammolarni hal qilish va g’yalarni tahlil qilish kompitensiyani shakllantiradi.Hamda
,manbanin ishonchliligi uning to’g’riligimi ,aniqliligini taxlil eta olishga samarali
yordam beradi. Birinchi navbatda,yoshlarda savol berish ko’nikmasini hosil qilish
kerak.
-Muallifi kim?
-Uning maqsadi nima?(xabar berish ,ko’ngil ochish ,ishontirish)
-Boshqa insonlar bu xabarni qanaday talqin qilishlari mumkin?
-Manbalar keltirilganmi?
Shu kabi savollarni o’rgatish ,OAV vositalarni mustaqil ravishda tahlil qilish
uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
i11
XULOSA
Yoshlarimizda axborot is’temoli madaniyatini shakllantirishimiz lozim.Turli yot
g’oyalar ta’siriga tushib qolmaslik uchun ,ogohlik shiorimizga aylanishi
darkor.Axolining kitobxonlik savodxonligini oshirish,kitob bilan do’st bo’lishga
odatlantirish lozim .Albatta,texnologiyadan ,kompyuterdan holi bo’lolmaymiz,bu
zamon talabidir.Lekin, yoshlarni ma’naviy -axloqiy jihatdan tarbiyalash bugungi
kunning dolzarb vazifasidir.Barchamiz bugun chuqur anglab oldik-faqatgina
zamonaviy asosda ta’lim -tarbiya olgan ,jahonning manaman degan mamlakatlardagi
tengdoshlari bilan bellasha oladigan,jismoniy va ma’naviy jihatdan kamol topgan
yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirishga qodir bo’ladi
12
SHuning
uchun ,bugungi kunda mediasavodxonlik va axborot madaniyatini yoshlarimizga
o’rgatish va internet tizmidan samarali ishlashni yo’lga qo’yishimiz lozimdir.
10
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mediasavodxonlik.
11
Maqsudov U Q Qosimova G E Talabalarda media savodxonlikni oshirishning pedagogikasoslari 2022 yil
12
Karimov I.A .Ona yurtimiz baxt -u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish -eng oliy saodatdir .-Toshkent:
“O’zbekiston’’NMIU,2015.b.225
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
217
217
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1
Davronov Z.Ilmiy ijod metadologiyasi.-Toshkent :Iqtisod-moliya,2007.b-180.
2
Винер Н Кибернетика М 1968 -С 166
3
Чернов А А Дашков и К 2003 С 13
4. Mirziyoyev SH .milliy taraqqiyot yo’limizni qa’tiyat bilan davom ettirib yangi
bosqichga ko’taramiz.1-jild.T O’zbekiston,2017 b. 150
5. Karimov I ``Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch``2008yil b.54
6.Inson fitrati: ma’naviyatga tahdid yechim va tavsiyalar 2023 yil
7. Karimov I yuksak ma’naviyat yengilmas kuch Ma’naviyat 2008
8. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M .Mirziyoyevning Oliy Majlisga
murojaatnomasi.
9 B.S,ABDULLAYEVA,Y.Z,RO’ZIYEV K.V,ISMOILOVA Media savodxonlik va
axborot madaniyati darslik2024.
10.https://uz.wikipedia.org/wiki/Mediasavodxonlik.
11.Maqsudov U Q Qosimova G E Talabalarda media savodxonlikni oshirishning
pedagogika asoslari 2022yiL
12. Karimov I.A .Ona yurtimiz baxt -u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish -
eng oliy saodatdir .-Toshkent: “O’zbekiston’’NMIU,2015.b.225