Authors

  • Yusupxo‘jayeva Mahliyo Axrolxo‘ja qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93431

Keywords:

Kalit so‘zlar: sud-tibbiy ekspertiza gistologik laboratoriya ashyoviy dalillar gistologik bo‘yash usullari.

Abstract

Annotatsiya: Maqolada sud-tibbiy ekspertiza gistologik laboratoriyasi laborantlarining mashaqqatli mehnati, ularni sud-tibbiyotidagi o‘rni va axamiyati haqida so‘z yuritilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

207

207

SUD -GISTOLOGIYA BO‘LIMIDA LABORANTNING ISH KUNI

Yusupxo‘jayeva Mahliyo Axrolxo‘ja qizi

Tel. +99897 106 56 59

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi

Toshkent viloyati filiali sud-gistologik bo‘lim laboranti

Annotatsiya:

Maqolada sud-tibbiy ekspertiza gistologik laboratoriyasi

laborantlarining mashaqqatli mehnati, ularni sud-tibbiyotidagi o‘rni va axamiyati
haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

sud-tibbiy ekspertiza, gistologik laboratoriya, ashyoviy dalillar,

gistologik bo‘yash usullari.

Kirish.

Sud tibbiy ekspertiza amaliyotida laboratoriyalarning axamiyati juda

katta, ayniqsa sud-gistologiya laboratoriyasining natijasisiz sud tibbiy tekshiruv
xulosasini tassavur qilish qiyin. Sud-gistologiya tekshiruvi- murakkab jarayon bo‘lib,
unda laborantlarning o‘rni beqiyosdir. Sud - gistologik tekshiruvni aniq va asosli
chiqishida laborantlarning ishni to‘g‘ri olib borish metodikasi juda muxim hisoblanadi.

Amaliyot.

Sud-gistologiya tekshiruvining asosiy usuli mikroskop ostida

ko‘rishdir. Zamonaviy mikroskoplar ho‘jayra va to‘qimalarning nozik tuzilishlarini
hamda ulardagi morfologik o‘zgarishlarini o‘rganishga imkon beradi.
Laborantning ish kuni ashyoviy dalillar ( ichki a’zolar bo‘lakchalari) va ilova
xujjatlarini qabul qilishdan boshlanadi: sud-gistologiya bo‘limida laborantlar ashyoviy
dalillarni belgilangan qoida va me’yorlarga amal qilgan xolda qabul qilib oladilar.
Ichki a’zolar fiksatsiyalovchi suyuqlikda (10-12 % neytral formalin eritmasida) zich
yopilgan, standart bo‘yicha olingan yoki olinmaganligiga, uning qadoqlanishiga,
maxsus idishlarga joylanganligiga, yorliq ma’lumotlariga va undagi ma’lumotlari
yo‘llanmadagi ma’lumotlari bilan bir xilda ekanligiga e’tibor bergan xolda qabul qilib
olinadi. Cho‘kish bilan bog‘liq bo‘lgan xolatlarda laborant “diatom-plankton“
tekshiruviga olib kelingan bioobyektlarni, ya’ni ichki a’zo bo‘laklarini, ko‘zdan
kechirish jarayonida har birini alohida idishlarda olib kelinganligiga va ularni to‘g‘ri
qadoqlanganligiga ahamiyat beradi. Ekspert-gistolog tekshiruvi uchun preparatlar
tayyorlash jarayonida laborantlar “Sud-tibbiy ekspertizalari uchun amallarni bajarish
yo‘riqnomasi”ga binoan bir necha bosqichlarni amalga oshiradilar: ro‘yxatga olish
jurnaliga barcha ma’lumotlarini to‘liq qayd etishi lozim, qoidalarga muvofiq 10-12%
formalin eritmasida 48 soat davomida ichki a’zolarni fiksasiya qilinishi, spirt (70-96%)
va xloroform eritmalarida suvsizlantirish jarayonini amalga oshirish. Mahsus bo‘tqa
(parafin + xloroform 1:1 nisbatda) va parafinda ishlov berish va parafin bloklarni


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

208

208

muzlatkichda muzlatish. Parafin bloklarni mikrotom apparatida kesib, kesmalarni
predmet oynachalariga olib, gematoksilin va eozin bo‘yog‘ida bo‘yash, polistirol
tomizib yopgich oynacha bilan yopish va tayyor preparatni eskpert tekshiruviga taqdim
etishdan iboratdir.
Bundan tashqari sud-gistologiya bo‘limida qo‘shimcha, ya’ni selektiv bo‘yash
usullari amalga oshiriladi. Bularga quyidagilar kiradi: Romanoviskiy-Gimza
(anafilaktik shokkni aniqlash) usuli, Sudan III (yog‘li emboliyani aniqlash, Li usuli -
yosh insonlarda yurakni o‘tkir ishemik kasalligiga shubxa bo‘lgan xolatlarda GOFP (
gematoksilin, fuksin va pikrin ksilota) bo‘yatgichlari yordamida miokard kesmalari
bo‘yaladi, Van-Gizon, Perls usullari.
Laborant bo‘limda eskpert tekshiruvi boshlangandan to tugaguniga qadar barcha
ma’lumotlarini yozishi, ekspert nazorati ostida dalolatnomalarni chop etishi, haftalik,
oylik, chorakdagi hisobotlarni bajarishi va ekspertga taqdim etishi darkor. Asbob-
uskunalar (mikrotom, sentrifuga, termostat, kimyoviy kolbalar va probirkalar) va
reaktivlar (turli hil kislotalar, bo‘yoqlar va eritmalar) bilan ishlash jarayonida laborant
o‘ta extiyotkor va xushyor bo‘lib ishlashi lozim. Laborator va shisha idishlarni
avaylab-asrab ishlatishi kerak. Laboratoriyada ishlash jarayonida texnika xavfsizlik
qoidalariga va maxsus kiyingan xolda ish olib borishi kerak.

Xulosa.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ko‘rib turganingizdek, laboratoriyalarda

va sud-gistologiya tekshiruvi jarayonida laborantlarning o‘rni o‘ta muhimdir. Ular
dastlabki tekshiruv jarayonini amalga oshiradilar va bu orqali ekspert tekshiruvlariga
poydevor vazifasini yaratadilar. Laborantlarning aqliy salohiyati, bilim darajasi, kasbiy
mahoratining yuqori bo‘lishi ekspertiza tekshiruvlarini aniqligi va ishonchliligini
oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Barcha turdagi sud-tibbiy ekspertilar uchun Amallarni bajarish yo‘riqnomalari
(ABY) – Toshkent 2014 yil;
2. Sud-tibbiy ekspertiza va tekshiruvlarni o‘tkazish standartlari – Toshkent 2015 yil;
3. O‘zbekiston Respublikasida sud-tibbiy ekspertiza faoliyatini belgilovchi me’yoriy
hujjatlar – Toshkent 2012 yil;
4. “Sud tibbiyoti”, Z.A.G‘iyosov, Toshkent Global books 2018.

References

Barcha turdagi sud-tibbiy ekspertilar uchun Amallarni bajarish yo‘riqnomalari (ABY) – Toshkent 2014 yil;

Sud-tibbiy ekspertiza va tekshiruvlarni o‘tkazish standartlari – Toshkent 2015 yil;

O‘zbekiston Respublikasida sud-tibbiy ekspertiza faoliyatini belgilovchi me’yoriy hujjatlar – Toshkent 2012 yil;

“Sud tibbiyoti”, Z.A.G‘iyosov, Toshkent Global books 2018.