JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
198
198
GOSPITAL SHAROITDA DO’STLIK MUNOSABATI O‘QUVCHILARNING
IJTIMOIYLASHISHINING ASOSIY BO‘G‘INI
Baubekova Aksungul Polatovna
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi "Mehrli maktab"
davlat ta'lim muassasasi Qoraqolpog‘iston Respublikasi filiali psixologi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada gospital sharoitida ta’lim olayotgan
o‘quvchilarning ijtimoiylashish jarayonida do‘stlik munosabatlarining o‘rni va
ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Do‘stlik munosabatlari bolaning ijtimoiy
ko‘nikmalarini rivojlantirish, ruhiy barqarorlikni ta’minlash va o‘ziga bo‘lgan
ishonchni oshirishda qanday ahamiyat kasb etishi yanada do‘stlik munosabatlarini
shakllantirishga yordam beruvchi pedagogik-psixologik yondashuvlar orni haqida so‘z
yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
Gospital ta’lim, do‘stlik, munosabat, bola, ota-ona,
pedagog,psixolog, kasalxona, muhit.
Annotation:
This article discusses the role and significance of friendship
relationships in the socialization process of students receiving education in a hospital
setting. It explores how friendship relationships contribute to the development of a
child's social skills, ensure psychological stability, and enhance self-confidence.
Furthermore, the article addresses the importance of pedagogical and psychological
approaches that facilitate the formation of friendship relationships in this unique
educational environment.
Keywords:
Hospital education, friendship, relationship, child, parent, pedagogue,
psychologist, hospital, environment.
Kirish
XXI asr kuch bilan rivojlanib borayotgan texnologiyalar asri. Texnologiyalar
rivojlanishi bilan bir qatorda har bir sohada imkoniyat darajalari ham kengayib
bormoqda. Har bir sohaning tagida insonning qanchalik darajadagi ilmli ekanligi
yotibdi aslida. Ta’lim sohasi har qanday inson hayotida juda katta ahamiyatga ega
bo’lgan narsalardan bittasi. Barcha ta’lim sohalari singari gospital ta’limning ham o‘rni
katta. 2022-yilning 5-may sanasida Vazirlar Mahkamasi tamonidan qabul qilingan
“Bolalar gemotologiyasi onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida
davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta
ta’lim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining qabul
qilinishi bu sohaning qanchalik darajada ahamiyatli ekanligini belgilab berdi.
Qarorga muvofiq bugun yurtimizda “Mehrli maktab” davlat ta’lim
muassasasi tashkil etilib o‘z foaliyatini olib bormoqda. Gospital ta’lim uzoq muddat
davolanayotgan bolalarning hayotga ijtimoiy moslashishi ularning maktabgacha ta’lim
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
199
199
va umumta’lim muasasalarida ta’limni davom ettirish tayyorgarligini ta’minlashga
qaratilgan soha hisoblanadi. Kasalxonaga uzoq muddat davolanish uchun kelgan
bolalar birinchi o‘rinda kasalxona muhitiga moslashish jarayonini boshidan o‘tkazadi
va bolalarning bunday muhitga moslashishishi ancha qiyin kechadi. Bolalar
kasalxonada davolanish davrida ba’zan o‘zini yolg‘iz va noqulay his qilishlari
mumkin. Chunki o‘z uyidan, yaqinlaridan uzoqlashish, kasalxonadagi muhit, tibbiy
protseduralar va to‘g‘ri muolajalarni qabul qilish, rejimga amal qilish va o‘girroq
holatda bo‘lsa ximiya terapiyalarni qabul qilish va boshqada cheklovlarning borligi
bolalar uchun biroz yoqimsiz holat hisoblanadi. Bunday vaziyatlarda bolalar va
o‘smirlar har tamonlama qo‘llab-quvvatlashga muhtojlik sezadi. Bunday hollarda
ularga ota-onaning, yaqinlarining, shifokor va pedagog-psixologning qo‘llab-
quvvatlashi bilan birgalikda albatta o‘zaro do‘stlik munosabatlar, tengdoshlari bilan
muloqat qilishning ham yordami katta.
Psixologik yordamning ro‘li.
Gospital ta’limda bolalarga kasallik va reabilitatsiya bilan kurashishda psixologik
yordamga e’tibor qaratiladi. Psixologik yordam har bir jarayon bilan uzviy bog‘liqdir.
Gospital ta’limda psixolog nafaqat o‘quvchining ta’lim jarayoniga moslashishiga
yordam beradi, kasallik yoki uzoq muddat davolanish natijasida yuzaga keladigan
stress, qo‘rquv, tushkunlik holatlarini bartaraf etishga, bolalardagi emotsional holatini
barqarorlashtirish, ijtimoiylashuvini qo‘llab-quvvatlash va motivatsiyasini oshirishda
muhim rol o‘ynaydi. Psixologlar ish borasida bolalar bilan individual va gruhiy
suhbarlar olib boradi, bolalarning ruhiy holatini yaxshilashga mos keladigan turli hil
terapiyalardan foydalanadilar. Ruhiy holati yaxshilangan bolada boshqalarga,
tenqurlariga, tashqi olamga bo‘lgan qiziqishi motivatsiyasi ortadi.
Ko‘rib turganingizdek mavzuyimiz bekorga gospital sharoitda do‘stlik
munosabati o‘quvchilar ijtimoiylashuvining asosiy bo‘g‘ini mavzusi emas. Asosan bu
sohada do‘stlik munosabatlarning ahamiyati juda katta. Chunki bu yerda nafaqat
bolalarning o‘zaro do‘stligi, balki ota-ona va bola o‘rtasidagi do‘stlik, pedaogog-
psixolog xodim va bolalarning do‘stligi, shuningdek, pedagog xodim va ota-ona
o‘rtasidagi do‘stlik ham nazarda tutilmoqda.
Ijtimoiylashuv
– o‘quvchilarning jamiyatda o‘z-o‘rnini topishi va atrof-muhit
bilan muvofiqlikda yashashga o‘rganish jarayoni hisoblanadi. Gospital sharoitda bu
jarayon biroz sekinlashishi mumkin. Chunki ular jamiyatdan biroz uzoqlashib ko‘proq
yopiq muhitda yashaydilar. Gospital ta’limda do‘stlik munosabatlarini
shakllantirishning roli ahamiyatli. Masalan, bolalar dars mashg‘ulotlariga qatnashish,
zakovat o‘yinlari, guruhiy psixologik mashg‘ulotlar, bayram tadbirlarda birga
bo‘lishi tufayli bir-birlariga ancha yaqin do‘st bo‘lib qolishadi. Keyin bir-birlarini
yaxshi tanib, qiziqishlari orzulari, oilasi, do‘stlari va hayotidagi eng zor voqealar
to‘g‘risida suhbatlashadilar. Yanada tengqurlari bilan bir-birlarini ko‘ralmagan
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
200
200
paytlarda, telefon va sotsiyal tarmoqlarda hesh kimga aytolmagan ichki his-tuyg‘ulari,
kechirmalarini, hozirgi holatini do‘stiga gapirib berish orqali biroz engil tortishi
mumkin. Bu suhbatlashuvlar bolalar va o‘smirlarni o‘z-o‘zidan bir-biriga yaqinlik
do‘stlik rishtalarini paydo qila boshlaydi. Do’stlik aloqlari o’quvchilarning ruhiy
holatini yaxshilashga, bir-biriga dalda bo‘lishga, tushinishga, ijtimoiy ko’nikmalarni
shakllantirishga ham yordam beradi, shuningdek gospital sharoitdagi qo‘rquv va
xavotirni yengishga, stressni bartaraf qilishga ham yordam beradi. O‘zaro do‘stlik
hissi ularning yolg‘izligini kamaytiradi, bolalarda o‘z-o‘ziga ishonch ortadi, ijtimoiy
ko‘nikmalari rivojlanadi va kelajakda yangi do‘stlar orttirish osonlashadi, kasallik
bilan bog‘liq qiyinchiliklarga nisbatan bardoshlilik kuchayadi.
Bolalar va ota-ona o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash
davolanish
jarayonida bolaning psixologik va hissiy holatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
Ota-ona bolaning eng ishongan tirgagi, u bor joyda bola o‘zini havfsiz sezadi. Ota-ona
va bola o‘rtasidagi iliq munosabatlar bolaning o‘zini xavfsiz, ishonchli va qo‘llab-
quvvatlanganligini his qilishga yordam beradi. Bolaning ota-ona bilan ochiq va
samimiy muloqoti uning hissiy qiyinchiliklarini yengishga ko‘maklashadi. Gospital
sharoitda ota-onaning mehri va e’tibori bolaning davolanishdagi motivatsiyasini
oshirishga yordam beradi. Bunda ota-ona har kuni farzandi qiziqadigan mavzularda
gaplashib, uning yoshiga mos bo‘lgan voqealarni, hikoyalarni, boshlang‘ich sinf yoki
bog‘cha yoshidagi bolalar bolsa ertak va boshqada moshg‘ulotlarni olib borishi lozim.
Pedagog xodim va bolalar o‘rtasidagi do‘stlik
munosabatlari bolalarning ta’lim
jarayonidan uzilmasligini ta’minlash, ruhiy qo‘llab-quvvatlash va ularning umumiy
rivojlanishiga yordam berishda muhim o‘rin tutadi. Pedagog-psixologlar bolalarning
hissiy holatini inobatga olgan holda moslashuvchan yo‘nalishni qo‘llaydi, o‘yinlar,
vizual materiallar va ijodiy mashg‘ulotlar orqali ta’lim beradi. Shuningdek pedagog
xodim ta’lim jarayonini qiziqarli va motivatsion ruhda olib borish uchun badiiy va
ijodiy mashg‘ulotlarni tashkil etadi. Har bir bolaning qiziqish va ehtiyojiga mos
dasturlar tayyorlaydi. Ular shu soha mutaxassislari bo‘lganligi uchun ham har bir
bolaga individual yondashib, ularning boshqalar bilan ham munosabatlarini
to‘g‘irlashi mumkin.
Va nihoyat gospital sharoitda
pedagog xodimlar va ota-onalar o‘rtasidagi
do‘stona munosabatlar
bolaning ta’lim olish va davolanish jarayonini yanada
samarali qilish uchun juda muhim. Bu munosabatlar bolaning jismoniy va psixologik
holatini yaxshilashga shuningdek, ta’lim jarayonida birgalikda ishlashga yordam
beradi. Chunki bolaning qanday xarakterga ega ekanligi haqida pedagogda yetarlicha
ma’lumotlar bo‘lmasligi mumkin yoki pedagogning salohiyati tufayli xatto
farzandining ota-ona ham bilmaydigan jihatlari yuzaga chiqishi mumkin, Bular esa
bolaga yaxlit yordam ko‘rsatishda muhimdir.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki do‘stlik munosabatlari bu insonlar o‘rtasidagi
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
201
201
o‘zaro ichonch, hurmat, yordam va o‘zaro tushinilishga asoslangan munosabatdir.
Do‘stlik munosabatlari hayotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ijtimoiy hayotda
muvaffaqiyatlarga erishishga yordam beradi. Umuman olganda, bu do‘stlik turlari bir-
biri bilan xuddi zanjir kabi bog‘liqdir. Gospital sharoitda do‘stlik munosabati
o‘quvchilarning ijtimoiylashuvida muhim o‘rin tutadi, chunki u o‘quvchilarning o‘zaro
munosabati, psixologik qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy ko‘nikmlarini rivojlantirishga
yordam beradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, gospital sharoitida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning
ijtimoiylashuv jarayonida do‘stlik munosabatlari beqiyos ahamiyatga ega ekanligi
mazkur maqolada tahlil qilindi. Uzoq muddatli kasallik tufayli odatiy ijtimoiy
muhitdan uzilib qolgan bu bolalar uchun do‘stlik aloqalari nafaqat zerikishni bartaraf
etish va vaqtni mazmunli o‘tkazish vositasi, balki ularning psixologik holatini
yaxshilash, ruhiy barqarorlikni saqlash va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning
muhim omili hisoblanadi.
Do‘stlik munosabatlari orqali o‘quvchilar o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, hamdardlik
hissini tuyadilar, o‘z muammolari bilan bo‘lishish va yechim topish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar. Bu esa ularning yolg‘izlik va izolyatsiya tuyg‘ularini kamaytiradi, o‘ziga
bo‘lgan ishonchni oshiradi va kasallik bilan kurashish jarayonida muhim rol o‘ynaydi.
Gospital sharoitida do‘stlik munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishda
pedagoglar, psixologlar va ota-onalarning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro muloqotni rag‘batlantirish, guruhli mashg‘ulotlar va
o‘yinlar tashkil etish, ijobiy ijtimoiy muhit yaratish kabi pedagogik-psixologik
yondashuvlar do‘stlik aloqalarining paydo bo‘lishi va mustahkamlanishiga
ko‘maklashadi.
Shunday qilib, gospital ta’lim jarayonida o‘quvchilarning nafaqat bilim olishi,
balki ularning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga ham e’tibor qaratish zarur. Do‘stlik
munosabatlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish orqali gospital sharoitidagi ta’lim
o‘quvchilarning to‘liqqonli shaxs sifatida shakllanishiga, ularning ruhiy va jismoniy
salomatligini tiklashga va kelajak hayotga muvaffaqiyatli integratsiyalashuviga xizmat
qiladi. Kelgusida ushbu yo‘nalishda olib boriladigan tadqiqotlar gospital ta’limning
samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning ijtimoiy ehtiyojlarini yanada to‘liq
qondirishga yo‘naltirilishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Gematologiya, onkologiya,
klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda
boʻlgan bolalar uchun maktabgacha taʼlim va tarbiya hamda umumiy oʻrta taʼlim
berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil maydagi 234-son
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
202
202
qarori.
2..Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Gematologiya, onkologiya,
klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda
boʻlgan bolalarga taʼlim va tarbiya berish tizimini yanada kengaytirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida” 2023-yil 29-martdagi 134-son qarori.
3.Arxiv.uz "O'smirlar o'rtasidagi do'stlikning psixologik ahamiyati"
4.. “Ta'lim muassasalarida tengdoshlar munosabatlari" Toshkent 2005 S.Ashurova
5.
G'oziyev E.G.
Umumiy psixologiya. Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti 2012