JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
171
171
MUHANDISLAR TAYORLOVCHI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA
INTERFAOL METODLAR ASOSDA TARIX DARSLARIDA
QO‘LLANILADIGAN METODLAR
Allanazarov Qo‘ldosh Olimovich
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
E-mail: quldosh0616@gmail.com
Annotatsiya:
Mazkur maqolada bugungi kundagi zamonaviy ta’lim tizimining
asosini tashkil qiluvchi o‘qituvchi va talabalar (o‘quvchilar)ning hamkorlikda ta’lim
olishini taminlovchi ta’lim metodlari tushunchasi, qo‘llanilishi, rivojlanishi, olimlar
tamonidan o‘rganilishi va tasnifi joy olgan. Shu bilan birgalikda interfaol metodlar va
grafik organayzerlar, ularning xususiyatlari, tarix fanida qo‘llanilishi, yutuq va
kamchiliklari tahlili haqidagi ma’lumotlar aks etgan.
Kalit so‘zlar.
Metod, interfaol grafik organayzerlar, interfaol metodlar,
J.Tomson, E.I.Golant, N.M.Verzilin, I.Ya. Lerner va M.N.Skatkin. M.A.Danilov,
B.P.Esipov, “T-jadvali”, “Venn diagrammasi”, “Klaster”, “Toifalash jadvali”, “BBB
jadvali”, “Baliq skeleti”, “Piramida”.
ИНТЕРАКТИВНЫЕ МЕТОДЫ В ИНЖЕНЕРНЫХ ВУЗАХ
ПРИМЕНЯЮТСЯ В ОСНОВНОМ НА УРОКАХ ИСТОРИИ.
АЛЛАНАЗАРОВ КЎЛДОШ ОЛИМОВИЧ
ТЕРМИЗСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ УНИВЕРСИТЕТ
ИНЖЕНЕРА И АГРОТЕХНОЛОГИЙ
E-mail: quldosh0616@gmail.com
Аннотация:
В данной статье учеными изучены и классифицированы
понятия, применение, развитие, исследование и классификация образовательных
методов, обеспечивающих совместное обучение учителя и учащихся
(воспитанников), которые составляют основу современной современной
системы образования. При этом отражаются сведения об интерактивных методах
и графических органайзерах, их характеристиках, использовании в истории,
анализ достижений и недостатков. При этом отражаются сведения об
интерактивных методах и графических органайзерах, их характеристиках,
использовании в истории, анализ достижений и недостатков.
Ключевые слова
. Метод, интерактивные графические органайзеры,
интерактивные методы, Дж. Томсон, Е.И. Голант, Н.М. Верзилин, И.Я. Лернер и
М. Н. Скаткин. М.А.Данилов, Б.П.Есипов, «Т-таблица», «Диаграмма Венна»,
«Кластер», «Классификационная таблица», «Таблица ВВВ», «Рыбий скелет»,
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
172
172
«Пирамида».
INTERACTIVE METHODS ARE MAINLY USED IN HISTORY LESSONS IN
HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS TRAINING ENGINEERS
ALLANAZAROV KOLDOSH OLIMOVICH
TERMYZ STATE UNIVERSITY OF ENGINEERING AND
AGROTECHNOLOGIES
E-mail: quldosh0616@gmail.com
Abstract:
This article discusses the concept, application, development, study by
scientists, and classification of educational methods that ensure collaborative learning
between teachers and students (pupils), which form the basis of today's modern
education system. At the same time, information is provided about interactive methods
and graphic organizers, their characteristics, application in history, and analysis of their
advantages and disadvantages.
Keywords.
Method, interactive graphic organizers, interactive methods, J.
Thomson, E.I. Golant, N.M. Verzilin, I.Ya. Lerner and M.N. Skatkin. M.A. Danilov,
B.P. Esipov, “T-table”, “Venn diagram”, “Cluster”, “Category table”, “BBB table”,
“Fish skeleton”, “Pyramid”.
KIRISH
. Mustaqillik yillarida ta’lim sohasida eng muhim vazifalarni o‘zida
mujassamlagan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning asosiy maqsad sifatida, yoshlarning
intellektual taraqqiyotga erishishini ta’minlash belgilangan. Bu yo‘lda xalqning boy
ma’naviy va intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar asosida shaxsni har
tomonlama rivojlantirishga imkon beradigan sharoitni shakllantirish, o‘qish, mustaqil
bilim olishni individuallashtirishni ta’minlashga muhim ahamiyat berilgan.
Bu sohada olib borilayotgan davlat siyosati ta’lim tizimi sub’ektlarini uzluksiz
takomillashtirishga, rivojlantirishga qaratilgan. Yosh avlodning taraqqiyoti, kelajak
istiqboli, ijtimoiy faol, ma’naviy boy va ijodkor, intellektual yetuk shaxs sifatida kamol
toptirishi respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning tarkibiy qismidir.
Endilikda ta’lim mazmuni to‘plangan tayyor bilimlar, ko‘nikma va malakalarni
puxta egallash bilan birga, talabalarning mustaqil fikr yuritishi, ijodiy ishlash
qobiliyatlarining o‘sishini ta’minlay oladigan muntazam faoliyatini ham o‘zida
birlashtirmog‘i lozim. Ta’limning rivojlanishi tamoyillariga ko‘ra, talabalarni mustaqil
fikrlash va ijodiy bilishga o‘rgatish va ularda zarur ko‘nikma, malakalarni yuzaga
keltirishda ta’lim mazmuni bilan birga o‘qitish metodlari ham muhim ro‘l o‘ynaydi.
Turli xil metodlar asosida darsni tashkil etish shunday kechadiki, bu jarayonda
birorta ham talaba chetda qolmaydi, ya’ni ular ko‘rgan, bilgan, o‘ylagan fikrlarini
ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Talabalar hamkorlikda ishlashda
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
173
173
mavzu mazmunini bilish, o‘zlashtirishda esa o‘zlarining shaхsiy hissasini qo‘shish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bunda o‘zaro bilimlar, g‘oyalar hamda fikrlar
almashinuvi jarayoni sodir bo‘ladi. Mazkur holatlar o‘zaro samimiylikni ta’minlaydi,
yangi bilimlar olish va ularni o‘zlashtirishga havas ortadi, shu jarayonda bir-birlarini
qullab-quvvatlash, o‘zaro do‘stona munosabatlar vujudga keladi. Zero, ingliz olimi
J.Tomson ta’kidlaganidek, “Fan yo‘lida qilinadigan xizmatlarning eng buyugi-fanga
yangi g‘oyalarni kiritishdir”.1
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.
Ta’lim metodlari to‘g‘risida taniqli olimlar tavsiya etgan tasniflarini ko‘rib
chiqsak. Xorazmiy, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Ibn Sino, Burhoniddin
Zarnudjiylarning metodlar tasniflarida asosan mantiqiy bilish faoliyatini kuchaytirish
nazarda tutilgan bo‘lib, ular ko‘nikma va malakani shakllantirish hamda
mustahkamlash, ko‘rsatmalilik, nazariya bilan amaliyotni o‘zaro bog‘lash, izlanish
metodlaridan iborat ekanligini o‘z asarlarida qayd qilib o‘tganlar.
1
Bugungi kunda Ta’lim metodlarining shakllanish va rivojlanishiga katta hissa
qo‘shgan E.I.Golant, N.M.Verzilin, I.Ya. Lerner va M.N.Skatkin. M.A.Danilov va
B.P.Esipovlar kabi bir qator olimlar o‘z asarlarida Ta’lim metodlarining quyidagicha
tasniflaydilar
1
:
1.An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari (E.I.Golant, N.M.Verzilin, va
boshqalar).
2.O‘quvchilarning bilish faoliyatini tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari (I.Ya. Lerner
va M.N.Skatkin).
3.Asosiy
didaktik
maqsadlariga
ko‘ra ta’lim metodlari
(M.A.Danilov
va B.P.Esipov).
4.Ta’limning binar metodlari (M.I. Maxmutov).
5.Yaxlit yondoshuv bo‘yicha ta’lim metodlari( Yu.K.Babanskiy)
6.Interfaol metodlar va grafik organayzerlar.
Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li
- mashg‘ulotlarning yangi ta’lim metodlari va interfaol metodlar yordamida
tashkil etish deb hisoblanmoqda. Shunga ko‘ra interfaol metodlar XXI asr ta’limida
o‘qitish sifatini yaxshilash, samaradorligini ta’minlashning muhim vositalaridan bir
sanaladi. Manbalarni o‘rganish ta’lim tizimida interfaol metodlar ilk bor XX
asming 20-yillarida qo‘llanilganligidan dalolat beradi. V.A.Suxomlinskiy tomonidan
o‘tgan asrning 60-yillarida yaratilgan ilmiy ishlarda ham ta’lim tizimiga interfaol
metodlarni tadbiq etish tajribasini uchratish mumkin.
XX asming 70-80-yillarida esa
Rossiyada
Sh.A.Amonashvili,
V.F.Shatalova, Ye.N. Ilinalar tomonidan ta’lim sifatini yaxshilash, samaradorligini
oshirish, ta’lim oluvchilarda o‘qitishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish yo‘llarini
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
174
174
topish borasida olib borilgan ilmiy izlanishlarda ham interfaol metodlarning amaliy
ahamiyati, ularni samarali qo‘llash shartlari to‘g‘risida so‘z yuritilgan.
1
NATIJALAR
Shu o‘rinda metod va ta’lim metodlarining mazmun mohiyatiga qisqacha
to‘xtalib o‘tsak.
Metod bu - yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “metodos”- biror narsaga yo‘l
ma’nosini anglatadi.
Metod bilish usuli sifatida o‘rganilayotgan obyektning jihatlari va xossalarini
laboratoriyada, ilmiy tadqiqot moslamasida, tajriba maydonida, shuningdek,
tadqiqotchining miyasida aks ettirish usulidir.
1
Metod-tarixiy tadqiqotlar jarayonida aniq maqsadga olib boruvchi
tadqiqot usullari va jarayonlar yig‘indisidan iborat, metodning o‘zi
nazariyadan, tadqiqot metodikasi va texnikasidan tarkib topadi.
1
Ta’lim metodlarining tasniflari:
An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari
(E.I.Golant, N.M.Verzilin, va boshqalar).
1
Og‘zaki
Ko‘rgazmali
Amaliy
Kitob bilan
ishlash
Videometod
Hikoya,
Illyustratsiya,
Mashq,
O‘qish,
Ko‘rish,
suhbat,
demonstratsiya
amaliy,
o‘rganish,
o‘rganish,
tushuntirish,
laboratoriya,
reja tuzish,
nazorat qilish
ma’ruza,
didaktik o‘yin
konspekt
munozara
qilish
O‘quvchilarning bilish faoliyatini tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi
(I.Ya. Lerner va M.N.Skatkin).
1
Ta’lim metodining
nomlanishi
O‘qituvchi faoliyati
O‘quvchi faoliyati
Axboriy- retseptiv
O‘quv axboratlarini uzatish, o‘rganilayotgam
obyekt bilan o‘quvchi
harakatini tashkil etish
Bilimlarni idrok etish, anglash
va yodda saqlash
Reproduktiv
Muammoni qo‘yish va uni hal etish usullarini
ochib berish
Topshiriqni idrok etish va uni
qismlarga
ajratish, topshiriq
qismlarni mustaqil hal etish va
o‘z-
o‘zini nazorat qilish
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
175
175
Muammoli
bayon
etish
Muаmmоni qo‘yish vа uni hаl etish usullаrini
оchib bеrish
Tоpshiriqni idrоk etish vа uni
qismlаrgа аjrаtish.
Tоpshiriq qismlаrini mustаqil
hаl etish vа o‘z-
o‘zini nаzоrаt qilish
Evristik
(qismаn-
izlаnish)
Muаmmоni qo‘yish vа uni hаl etishgа dоir
qаdаmlаr
kеtmа-
kеtligini
rеjаlаtirish.
O‘quvchilаr fаоliyatini bоshqаrish
Qo‘yilgаn
vаzifа
bilаn
bоg‘liqlikdа muаmmоni hаl
etish yo‘llаrini mustаqil izlаsh
vа
o‘qituvchining
qismаn
ko‘mаgi yordаmidа
muаmmоni hаl etish
Tаdqiqоtchilikkа Dоir
Mustаqil hаl etishgа dоir muаmmоli vаzifаlаrni
shаkllаntirish.Muаmmоni hаl etilish jаrаyonini
nаzоrаt qilish
Muаmmоni mustаqil hаl etish.
Asosiy didaktik maqsadlariga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi
(M.A.Danilov va B.P.Esipov)
1
:
-Yangi bilimlarni egallash metodlari;
-Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodlari;
-Bilimlarni amaliyotda qo‘llash metodlari.
Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov).
Yaxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari tasnifi (Yu.K.Babanskiy)
1
:
-Bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.
-O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.
-O‘quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari.
-O‘quv-bilish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari.
Interfaol metodlar va grafik organayzerlar.
1
O‘rgаtish mеtоdlаri
O‘rgаnish mеtоdlаri
Ахbоriy-mа’lumоtli
Ijrо etish (bаjаrish)
Tushuntirishli
Rеprоduktiv
Ko‘rgаzmаli-аmаliy
Ijоdiy-аmаliy
Tushuntirishli-undоvchi
Qismаn izlаnishli
Undоvchi
Izlаnishli
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
176
176
O‘rgаnilаyotgаnlаrini
o‘zlаshtirishgа dа’vаt qilish
mеtоdlаri
Yangi mаtеriаlni
аnglаsh mеtоdlаri
O‘rgаnilgаnlаrini
fikrlаshgа imkоn
bеruvchi mеtоdlаr
Erkin yozish.
Sеmаntik хususiyatlаr
Eng аsоsiy
Klаstеr.
tаhlili.
tushunchаlаr,
Аqliy hujum.
B-B-B chizmаsi.
tаkrоrlаsh.
B-B-B chizmаsi.
O‘qitish bo‘yichа
T-chizmа.
Chаlkаshtirilgаn
qo‘llаnmа.
Kоntsеptuаl jаdvаl.
mаntiqiy zаnjirlаr
Bir-birigа o‘rgаtish.
Vеnn diаgrаmmаsi.
kеtmа-kеtligi.
Bir-biridаn so‘rаsh.
Nilufаr guli.
Sеmаntik хususiyatlаr
Ikki qismli kundаliklаr.
Bеsh minutlik essе.
tаhlili.
O‘n minutlik essе.
O‘qitishning faol metodlari nafaqat o‘quv ma’lumotlarini eslab qolishni keskin
yaxshilaydi, balki ma’lumotlarini aniqlashga, amaliyotda yoki kundalik hayotda zarur
bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Xususan, amerikalik
psixolog olimlar R.Kamikau va F.Makelrouning tadqiqotlariga ko‘ra shaxsning
tabiiy fiziologik psixologik imkoniyatlari muayyan
shakllarda
o‘zlashtirilgan
bilimlari turli darajada saqlab qolish imkonini
beradi.Ya’ni shaxs manbani o‘zi
o‘qiganida 10 %; ma’lumotni eshitganida 20 %; sodir bo‘lgan
voqea
hodisa
yoki jarayonni ko‘rganida 30%; sodir bo‘lgan voqea, hodisa yoki jarayonni kо’rib,
ular to‘g ’risidagi ma’lumotlarni eshitganida 50 %; ma’lumot (axborot)larni o‘zi
uzatganida (so‘zlaganida, bilimlarini namoyish etganida) 80 %; o‘zlashtirilgan bilim
(ma’lumot, axborot)larni o‘z faoliyatiga tatbiq etganida 90 % hajmdagi ma’lumotlarni
yodda saqlash imkoniyatiga ega.
1
Pedagogik adabiyotlarda “ta’lim metodi”
tushunchasiga xilma - xil ta’riflar beriladi.Yu.K.Babanskiy “...ta’lim metodi ta’limiy
vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va talabaning tartibga solingan, o‘zaro
bog‘liq faoliyat yuritish usulidir”,degan ta’rifni bergan bo‘lsa, T.Allina ta’lim
metodi deganda,“…talabalar bilish faoliyatini tashkil etish usuli”ni tushunadi.
Didaktika tarixida ta’lim metodlarining xilma-xil tasniflari ishlab chiqilgan. Eng
keng tarqalgan tasnifga ko‘ra, ta’lim metodlari og‘zaki, amaliy, ko‘rgazmali
metodlarga ajratiladi, ularni tanlashda o‘qituvchi, birinchidan, o‘quv materiali
mazmuniga, ikkinchidan, ta’lim oluvchilarning psixik rivojlanishi darajasiga e’tibor
berishi kerak.
1
Ta’lim tizimida pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta’minlash uchun
o‘qituvchilar belgilangan asosiy maqsad yo‘nalishida pedagogik jarayonlarni strategik
rejalashtirishi, loyihalashtirishi, modellashtirishi, ta’lim oluvchilar faoliyatini
muvofiqlashtirishi va ularning faolligini ta’minlash, vaziyatga ko‘ra pedagogik
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
177
177
jarayonni
boshqarish
usullari,
metodlari
hamda
tamoyillari,
innovatsion
texnologiyalarni bilishi va ular asosida pedagogik jarayon subyektlarining innovatsion
faoliyatini tashkil etishi zarur hisoblanadi
1
.
Ta’lim berish metodi - belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo‘yicha
ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o‘zaro faoliyatini tartibli tashkil etish yo‘li
hisoblanadi.
Shu o‘rinda tarix fanida qo‘llaniladigan tarixiy metod - obyektning tug‘ilishini,
shakllanishi va rivojlanishini xronologik ketma-ketlikda o‘rganishga asoslangan.
Texnik sohalarda kam qo‘llaniladigan metodlar hisoblanadi.
1
MUHOKAMA.
Tarix fanini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan metod va
vositalar xilma - xil bo‘lib, ma’lumotlarning mazmuni, murakkabligiga qarab
qo‘llaniladi. Barcha tarix kurslarini o‘rganish talabalardagi tarixiy tushunchalarning
chuqur va mustahkam bo‘lishi, asosan o‘qituvchining talabalarni fikrlash qobiliyatini,
qanchalik uyg‘ota olishi va unga qay darajada rahbarlik qila olishiga bog‘liq.
Tarixiy tushunchalar hosil qilishda talabalarning voqea va hodisalarni, analiz,
sintez qila olish qobiliyatini o‘z ichiga olgan fikrlash faoliyatini shakllanishida
ta’limning faol metodlari, interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish alohida
ahamiyatga ega.
Tarix darslarida turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan
metodlar bilan boyitish-ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga
olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o‘qituvchi tomonidan
o‘quvchi (talaba)larning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil
rag‘batlantirilib turilishi talab etiladi. Bunda, o‘quv materialini kichik-kichik
bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda
ishlash”, “Bahs-munozara”, “Muammoli vaziyat”, “Yo‘naltiruvchi matn”, “Loyiha”,
“Rolli o‘yinlar” kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni
mustaqil bajarishga undash ijobiy natijalarga olib keladi. Bunday metodlar interfaol
yoki interaktiv metodlar deb ham ataladi.
Bugungi kunda tarix fanini o‘qitishda interfaol metodlarning ahamiyati katta
bo‘lib, interfaol metodlar – shunday metodlarki, u o‘quvchi-yoshlarning o‘zaro
muloqot va o‘zaro ta’siridagi dars jarayonini amalga oshiruvchi usul hisoblanadi.
“Interaktiv” so‘zi ingliz so‘zidan olingan bo‘lib “Interakt”, ya’ni “Inter” - bu “
o‘zaro”, “akt” - “harakat, ta’sir, faollik” ma’nolarini bildiradi.
1
Interfaol metodlar - ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga
undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlardir. Bunday
metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi o‘quvchi (talaba)ni dars jarayonida faol ishtirok
etishga undaydi. Jarayon o‘quvchi (talaba)dan dars mobaynida faollikni talab etadi.
Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda
namoyon bo‘ladi:
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
178
178
-ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
-ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
-ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;
-o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;
-ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-
quvvatlanishi;
-amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
-ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi va hk.lar.
Grafik organayzerlar (tashkil etuvchi) – fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim
etish vositasi hisoblanadi.
Interfaol grafik organayzerlar: “T-jadvali”, “Venn diagrammasi”, “Klaster”,
“Toifalash jadvali”, “Insert”, “BBB jadvali”, “Nima uchun?”, “Baliq skeleti”,
“Piramida”, “Nilufar guli sxemalari”, “Kaskad”, “Qanday?” va hk.lar. Interfaol
grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik
shakllarda yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslanadi. Aslida bu grafik
organayzerlar bilan ishlash ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli
bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q. Interfaol ta’lim metodlari ko‘pincha turli
shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qo‘llanilmoqda. Bu
metodlarni qo‘llash mashg‘ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim
samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.
Taniqli tarixchi-metodist olim A. I. Strajyov tarix o‘qituvchilari uchun egallashi
zarur bo‘lgan bilim va metodik mahorat xususida fikr yuritar ekan, shunday yozadi:
-birichidan - tarixni ilmiy-metodologik jihatdan batafsil o‘zlashtirib olmog‘i
kerak;
-ikkinchidan - turli sohalar bo‘yicha aniq, tarixiy bilimlar bilan qurollangan
bo‘lmog‘i kerak;
-uchinchidan - keng miqyosdagi umumma’naviy, umumbashariy dunyoqarashga
ega bo‘lmog‘i kerak;
-to‘rtinchidan - pedagogik hamda psixologik bilimlarni o‘z ichiga olgan, mustaqil
pedagogik fan va san’at sifatida shakllangan fan - tarix o‘qitish metodikasi bilan har
tomonlama qurollangan, zamonaviy tarix o‘qituvchisiga xos sifatlar majmuining sohibi
bo‘lmog‘i kerak
1
.
Xulosa.
Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimida amalga
oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, jahon ta’limi standartlariga
javob bera oladigan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish orqali ta’lim- tarbiya jarayonida
samaradorlikka erishishdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
tomonidan imzolangan “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarorda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, xalqaro standartlar
darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash hamda oliy ta’limning sifat va
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
179
179
samaradorligini yuksaltirish pedagog xodimlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi
belgilab berildi. Ayni paytda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari oldida ham
turgan eng muhim va dolzarb vazifa o‘quvchi (talaba)larning ilm olishga bo‘lgan
qiziqishlarini orttirish, ularning tasavvurlarini kengaytirishdan iborat. Ana shu ishlarni
amalga oshirish uchun bugungi kungacha bir qator tadbirlar bajarildiki, natijada
umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi ta’lim samaradorligining muvaffaqiyatiga zamin
yaratildi.
Bugungi kunda tarix darslari samaradorligining muhim shartlaridan biri bu-
o‘qituvchi va o‘quvchi (talaba)larning haqiqatni birgalikda izlashi va ularning
butun dars jarayonida faol ishtirok etishlari ya’ni ta’lim metodlar, interfaol
metodlardan, grafik organayzerlardan foydalanishlaridir. Albatta, bunday vaziyatda
o‘qituvchiga yangi pedagogik texnologiyalar qo‘l kelishini amaliyot ko‘rsatib turibdi.
Bugungi informatsion axborot texnologiyalari zamoni har bir fan o‘qituvchisi
zimmasiga inson, uning jamiyatdagi o‘rni va roliga har tomonlama jiddiy qarash
vazifasini yuklamoqda. Buning uchun o‘qituvchi ta’lim-tarbiyaning yangi shakllari,
vositalari va usullarini puxta egallashi va shu bilan birga o‘zi zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni yaratishga, shaxsni tarbiyalashning yangi an’anaviy, samarali
usullarini tanlashga harakat qilishi lozim. Shunday ekan, ta’lim jarayonini o‘qituvchi va
o‘quvchi (talaba) hamkorligida ongli, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat deb
qarash asoslidir. Bugungi ta’lim-tarbiya jarayonida muammoli vaziyatni vujudga
keltirish, undan foydalanish usullarini yaratish, ta’lim tizimining har bir bosqichida
o‘rganiladigan fanlar, ularning xususiyatlari, o‘quvchi (talaba)larning yosh
xususiyatlarini hisobga olgan holda yaratish muhim sanaladi. Chunki, bir xil yoshdagi
o‘quvchi (talaba)larning jismoniy va aqliy xususiyatlariga ko‘ra tushunishi, fikrlashi,
ishni bajarish qobiliyati turlicha bo‘ladi. Shuning uchun muammoli vaziyatni
yaratishdan avval o‘quvchi (talaba)ni ruhiy jihatdan puxta tayyorlash zarur bo‘ladi.
Psixologlarning ta’kidlashicha, fikrlash doimo muammo yoki savoldan, ajablanish yoki
tushuna olmaslikdan va ziddiyatdan boshlanadi. Dars jarayonida muammoli vazifalarni
hal etishda aniq vaziyatlarni tahlil qilish, baholash va keyinchalik qaror qabul qilishga
e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Tarix darslarida turli ta’lim texnologiyalaridan
hamda metodlardan foydalanish o‘rganilayotgan davrga oid mavjud tarixiy faktlarning
talabalar xotirasida mustahkam o‘rin olishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek,
o‘quvchi (talaba)lar dunyoqarashida ko‘rib chiqilayotgan tarixiy davrga nisbatan
o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lish ko‘nikmalarini ham shakllantiradi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.Xasanboyev J., To‘raqulov X., Alqarov I. Pedagogika. -T.: Noshir, 2001.
2.Mavlonova.R., Voxidova., N, Raxmonqulova.N. Pedagogika nazariyasi va tarixi.
-T.: Fan va texnika, 2010.
3.Педагогика: Учебник / Л.П. Крившенко, М.Е. Вайндорф-Сысоева и др.;.Под
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
180
180
ред. Л.П. Крившенко. М.: 2004.
4.Tolipov, O‘, Ro‘ziyeva D. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat -T.:
Innovatsiya-ziyo, 2019.
5.Shadmanova S. Tarix tadqiqotlarining metodologiyasi va zamonaviy usullari. – T.:
Barkamol fayz media, 2018.
6.Alimova D.A., Ilxamov Z.A. Tarix fani metodologiyasi.–T.:
O‘zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati, 2018.
7. Olimovich A. Q. et al. Natyurmortni Tasvirlashda Rangli Bo’yoqlardan Foydalanib
Ranglovhalar Ishlashni Tutgan O’rni //AMALIY VA FUNDAMENTAL
TADQIQOTLAR JURNALI| JOURNAL OF APPLIED AND FUNDAMENTAL
RESEARCH. – 2024. – Т. 3. – №. 4. – С. 16-19.
8. Олимович А. Қ. БИНО ВА ИНШООТЛАР ДЕВОРЛАРИНИ НАМЛИКДАН
САҚЛАШ МУАММОЛАРИ //INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE"
INNOVATIVE TRENDS IN SCIENCE, PRACTICE AND EDUCATION". – 2022. –
Т. 1. – №. 2. – С. 284-294.
9. Олимович А. Қ., Шарипов Б. Х. МАҲАЛЛИЙ ВА ХОРИЖИЙ ТАЖРИБАЛАР
АСОСИДА ТЕМИР ЙЎЛ ҲУДУДИ ВА ВОКЗАЛЛАРИ, ЁН АТРОФИНИ
ЛАНДШАФТ ЕЧИМИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 55. – №. 5. – С. 93-101.
10. Qo'ldosh A. Q. A. et al. Interactive Methods of Teaching English in Uzbekistan
//AMALIY VA FUNDAMENTAL TADQIQOTLAR JURNALI| JOURNAL OF
APPLIED AND FUNDAMENTAL RESEARCH. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 6-9.
11.Abdullayeva Sh.A., Nusratova H.Ch., Abdullayev F.A., To’rayev A.B. Umumiy
pedagogika. -T.: Zuxra baraka biznes, 2021.
12. Olimovich A. K., Abbos K., Zhavlonbek S. Yukori potentialli ikkilamchi issiqliklik
energisi
resurslaridan
foydalanish
//AMALIY
VA
FUNDAMENTAL
TADQIQOTLAR JURNALI| JOURNAL OF APPLIED AND FUNDAMENTAL
RESEARCH. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 10-13.
13.Nishanova Z., Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi (O‘quv
qo‘llanma). -T.: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi, 2006.
14Maxmudov S.Yu., Umaralieyva M.A., Karimova G.K. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-
metodik nashrlardagi informatsiyaviy tahdidlar monitoringi: tahlil, rejalashtirish va
amalga oshirish. – T.: 2015.
15.Xodjayev B., Choriyev A., Saliyeva Z. Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasdi.
– T.: Iqtisodiyot dunyosi, 2018.
16.Yo‘ldoshev J., Yo‘ldasheva F., Yo‘ldosheva G. Interfaol ta’lim – sifat kafolati.
– T.: 2008.
17.Toshpo‘latov T., G‘afforov Ya. Tarix o‘qitish metodikasi. –T.: Turon-iqbol. 2010.
18. Алланазаров К. TALABALARNING TANLAGAN KASBIY FAOLIYATI VA
IJODIY
QOBILIYATLARINI
INTERFAOL
METODLAR
ORQALI
RIVOJLANTIRISH
//Ижтимоийгуманитар
фанларнинг
долзарб
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
181
181
муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual
Problems of Humanities and Social Sciences. – 2023. – Т. 3.
19. Olimovich A. K. et al. Renewable Energy Sources and Their Improvement in the
Territory of Uzbekistan //AMALIY VA FUNDAMENTAL TADQIQOTLAR
JURNALI| JOURNAL OF APPLIED AND FUNDAMENTAL RESEARCH. – 2023.
– Т. 2. – №. 11. – С. 11-15.
20. Olimovich A. K., Tursunpulatovich S. A. Analysis of Innovative Approaches to the
Drying of Raw Cotton in Solar Dryers //European Journal of Life Safety and Stability
(2660-9630). – 2021. – Т. 12. – С. 347-349.
21Olimovich A. Q., Khudoymurodovich O. K. The role and importance of plants in
environmental protection //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary
Research Journal. – 2021. – Т. 11. – №. 9. – С. 937-941.
22.
Алланазаров
Қ.
О.,
Эрданова
З.
О.
СУВ-КЎНГИЛОЧАР
СОҒЛОМЛАШТИРИШ
МУАССАСАЛАРИ
АРХИТЕКТУРАСИНИНИНГ
ШАКЛЛАНИШИДА
ОМИЛЛАРНИНГ
ТAЪСИРИ
//INTERNATIONAL
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" THE TIME OF SCIENTIFIC
PROGRESS". – 2022. – Т. 1. – №. 2. – С. 186-192.
23. Bekkamov M. P. O ‘ZBEKISTON SHAHARLARI XUDUDIDA PIYODALAR O
‘TISH KO ‘PRIKLARINI BARPO QILISH //Results of National Scientific Research
International Journal. – 2022. – Т. 1. – №. 8. – С. 90-95.
24. Olimovich A. Q. Interfаol Tа’lim Vа Uning Didаktik Imkoniyatlаri //AMALIY VA
FUNDAMENTAL TADQIQOTLAR JURNALI| JOURNAL OF APPLIED AND
FUNDAMENTAL RESEARCH. – 2024. – Т. 3. – №. 4. – С. 9-15.
25. Olimovich A. K. et al. Renewable Energy Sources and Their Improvement in the
Territory of Uzbekistan //AMALIY VA FUNDAMENTAL TADQIQOTLAR
JURNALI| JOURNAL OF APPLIED AND FUNDAMENTAL RESEARCH. – 2023.
– Т. 2. – №. 11. – С. 11-15.