JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
166
166
DEHQON VA FERMER XO‘JALIKLARIDA URUG‘LIK SARIMSOQ
YЕTISHTIRISHNING RESURSTEJAMKOR TEXNIKA VOSITALARI
JAMLANMASINI ISHLAB CHIQISHNING YECHIMLARI
D.Norchaev., S.Quralov., M.Bolasozova., M.Salomova
Annotatsiya:
Hozirgi kunda Respublikamizda sarimsoq ekinini еtishtirish
jadallik bilan rivojlanib, O‘zbekiston dunyoda sarimsoq eksporti bo‘yicha еtakchi
oltita davlatdan biri hisoblanadi. Asosan respublikamizda sarimsoq tomorqa, kichik
konturli maydonlarda va kichik fermer xo‘jaliklarida yuqori mehnat sarfi hisobiga
еtishtirilib, mexanizatsiya darajasi esa juda past hisoblanadi. Buning asosiy sababi
respublikamiz tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib sarimsoqni еtishtirishda urug‘lik
uchun sarimsoqlarni boshchalarga ajratadigan va saralaydigan, ekadigan,
yig‘ishtiradigan mashinalarni ishlab chiqish bo‘yicha еtarli tadqiqotlar olib
borilmagan, shunindek xorij texnikalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash maqsadga
muvofiq emas.
Kalit so‘zlar:
Sarimsoq, texnika, tuproq palaxsasi, urug‘lik sarimsoq, ildiz meva,
resurstejamkor texnika.
Аннотация:
В настоящее время выращивание чеснока в нашей Республике
стремительно развивается, и Узбекистан входит в шестерку ведущих стран мира
по экспорту чеснока. В основном в нашей республике чеснок выращивают на
приусадебных участках, небольших контурных участках и в небольших
фермерских хозяйствах из-за высоких затрат труда, а уровень механизации очень
низкий. Основная причина этого заключается в том, что, исходя из почвенно-
климатических условий нашей республики, при выращивании чеснока
недостаточно исследований по разработке машин для разделения и сортировки,
посадки и уборки чеснока на семена, поэтому непосредственное использование
зарубежной методики нецелесообразно.
Ключевые слова:
Чеснок, технология, почвенный подорожник, семенной
чеснок, корнеплоды, ресурсосберегающая технология.
Abstract:
Currently, garlic cultivation in our Republic is developing rapidly, and
Uzbekistan is one of the six leading countries in the world in terms of garlic exports.
In our republic, garlic is mainly grown in small plots, on small farms, due to high labor
costs, and the level of mechanization is very low. The main reason for this is that due
to the soil and climatic conditions of our republic, insufficient research has been
conducted on the development of machines for dividing and sorting garlic into heads
for seed, planting, and harvesting, and it is not advisable to directly use foreign
equipment.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
167
167
Keywords:
Garlic, machinery, soil conditioner, seed garlic, root vegetable,
resource-saving machinery.
Bunga sabab sarimsoq еtishtirish va yig‘ishtirishda qo‘llaniladigan xorij
mashinalarining respublikamizda keng qo‘llanilmasligiga sabab sarimsoq respublikada
kichik maydonlarda yеtishtirilganligi uchun uning ekish sxemalari turlicha bo‘lishi va
jo‘yak ochib sug‘irilishi, yig‘ishtirish jarayonida tuproq palaxsasi kesaklari qattiqligi
sarimsoq tugunagidan katta bo‘lgan yirik kesaklarga ajralishi hisobiga yig‘ishtirishda
sarimsoqlarni shikastlanish darajasi yuqoriligi hamda ularni urug‘lik uchun saralashda
naviga bog‘liqligi, ya’ni sarimsoqlarning geometrik o‘lchamlari turlicha bo‘lishi bilan
izohlanadi. Shuningdek, sarimsoqni urug‘lik uchun boshchalarga ajratish va ularni
o‘lchamlariga ko‘ra saralash ishlari ham mexanizatsiyalashmagan, ayniqsa
sarimsoqning vegetatsiya davrida begona o‘tlarni o‘toq qilish jarayoni ham qo‘l
mehnati yordamida bajariladi.
Bugungi kunda respublikada sarimsoq yеtishtirish eng murakkab bo‘lgan hal
etilmagan vazifalardan biri bo‘lib, uni hal etish uchun yangi innovatsion ilmiy-texnik
yеchimlar asosida dehqon va fermer xo‘jaliklarida urug‘lik sarimsoq yеtishtirish va
yig‘ishtirishning resurstejamkor texnika vositalari jamlanmasini ishlab chiqish halq
xo‘jaligi ahamiyatiga ega hisoblanadi.
Sarimsoq va boshqa shunga o‘xshagan ildiz-mevalilarni yetishtirish va
yig‘ishtirishda sarf harajatlarni kamaytirish, qo‘l mehnatiga barham berish uchun
quyidagi texnologik operatsiyalarni bajaradigan texnika vositalarni ishlab chiqish
lozim. Bunda respublikamiz tuproq-iqlim sharoitida sarimsoq yеtishtirishda
qo‘llaniladigan ekish usullari va ekish hamda yig‘ishtirish oldidan tuproqning fizik
mexanik xossalarini aniqlash, sarimsoq navlariga ko‘ra uning geometrik o‘lchamlari
va friksion xususiyatlarni o‘rganib qurilmalar va mashinalarning texnologik ish
jarayoni va uning konstruktiv sxemalari ishlab chiqilishi lozim.
-
sarimsoq yеtishtirishda qo‘llaniladigan urug‘lik uchun boshchalarga ajratgich
va saralagich qurilmalarini ishlab chiqish;
- sarimsoq ekkich va kovlagich-yuklagich mashinalarini ishlab chiqish.
Ushbu vazifalarni bajarish quyidagi blok sxemada keltirilganidek amalga
oshiriladi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
168
168
Yuqoridagilarni amalga oshirilishi natijasida sarimsoq yеtishtirish va
yig‘ishtirishda resurstejamkor qurilmalar, ya’ni urug‘lik uchun sarimsoqni
boshchalarga ajratgich va uni saralagich qurilmasiga, bir yo‘la urug‘larni pushtaga ekib
ular ustidan plyonka to‘shaydigan ekkich va sarimsoq hosilini bir yo‘la yig‘ishtirib
taraga yuklaydigan ixcham kovlagich mashinasiga dastlabki talablar, texnik topshiriq
va texnik shartlar tayyorlanib, uning eksperimental nusxasining konstruktiv sxemalari
ishlab chiqiladi, parametrlari asoslanib, mashina va qurilmalar ishlab chiqiladi, keng
xo‘jalik sinovlari o‘tkaziladi va olingan natijalar bo‘yicha mashinalarni ko‘plab ishlab
DEHQON VA FERMER XO‘JALIKLARIDA URUG‘LIK
SARIMSOQ YETISHTIRISHNING RESURSTEJAMKOR
TEXNOLOGIYASINI YECHIMI
Sarimsoqni urug‘lik uchun
tayyorlash
Sarimsoqni ekish va yig‘ishtirish
Sarimsoqni
urug‘lik uchun
pallaklarga
ajratishda ularni
kam shikastlash
hisobiga to‘liq
ajratadigan
energiyatejamk
or maydalagich
namunasini
tayyorlash
Butun
sarimsoqni va
uning
pallaklarga
ajratilgan
fraksiyalarini
ham saralash
imkonini
beradigan
universal
resurstejamkor
qurilmani
tayyorlash
Sarimsoqni
an’anaviy
usulda va
plyonka ostiga
ekish imkonini
beradigan
yuqori
samarador
sarimsoq ekish
mashinasini
tayyorlash
Sarimsoq va
boshqa turdagi
ildiz-mevalarni
yig‘ishtirish
imkoniga ega
bo‘lgan
kovlagich-
yuklagich
mashinasini
tayyorlash
Tajribalarni o‘tkazish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash,
qishloq xo‘jaligiga joriy etish
Davlat sinovlarini o‘tkazish va mahalliy ҳамда хорижий
korxonalar bilan hamkorlikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
169
169
chiqarish bilan bog‘liq me’yoriy-texnik hujjatlar ishlab chiqiladi.
Taklif etilayotgan resurstejamkor texnika vositalar jamlanmasini ishlab chiqishda
dastlab turli sxemada sarimsoq urug‘larini ekish imkoniga ega bo‘lgan va politilen
plyonkalarni to‘shaydigan ekkich mashinasi yaratiladi, navlarni turiga qarab urug‘lik
uchun saralaydigan qurilmani universalligi ta’minlanadi va hosilni kam energiya
hisobiga yig‘ishtirishni ta’minlaydigan sarimsoq kovlagich mashinasi parametrlari
asoslanib ularning tajriba namunalari tayyorlanadi. Sarimsoqni urug‘likka ajratib
saralaydigan qurilma ixcham bo‘lib, u ikki qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni sarimsoqlarni
boshchalarga ajratadigan qismi va ularni uchta fraksiyaga saralaydigan qismlardan
tashkil topadi. Sarimsoq ekkich qurilmasi kesak maydalagich g‘altak, turli sxemaga
rostlanadigan urug‘larni ekish seksiyasi va uning ustiga plyonka to‘shab ketadigan
to‘shagich qismlaridan iborat bo‘ladi. Sarimsoqni kovlagich mashinasi esa ramasiga
turli qazish chuqurligini ta’minlashda uzunliklari rostlanuvchi seksiyali lemexlar,
pushtaning kerakli qismini qirqib beruvchi disklar, sarimsoqlarni elaklarga uzatuvchi
biter-yo‘naltirgich va elaklar tirqishini kerakli o‘lchamini ta’minlovchi elaklar
chiviqlariga o‘rnatiladigan turli plankalar hamda taraga yuklagich qo‘llash tavsiya
etiladi. Ushbu texnika vositalarini qo‘llash yordamida sarf harajatlarni 3-4 martaga
kamaytirish imkoni yaratiladi, sug‘orishda esa suv 30 foizagacha tejaladi hamda qo‘l
mehnatiga butunlay chek qo‘yiladi.
Taklif etilayotgan sarimsoq yеtishtirish va yig‘ishtirishda resurstejamkor texnika
vositalar jamlanmasini ishlab chiqishda Janubiy Koreya respublikasining Hada Farm
Machinary korxonasining tajribasi qo‘llaniladi. Janubiy Koreya respublikasining Hada
Farm Machinary korxonasi mutaxassislari va Rossiya federal agroinjeneriya markazi
olimlari bilan birgalikda ushbu mashinalarni tajriba namunasini tayyorlash, dizayn
jihatdan ko‘rinishini ishlab chiqishda hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Biz tomonimizdan
ishlab chiqiladigan texnika vositalarning xorijiy korxonalarni texnikalaridan farqli
jihati shunda bo‘ladiki, ular ixcham, universal va mahalliy sharoitga mos bo‘lgan
agrotexnika talablaridan kelib chiqib tayyorlanadi. Taklif etilayotgan sarimsoq
еtishtirish va yig‘ishtirishda qo‘llaniladigan resurstejamkor texnika vositalar
jamlanmasini ishlab chiqarish uchun Respublikamizning qishloq xo‘jaligi
mashinasozligi korxonalarida еtarli imkoniyatlar mavjud bo‘lib, bu bo‘yicha
texnikalarni kelajakda tijoratlashtirish maqsadida respublikamizdagi “Agriparts
Group” MChJ mahalliy korxonasi bilan hamkorlik olib boriladi. Loyiha bo‘yicha
olingan natijalar fermer xo‘jaliklariga joriy etiladi va mashinaning sanoat nusxasini
ishlab chiqish jarayoni tezlashtiriladi.
Sarimsoq piyozboshlarini boshchalarga ajratadigan qurilma, ularni saralaydigan
qurilma, bir yo‘la sarimsoqni pushtaga ekib ustidan politilen plyonka to‘shaydigan
sarimsoq ekkich va sarimsoq kovlagich-yuklagich mashinasi konstruksiyalariga to‘rtta
O‘zbekiston Respublikasining foydali modeliga patenti hamda hamkorlikda Rossiya
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
170
170
Federal Agroinjeneriya markazi olimlari bilan hamkorlikda bitta ixtiroga xorijiy patent
olinadi.
Taklif etilayotgan texnologiyada asosan kartoshka, sabzi, sholg‘om, lavlagi kabi
tuproqqa chuqurroq joylashgan ildiz-mevalilarni yig‘ishtirishga mo‘ljallangan
universal kovlagichni yaratishga bag‘ishlanadi. Sarimsoq va boshqa shunga o‘xshash
ildiz-mevalar hosilini yig‘ishtirish uchun maxsus qazish ish organi, ularni tuproqdan
ajratib elaklashda maxsus elaklar talab etiladi. Biz taklif etayotgan loyiha doirasida
ishlab chiqiladigan sarimsoq kovlagich-yuklagich mashinasida sarimsoqni qazib olish
uchun maxsus lemexlar ularni instensiv elaklaydigan barmoqli elevator va ularni taraga
yuklayotganda fraksiyalarga ajratib yuklash qurilmasidan iborat bo‘ladi. Ya’ni taklif
etilayotgan sarimsoq kovlagich-yuklagich yordamida sarimsoq yig‘ishtirilganda uning
qazish ish organlari kam energiya hisobiga kovlab olib elaklarga uzatadi, barmoqli
elevatorlarda sarimsoqlar tuproq va begona o‘tlardan elaklanib yuklagich yordamida
kovlagich ramasiga o‘rnatilgan taraga tashlab beriladi. Taraga tashlash jarayonida
yuklagichga taqsimlagich o‘rnatilgan bo‘lib, sarimsoq boshchalari geometrik
o‘lchamlariga ko‘ra uchta fraksiyalarga ajralib o‘z o‘lchamiga ko‘ra taraga tushadi.
Shunda taralar soni uch qismdan iborat bo‘ladi. Sarimsoqni urug‘likka ajartish jarayoni
esa qolgan ildiz-mevalilardan tubdan farq qiladi. Chunki kartoshkadan boshqa ildiz-
mevalar mayda urug‘li hisoblanadi. Faqat kartoshka ildiz-mevasi sarimsoqnikidek,
ildiz-mevasi ekiladi. Lekin kartoshka urug‘lik uchun uning butun ildiz-mevasi saralab
olinib keyin ekiladi. Ammo, sarimsoqda esa uning boshchasi pallaklarga ajratilib keyin
boshchalar saralanib undan so‘ng ekkich yoki qo‘l mehnati hisobiga ekiladi. Shuning
uchun sarimsoqni urug‘likka ajratish, saralash, ekish va yig‘ishtirish uchun maxsus
qurilma va mashinalarni tayyorlash talab etiladi.
Xulosa
Yuqoridagilardan kelib chiqib bu texnologiyada sarimsoqni urug‘lik
boshchalarga ajratadigan va saralaydigan qurilmalar hamda sarimsoq ekkich va
kovlagich-yuklagich mashinalari ilmiy texnik yechimlar asosida ishlab chiqilishi halq
xo‘jaligi ahamiyatiga ega hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
М.М.Мирзаев, М.К.Собиров - «Боғдорчилик» Т.: «Меҳнат» 1987.
2.
Джавакянц Ю.М. Научные основы технологии обработки почвы в садах и
виноградниках Узбекистана. Ташкент, 2006. – 240 с.
3.
Кленин Н.И., Сакун В.А. Сельсохозяйственные и мелиоративные машины. –
Москва: Колос, 1980. – 617 б.