JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
95
95
INKLYUZIV TAʼLIMDA TARBIYA TURLARINI QO’LLANILISHI
Sirojiddinova Mushtariy Omadbek qizi
Madaminova Odinaxon Muqimjon qizi
Kokand universiteti Andijon filiali
Boshlangʻich ta'lim yo'nalishi 1-kurs talabalari
Annotatsiya:
Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim jarayonida tarbiya turlarining
qo‘llanilish samaradorligi tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’lim — imkoniyati cheklangan
bolalar va sog‘lom bolalarning umumiy ta’lim tizimida teng huquqli ta’lim olishini
ta’minlovchi tizim bo‘lib, uning muvaffaqiyati samarali tarbiya usullarini qo‘llash
bilan bevosita bog‘liqdir. Maqolada ijtimoiy, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiya
turlarining inklyuziv ta’lim muhitida o‘rni va ularning bolalarning rivojlanishiga ta’siri
o‘rganiladi. Shuningdek, inklyuziv ta’lim tizimida tarbiyaning individual yondashuvlar
asosida amalga oshirilishi va bu borada samaradorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar
beriladi.
Annotation:
This article analyzes the effectiveness of various types of education
in the process of inclusive education. Inclusive education is a system that ensures equal
educational opportunities for children with disabilities and typically developing
students within the general education framework. The success of this approach is
directly linked to the application of effective educational methods. The article
examines the role of social, moral, aesthetic, and physical education in an inclusive
learning environment and their impact on children's development. Additionally, the
article provides recommendations for enhancing the effectiveness of education through
individualized approaches in inclusive education.
Аннотация:
В данной статье анализируется эффективность применения
различных видов воспитания в процессе инклюзивного образования.
Инклюзивное образование — это система, обеспечивающая равные права на
обучение для детей с ограниченными возможностями и здоровых учащихся в
общей системе образования, и его успешность непосредственно связана с
применением эффективных методов воспитания. В статье рассматривается роль
социальных, нравственных, эстетических и физических видов воспитания в
инклюзивной образовательной среде, а также их влияние на развитие детей.
Кроме того, в работе даются рекомендации по повышению эффективности
воспитания на основе индивидуального подхода в инклюзивном образовании.
Kalit so‘zlar:
inklyuziv ta’lim, tarbiya turlari, axloqiy tarbiya, ma’naviy tarbiya,
jismoniy tarbiya, estetik tarbiya, mehnat tarbiyasi, huquqiy tarbiya, vatanparvarlik
tarbiyasi, inklyuziv pedagogika, individual yondashuv, maxsus pedagogik metodlar,
psixologik qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy moslashuv, ta’lim samaradorligi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
96
96
Keywords:
inclusive education, types of upbringing, moral education,
intellectual education, physical education, aesthetic education, labor education,
pedagogical technologies, individual approach, effectiveness.
Ключевые слова:
инклюзивное образование, виды воспитания,
нраственное воспитание, духовное воспитание, физическое воспитание,
эстетическое воспитание, трудовое воспитание, правовое воспитание,
патриотическое воспитание, инклюзивная педагогика, индивидуальный подход,
специальные педагогические методы, психологическая поддержка, социальная
адаптация, эффективность образования.
Tarbiya- arabcha soʻzdan olingan bolib, parvarish qilmoq, taʼlim bermoq,
oʻrganish, odob oʻrgarish, mehribonlik koʻrsatish, himoya qilish singari ma'nolarni
anglatadi.
Tarbiya deb - tarbiyachi oʻzi hohlagan sifatlarini tarbiyalanuvchilarning ongiga
singdirishi uchun ularning ruhiyatiga ma'lum maqsadga koʻra tizimli taʼsir
koʻrsatishiga aytiladi. Tarbiya bola tugʻilganidan umrining oxirigacha davom etadigan
jarayondir.Tarbiya-biror maqsadga qaratilgan jarayon, u doim muayyan rejaga ega
boʻladi va buning uchun maxsus vakolatga ega boʻlgan kishilar tomonidan amalga
oshiriladi. Hamma davrlarda ham tarbiyachilar yoshlarning axloqi va odobi, iymoni va
vijdoni, bilimi-malakasi, xatti-harakatlari, yoʻnalishi, tarixiy tajribasi, davr talablari va
ehtiyojlari, istiqlol vazifalari bilan uygʻunlashtirib shakillantirishga, rivojlantirishga
harakat qilganlar. Oʻz oldiga inson kuchli, bilimi va irodasi bilan bajarilishi mumkin
boʻlgan muayyan maqsadlarni qoʻygan davlatlar ham taʼlim-tarbiya ishlariga befarq
qaramagan.Inklyuziv ta’lim – bu barcha bolalar, jumladan, nogironligi yoki maxsus
ehtiyojlari bor bolalar uchun teng ta’lim olish imkoniyatini yaratadigan tizim. Bu
yondashuv har bir bolaning imkoniyatlarini inobatga olib, uni umumiy sinflarda
o‘qitishni nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim bolalarning bir-biridan ajralmasligi, ularning
jamiyatga to‘liq qo‘shilishi va o‘z salohiyatini ochishiga yordam beradi.
Bu ta’lim shakli barcha bolalar uchun foydali. Nogironligi bor bolalar jamiyatga
yaxshiroq moslashadi, sog‘lom bolalar esa bag‘rikenglik, mehribonlik va tushunish
kabi sifatlarni o‘rganadi. O‘qituvchilar esa har xil ehtiyojlarga ega bolalar bilan ishlash
bo‘yicha yangi metodlarni qo‘llash imkoniga ega bo‘ladi. Inklyuziv ta’limda
muammolar ham bor. Maxsus o‘quv materiallari yetishmovchiligi, o‘qituvchilarning
yetarli tayyorgarlikka ega emasligi va jamiyatdagi ayrim noto‘g‘ri qarashlar bunga
to‘siq bo‘lishi mumkin. Ammo maxsus dasturlar, malaka oshirish kurslari va jamiyatda
tushuntirish ishlari olib borilsa, bu muammolarni hal qilish mumkin. Inklyuziv ta’lim
har bir bolaning o‘qish va rivojlanish huquqini ta’minlashga xizmat qiladi. Barcha
bolalar birga o‘qisa, jamiyat yanada adolatli va rivojlangan bo‘ladi.
Inklyuziv ta’limda tarbiya bolaning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
97
97
Aqliy tarbiya bolalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va bilim olishiga yordam
beradi. Axloqiy tarbiya esa odob, hurmat, halollik va mehribonlik kabi fazilatlarni
shakllantirishga qaratilgan. Jismoniy tarbiya bolalarning sog‘lom turmush tarziga
o‘rganishiga yordam beradi, nogironligi bor bolalar uchun esa maxsus mashqlar ishlab
chiqiladi. Mehnat tarbiyasi bolalarga foydali mehnat ko‘nikmalarini o‘rgatadi va ularni
mustaqil hayotga tayyorlaydi. Estetik tarbiya san’at, musiqa va adabiyotga bo‘lgan
qiziqishni oshirib, go‘zallikni tushunishga o‘rgatadi. Ijtimoiy tarbiya esa bolalarni
jamiyatga moslashishga, boshqalar bilan muloqot qilishga va jamoada ishlashga
o‘rgatadi. Inklyuziv ta’limda bu barcha tarbiya turlari bolalarning ehtiyoj va
imkoniyatlariga qarab moslashtiriladi, bu esa ularning jamiyatda to‘laqonli ishtirok
etishiga yordam beradi.Tarbiya jarayoni oʻqituvchi va oʻquvchi (tarbiyachi va
tarbiyalanuvchi) lar oʻrtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan
hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakillana boradi,
xis-tuygʻulari rivojlanadi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini
pedagogik jihatdan toʻgʻri uyushtirish gʻoyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola
tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy taʼsirlarga nisbatan ma'lum munosabatda boladi. Bu
munosabat shaxsning ichki ehtiyoji va hohishlarini ifodalaydi. Tarbiya
jarayonida
tarbiyalanuvchining ongigina emas, balki, his tuygʻularini ham oʻstira borish, unda
jamiyatning shaxsga qoʻyadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka
va odatlarni hosil qilish lozim.Bunga erishish uchun oʻquvchining ongiga (taʼlim
jarayoni asosida) hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari oʻqish ishlarda) va
irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqini iroda qilish jarayonida) sistemali va
muntazam taʼsir etib boriladi. Oʻquvchini tarbiyalashda bularning birontasi (ongi,
hissiyoti, irodasi) eʼtibordan chetda qolsa maqsadga erishish qiyinlashadi. Inklyuziv
taʼlimda oʻquvchilarni moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnatga, kasbni asosli
tarzda tanlashiga oʻqituvchilar, tarbiyachilar, oʻquvchilar va ota-onalar tomonidan
chuqur anglab olinishi kerak. Baʼzan tarbiyaning turmush bilan bogʻliqligini tarbiyaviy
ish hamda inklyuziv maktab oʻquvchilarining unumli mehnati oʻrtasida aloqa
oʻrnatishdangina iborat deb qaraladi. Ammo hayot unumli mehnatga qaraganda ancha
kengroq va mazmunliroq tushunchadir. Inklyuziv maktab oʻquvchilarining mehnat
faoliyatining xilma-xil shakillariga jalb etayotganda bu narsa insonni jamiyatga xizmat
qilish, oʻz hayoti farovonligini taʼminlash, moddiy va maʼnaviy moʻl-koʻllikka erishish
kabi maqsadlarni taʼminlashga zamin akanligini tushuntirish kerak. Qilinayotgan
barcha tarbiyaviy tadbirlar hayotiy, yani rivojlanishida muammosi boʻlgan bolalar
eshitgan, koʻrgan narsalarga asoslangan tarzda olib borilsa, yaxshi samara beradi. Aks
xolda oʻtkazilgan tadbirlar bolalar uchun tushunarsiz narsa boʻlib qolishi
mumkin.Inklyuziv maktab oʻquvchilarini jamoada jamoa orqali va jamoa uchun
tarbiyalash prinsipi ham oʻziga xos oʻringa ega. Bu prinsip tarbiya tizimining jamiyat
talablaridan kelib chiqadigan prinsiplaridan biri boʻlib, uning tabiati ishlab chiqarish
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
98
98
vositalariga mumosabat, oʻrtoqlarcha hamkorlik va oʻzaro yordam munosabatlari bilan
xarakterlanadi.Inklyuziv taʼlimda tarbiya usullarining qoʻllanish samaradorligi va
harakatlantiruvchi kuchlari, rivojlanishida muammosi boʻlgan bolalarning individual-
tipologik xususiyatlari va tarbiyalanganlik darajasi bilan, bola yashayotgan muayyan
muhit vaziyatning tabiati bilan qanchalik hisoblashishiga ham bogʻliq. Inklyuziv
maktab oʻquvchilarida dunyoqarash va eʼtiqodlar tizmini shakllantirish maqsadida
ularning ongi, xis-tuygʻusi va irodasiga har tomonlama taʼsir koʻrsatish usullari ham
tarbiya usullariga kiradi. Bu toifadagi usullarning mohiyati shundan iboratki, ularning
vositasi bilan jamiyat yosh avlodga nisbatan qoʻllayotgan talablar bola ongiga
yetkaziladi.Inklyuziv maktab oʻquvchilari bilan amaliy ishlashda tarbiya usullaridan
foydalanish koʻnikmalari va malakalarini oʻrganish va hosil qilish qulay boʻlishi uchun
ularni shartli ravishda bir nechta guruhga birlashtirish mumkin.
Inklyuziv ta’limda tarbiya – bu har bir bolaning jismoniy, aqliy, axloqiy va
ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan tizimli jarayondir. Bu ta’lim shaklida
barcha bolalar, jumladan, nogironligi yoki maxsus ehtiyojlari bor bolalar ham, umumiy
ta’lim muhitida o‘z salohiyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tarbiyaning quyidagi turlari inklyuziv ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutadi. Axloqiy
tarbiya – Bu bolalarda insoniy fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularga
adolat, bag‘rikenglik, hurmat, mehribonlik va halollik kabi qadriyatlarni singdiradi.
Inklyuziv muhitda axloqiy tarbiya ayniqsa muhim, chunki turli imkoniyatlarga ega
bolalar birgalikda o‘qib, bir-birini tushunishni o‘rganadilar. Aqliy tarbiya – Bu
bolaning bilim olish qobiliyatini rivojlantirish va mustaqil fikrlashga o‘rgatish
jarayoni. Inklyuziv ta’lim sharoitida har bir bola o‘z ehtiyojlariga mos keladigan o‘quv
usullari orqali bilim olishi kerak. Bu jarayonda o‘qituvchilar moslashtirilgan o‘qitish
usullaridan foydalanib, har bir bolaga individual yondashadilar. Jismoniy tarbiya – Har
bir bolaning jismoniy rivojlanishiga e’tibor qaratish inklyuziv ta’limning muhim
jihatlaridan biridir. Bu tarbiya turi nafaqat umumiy jismoniy mashg‘ulotlar, balki
maxsus ehtiyojli bolalar uchun individual jismoniy rivojlanish dasturlarini ham o‘z
ichiga oladi. Bu orqali bolalar harakat faolligini saqlab qolish, o‘z tanasini boshqarish
va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Mehnat
tarbiyasi – Bolalarga o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, turli mehnat faoliyatlariga jalb
etish va kasbga yo‘naltirish bu tarbiya turining asosiy vazifasidir. Inklyuziv ta’limda
mehnat tarbiyasi har bir bolaning qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni hayotga
tayyorlashga qaratilgan. Maxsus ehtiyojga ega bolalar uchun maxsus kasbiy
tayyorgarlik dasturlari ham ishlab chiqiladi. Estetik tarbiya – Bu bolalarning san’at,
adabiyot, musiqa va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishga xizmat qiladi.
Inklyuziv ta’lim muhitida estetik tarbiya nafaqat ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish,
balki turli madaniy va san’at yo‘nalishlarida o‘z ifodasini topish imkoniyatini beradi.
Har bir bola o‘z didi va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun san’atga jalb qilinadi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
99
99
Ijtimoiy tarbiya – Bu bolalarning jamiyat bilan muloqot qilish qobiliyatini
shakllantirish, jamoa bilan ishlash, ijtimoiy normalar va qoidalarga rioya qilishni
o‘rgatish jarayonidir. Inklyuziv muhitda har xil ehtiyojlarga ega bolalar bir-biri bilan
muloqot qilib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga o‘rganadilar. Ekologik tarbiya – Bu
bolalarning tabiatga nisbatan hurmat va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishini
shakllantirishga qaratilgan. Inklyuziv ta’limda ekologik tarbiya maxsus ehtiyojli
bolalar uchun ham moslashtirilgan usullarda olib boriladi, shu orqali ularga atrof-
muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tushunchalar beriladi. Umuman olganda, inklyuziv
ta’limda tarbiya har bir bolaning shaxsiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ularning
har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. Bu jarayon ta’lim va tarbiyaning uzviy
bog‘liqligini ta’minlab, barcha bolalar uchun teng imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.
XULOSA
: Inklyuziv ta’limda tarbiya turlarining samaradorligi har bir bolaning
ehtiyojlariga mos yondashilgan taqdirda yuqori bo‘ladi. Axloqiy tarbiya bolalarda
hurmat, bag‘rikenglik va insonparvarlikni shakllantirib, ularning jamiyatga
moslashuvini osonlashtiradi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarning intellektual rivojlanishini
qo‘llab-quvvatlab, mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini
oshiradi. Jismoniy tarbiya esa har bir bolaning sog‘lig‘ini mustahkamlash va harakat
faolligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Mehnat tarbiyasi bolalarni kelajak kasbiga
tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etib, ularning mustaqil mehnat qilish qobiliyatini
oshiradi. Estetik tarbiya orqali o‘quvchilar san’at va madaniyatga qiziqib, ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ijtimoiy tarbiya esa bolalarning muloqot qilish,
hamkorlikda ishlash va jamoada o‘z o‘rnini topish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Ekologik tarbiya esa o‘quvchilarning tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda
bo‘lishiga va ekologik mas’uliyatni his qilishiga yordam beradi. Inklyuziv ta’lim
muhitida tarbiyaning barcha turlari uyg‘un qo‘llanilganda, har bir bola o‘z
qobiliyatlarini to‘liq namoyon qila oladi va jamiyatga muvaffaqiyatli
integratsiyalashadi. Shu sababli, inklyuziv ta’limda tarbiyaviy faoliyatni tizimli,
individual va innovatsion yondashuv asosida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. F.U.Qodirova, D.A.Pulatova Inklyuziv taʼlim nazariyasi va amaliyoti. "Yangi
chirchiq book" Chirchiq-2022.
2.P.M.Poʻlatova.L.Sh.Nurmuhammedova,D.B.Yakubjonova,
Z.N.Mamarajabova, Ah.M.Amirsaidova, A.D.Sultonova. Maxsus pedagogika
Toshkent-2014
3.Rahmonova Gullola Shavkatovna, Hakimova Nargiza Supxonovna Umumiy
pedagogika Buxoro-2022