Authors

  • Murodullayeva Aziza Xasanboy qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93462

Keywords:

Kalit so‘zlar: Me’morchilik ganjkorlik maqbara xonaqoh svilizatsiya masjid.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘rta Osiyodagi eng yirik o‘rta asr shaharlarining qurilish va me’morchilik sohalari haqida fikr va mulohazalar keltirilgan. O‘rta asrlar davri qurilish va me’morchilik sohalari hozirgi davr qurilish va me’morchilik sohalari bilan taqqoslangan. O‘rta asrlar davri tarixi batafsil yoritilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

43

43

O‘RTA ASRLAR DAVRIDA O‘RTA OSIYODA

QURILISH VA ME’MORCHILIK TARIXI

Murodullayeva Aziza Xasanboy qizi

Namangan davlat pedagogika instituti

Tarix yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘rta Osiyodagi eng yirik o‘rta asr shaharlarining

qurilish va me’morchilik sohalari haqida fikr va mulohazalar keltirilgan. O‘rta asrlar
davri qurilish va me’morchilik sohalari hozirgi davr qurilish va me’morchilik sohalari
bilan taqqoslangan. O‘rta asrlar davri tarixi batafsil yoritilgan.

Kalit so‘zlar

: Me’morchilik, ganjkorlik, maqbara, xonaqoh, svilizatsiya, masjid.


O‘rta asrlar me’morchiligi o‘zining o‘ziga xos uslubi, konstruktiv yechimlari va

estetik xarakteristikasi bilan ajralib turadi. Bu davrda yaratigan arxitektura
yodgorliklari ko‘pincha diniy ahamiyatga ega edi. O‘rta Osiyo me’morchiligi o‘zining
noyob tarzida, shakl va ranglarni, geometrik naqshlarni, yozuvlarni va o‘ziga xos
minora, masjid va madrasa kabi binolarni yaratish bilan ajralib turardi.

Mamlaktimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “Buyuk

tarixda hech narsa izsiz ketmaydi, u xalqlarning qonida tarixiy xotirasida saqlanadi, va
amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni
asrab-avaylash. O‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining
eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.” [1]

Tariximizni o‘rganar ekanmiz qalbimizni faxr va iftixor tuyg‘usi chulg‘ab

olaveradi. Biz shu boy ilmiy tariximizni davrlarga va sanalarga tayangan holda ilmiy
manbalar yordamida o‘rganamiz. Shu davrlardan o‘rta asrlar davri tarixiga nazar
solsak. O‘rta asrlar tushunchasini dastlab tarix faniga italyan tarixchilar tomonidan olib
kirilgan bo‘lib, Yevropadan farqli o‘laroq O‘rta Osiyo mintaqasida milodiy V asrdan
XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan tarixiy davrni o‘z ichiga oladi.

Mazkur davr o‘z navbatida ilk, rivojlangan va so‘ngi o‘rta asrlarga bo‘linadi.
Ilk o‘rta asrlar davri milodiy V asrdan IX asrgacha bo‘lgan tarixiy davrni o‘z

ichiga oladi. Bu davrda hozirgi O‘zbekiston hududida Choch, Farg‘ona, Ustrushona,
Sug‘d, Buxoro, Toxariston va Xorazm kabi tarixiy madaniy viloyatlar mavjud bo‘lgan.
Bu tarixiy viloyatlarning aholisi hunarmandchilik, kulolchilik, savdo-sotiq xususan
qurilish va me’morchilik sohalari bilan shug‘ullangan. Ushbu davrda mavjud bo‘lgan
Farg‘ona vodiysida Axsikent, Quva, Ajinatepa, Zarafshon vodiysida Afrosiyob,
Varaxsha, Toshkent vohasida Mingo‘rik, Binkat, Tunkat, Banokat, Nukat, Kavardon,
Chochtepa, Xonabodtepa kabi qadimgi qo‘rg‘on va shahar harobalari qad rostlagan.[2]

Rivojlangan o‘rta asrlar davri milodiy IX asrdan XVI asrgacha bo‘lgan tarixiy


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

44

44

davrni o‘z ichiga oladi. Rivojlangan o‘rta asrlar davri mahalliy mustaqil feodal
hokimliklar o‘rnida yagona markazlashgan feodal davlat tashkil topishidan to
temuriylar davlati inqirozigacha davom etadi. Bu davrni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy
jihatdan 2 ta taraqqiyot va 1 ta inqiroz bosqichiga bo‘lish mumkin.

Birinchi taraqqiyot bosqichining xronologik doirasi IX – XIII asr boshlarini o‘z

ichiga oladi. Bu davrda qurilish va me’morchilik sohalari ham yaxshi rivojlangan. Bu
davrda Minorai Kalon, Vobkent minorasi, Ismoil Somoniy maqbarasi,

O‘rta asrlar davri aholisining uylari hovlili, bolahonali va darvozali qilib qurilgan.

Qurilshda xom g‘isht va paxsadan foydalanilgan. Pishgan g‘isht uylarning
poydevorlariga va hovlining sahniga ishlatilgan. Qasr, masjid, madrasa va boshqa
binolar peshtoq ustunli, gumbaz shaklida barpo etilgan.

Me’morchilikda jome masjidlari qurilishiga alohida ahamiyat qaratilgan.

Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Toshkent va boshqa yirik shaharlarda bunday
masjidlar mahobatli qilib qurilgan. Bular jumlasiga Bibixonim va boshqa masjidlarni
kiritish mumkin.

Amir Temur va temuriylar davrida ham qurilish va me’morchilik sohalariga
alohida ahamiyat berilgan

.

Hoja Ahmad Yassaviy maqbarasi, Oqsaroy majmuasi,

Bibi-Xonim jome masjidi, Ulug‘bek rasadxonasi, Samarqand, Buxoro, G‘ijduvon
madrasalari me’morchilikning rivojlanganligidan dalolat beradi.

Temuriylar davrida shaharsozlikda me’moriy an’analar yangi uslublar bilan

boyitildi. Bu davrda shaharlar tarxi to‘rtburchak bo‘lib, mustahkam mudofa devoriga
burj va darvozalarga ega bo‘lgan. Har bir shaharda ark va hisor bo‘lgan. Shahar
markazida usti yopiq savdo gumbazlari bo‘lgan. Barcha masjid, madrasa, xonaqohlar
gumbaz shaklda turli xil naqshlar bilan beztilgan holda bunyod etilgan. Bular jumlasiga
Bibi xonim masjidi, Shohi zinda yodgorligi, Go‘ri Amir ansamblining asosiy qismi,
Shahrisabzdagi Oqsaroy, Jahongir maqbaralarini misol qilishimiz mumkin. Bu
inshootlar Amir Temur davrida qurilgan va hozirgacha saqlanib qolgan inshootlar
hisoblanadi. Temuriylar davrida maqbaralar qurilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu
davrda qurilgan maqbaralar bir xonali va ikki xonali binolardan iborat holatda qurilgan.
Bir xonali maqbaralarning ikkita turi bo‘lib, ularning biri chorvoq ko‘rinishidagi bino
bo‘lib, ularning to‘rt tarafi ham bir xilda quriladi. Ikkinchisi gumbazli va peshtoqli
binolar bo‘lib, ularning kirish qismiga peshtoq quriladi. Ularning go‘rxonalari
ko‘pincha yer ostida bo‘ladi. Ko‘p xonali maqbaralar qozonxona, go‘rxona, masjid,
kitobxona va boshqa xonalardan tashkil topgan.

O‘zbekiston me’morligi juda qadimiyligi, turli-tuman me’moriy yodgorliklari,

yuksak nafosat mujassam bo‘lgan mahobatli asori-atiqalari bilan diqqat e’tiborni
tortadi. Bu zaminning ko‘plab ko‘hna shaharlari o‘zining noyob obidalari bilan
dunyoga tanilgan. Ammo bu tarixiy obidalarni bunyod etish oson bo‘lmadi.
O‘zbekiston me’morligining asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

45

45

an’analari, qonun qoidalari XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi mustamlaka
davrida keskin zarbaga uchradi. Natijada me’morlar ijodi va tashabbusi tamoman inkor
etilgan. Joylardagi yirik qurilish ishlariga chek qo‘yildi. Oqibatta tajribali xalq
me’morlari oddiy quruvchi, hatto mardikor darajasiga tushib qoldi.

Xalq meʼmorligi ikkinchi keskin zarbaga Sovet tuzumi davrida uchradi.

Meʼmorlik davlat monopoliyasiga uchragani uchun meʼmorlar ijodi va tashabbusi
tamoman inkor etilgani natijasida joylardagi yirik qurilishlar, ayniqsa, shaxsiy
binokorlik cheklab qoʻyildi, oqibatda tajribali xalq meʼmorlari oddiy quruvchi, hatto
mardikor darajasiga tushib qoldi. Meʼmorlik ijodi Moskva normativlari asosida
bajarilishi milliy meʼmorlikni soʻndirib qoʻydi. “Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik
arxitektura” shiori XX asrning 2-yarmidan boshlab baʼzi ijodiy izlanishlarga yoʻl ochdi
(Alisher Navoiy teatri, Muqimiy teatri binolari kabi). Oʻsha davrda yaratilgan diqqatga
sazovor binolarda xalq ustalari ishtiroki bilan ijobiy natijalarga erishildi. [3]

Istiqlol yillarida O‘zbekiston me’morchiligi sohasining yanada rivojlanishi uchun

yangi qadam bo‘ldi. Me’morlik ravnaqi uchun keng ijod ufqi ochildi. Maxsus o‘quv
yurti ochilib, rasman haykaltarosh, ganjgor, naqqosh kabi mutaxasislar
tayyorlanmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston hukumatining sayi-harakati bilan yurtimizda o‘rta

asrlar davri me’morchiligini tiklash ishi jadal rivojlanmoqda. Jumladan, Prezident
Sh.Mirziyoyevning tashabbusi bilan Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali
bo‘yida, 212 gektar maydonni egallagan “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm
markazining barpo etilganligi fikrimizning dalilidir [4].

Hozirgi davr me’morchilik uslublari o‘rta asrlar me’morchilik uslublaridan

murakkabligi va zamonaviyligi bilan ajralib turadi. O‘rta asrlar davrida barcha binolar
naqshinkor qilib gumbaz shaklda qurilgan bo‘lib, xalqimizning milliy iftixoriga
aylangan. Ular umumjahon madaniyatining durdonalaridan biri hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shavkat Mirziyoyev “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz”. 1-jild. Samarqand T., 2017 .B.29.
2. Utayeva F.X. О’rta Osiyoning qadimgi va o‘rta asrlar urbanizatsiyasi. Darslik. –
Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona, 2021. – 188 b.]
3. Meʼmorlik //

https://uz.wikipedia.org/wiki/Me%CA%BCmorlik

[Murojaat qilingan

sana: 25.03.2025]
4.

Xalqaro

turizm

markazi

Samarqandning

yangi

sayqali

//

https://president.uz/oz/lists/view/5455

[Murojaat qilingan sana: 30.03.2025]

5. HISTORY OF THE MITANNI STATE. (2025). Western European Journal of
Linguistics

and

Education,

3(03),

52-54.

https://westerneuropeanstudies.com/index.php/2/article/view/2178


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

46

46

6. Акбаров, Р. (2023). Вопрос электрификации Узбекистана в годы Второй
мировой войны (по данным узбекской национальной прессы). Актуальные
проблемы

истории

Узбекистана,

1(1),

443–455.

извлечено

от

https://inlibrary.uz/index.php/history-of-uzbekistan/article/view/16527

7. Akbarov Rahmatillo. (2023). Coverage of issues related to social life in the uzbek
national press during the second World war. International Scientific and Current
Research

Conferences,

1(01),

47–52.

Retrieved

from

https://orientalpublication.com/index.php/iscrc/article/view/1003

References

Shavkat Mirziyoyev “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz”. 1-jild. Samarqand T., 2017 .B.29.

Utayeva F.X. О’rta Osiyoning qadimgi va o‘rta asrlar urbanizatsiyasi. Darslik. – Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona, 2021. – 188 b.]

Meʼmorlik // https://uz.wikipedia.org/wiki/Me%CA%BCmorlik [Murojaat qilingan sana: 25.03.2025]

Xalqaro turizm markazi – Samarqandning yangi sayqali // https://president.uz/oz/lists/view/5455 [Murojaat qilingan sana: 30.03.2025]

HISTORY OF THE MITANNI STATE. (2025). Western European Journal of Linguistics and Education, 3(03), 52-54. https://westerneuropeanstudies.com/index.php/2/article/view/2178

Акбаров, Р. (2023). Вопрос электрификации Узбекистана в годы Второй мировой войны (по данным узбекской национальной прессы). Актуальные проблемы истории Узбекистана, 1(1), 443–455. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-of-uzbekistan/article/view/16527

Akbarov Rahmatillo. (2023). Coverage of issues related to social life in the uzbek national press during the second World war. International Scientific and Current Research Conferences, 1(01), 47–52. Retrieved from https://orientalpublication.com/index.php/iscrc/article/view/1003