Authors

  • Mirzayeva Ziyodaxon Abduvohid qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93468

Keywords:

Kalit so‘zlar: flotareagentlar regulyatorlar gidrofob cho'kish boyitish ko'pik absorbsiya adsorbsiya ruda pulpa zarracha appatit suyuqlik bug'latish xom-ashyo gidrofil mineral.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada  flotatsiya jarayoni va uni asosan, minerallarni qayta ishlashda, suv tozalashda va kimyoviy ishlab chiqarishda qo’llanilishi, ajratish mexanizmlari, flotatsion reagentlar, jarayonning afzalliklar , kamchiliklari ularni, o'rganish jarayonlari va Olamaliq kon metallurgiyasidagi flotatsiya usulda boyitish jarayonlari haqida so’z boradi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

13

13

FLOTATSIYA JARAYONINING KIMYO SANOATIDAGI AHAMIYATI

Mirzayeva Ziyodaxon Abduvohid qizi

Namangan Davlat Pedagogika instituti

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo'nalishi 3- bosqich

Tel: +998931551205

E-mail:

mirzayevaziyoda691@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada flotatsiya jarayoni va uni asosan, minerallarni

qayta ishlashda, suv tozalashda va kimyoviy ishlab chiqarishda qo’llanilishi, ajratish
mexanizmlari, flotatsion reagentlar, jarayonning afzalliklar , kamchiliklari ularni,
o'rganish jarayonlari va Olamaliq kon metallurgiyasidagi flotatsiya usulda boyitish
jarayonlari haqida so’z boradi.

Аннотация:

В данной статье рассказывается о процессе флотации и его

применении главным образом при переработке полезных ископаемых, очистке
воды и химическом производстве, механизмах разделения, флотореагентах,
преимуществах и недостатках процесса, процессах исследования и процессах
флотационного обогащения в мировой горнодобывающей металлургии.

Abstract:

This article discusses the flotation process and its applications, mainly

in mineral processing, water treatment, and chemical production, separation
mechanisms, flotation reagents, advantages and disadvantages of the process, their
study processes, and flotation enrichment processes in the Olamalyk mining
metallurgy.

Kalit so‘zlar:

flotareagentlar, regulyatorlar, gidrofob, cho'kish, boyitish, ko'pik,

absorbsiya, adsorbsiya, ruda, pulpa, zarracha, appatit, suyuqlik, bug'latish, xom-ashyo,
gidrofil, mineral.

Ключевые

слова:

флотореагенты,

регуляторы,

гидрофобные,

седиментация, обогащение, пена, абсорбция, адсорбция, руда, пульпа, частицы,
апатит, жидкость, испарение, сырье, гидрофильные, минеральные.

Keywords:

flotation agents, regulators, hydrophobic, sedimentation, enrichment,

foam, absorption, adsorption, ore, pulp, particle, apatite, liquid, evaporation, raw
material, hydrophilic, mineral.


Bugungi kunda flotatsion jarayon eng keng tarqalgan boyitish usuli bo'lib, asosan

quyidagi sohalarda keng tarqalgan:

1.

Mineralni qayta ishlash: Flotatsiya jarayoni mineral konlarini boyitish

uchun keng qo‘llaniladi. Xususan, mis, oltingugurt, rux, qizil temir rudalarini ajratish
va boyitishda foydalaniladi.

2.

Kimyo sanoati: Flotatsiya jarayoni, shu jumladan, suyuqliklarni ajratish,

turli moddalarning tozalash jarayonlarida ham ishlatiladi. Bunda, masalan, neftni qayta
ishlashda yoki kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda flotatsiya orqali aralashmalar
ajratiladi.

3.

Atrof-muhitni muhofaza qilish: Suvni tozalash va chiqindilarni qayta

ishlash jarayonlarida flotatsiya yordamida zararli moddalar va suyuqlikdagi kirlarni
ajratib olish mumkin.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

14

14

4.

Qayta ishlash sanoati: Misol uchun, elektr qurilmalari, avtomobillar va

boshqa mahsulotlarni qayta ishlashda materiallarni ajratishda flotatsiya jarayoni
qo‘llaniladi.

Bu jarayon, shuningdek, ozuqa sanoatida, suv tozalash tizimlarida va ba'zi boshqa

sohalarda ham qo‘llanilishi mumkin. Bu sohalar kimyo sanoatining eng asosiy ishlab
chiqarish sohasi hisoblanadi. Shu sababdan ham flotatsion boyitish usulllarini
o’rganish uni sanoatda qo’llanish qamrovlari, usullari, kamchiliklarini o’rganish
dolzarb masalalardan biridir.

Flotatsiya jarayoni — bu minerallarni yoki boshqa suyuqliklarda yotgan

materiallarni ajratib olishda qo‘llaniladigan fizik-kimyoviy jarayonlardan biridir. Bu
jarayon, asosan, minerallarni qayta ishlashda, suv tozalashda va kimyoviy ishlab
chiqarishda ishlatiladi. Flotatsiya, suyuqlikdagi zarrachalar va ularning yuzasidagi
maxsus kimyoviy moddalarning o'zaro ta'siri orqali ajralishni ta'minlaydi. Bu
jarayonda, minerallar yoki materiallar o'zining yuzasiga qo‘shilgan flotatsion
reagentlar yordamida suyuqlikning ustki qatlamiga ko‘tariladi va ajratish uchun
maxsus qurilmalarda yig‘iladi.

Flotatsion boyitish. (Flotatsiya inglizcha flotation so‘zidan olingan bo‘lib, qalqib

chiqish degan ma’noni anglatadi. Bu usul keng tarqalgan bo‘lib, unda polimetall
sulfidli moddalar boyitiladi. Appatitlar nefelindan ajratiladi, oltingugurtli rudalardan
konsentraktlar olinadi, toshko‘mir va ko'pgina tuzlar boyitiladi. Bu usulda xomashyo
tarkibidagi mayda zarrachalaming suvda ho‘llanish darajasi har xilligidan
foydalaniladi. Materialarning ho‘llanish darajasi — bu qattiq zarracha, suyuqlik va
havo chegarasida hosil bo'luvchi ho‘llanishning chekka burchagi kattaligi hisoblanadi.
Suv ho'llanmaydigan (gidrofob) zarracha bilan o‘tmas chekka burchak hosil qiladi. Sirt
taranglik kuchi suyuqlik sathini tenglashtirishga intiladi, natijada gidrofob zarracha
suyuqlikdan itarilib yuzaga qalqib chiqadi. Gidrofil zarrachalar esa, suyuqlik ostiga
tushadi.

Bu hodisa mineral zichligiga bog‘liq emas, ko'pchilik hollarda og‘ir gidrofob

zarrachalar yuzaga qalqib chiqadi, yengillari esa cho‘kadi. Zarrachaning o'lchami
qanchalik kichik bo'lsa, ho'llanish kuchliroq bo'ladi. Pulpa orqali havoning mayda
pufakchalari puflansa, o‘zi bilan birga gidrofob zarrachalarini ham olib yuzaga qalqib
chiqadi. Qattiq zarrachaning ho'llanmaslik darajasi va ho‘llanish chekka burchagi
qanchalik katta bo‘lsa, uning havo pufakchasiga yopishish va yuzaga qalqib chiqish
ehtimoli shunchalik katta bo‘ladi. Natijada suyuqlik yuzasida gidrofob material
zarrachalarini olib chiqqan ko'pikchalar qavati hosil bo'ladi. Uni osongina ajratib olish
mumkin. Yaxshi ho‘llanadigan zarrachalar asta-sekin suyuqlik ostiga cho‘kib
to'planadi. Tabiiy minerallar ho‘llanish darajasi bilan bir-biridan kam farq qiladi.

Flotareagentlar: ko'pik hosil qiluvchilar, yig'gichlar va to'g'rilagichlar

(regulyatorlarga) bo'linadi.

Ko'pik

hosil

qiluvchilar

Yig'gichlar

Regulyatorlar


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

15

15

Xossasi

Organik sirti aktiv
ko'pikning

tashqi

qavatida

adsorbsion

parda

hosil

qiladi

hamda

ko'pikning

barqarorligini,
mustahkamligini
oshiradi.

Organik

moddalar

bo'lib,

molekulasi

qutbsiz
(uglevodorodli)

va

qutbli

(karboksil,

gidroksil,

amin

va

boshqa)

qismlardan

tuzilgan bo'ladi.

To'g'rilovchi,
reagentlaming tanlab
ta’sir etish xossasini
oshirish uchun xizmat
qiladi.

Ishlatilishi

1.qarag'ay

moyi,

yog'och qora moyi
(qatroni,

toshko'mir

smolasining

ba’zi

ftaksiyalari, 2.OH—
guruh

saqlovchi

moddalar

(yuqori

alifatik

spirtlar,

fenollar, krezollar)

1.sulfidli

rudalar

uchun kisantogenotlar
va

ditiofosfatlar,

2.ishqoriyyer
elementlari

tuzlarini

old metall oksidlarini
(Sn02, Fe203,Mn02)
saqlovchi minerallar
(appatit (Ca3(P04)2-
CaF2),

flyurit

(NaAlF6),

barit

(BaS04) ishlatiladi.

1. pH regulyatorlari -
Flotatsiya jarayonida
pH

darajasini

boshqarish

uchun

ishlatiladi.

Bu

moddalar,

odatda,

kislota yoki asosiy
xususiyatlarga

ega

bo'lib,

mineralning

yuzasining

elektr

zaryadini o'zgartiradi.
Misol uchun, kalsiy
ohaktoshi (Ca(OH)₂)
yoki sulfur kislotasi
(H₂SO₄)

pH

ni

boshqarish

uchun

ishlatiladi.
2. Kumush va temir
o'rnini
bosuvchilar.CaCl2

Flotareagent sarfi katta bo'lmaydi. Bir tonna jinsga 100 grammgacha flotareagent

sarflanadi xolos[1].

Boyitishning flatatsiyali usuli. Bu usul moddalaming gidrofob va gidrofil

xossalari asosiga bog'liq ishlaydi. Gidrofob moddalar namlanishga moyil emasligidan
suv yuzasida, gidrofil moddalar esa cho'kishga moyil bo'ladi. Natijada turli xossali
moddalami ajratib olish mumkin. Bu usul turli xil bichimdagi qurilmalarda bajariladi.
Bu usulda zarrachalami cho'ktiruvchi, ya’ni flotoreagent deb ataladi. Suyuq xom
ashyolami bug‘latish yo'li bilan foydali fraksiyasi konsentratsiyasi oshiriladi. Masalan,
eritmalaming suvi bug'latilib, tuzlar, ishqorlar va konsentrlangan kislota va boshqalar
olinadi. Ayrim hollarda muzlatish usullari ham qo'llaniladi. Gaz holidagi moddalardan
foydalisini ajratish uchun ulami sovitish va siqish yo'li bilan suyultiriladi. Bu usul
gazlarning suyulish haroratiga asoslangan. Bunda suyultirib asta bug'latib ajratib olish
ham mumkin. Ba’zi hollarda gazlami suyuqlikka yutqazib (absorbsiya) yoki qattiq
moddalarga yutqazib (adsorbsiya), so'ngra ulardan bug'latish yo'li bilan ajratib
olinadi[2].

Boyitish fabrikasida foydali qazilma bir qator qayta ishlash jarayonlaridan o‘tib,

ularning texnologik tsikldagi vazifalariga qarab tayyorlash, boyitish va yordamchi
jarayonlarga bo‘lish mumkin. Tayyorlash jarayonlariga maydalash, yanchish, elashl
hamda klassifikatsiya jarayonlari kiradi va ularda mineral zarrachalarning yuzasi


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

16

16

ochiladi, foydali qazilmani boyitish muvaffiqiyatli o‘tishi uchun lozim bo‘lgan
yiriklikdagi sinflarga ajratiladi. Boyitish jarayonlariga foydali qazilmani boyitma va
chiqindiga ajratishga imkon beruvchi minerallarni ajratish jarayonlari kiradi[3].


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

17

17

1-o‘zi to‘nkariladigan vagon; 2-qabul qiluvchi bunker; 3-plastinkasimon

ta’minlagich; 4-panjarali g‘alvir; 5-yirik maydalash uchun konusli maydalagich; 6

va 9-vibratsion g‘alvirlar; 7-o‘rta maydalash uchun konusli maydalagich; 8 va 11-

tasmali konveyer; 10-mayda maydalash uchun konusli maydalagich; 12-bo‘shatuvchi

aravachali tasmali konveyer; 13-maydalangan ruda bunkeri; 14-maydalangan ruda

ta’minlagichlari; 15- va 16-yig‘ma tasmali konveyerlar; 17-qiya lentali konveyer;

18-konveyer tarozlari; 19-sharli tegirmon; 20-spiralli klassifikator; 21,25,34,35-qum

nasoslari; 22 va 26-bo‘tana bo‘luvchilar; 23 va 24-flotatsiya mashinalari; 27-

barabanli vakuum-filtr; 28-barabanli quritgich; 29-batareyali tsiklonlar; 30-elektr

filtr; 31-ko‘pikli chang ushlagich; 32-tutun so‘ruvchi; 33-quyultirgich.



Yordamchi jarayonlarga boyitmani suvsizlantirish va chiqindilarni maydoniga

to‘plash jarayonlari kirib, ularda boyitmaning namligi belgilangan chegaragacha
kamaytiriladi, fabrika oqava suvlarini tabiiy suv xavzalariga tashlashda yoki fabrikada
qaytadan ishlatishdan oldin tozalanadi[3].

Har bir jarayonda bo'lgani kabi flotatsiya jarayonida ham afzalliklari va

kamchiliklari bor. Ular quydagilar: Flotatsiya afzalliklari quyidagilar: Yuqori ajratish
samaradorligi, tahlil va ajratish osonligi, energiya sarfi kam, keng qo'llanilishi,
zararsizlantirish imkoniyati. Shu sababli flotatsiya jarayoni tog'-kon sanoatida muhim
o'rin tutadi. Biroq, bu jarayonning ham kamchiliklari mavjud: Konsentratsiyaning
pastligi, kimyoviy moddalar va zaharli moddalar, energiya sarfi, qattiq moddalar bilan
ifloslanish, yuqori xarajatlar, reagentlar va mineral o'zaro ta'siri flotatsiya jarayonining


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

18

18

kamchiligi sifatida qarash mumkin.


Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan Oʻzbekiston taraqqiyoti uchun

alohida ahamiyatga ega «Yoshlik-I konini oʻzlashtirish» investitsiyaviy loyihasi
doirasida yangi 3-sonli Mis boyitish fabrikasini qurish ishlari bugungi kunda jadal
sur’atlarda amalga oshirilmoqda. E’tiborlisi, yangi Mis boyitish fabrikasi texnologiyasi
toʻliq zamonaviy uskunalar yordamida avtomatlashtirilgan boʻladi. Bu texnologik
ishlab chiqarish jarayonida inson omilini kamaytirib, mahsulot sifatini yaxshilaydi va
mehnat unumdorligini oshiradi. Ma’danlarni boyitishga tayyorlash jarayoni Maydalash
sexidan boshlanadi, maydalangan va sinflarga ajratilgan ma’danning 60 mm dan kichik
boʻlgan sinflari Mayda-maydalash boʻlimida 6 mm va undan kichik holatga keltiriladi.
Soʻngra suvli gʻalvirlash jarayoniga yuboriladi. Maydalash jarayonidan oʻtgan
ma’danlar Yanchish va flotatsiyalash sexiga yuboriladi. Sexning Yanchish va
gravitatsiyali boyitish uchastkasida sharli tegirmonlar yordamida yanchiladi va
“Intertech” firmasi tomonidan oʻrnatilayotgan Falcon gravitatsion dastgohi yordamida
boyitish jarayoni amalga oshiriladi. Falcon gravitatsion dastgohining vazifasi
ma’danning tarkibida flotatsiya yoʻli bilan ajratib olinishi ilojisi boʻlmagan
qimmatbaho elementlarni gravitatsiya usuli orqali ajratib oladi. Gidrosiklonga
yuborilgan mahsulot quyilma va qumga ajraladi, gidrosiklon quyilmasi flotatsiyaga
yuboriladi, qumi esa sharli tegirmonga tushadi hamda 0.074 mm oʻlchamgacha
yanchiladi. Asosiy boyitish jarayoni Flotatsiyalash uchastkasida amalga oshiriladi.
Oʻrni kelganda aytib oʻtish kerakki rudani boyitish 3 bosqichda amalga oshiriladi,
bular tayyorlash, asosiy boyitish va yordamchi jarayonlardir, flotatsiya jarayoni bunda
asosiysidir. Dastlab 6 ta boʻlimlardagi kontaktli chanda ya’ni maxsus uskunada
boʻtanaga reagentlar qoʻshiladi va arashtiriladi. 2 bosqichli flotatsiyadan oʻtadigan
mahsulot har bir boʻlimdagi BISSERLI vertikal tegirmonlarda yanada yanchilib
mayinlashtiriladi, bu esa boyitmaning yuzasini ochib beradi va rangli va qimmatbaho
metallarni ajratib olish samaradorligini oshiradi. Flotatsiya jarayonida boʻtana boyitma
va chiqindiga ajratiladi. Navbatdagi bosqich esa qoʻyiltirgichlarda davom etadi.
Boʻlinma hajmi 300 metr kubli 54 ta va 50 metr kubli boʻlgan 60 ta flotomashina, 36ta
20metr kubli flotomashina va 6 ta BISSERLI vertikal tegirmonlar bilan jihozlanadi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

19

19

Uning maydoni 28 000 m² dan iborat boʻlib, mazkur boʻlinma ishga tushirilishi
natijasida umumiy 165 nafar muhandis va texnik xodimlar uchun ish oʻrni yaratiladi.
Bugungi kunda Flotatsiya uchastkasida beton ishlari 70%ga bajarilgan va
Finlyandiyaning “METSO OUTOTEC” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan
flotatsiyalash qurilmalarining jami 6 ta boʻlimidan 2 tasining montaj ishlari
yakunlanish arafasida. OKMK tarkibidagi boshqa fabrikalar bilan solishtiradigan
boʻlsak flotatsiyalash boʻlinmasida bir qator afzalliklar mavjud. Boisi bu yerdagi
barcha uskunalar joriy fabrikalardan hajm jihatidan ustunlikka ega. Ya’ni, boʻlinmada
uch barobar koʻproq ma’dan boyitiladi. Buning ortidan energiya tejamkorligiga ham
erishiladi. Kombinatning istiqbolli korxonalaridan biri boʻlishi kutilayotgan yangi
obyekt Mis ma’danlarini kompleks ravishda boyitishning eng ilgʻor texnologiyalari
qoʻllanishi koʻzda tutilayotgan 3-MBF MDH davlatlari ichida yagona va betakror
boʻlishi shubhasiz[4].

Xulosa.

Flotatsiya jarayoni minerallarni ajratish va tozalashda juda muhim va

samarali usuldir. Bu jarayon ko‘plab sanoat tarmoqlarida keng qo‘llaniladi va mineral
resurslarni qayta ishlashda muhim ahamiyatga ega. Har bir flotatsiya jarayoni turli
turdagi mineralni ajratishda o‘ziga xos usul va reagentlarni qo‘llashni talab qiladi, bu
esa jarayonni yanada samarali va iqtisodiy jihatdan foydali qiladi. Yurtimizda
metallurgiya sohasida boyitish jarayonlarida katta ahamiyatiga ega. Hozirigi kunda
ko'plab sanoat zonalarida o'zini natijasini bermoqda. Tog'-kon sanoatida rudalarini
boyitishda energiya tejamkorligiga erishildi. Bu ham sanoat rivojida katta ahamiyatga
ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Kattayev. N " Kimyoviy texnologiya" Toshkent-2008 32-33

2.

Q.G'afurov "Kimyoviy texnologiyaning nazariy asoslari" Toshkent-2007 222-223

3.

G.Q.Salijanova "Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash asoslari" Toshkent-
2018 9-10

4.

"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati " aksiyadorlik jamiyati - 2015

References

Kattayev. N " Kimyoviy texnologiya" Toshkent-2008 32-33

Q.G'afurov "Kimyoviy texnologiyaning nazariy asoslari" Toshkent-2007 222-223

G.Q.Salijanova "Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash asoslari" Toshkent-2018 9-10

"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati " aksiyadorlik jamiyati - 2015