JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
6
6
KREDIT SIYOSATINING KICHIK BIZNES RIVOJIGA TA’SIRI VA
MOLIYALASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
IMKONIYATLARI
Bozorov Sherzod Uzoqboyevich
Tangatov Bobir Qulmatovich
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistranti
Anotatsiya:
Ushbu maqolada kichik biznesni moliyalashtirish muammolari
ko'rib chiqiladi: bankning kredit siyosati va unga qo’yiladigan talablar, tijorat
banklarining
kredit
siyosati
mezonlari,
ularning
siyosatida
kreditlarning
daromadliligini oshirish Kichik biznesni kreditlashni qo'llab-quvvatlash bo'yicha
tavsifi berilgan. Kichik biznesni moliyalashtirish muammolarini hal etish bo'yicha ham
ayrim chora-tadbirlar taklif etilmoqda.
Kalit so’zlar:
kredit siyosati, kredit portfeli, kredit faoliyatini maqsadi, kredit
siyosatining zarurligi, kredit kafolati, foiz stavkalari, imtiyozli kredit, moliyaviy
resurslar, kredit ta’minoti.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются проблемы финансирования
малого бизнеса: кредитная политика банка и ее требования, критерии кредитной
политики коммерческих банков, повышение доходности кредитов в их политике,
а также дана характеристика поддержки кредитования малого бизнеса.
Предлагаются некоторые меры по решению проблем финансирования малого
бизнеса.
Ключевые слова:
кредитная политика, кредитный портфель, цель
кредитной деятельности, необходимость кредитной политики, кредитная
гарантия, процентные ставки, льготный кредит, финансовые ресурсы, кредитное
обеспечение.
Abstract:
This article examines the problems of financing small businesses: the
bank's credit policy and requirements for it, the criteria for the credit policy of
commercial banks, their policies to increase the profitability of loans, and a description
of their policies to support small business lending. Some measures are also proposed
to solve the problems of financing small businesses.
Keywords:
credit policy, credit portfolio, purpose of credit activity, necessity of
credit policy, credit guarantee, interest rates, preferential credit, financial resources,
credit provision.
Mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishini yanada yuqori bosqichga olib
chiqishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o’rni
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
7
7
tobora mustahkamlanib borayotganining o’zi iqtisodiyotimiz tarkibida bo’layotgan
ijobiy o’zgarishlardan dalolat beradi.
1
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sohasi rivojlanishini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, shu jumladan,
bankning kredit siyosatini kichik biznes rivojiga ta’siri, biznes yuritish bilan bog’liq
barcha jarayonlarni yanada liberallashtirish, soddalashtirish va arzonlashtirish, kichik
biznes subyektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar muhim rol o’ynamoqda
2
. Kichik biznes korxonalarining moliyaviy
barqarorligini oshirish borasida tijorat banklarning kredit siyoyosati ma’lum o’rin
egalaydi.
Kreditlash bank ishining o’zagi bo’lib, uning sifatiga qarab bankning faoliyati
to’g’risida xulosa chiqarishi mumkin. Bankni kredit siyosati- kreditlash jarayonida
yuzaga keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul
qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati bilan
xodimlarini kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko’rsatmalar bilan
ta’minlovchi hujjatdir. “Kredit siyosati” hujjati kreditlarni boshqarish jarayonini
poydevorini tashkil qiladi. Tijorat banki tomonidan ishlab chiqilgan va yozma ravishda
qayd etilgan “Kredit siyosati” kreditlarni oqilona boshqarishni yo’llaridan biri
hisoblanadi. Ushbu hujjat bankni kreditlashtirish faoliyatining andozalari va
parametrlarini belgilab beradi. Ushbu belgilangan standardlar va parapetrlarda kredit
berish, qarzlarni hujjatlashtirish bo’yicha ma’suliyatli bo’lgan bank xodimlari
qo’llanma sifatida foydalanishlari lozim
Tijorat banklarini kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib borishni asosi
bo’lib, bu siyosat bank xodimlarini kredit berish, bankni kredit portfelini boshqarish
bilan bog’liq, obyektiv standardlarni, mezonlarni belgilab beradi. Bankni kredit
siyosati bankning hamma xodimlari-kichik xodimdan to bank boshqaruvi raisigacha
bir xil bo’lishi lozim. Shuning uchun ham, kredit siyosatini oldindan belgilab olingan
qoida va yechimlar to’plami deyiladi. Kredit siyosati malakali tuzilib, bank rahbaridan
tortib operatorgacha barcha darajalarda me’yorida amalga oshirilsa, bu bank
rahbariyatiga to’g’ri qarorlar chiqarish, ortiqcha risklardan xalos bo’lish, bank
kreditlarini to’g’ri baholash imkoniyatini beradi.
Har qanday tijorat bankining kredit siyosatini asosiy maqsadi quyidagilardan
iborat: kredit oqimlari hajmining o’sishini ta’minlash, riski yuqori bo’lgan
operatsiyalarni odilona diversifikatsiyasini, o’rtava uzoq muddatli kredit qo’yilmalar
hajmining ko’paytirilishini va ularning samaradorligini ta’minlashga yo’naltirilgan
bo’ladi. Kredit siyosati bankning o’ziga xos ”kredit manbai” ni yaratadi va u bank
faoliyati yomonlashganda hamda kredit vakolatlari va majburiyatlari o’zgarganda
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank
tizimini isloh qilish strategiyasi” to‘g‘risidagi 12.05.2020 yildagi PF-5992 sonli Farmoni
2
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: “O‘zbekiston”
NMIU, 2017. - 488 b
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
8
8
bankning huquqni saqlab qolish uchun katta ahamiyat kasb etadi
3
. Qat'iy kredit siyosati
asosida berilgan bank umumiy kreditlash faoliyatining rivojlanishi va kreditlarning
samaraki ishlatilishi uchun zamin yaratadi. Kredit siyosatida bank tomonidan berilgan
kreditlar toifasi va turlarini aniqlash va belgilashlari lozim. Masalan, kreditlash sohalari
bo’yicha tijorat faoliyati, sanoat, qishloq xo’jaligi, kapital qo’yilganlarini
moliyalashtirish va boshqa tarmoqlarga kredit berish, kredit turlari bo’yicha: “kredit
liniyalarini ochib va ochmay” kreditlash yoki kreditlashning boshqa usulini qo’llashni
belgilab berishi mumkin. Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari bo’yicha
“to’lovsizlik” tushunchasining aniq ifodalanishi, foizlarni o’stirmaslik mezonlari,
shuningdek, bank boshqaruvi va Kengashini tegishli hisobotlariga nisbatan talablarni
o’z ichiga olishlari lozim. Kredit siyosatiga qarzlarni qaytarishga doir izchil,
bosqichma-bosqich chora-tadbirlar ko’rilishini talab qilish kerak. Rahbariyat Markaziy
bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish
tadbirlarini ishlab chiqishi lozim.
Kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lozim, kredit
xodimlari portfelidagi barcha ma’lum bo’lgan salbiy o’zgarishlar to’g’risida
rahbariyatni xabardor qilishi lozim. Qarzdor yoki garovchining ahvoli yomonlashishini
oldindan aniqlash ehtimoliy yo’qotishlarni kamaytirish uchun juda muhimdir. Tijorat
banklarini kredit siyosatida kreditlarning daromadliligini oshirish va ularning risk
darajasini boshqarishni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Kreditlarning
daromadliligini oshirishi va ularning risk darajasini boshqarishni takomillashtirishga
alohida e’tibor qaratiladi. Kreditlarning daromadliligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar va
ularni prognoz darajalari kredit siyosatida aniq ko’rsatilishi kerak. Tijorat banklari
kreditlarning daromadliligini baholashda quyidagi ko’rsatkichlaedan foydalaniladi:
1.Har bir so’mlik kredit qo’yilmasiga to’g’ri keladigan daromad darajasi.
Ushbu ko’rsatkichni hisoblash uchun kreditlardan olingan foizli daromadlar
summasi kredit qo’yilmalari summasiga bo’linadi va olingan natija 100 foizga
ko’paytiriladi. Shunisi xarakterliki, ushbu ko’rsatkichning me’yoriy darajasi mavjud
emasligi. Shu sabali, uni baholash uchun moliyaviy tahlilning qiyosiy usukidan
foydalaniladi
4
.
2. Tijorat banklari kredit qo’yilmalarining o’sish sur’ati bilan kreditlardan olingan
foizli daromadlarning o’sish sur’ati o’rtasidagi mutanosiblik ko’rsatkichi. Mazkur
ko’rsatkichdan foydalangan holda, tijorat banklari kredit qo’yilmalarining o’sish
sur’ati bilan kreditlardan olingan foizli daromadlarning o’sish sur’ati o’rtasidagi
mutanosiblikni mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash uchun kredit
3
R.Toymuhamedov, R.R.Tojiyev, A.A.Azlarova, N.R.Bazarova, N.G‘.Sattorova.Pul va banklar.Darslik. –
T.:«Innovatsion rivojlanish nashriyot –matbaa uyi», 2021 yil, 408b r.
4
Niyazov Z. D., Maxsudov O.Sh. Investment attractiveness of the enterprise, as well as factors
influencing its development in the economy of Uzbekistan./ Iqtisodiyot,moliya va innovasiyalar xalqaro ilmiy
jurnali,dekabr 29, 2023 1(4) son, (47-55 betlar)
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
9
9
qo’yilmalarining o’sish sur’ati bilan kreditlardan olingan foizli daromadlarning o’sish
sur’ati har biri tahlil davri uchun taqqoslanadi.
3. Kreditlardan olingan foizli daromadlarni tijorat banki yalpi daromadi
hajmidagi salmog’ini o’zgarishi. Kreditlar tijorat banklari aktivlarining umumiy
hajmida eng yuqori salmoqni egallaydi. Shu sababli, kreditlardan olingan foizli
daromadlarni tijorat banki yalpi daromadi hajmidagi salmog’i ham yuqori bo’lishi
lozim.
Kichik biznes korxonalari faoliyatining dastlabki bosqichlarida moliyaviy
resurslarga ehtiyoji yuqori bo’lmasa-da, ular rivojlanib faoliyatini kengaytirib borishi
davomida ularda aylanma mablag’larni ko’paytirish, yangi texnika va texnologiyalarni
joriy etish uchun investisiya resurslariga talab yuzaga keladi. Iqtisodiy hamkorlik va
rivojlanish tashkiloti mutaxassislari tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra
yangi tashkil etilgan yoki yaqinda faoliyat yuritishni boshlagan tadbirkorlik
subyektlarida bank kreditlariga muqobil ravishda moliyaviy mablag’lar jalb qilish
manbalari cheklangan degan fikrni bildirgan. Ushbu davlatlarda kafolatlash tizimini
joriy etish va ular faoliyatini samarali faoliyat yuritishini ta’minlashda mulk huquqini
tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish lozim. Moliya
bozorining
samarali
faoliyat
yuritishi
omillaridan
biri
bozorni
yanada
liberalizasiyalash hisoblanadi. Kreditlar foiz stavkalarini subsidiyalash va to’g’ridan-
to’g’ri kreditlash shaklidagi davlat aralashuvi raqobat muhiti shakllanishi va kreditlar
taqsimlanishiga ta’sir o’tkazadi. Ushbu chora-tadbirlar iqtisodiyotning ma’lum
tarmoqlari korxonalari uchun mo’ljallangan bo’lib, ushbu tarmoqni rivojlantirish
nazarda tutilgan. Ayrim xo’jalik subyektlarini qisqa muddat qo’llab quvvatlash
bozordagi raqobat muhitiga salbiy ta’sir o’tkazadi degan xulosa qilingan. Kichik biznes
subyektlari tomonidan qo’shimcha moliyaviy mablag’lar jalb etishda asosiy manba
tijorat banklari kreditlari hisoblanmoqda.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznesga ajratilgan kreditlari ularning jami
kredit portfelidagi va asosiy kapitalga investisiyalardagi ulushi o’sib borgan.
Bank muasassalaridan kredit olishida garov ta’minotining yetishmasligi yoki
yo’qligi dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Kredit tashkilotlarining kichik tadbirkorlik
subyektlariga moliyaviy mablag’lar taqdim yetmasligining asosiy sabablaridan biri va
shuning barobarida uni olish masalasi kichik tadbirkorlik subyektining taqdim etilgan
kreditni o’z vaqtida qaytara olmasligi bilan bog’liq. Garov ta’minotining yo’qligi, shu
bilan birga tijorat muassasalaridan kredit ololmaslik aholining tadbirkorlik faolligini
pasaytiradi, kichik ishlab chiqarish korxonalarining rivojlanishini rag’batlantirmaydi.
Shuningdek, kichik biznes subyektlari kredit olishdagi muammolari ichki va tashqi
muammolarga bo’linadi
5
.
5
Karimova A.M., Maxsudov O.Sh. Assessment of the Current State of the Market and Procedure For
Lending to Subjects of Tourism Services of the Republic of Uzbekistan / Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot
jurnali,2023-yil, oktyabr,10 son, (79-83 betlar)
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
10
10
Kredit olishdagi tashqi muammolar:
moliya institutlari tomonidan kichik biznes subyektlariga ajratiladigan kreditlar
bo’yicha foiz stavkalari yuqoriligi. Yuqori foiz stavkalari kichik biznesni kreditlash
yuqori risk darajasiga egaligi bilan izohlanadi.
kreditni so’ndirish muddati qisqaligi;
kredit olish jarayoni murakkabligi, uzoq muddatligi va boshqalar. Kredit olishni
qiyinlashtiradigan ichki muammolar:
kichik biznes uchun taklif qilinayotgan kreditlar cheklanganligi, kichik biznes
subyektlarini kreditlashda raqobat bozori mavjud emasligi;
faoliyatining miqyosi kichikligi, uning holatini baholash qiyinligi;
kredit olish uchun biznes-reja tayyorlash sifati;
kredit tarixi mavjud emasligi va boshqalar.
Moliya bozori rivojlangan mamlakatlar amaliyotida kredit tashkilotlari
mablag’lari kichik biznesni rivojlantirish uchun asosiy moliyalash manbai hisoblanadi.
Xorijiy davlatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashda tijorat
banklari mablag’lari yuqori ulushni tashkil etadi.
Fikrimizcha,
kichik
biznesning
globallashuv
va
xalqaro
integrasiya
jarayonlarining kuchayishi sharoitida mavqyeining mustahkamlanib borishi quyidagi
omillar bilan bog’liq: Birinchidan, iqtisodiyot rivojlanishining yangi bosqichida
iste’molchilar korxonaning hajmi bilan belgilanuvchi miqdoriy ko’rsatkichlarga
nisbatan mahsulot, xizmat, yangilik bilan tavsiflanuvchi sifat ko’rsatkichlarini afzal
bila bosh ladilar. Bunday sharoitda qat’iy tarkibga ega bo’lgan yirik korxonalarga
nisbatan bozor muhitiga tez moslashuvchan ki chik korxonalar iste’molchilar
ehtiyojlariga mos tovarlarni ko’proq ishlab chiqaradilar. Ikkinchidan, fan-texnika
taraqqiyotining yangi bosqichi ishlab chiqarishning ixtisoslashuvini kengaytirish,
ko’plab tarmoqlarda korxonalarning oqilona hajmini kichrayti rish, turli xildagi
tovarlar va xizmatlarni taklif etib, taklifning individuallashuvini ta’minlash bilan birga
kichik korxonalarni ularning hajmiga muvofiq keluvchi tex nika bilan ta’minladi.
Mikroprosessorlar, mini uskunalar, mini EHMlar va boshqalar ana shunday texnikalar
jumlasi dandir. Bugungi kunda doimo yirik ishlab chiqarish tarmog’i hisoblangan
metallurgiyada ham yirik korxonalar bilan bema lol raqobatlasha oluvchi mini zavodlar
vujudga keldi. Va, nihoyat, uchinchidan, iste’molchining psixologiyasi o’zgardi. U
bugungi kunda standart mahsulotlar sotib olishni, bir xil kiyim kiyishni, bir xil
mashinada yurishni istamaydi, ya’ni talabning tabaqalashuvi (differensiasiyasi) va iste’
molning individuallashuvi kuchaydi
Hozirgi sharoitda kichik bizneslarning raqobatchisi va hamkori, yirik ishlab
chiqarish va butun iqtisodiyot rivojlanishining muhim omili hisoblanadi. kichik
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
11
11
biznesning iqtisodiyotdagi o’rni va roli qanday ko’rsatkichlarda ifodalanadi? Uning
iqtisodiyotda tutgan o’rniga baho berishda, eng avvalo, iqtisodiy taraqqiyot uchun
muhim ahamiyatga ega bo’lgan miqdoriy ko’rsatkichlarga asosiy e’tiborni qaratish
lozim. Bunday ko’rsatkichlar jumlasiga kichik biznesning yalpi ichki mahsulot, jami
ish bilan band bo’lganlar, kapital qo’yilmalar, eksport va boshqalardagi ulushini ki
ritish mumkin. shu bilan birga mamlakatdagi kichik va o’rta korxonalarning umumiy
soni va har ming kishiga to’g’ri kela digan kichik va o’rta korxonalar soni ham mazkur
sektorning rivojlanganlik darajasi to’g’risida fikr yuritishga imkon beradi. kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotda bajaradigan vazifalarini tahlil qilish
muhim o’ringa ega bo’lib, u yuqoridagi miqdoriy ko’rsatkichlar bilan birga kichik
biznesning iqtisodiyotdagi o’rni va roli to’g’risida batafsil ma’lumot beradi.
Shuningdek, tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlfshning eng samarali
shakllaridan biri va bank kreditlarini kichik biznesga jalb etishni oshirishga imkoniyat
yaratadigan kafolat berish shakli hisoblanadi. Aksariyat mamlakatlarda anchadan beri
muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan kafolat fondlari kichik va o’rta korxonalarga
kredit olishi uchun ta’minot taqdim etib, bank va boshqa kredit resurslaridan faol
foydalanishiga sharoit yaratb, kelmoqda. Bu tajriba kichik biznesning amaldagi
subyektlarini nafaqat qo’llab-quvvatlamoqda, balki yangi korxonalarning paydo
bo’lishini rag’batlantirmoqda. Xususan, AQShda Kichik biznes ma’muriyatining
(SBA) kichik firmalar kreditlari yuzasidan kafolat berish dasturi mavjud bo’lib, u
kredit qaytarilishi kafolatlangani uchun banklar kichik biznes subyektlariga kredit
berish shartlarini sezilarli darajada yengillashtiradi
6
. Shu yo’l bilan tadbirkorlar
o’zlariga zarur moliyaviy mablag’larni qulay shartlarda jalb qiladi va tijorat banklari
uchun kreditni qaytarilish riski sezilarli darajada kamaytiriladi. Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini
oshirish uchun moliya bozorini yanada liberalizasiyalash, ularga xizmat ko’rsatuvchi
moliyaviy infrastrukturani yanada takomillashtirilishi kichik biznes subyektlarini
moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi oshishiga xizmat qiladi.
6
Karimova A.M., Maxsudov O.Sh. Assessment of the Current State of the Market and Procedure For
Lending to Subjects of Tourism Services of the Republic of Uzbekistan / Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot
jurnali,2023-yil, oktyabr,10 son, (79-83 betlar)
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
12
12
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi” to‘g‘risidagi
12.05.2020 yildagi PF-5992 sonli Farmoni.
2.Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. - Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. - 488 b.
3.R.Toymuhamedov,
R.R.Tojiyev,
A.A.Azlarova,
N.R.Bazarova,
N.G‘.Sattorova.Pul va banklar.Darslik. –T.:«Innovatsion rivojlanish nashriyot –
matbaa uyi», 2021 yil, 408b r.
4. Karimova A.M., Maxsudov O.Sh. Assessment of the Current State of the
Market and Procedure For Lending to Subjects of Tourism Services of the Republic of
Uzbekistan / Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot jurnali,2023-yil, oktyabr,10 son, (79-83
betlar)
5. Niyazov Z. D., Maxsudov O.Sh. Investment attractiveness of the enterprise, as
well as factors influencing its development in the economy of Uzbekistan./
Iqtisodiyot,moliya va innovasiyalar xalqaro ilmiy jurnali,dekabr 29, 2023 1(4) son,
(47-55 betlar)
6.Манбаа: https://www.bss.uz/article/1276-immatli-oozlar-bozori-veksellar-