Authors

  • Raxmatova Xurshida Eshmaxammat qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93486

Keywords:

Kalit soʻzlar: xarakter

Abstract

Maqolada Erkin Aʼzamning hikoyalarida xarakter yaratish mahorati haqida soʻz yuritilgan. Asarlardagi xarakter tushunchalariga tavsif berilgan. Erkin Aʼzamning ,,Bizning togʻaʼʼ hikoyasi misolida xarakter yaratish mahoratini koʻrib chiqamiz. Maqolada biz hikoyadan ibrat olishimiz kerak boʼlgan oʻrinlar taʼkidlab oʻtilgan


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-2_April-2025

61

61

ERKIN AʼZAM HIKOYALARIDA XARAKTER YARATISH MAHORATI

Raxmatova Xurshida Eshmaxammat qizi

Jizzax davlat pedagogika universiteti

3-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada Erkin Aʼzamning hikoyalarida xarakter yaratish mahorati haqida soʻz

yuritilgan. Asarlardagi xarakter tushunchalariga tavsif berilgan. Erkin Aʼzamning
,,Bizning togʻaʼʼ hikoyasi misolida xarakter yaratish mahoratini koʻrib chiqamiz.
Maqolada biz hikoyadan ibrat olishimiz kerak boʼlgan oʻrinlar taʼkidlab oʻtilgan

ANNOTATION

The article discusses the skill of creating character in Erkin A'zam's stories. The

concepts of charakter in the works are described. We will consider the skill of creating
character in Erkin A'zam's story "Our Uncle". The article highlights the places where
we should learn from the story.

Kalit soʻzlar:

xarakter, "Bizning togʻa", "Hellados", Amir, Jamol, Yanguli,

Fitrat, kinoya.

KIRISH

Hech bir yaxshi asar yoʻqki, kitobxonga taʼsir oʻtkazmay qoʻymaydi. Kitob bizga

ham ilm, ham tarbiya beradi. Ilm nafaqat bugungi, balki zamonlar osha dolzarb boʻlib
kelayotgan masalalardan biridir. Hadisda ham ,,Beshikdan to qabrgacha ilm izla ʼʼ
degan daʼvat shundan. Bugun yurtimizda ham taʼlimga juda katta eʼtibor qaratilmoqda.
Bunga prezidentimizning "Najot - taʼlimda, najot - tarbiyada, najot - bilimda" [1] deya
bot-bot takrorlayotgani ham yorqin misol boʻla oladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Erkin Aʼzam oʻziga xos ijodkor. Kitobxon bu yozuvchining kitoblarini goh

horgʻin, goh xursand kayfiyatda oʻqiydi. Chuqur falsafiy mushohadali muammolarga
ega qahramonlarning oʻzini tutishi, gap-soʻzi kitobxonga yengil kulgi taqdim etadi. Bir
soʻz bilan aytadigan boʻlsak, yozuvchining asarlarida oʻtkir kinoya ufurib turadi. Shu
oʻrinda Abdurauf Fitratning "San'at lug`atda hunar dеmakdirkim, bir narsani yaxshi
ishlab chiqarishdan iboratdir"[2] dеgan fikrini eslab oʻtsak oʻrinli boʻladi. Jahon
adabiyotiga nazar soladigan boʻlsak ham qahramonlar harakteri va gʻoyasi asarning
dunyo kezishiga sabab boʻluvchi yetakchi omillardan hisoblanadi. Misol tariqasida
Nodar Dumbadzening "Hellados" asarini oladigan boʻlsak, bosh qahramonlardan biri
Yanguli yurak-yuraklardan joy olgan obrazdir. Bu qahramon avvaliga kitobxonning
nafratiga, soʻng ijobiy fikrlashiga sabab boʻladi. Yakunida esa kitobxonning sevgisiga
musharraf boʻladi. Ilk uchrashuvdayoq Jamol uni faqat "koʻcha bezorisi" sifatida


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-2_April-2025

62

62

tanigan, keyinchalik "na yaqin, na uzoq" boʻladi ammo Yangulining "ulgʻayganini" his
qilgach uni hurmat qila boshlaydi. Qarangki, Yangulida Jamol koʻrmagan, umuman
hech kim payqamagan his-tuygʻular, jasurlik, mardlik tuygʻulari bor ekan. Hikoyaning
muvaffaqiyati sifatida Yangulining oʻziga xos xarakterli ekanligini ayta olamiz.
Negaki, Vatan mehri gʻoyasi singdirilgan hikoyalar oz sonli emas.

NATIJA

.Qahramonlarga xarakter yaratish yozuvchidan katta mahorat talab qiladi.

Xarakterga tavsif beradigan boʻlsak "Xarakter tasviri asarning mazmunini „badiiy
axborot“ga aylantiradi. Xarakterning bir xususiyati bunga xizmat etadi: xarakter
hayotiy haqiqatni aniq hissiy shaklda aks ettiradi, ya’ni asar mazmuni xarakter tasviri
tufayli hayotiy aniqlik kasb etadi va shu bilan birga bizning hislarimizga ta’sir etish
xususiyatiga ega bo‘ladi".[3]

Erkin Aʼzamning asarlarida bir-biriga oʻxshamaydigan turlicha xarakterli

qahramonlar uchraydi. Yozuvchining "Bizning togʻaʼʼ hikoyasida shunday
"ajablanarli" qahramon mavjud. Hikoyaning asosiy qahramonlaridan biri - G'azanfar.
Yozuvchi bu qahramonga obraz yaratar ekan "supraqoqdisiga mehri boʻlakchamidi,
rahmatli bobomiz uni azza-bazza dabdaba otiga mindirib, erinmay, allanechuk maroq
bilan nomini juftlab «Muhammad gʻazanfar» deb atardi. Bunday sharafga munosib
koʻrilgan farzandga muomala ham, tabiiyki, oʻzgacha boʻladi: kenja bolam, sen je,
bolam" kabi tasvirni beradi. "Yuz yoshli ko'hna cholning choponi etagida katta bo'lgan,
ana shu yuz yillik hayot tajribasini sabiylik zehniga bamisoli ohanrabo mahkam joylab
olgan, yetti yoshdayoq yetmish yashar chollardek salmoq bilan mulohaza yuritadigan
bu zumrasha" nafaqat o'z tengqurlariga balki butun urug' aymog'iga bobosi vafotidan
keyin bosh-qosh bo'lib qoladi.

Avvaliga kitobxonga buning hech qanday yomon joyi yoʻqdek tuyuladi. Ammo

kenja togʻaning baʼzi "qilmishi" kitobxonga ham erish tuyuladi. soʻramoqqa majbur.
Kechqurun devor-darmiyon qoʻshningizni chaqirib bir nafas chaqchaqlashmoqchi
boʻlsangiz ham togʻadan izn olmogʻingiz shart. («Shu hamsoyangiz moli
mardumxoʻrroq, jiyan, hushyor boʻlasiz-da. Kechagi bozor deng, bitta tirraqi echkini
otasining narxiga pulladi-ya, noinsof! Tagʻin oʻzingiz bilasiz, jiyan. Aytdim-qoʻydim.
Bobongizning vasiyati»). Oʻzingiz «bilakoʻrmang», zinhor-bazinhor. Kasofat bosib,
biror yoʻrikda u kishim gʻofil ish tutsangiz bormi, hech ikkilanmay, togʻamiz endi
yoʻq, deyavering. Araz, yuzkoʻrmaslik. Togʻaning nutqidan uning xasadchi insonligini
koʻrishimiz mumkin. Togʻa bilan yarashish ham juda qiyin. Oraga odam qoʻyishning
foydasi yoʻq. "Betingizni qattiq qilib oʻziingiz borsangiz «Hay, oʻzingiz bilasiz, hay,
yoʻlingizni bersin»lab turaveradi sovuqqinasiga. Oxirida zoʻr-bazoʻr yumshagan
boʻladi. «Har ishning rasmi bor-da, jiyan», deydi xuddi qarz bergandek qilib. Rasmi
shuki, uch-toʻrt kishini uyga chaqirasiz, togʻani esa shaxsan borib taklif etasiz. Bitta
qora qoʻyning, bir necha «oq qoʻy»ning boshini olib... yarash oshi! Boshqasi hisobmas


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-2_April-2025

63

63

— rasmi shu".[4] Bu oʻrinda qahramonning oʻta obroʻparast va "maydakash"
kishiligini koʻramiz. Bu qahramon maktabda mehnatdan dars beradi. Lekin baʼzi
oʻrinlarda uning oʻqituvchilik kasbiga yarashiqli emasligi achinarli holat. Negaki, har
toʻrt odam toʻplangan joyda naql qiladigan Bulgʻoriyada uni domla deb chaqirishgani
ham gʻirt safsata, balki sayohatga chiqqani ham yolgʻondir. Shu oʻrinda yana bir
qahramon xususida soʻz ochish kerak. Bu - Amir. Yozuvchi bu qahramonga "Amir
bo‘lamiz — ko‘ngli ochiq, qo‘li ochiq, aksariyat savdo ahliga xos kirishimli, sal
narsaga yon beruvchi hamiyatli yigit. U menga juda mehribon, «bo‘lajonim»lab
boshiga ko‘taradi. Bolalikdan birga o‘sib, biror marotaba janjallashmaganmiz. Qisqasi,
xudo berganini birodarlari bilan bo‘lishadigan hotamtoy, muruvvatli inson" deya tarif
beradi.

MUHOKAMA

Yozuvchining mahoratiga shu oʻrinda yana bir bora tan bermasdan ilojimiz yoʻq.

Sababi, yuqoridagi ikki xarakterli insonlarni bir-biriga boʻlgan munosabati oʻta
qiziqarli. Bolalikdan bu ikki qahramon oʻrtasida boshlangan bu ziddiyatning mohiyati
hatto yozuvchiga ham nomaʼlum. Yozuvchi bu haqida shunday yozadi:"Bu, tabiatan
bir-birini xush qo‘rmaslik — iqi suymaslikmi yoki arzimas bir narsadan boshlangan
bolalik arazining tobora chuqurlashib adovat chohida aylanganimi, ishqilib, men
bilmayman, bilmayman. Bobomizning kenjatoy-erkatoyi xarxashayu janjal evaziga
boshqalardan undirgan neki narsasi bo‘lsa menga ilingani ilingan edi, «o‘gay» jiyan —
Amirga esa odatdagi yovqarashdan o‘zga hech vaqo yo‘q". Bunday paytlarda yosh
bolaning qanday ahvolga tushishini siz ham tasavvur qilgandirsiz. Yana hech bir
sababsiz. Ammo Amir koʻzlari yoshlanib "iljayib" turishidan uning gʻururli ekanligini
anglab olamiz. Vaqt oʻtib ulgʻayishganda esa Amir togʻasining "ayirmachiligi"ga
beparvo, "shoʻxchan koʻz qisib" qoʻya qoladi. Togʻasiga esa andak kinoya aralash,
andak pichingu istehzo bilan muomala qiladigan boʻladi. Endi esa ahvol shu darajaga
borganki, bu ikki qahramon esini tanib qolgan farzandlari boʻlishiga qaramasdan
kimoʻzarga musobaqalashayotgandek. Bunday vaziyatlarni Toshkentga toʻyga
kelishda-yu uy qurish mojarolarida ham koʻrishimiz mumkin.

XULOSA

Hikoyani oʻqir ekanmiz, asar qahramonlari, voqealar koʻz oldimizda jonli

gavdalanadi. Hikoyaning deyarli har bir oʻrnida kinoya, oʼtkir kulgini koʻrishimiz
mumkin. Bolalikdan jiyani bilan pinhona musobaqalashgan togʻa endi "sayqali zamin"
Samarqanddagi dong‘i ketgan savdo o‘qishlarini bitirib, yog‘li-yog‘li joylarda ishlab
qishloqda har qanaqa shahardagidan qolishmaydigan dabdabali imoratlar solib, amir
Olimxondek davr surib yashayotgan, shu kunlarda ayniqsa oshig‘i olchi turib, tijorat
orqasidan dunyo kezib yurgan" jiyaniga hasad qiladigan boʻladi. Uy qurganda ham
Amirnikidan zoʻr qilib "qasr" qurishga kirishadi. Bunday illat, albatta, insonni ichdan
yemiradi, uning qalbini qoraytirib yuboradi. Bu holatni "togʻa"da ham koʻrishimiz


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-2_April-2025

64

64

mumkin. U jiyani soldirgan bahavo shiyponda boshqalar qatori dam ololmaydi.
Jiyanining " gilamiga oʻtirguncha tarqon yerga, zaxga oʻtirish" unga maʼqul.
Xalqimizda "Baxilning bogʻi koʻkarmas" iborasining borligi bejiz emas. Bu turdagi
insonlar hayotdan zavq olish oʻrniga oʻzgalarning aybini sanab oʻzlarini ovutadi,
oʻzgalarning tashvishidan quvonadi. Bu hikoyada koʻplab biz ibrat olishimiz kerak
boʻlgan oʻrinlar mavjud.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1.Shavkat Mirziyoyev Miromonovich.2022-yil 20-dekabrdagi Murojaatnomasi
2.Fitrat. "Adabiyot qoidalari". T., 1995, - 20-bet
3.Izzat Sulton. "Adabiyot nazariyasi". T.- "Oʻqituvchi". 2005, - 75-bet
4.Erkin Aʼzam.Erkin A’zam Hikoyalar. www.ziyouz.com. 2008. -10-bet

References

Shavkat Mirziyoyev Miromonovich.2022-yil 20-dekabrdagi Murojaatnomasi

Fitrat. "Adabiyot qoidalari". T., 1995, - 20-bet

Izzat Sulton. "Adabiyot nazariyasi". T.- "Oʻqituvchi". 2005, - 75-bet

Erkin Aʼzam.Erkin A’zam Hikoyalar. www.ziyouz.com. 2008. -10-bet

Most read articles by the same author(s)