JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
388
388
388
388
YASHIL IQTISODIYOT: KELAJAKKA YO‘L – BUGUNDAN BOSHLANADI
Xalmatjanov Farxod Maxamatjanovich
Alfraganus universiteti
Iqtisodiyot fakulteti katta o‘qituvchisi
Abduraxmonov Shohruh Sherzod o‘g‘li
Alfraganus universiteti
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
munoasabatlar yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Anotatsiya:
Ushbu maqola zamonaviy dunyoda ekologik va iqtisodiy
muvozanatni saqlashga bo‘lgan ehtiyojni aks ettiradi. Ushbu tushuncha atrof-muhitni
muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanishni
ta‘minlashga qaratilgan yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Yashil iqtisodiyot insoniyat
uchun ekologik toza va iqtisodiy jihatdan samarali hayot tarzini shakllantirishga imkon
beradi. Xususan, maqolada Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning
2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “Yashil“ iqtisodiyot yili“ deb e‘lon qilishiga
bag‘ishlangan, tabiatni asrash, resurslardan oqilona foydalanish, ko‘kalamzor
hududlarni keskin ko‘paytirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, aholi
salomatligini mustahkamlash va aholining barcha qismiga qulay shart-sharoitlar
yaratish bo‘yicha ishlar o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar:
“Yashil makon”, “Yashil” iqtisodiyot, tabiiy resurslar, Orol fojiasi,
innovatsion texnologiyalar, barqaror rivojlanish.
Annotation:
This article reflects the need to maintain ecological and economic
balance in the modern world. It highlights approaches aimed at environmental
protection, rational use of natural resources, and ensuring sustainable development.
The green economy provides humanity with the opportunity to establish an
environmentally friendly and economically efficient lifestyle. In particular, the article
is dedicated to the declaration by our President, Shavkat Mirziyoyev, of 2025 as the
"Year of Environmental Protection and Green Economy." It explores efforts to protect
nature, use resources wisely, significantly increase green areas, mitigate the
consequences of the Aral Sea disaster, strengthen public health, and create favorable
conditions for all segments of the population.
Keywords:
"Green space", "Green" economy, natural resources, Aral Sea
tragedy, innovative technologies, sustainable development.
Анотация:
Данная статья отражает необходимость сохранения
экологического и экономического баланса в современном мире. В ней
рассматриваются подходы, направленные на защиту окружающей среды,
рациональное использование природных ресурсов и обеспечение устойчивого
развития. Зеленая экономика предоставляет человечеству возможность
сформировать экологически чистый и экономически эффективный образ жизни.
В частности, статья посвящена объявлению нашим Президентом Шавкатом
Мирзиёевым 2025 года "Годом охраны окружающей среды и зеленой
экономики". Изучаются усилия по защите природы, рациональному
использованию ресурсов, значительному увеличению зеленых зон, смягчению
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
389
389
389
389
последствий Аральской катастрофы, укреплению здоровья населения и
созданию благоприятных условий для всех слоев общества.
Ключевые слова:
«Зеленое пространство», «Зеленая» экономика,
природные ресурсы, трагедия Арала, инновационные технологии, устойчивое
развитие.
KIRISH
Bugungi kunda zamonaviy dunyoda ekologik va iqtisodiy muvozanatni saqlash
masalasi global miqyosda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Insoniyat taraqqiyoti
davomida tabiiy resurslardan ortiqcha foydalanish, urbanizatsiya va sanoatni
rivojlantirish natijasida atrof-muhitga ancha zarar yetkazmoqda va ekologik inqiroz
xavfini yuzaga keltirmoqda. Shu sababli, barqaror rivojlanish tamoyillariga
asosolangan holda, atrof-muhitni asrash, yashil iqtisodiyot konsepsiyasiga o’tish
tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yashil iqtisodiyot – tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish, ekologiyani asrash va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan
zamonaviy yondashuv hisoblanadi. Bu tushuncha nafaqat tabiatni asrash uni muhofaza
qilish, balki inson salomatligini yaxshilash va iqtisodiy rivojlanish uchun ham muhim
ahamiyatga ega. Shu bilan birga, O’zbekistonda Respublikasi Prezidentining 2022-yil
2-dekabrdagi PQ 436-sonli “2030-yilgacha O’zbekiston Respublikasining “Yashil”
iqtisodiyotga o’tishga qaratilgan bir qancha hujjatlar imzolandi. Unga ko’ra, 2022-
2026-yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida
belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasining yashil
iqtisodiyotga o’tish strategiyasi doirasida yashil va inkluziv iqtisodiy o’sishni
ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish,
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hamda iqtisodiyotning barcha
tarmoqlarida resurslarni tejashni yanada kengaytirish borasida maqsad qilib olingan.
“Yashil iqtisodiyot” inson ehtiyojlarini qondirishga, balki atrof-muhit bilan o’zaro
ta’sirni hisobga olishga hamda kelajak avlodlar farovonligiga ustuvor ahamiyat
berishga qaratilgandir.
1
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
“Yashil iqtisodiyot” iqtisodiy fan sifatida XX asr oxirlarida shakllangan bo’lib,
uning tarkibiy qismi ekanligi va tabiiy muhit doirasida amal qilishini o’rganuvchi fan
hsioblanadi. Yashil iqtisodiyot konsepsiyasi resurslarni tejashga yo’naltirilgan
iqtisodiyot, ekologik iqtisodiyot, atrof-muhit iqtisodiyoti, yashil siyosat, xalqaro
iqtisodiy munosabatlar nazariyasi, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, innovatsion
iqtisodiyot kabi iqtisodiy fanlardagi ilmiy g’oyalarni qamrab oladi.
“Yashil” iqtisodiyot tushunchasi keng tarqalgan, nisbatan to’liq ta’rifi BMTning
Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi (UNEP) tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib,
“Yashil” iqtisodiyot, bu odamlar farovonligi va ijtimoiy tengligining yaxshilanishi,
ekologik risklar va darajada kamaytirishga olib keluvchi iqtisodiyotdir. Mazkur
tushunchaning mohiyatini yoritib berishda umum qabul qilingan yondashuvning
mavjud emasligi “Yashil” iqtisodiyot konsepsiyasi hali shakllanish bosqichida
ekanligidan dalolat beradi. Ushbu konsepsiya iqtisodiyot tarmoqlari, “Yashil”
1.
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ 436-sonli qarori.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
390
390
390
390
iqtisodiyot nazariyasi, tamoyillari yoki “Yashil” iqtisodiyot siyosatiga nisbatan ham
qo’llanilishi mumkin.
ASOSIY QISM
Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlarning eng
muhim vazifalaridan biri bu-inson hayot sifati va farovonligini ta’minlashdan iborat
bo’lib, davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishi sifatida fuqarolarning ijtimoiy
himoyasini kuchaytirish va kambag’allikni qisqartirish, aholiga yangi ish o’rinlari
yaratish va munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlashni davlatimiz maqsad qilib
qo’ydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi “2030-
yilgacha bo’lgan davrda O’zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish
konsepsiyasi”, 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko’kalamzorlashtirish ishlarini
jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari”
to’g’risidagi farmonida tatbiq etilishi belgilangan “Yashil makon” umummilliy
loyihasi dasturlarida atrof muhit ob’ektlarini inson ta’siri hamda boshqa salbiy ta’sir
qiluvchi omillardan saqlash rejalari ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
Tashabbus doirasida har yili 200 mln tup ko’chat va buta ekish rejalashtirilgan. 2030-
yilgacha yashillik darajasini 8% dan 30% ga yetkazish va bu foizni yana ham yuqori
darajaga ko’tarish ko’zda tutilgan.
2
“Yashil makon” umummilliy loyihasining asosiy
maqsadi quyidagilardan iborat:
Ushbu loyiha uzoq muddatli istiqbolda O’zbekistonning ekologik xavfsizligini
mustahkamlash bilan birga, barqaror iqtisodiy rivojlanish va kelajak avlodlar uchun
qulay hayot shart-sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi. “Yashil makon” faqat bugungi
kunning tashabbusi emas, balki ekologik barqaror kelajak sari tashlangan muhim
qadam hisoblanadi.
Muhtaram Prezidentimiz 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “Yashil”
iqtisodiyot’’ yili deb bejizga nom bermadi. Ushbu tashabbus mamlakatda ekologik
muammolarni hal etish, barqaror rivojlanishni ta’minlashga va tabiiy resurslardan
2.
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF 46-sonli Farmoni.
Havo sifatini va
ekologik muhitni
barqarorlashtirish
Cho'llanish va
ekologik
muammolarni
yumshatish
Shaharlarda va
qishloqlarda
ko'kalamzor
maydonlarni oshirish
Orol fojiasi
oqibatlarini
kamaytirish
Shahar va
qishloqlarda ekologik
muhitni
sog'lomlashtirish
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
391
391
391
391
oqilona foydalanish hamda yashil iqtisodiyotga o’tishni jadallashtirishga qaratilgan.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Ekologik barqarorlikni ta’minlash – havo, suv va tuproqning ifloslanishini
ta’minlash;
Yashil iqtisodiyotga o’tish – ekologik toza texnologiyalarni rivojlantirish,
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish;
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish – suv, elektr energiyasi va boshqa
resurslarni tajash hamda samarali boshqarish;
Ko’kalamzorlashtirish – shahar va qishloq hududlarida yashil
maydonlarini kengaytirish, ko’chatlar (daraxtlar) ekish hajmini oshirish;
Orolbo’yi hududlarini tiklash – Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, qum
bo’ronlarining oldini olish;
Aholining ekologik savodxonligini oshirish – ekologik muammolar va
ularni hal qilish yo’llari haqida targ’ibot olib borish.
Xususan, amalga oshirilayotgan chora tadbirlar bugungi kunda o’z samarasini
ko’rsatmoqda. Masalan, chiqindilarni qayta ishlash tizimi takomillashtirilmoqda.
Ekologik qonun kuchaytirilmoqda. Suv resurslarini tejash, ya’ni zamonaviy
tomchilatib sug’orish tizimlari joriy qilinmoqda. Yomg’ir suvlaridan umumli
foydalanish maqsadida, yomg’ir suvlarini yig’ish orqali qayta ishlangan ichimlik suvi
yoki xo’jalik maqsadida foydalanish rejalashtirilgan. Qayta tiklanuvchi energiya
manbalari rivojlantirilmoqda, quyosh va shamol elektr stansiyalari qurilishi
jadallashmoqda. Shuni aytib o’tish joizki, 2026-yil oxiriga qadar aholi xonadonlarga
quyosh panellari o’rnatish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda global muammoga aylanga Orol fojiasi, Orolbo’yi muammosi.
Orol dengizining qurilishi natijasida, atrof-muhit degratsiyasi, iqlim o’zgarishi
iqtisodiy va inson omiliga ta’sir qiluvchi muammolar keskin kuchaygan.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
392
392
392
392
O’zbekiston Orol dengizining qurishini oldini olish maqsadida bir qancha ishlar
amalga oshirmoqda. 1,7 mln gektar maydondan ortiq himoya o’rmonlari barpo etildi,
sahroga aylangan hududda 2 mlrddan ortiq saksovul va boshqa sho’rga chiqamli
daraxtlar ekildi. Yashil qoplamlar hosil qilinmoqda. Bu esa chang va tuz bo’ronlarini
kamaytirishga yordam beradi. Orolbo’yida ekologik toza sanoat klasterlari barpo etilib,
qayta tiklanuvchi energiya va chiqindisiz texnologiyalar joriy etilmoqda.
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, O’zbekistonning barqaror rivojlanish va
yashil iqtisodiotga asoslangan siyosati nafaqat ekologik muammolarni hal qilish, balki
mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy o’sishini ta’minlashga xizmat qiladi. Atrof-
muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, qayta tiklanuvchi
energiya manbalarini rivojlantirish va yashil texnologiylarni joriy etish asosiy ustuvor
yo’nalishlardan biri sifatida belgilangan. Orol fojiasini yumshatish bo’yicha keng
ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirish orqali havo sifati yaxshilanmoda, aholining
salomatligi yaxshilanmoqda va keng ko’lamli “Yashil makon”, “Yashil” iqtisodiyot
loyihalari amalga oshirilmoqda va bu o’z natijasini bermoqda. O’zbekistonning bu
yo’nalishdagi harakatlari innovatsion taxnologiyalar bilan uyg’unlashgan holda,
mamlakatni yashil iqtisodiyotga asoslangan barqaror kelajak sari yetaklamoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ 436-sonli
qarori.
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi PQ 5877-sonli
qarori.
3.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF 46-sonli
Farmoni.
4.
“ Yashil iqtisodiyot asoslari “ o’quv qo’llanma, Toshkent, 2020-yil.