Authors

  • Bashirqulova Sevinch Oybek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93593

Keywords:

Kalit soʻzlar: Hindiston zamini Shoh Jahon va Arjumand bonu Agra “saroyning koʻrki” Akbarshoh sevgi va sadoqat ramzi - Toj Mahal Jahongirshoh Nurjahon shon- shuhrat vafodor yor va sodiq hamroh.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada Boburiylar sulolasining hukmdorlaridan boʻlgan Shohjahonning sevimli  va sadoqatli malikasi boʻlgan Mumtoz Mahal haqida so’z boradi. Ushbu malikaning hukmdor Shoh Jahon uchun qay darajada qadrli ekanligi uning davrida Jamna daryosi boʻyida qurdirilgan Toj Mahal inshootidan ham ko’rishimiz mumkin. Mumtoz Mahal begim haqidagi ma’lumotlar mavjud manba va adabiyotlar tahlili asosida yoritib berildi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

338

338

338

338

MUMTOZ MAHAL - SAROYNING DURDONASI

Bashirqulova Sevinch Oybek qizi

Jizzax davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Boburiylar sulolasining hukmdorlaridan boʻlgan

Shohjahonning sevimli va sadoqatli malikasi boʻlgan Mumtoz Mahal haqida so’z
boradi. Ushbu malikaning hukmdor Shoh Jahon uchun qay darajada qadrli ekanligi
uning davrida Jamna daryosi boʻyida qurdirilgan Toj Mahal inshootidan ham
ko’rishimiz mumkin. Mumtoz Mahal begim haqidagi ma’lumotlar mavjud manba va
adabiyotlar tahlili asosida yoritib berildi.

Kalit soʻzlar:

Hindiston zamini, Shoh Jahon va Arjumand bonu, Agra,

“saroyning koʻrki”, Akbarshoh, sevgi va sadoqat ramzi - Toj Mahal, Jahongirshoh,
Nurjahon, shon- shuhrat, vafodor yor va sodiq hamroh.


Hindiston tarixida chuqur iz qoldirgan ayollardan biri Mumtoz Mahal bo‘lib, u

Boburiylar davlati hukmdori Shoh Jahonning suyukli rafiqasi sifatida tanilgan.
Mumtoz Mahal begimning asl ismi Arjumand Banu Begim bo‘lgan. U 1593-yil 27-
oktabrda Eronning Mashhad shahrida tug‘ilgan. Otasi Abdulhasan Asafxon Boburiy
saroyida yuqori lavozimli amaldor bo‘lib xizmat qilgan, onasi esa Akbarshohning bosh
vaziri Bozorugning qizi edi. Shu bois, Arjumand Banu Hindiston saroy muhitida
ulg‘aygan[5].

Arjumand Banu 1607-yilda imperator Akbarshohning nabirasi Shahzoda Xurram

(keyinchalik Shoh Jahon) bilan unashtirilgan. 1612-yil 10-may kuni ular nikohdan
o‘tishdi. Nikohdan so‘ng, Shoh Jahon unga “Mumtoz Mahal” ya’ni “Saroyning
durdonasi” unvonini berdi. Shoh Jahonning rasmiy rafiqalari ko‘p bo‘lgan bo‘lsa-da, u
faqat Mumtoz Mahalga chin dildan muhabbat qo‘ygan va har doim u bilan bo‘lgan.
Mumtoz Mahal juda go‘zal, aqlli va mehribon ayol sifatida tanilgan. U faqatgina Shoh
Jahonning rafiqasi emas, balki eng ishonchli maslahatchilaridan biri ham bo‘lgan.
Shoh Jahon unga cheksiz muhabbat bilan bog‘langan va ko‘p hollarda davlat ishlarida
ham u bilan maslahatlashgan.Ular o‘rtasidagi muhabbat tarixda misli ko‘rilmagan
sadoqat timsoliga aylangan [4, 132-134-b.].

Mumtoz Mahal Shoh Jahonga 14 farzand tug‘ib bergan, ulardan faqat 7

nafari hayotda qolgan. Ularning eng mashhuri – Avrangzeb, keyinchalik Boburiylar
saltanatining eng qudratli hukmdoriga aylangan. 1631-yil 17-iyun kuni, Dakan yurishi
paytida Burhonpur shahrida 14-farzandini tug‘ayotganida, u og‘ir sharoitlar tufayli 38
yoshida vafot etdi. Mumtoz Mahal vafoti Shoh Jahonni chuqur qayg‘uga soldi. U bir
necha kun davomida hech kim bilan gaplashmadi, barcha tantanalarni to‘xtatdi, va
hatto soqolini oldirmay yurdi. Mumtoz Mahal avval Burhonpurda dafn qilindi, keyin


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

339

339

339

339

esa jasadi Agraga olib kelinib, abadiy oromgohga ya’ni Toj Mahal maqbarasiga
ko‘chirildi.

Tabiiyki, bunday ezgu xizmatlari evaziga har ikki tomonning iltifotiga sazovor

bo‘ladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘p o‘tmay saroyda Arjumand bonu — Mumtoz
Mahal begim (saroyning ko‘rki) deya atala boshlandi. Arjumand bonuga berilgan
ushbu nom unga shon-shuhrat keltirib jahonga mashhur qildi va nomi tarix sahifalariga
ko‘chdi. 1628-yil fevralida eri Shoh Jahon taxtga o‘tirgach, yosh malika Mumtoz
Mahal begim saltanat ishlarida unga yordamlashib, rejalik maslahatlari bilan
hukmdorni to‘g‘ri yo‘lga boshladi. Saroyda u maslahatchi va muhrdorlik lavozimida
edi[6].

Mumtoz Mahal begim yaxshi kunlarda ham, og‘ir damlarda ham, harbiy

safarlarda ham eriga vafodor yor, sodiq hamroh va jafokash hamdard bo‘ldi. U qisqa
umri davomida oʻn toʻrt nafar farzand ko‘rdi. «Tazkirat ul-xavotin» asarida
yozilishicha, Mumtoz Mahal begimning dunyoda qoldirgan farzandlari sakkiz nafar -
to‘rt qiz, to‘rt o‘g‘il bo‘lib, qolgan olti nafari yoshligida nobud bo‘lgan[4].

Mumtoz Mahal begim hayot bilan vidolasharkan, eri Shoh Jahondan farzandlariga

mehribon bo‘lishni, bundan buyon boshqa uylanmaslikni va nihoyat, unga atab,
dunyoda tengi yo‘q ulug‘vor, hashamatli maqbara bunyod ettirishni iltimos qildi.
Mumtoz Mahal begim o‘lim oldidan o‘z bolalari bilan vidolasharkan, Shoh Jahonning
ahvolidan xabardor bo‘lib, unga g‘amxo‘rlik qilib turishni o‘zining katta qizi— Jahon
Oro begim zimmasiga yuklaydi. [1, 64-b]. Toj Mahal – Abadiy muhabbat
yodgorligi.Mumtoz Mahal vafot etganidan so‘ng, Shoh Jahon uning xotirasi uchun
jahonga mashhur bo‘lgan Toj Mahal maqbarasini qurdirgan. U Agra shahrida
joylashgan bo‘lib, bugungi kunda ham butun dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb etadi.

Toj Mahal nafaqat me’morchilik durdonasi, balki insoniy muhabbat va

sadoqatning timsoli sifatida ham qadrlanadi.Shoh Jahon hukmronligi davrida bunyod
etilgan meʼmoriy obidalarning eng noyob namunasi dunyoning yetti moʻjizasidan biri
hisoblangan- Toj Mahal maqbarasidir. Bu bino shohning sevimli malikasi va vafodor
xotini Mumtoz Mahal begim vafotidan soʻng, uning xotirasiga bagʻishlab Jamna
daryosi boʻyida qurilgan yodgorlik boʻlib, bu obida sof muhabbat va sadoqat ramzi
sifatida butun jahon ahlini hozirgacha hayratga solib keladi[ 2, 41-b.].

Shoh Jahon sevikli rafiqasi Mumtoz Mahal begimning vasiyatlariga to‘la amal

qiladi. Zotan, u keyingi 36 yillik umri davomida uylanmay o‘tadi. Munis va vafodor
rafiqasining nomini abadiylashtirish maqsadida, unga atab yaltiroq oq marmardan
hashamatli maqbara qurdiradi. Agra shahridagi ulkan maqbaraning qurilishiga yigirma
ming mutaxassis usta va ishchilar jalb qilinib, qurib bitkazildi. Bu ulug‘vor obida —
«sevgi va vafo» qasrining qurilishiga 40 million rupiya mablag‘ sarflangan.

Maqbara qurib bitkazilgach, marhuma Mumtoz Mahal begimning xokini

ko‘chirib keltirib dafn etishdi. Ushbu ulug‘vor hashamatli maqbarani Mumtoz Mahal


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

340

340

340

340

begim boshiga kiydirilgan toj ramzida «Toj Mahal» deb atadilar [1,64-65-b]. Shoh
Jahon Mumtoz Mahal xotirasi uchun Toj Mahal maqbarasini qurdirishga qaror qildi.
Qurilish 1632-yilda boshlangan va taxminan 22 yil davom etgan (1653-yilgacha).
Qurilishda 20 mingdan ortiq ishchi, ustalar, arxitektorlar va san’atkorlar qatnashgan.
Marmar, qimmatbaho toshlar, kaligrafiya, naqsh va me’moriy uyg‘unlik tufayli Toj
Mahal dunyo me’morchiligining durdonasiga aylandi.

Toj Mahal nafaqat hind islom me’morchiligi, balki hind, fors, turk va arab

uslublarining uyg‘unlashuvi mahsulidir. Bugungi kunda u YuNESKOning Butunjahon
merosi ro‘yxatiga kiritilgan va har yili millionlab sayyohlar tashrif buyuradi[3, 86-89-
b.].

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, Mumtoz Mahal begim Boburiy malikalardan

bo’lib, Shoh Jahonning suyukli rafiqasi edi. U asli eronlik boʻlib bobosi va ota-onasi
Hindistonga koʻchib kelib, Akbarshoh xizmatiga kirgan va shu tariqa bu yerdagi
faoliyat boshlangan. Arjumand bonu tez kunda tadbirkorligi, nozik tabiati, iffati,
tengsiz husn-latofati, ayrim kelishmovchiliklarni oson hal qilishi bilan saroy aʼyonlari
oʻrtasida katta eʼtibor qozonadi. Shuning uchun koʻp oʻtmay u Mumtoz mahal begim-
saroyning ko’rki deya atala boshlandi. Sof sevgi namunasi sifatida Shoh Jahon Mumtoz
mahal begimga atab Agrada Tojmahalni bunyod ettirgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Fayziyev T. “Temuriy malikalar”. Toshkent. 1996.
2. Sotimov G. “Buburiyzodalar” Toshkent. 2003.
3. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 8-jild. Toshkent. 2000.
4.

Boynazarov F. Qadimgi dunyo tarixi. Darslik. Toshkent. 2004.

5. www.archive.org. ineternet sayti
6. www.wikipedia.org. ineternet sayti

References

Fayziyev T. “Temuriy malikalar”. Toshkent. 1996.

Sotimov G. “Buburiyzodalar” Toshkent. 2003.

Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 8-jild. Toshkent. 2000.

Boynazarov F. Qadimgi dunyo tarixi. Darslik. Toshkent. 2004.

www.archive.org. ineternet sayti

www.wikipedia.org. ineternet sayti