Authors

  • Xolmurodov Dilshod Rashidovich
  • Isoqov Ulug‘bek Abdilda o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93594

Keywords:

Kalit so’zlar: Rim Platin Neron Vespasian Tit Flaviy Domisian Gladiatorlar jinoyatchilar Doriy Ioniy va Korinf usullari silindrik va krestsimon ravoq gumbaz

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada qadimgi dunyo tarixida yirik imperiyalardan biri bo‘lgan Rim imperiyasidagi eng yirik amfiteatr Kolizey va uning qurilish tarixi haqida so’z yuritiladi. Kolizey va uning faoliyati tarixi, me’morchilik uslublari mavjud adabiyotlar tahlili asosida yoritib berildi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

335

335

335

335

QONGA BURKANGAN KO‘GILOCHAR MASKAN

Xolmurodov Dilshod Rashidovich

Jizzax DPU dotsenti, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD),

Isoqov Ulug‘bek Abdilda o‘g‘li

Jizzax DPU tarix fakulteti talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada qadimgi dunyo tarixida yirik imperiyalardan

biri bo‘lgan Rim imperiyasidagi eng yirik amfiteatr Kolizey va uning qurilish tarixi
haqida so’z yuritiladi. Kolizey va uning faoliyati tarixi, me’morchilik uslublari mavjud
adabiyotlar tahlili asosida yoritib berildi.

Kalit so’zlar:

Rim, Platin, Neron, Vespasian, Tit Flaviy, Domisian,

Gladiatorlar, jinoyatchilar, Doriy, Ioniy va Korinf usullari, silindrik va krestsimon,
ravoq gumbaz

Qadimgi davr insonlari hayoti doimo bir xil mehnat bilan yoki urushlar bilan

kechmagan. Qadimgi dunyo xalqlari hayotida teatr muhm o‘rin tutgan. Dastlab teatr
bundan ikki mimg yil muqaddam qadimgi Gretsiyada ya’ni Yunonistonda vujudga
kelgan. Teatr so’zining ma’nosi “tomoshaxona”, “tomoshalar joyi” degan manolarning
anglatgan. Tomoshalar turli xil kattalikdagi amfiteatrlar yani juda ulkan tosh
stadionlarda namoish etilgan.

Qadimgi yunonlarning sevimli tomoshalarini aktyorlar turli xil niqob va

ko‘rinishlarda namoish etishgan bo’lsa, rimliklarning sevimli tomoshalari gladiatorlar
jangi bo’lib,uni gladiatorlar( qullar yoki jinoyatchila ) namoish qilishgan.Tomoshalar
tosh stadionlarda amfiteatrlarda bo‘lib o‘tgan. Qadimgi dunyo tarixidagi eng katta
amfiteatr esa 50 ming tomoshabinni o‘ziga jamlay oladigan Kolizey hisoblangan.

Kolizey, (asl nomi Flaviy amfiteatri) - Flaviy imperatorlari hukmronligi ostida

Rimda qurilgan ulkan amfiteatr. Kolizey qurilishi eramizning 70–72-yillari oraligʻida
Vespasian davrida boshlangan. U Palatin tepaligidan sharqda, Neron oltin uyining
oʻrnida joylashgan. Saroy markazidagi sunʼiy koʻl ramziy va amaliy maqsadlar tufayli
butunlay quritilgan hamda u yerda Kolizey barpo etilgan [www.tarix.sinaps.uz.
internet sayti.].

Taxtga chiqish yoʻli nisbatan kamtarona boʻlgan Vespasian zolim

imperatorning shaxsiy koʻli oʻrniga oʻn minglab rimlikni sigʻdira oladigan amfiteatr
qurishga qaror qilgan. Inshoot qurilishi milodiy 80-yilda imperator Tit tomonidan 100
kunlik oʻyinlarni oʻz ichiga olgan marosim uchun bagʻishlangan.

Imperator Vespasian o’zidan oldingi zolim imperatorlardan nishona

qoldirmaslik uchun Palatin tepaligi sharqidagi saroyda joylashgan suniy ko’llarni
butunlay buzib, rimliklar uchun dam olish maskanini qurdiradi. Kolizeyning tarix
sahnasiga kelishi shu tariqa boshlanadi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

336

336

336

336

Milodiy 80-yilda imperator Tit Flaviy tomonidan asosiy qismlar qurilishi

tugatiladi. Keyinchalik “Flaviy amfiteatr” nomi bilan mashhur boʻlgan. 82-yilda
imperator Domisian bir qancha oʻzgartirishlar qoʻshib, ishni toʻliq yakunlaydi. Avvalgi
amfiteatrlardan farqli oʻlaroq Kolizey tosh va betondan yasalgan mustaqil inshoot
boʻlib, silindrik va krestsimon gumbazlarning murakkab tizimidan foydalanilgan.
Umumiy oʻlchami 189 ga 156 metrni tashkil qiladi [www.wikipedia.org internet
sayti].

Kolizeyning uch qavati tashqi tomondan qadimgi dunyoning emg mashxur

Doriy, Ioniy va Korinf usullarida qurilgan ustunlarini tutib turuvchi ravoqlar bilan
oʻralgan. Oʻsib boruvchi tartibdagi inshoot ustunlari orderlar tizimi nomi bilan
Uygʻonish davri kodifikatsiyasining asosi boʻlib xizmat qildi. Asosiy konstruktiv
karkas va fasad travertindan, ikkilamchi devorlari vulqon tufasidan, ichki va ravoq
gumbazlari esa betondan yasalgan.

Inshoatning umumiy arxitekturasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak uning

balandligi 57 m, tarhi ellips shaklida (524 m). 4 qatlamli oʻrindiqqa 50 ming
tomoshabin joylashgan. Sahna tagida hayvonlar qafasi, omborxona boʻlgan. Imperator
oʻrindigʻi sahna bilan teng ya’ni balandligi 3,5 m boʻlgan. 1-qatlamda imperatorning
yaqinlari, 2-qatlamda yuqori tabaqali kishilar, 3 va 4 qatlamda oddiy xalq
oʻtirgan[Бирд М., Хопкинс К. c. 495]. Yoki bu joylashuvni quyidagicha: arenani
oʻrab turgan keng marmar teras (podium) devor bilan himoyalangan boʻlib, uning
ichida imperator va boshqa oliy martabali shaxslar obroʻli birinchi qator oʻrindiqlar
yoki qutilar deb nomlangan joylardan shoularni tomosha qilgan edi. Bu tashqarida
oʻrindiqlar zonalarga boʻlingan: badavlat fuqarolar (senators), otliqlar (equestrians)
oʻrta tabaqa fuqarolari (intermediate categories) uchun marmar oʻrindiqlar. Qullar va
chet elliklar uchun esa yogʻochlik oʻrindiqlar. Ayollar va past tabaqa vakillari uchun
esa yuqori qavatdagi tekis tomli kolonnada yogʻoch oʻrindiqli va tik turib tomosha
qilish joylari mavjud boʻlgan. Oʻrindiklar toshdan ishlangan, galereyalarining
konstruksiyalari beton va gʻisht bilan mustahkamlangan va bunga kop mashaqat
ketgan. Kolizeyning ulugʻvor old tomoni 4 qavatli, har biri 80 ta ravoqlar qatori bilan
jozibador ishlangan, pastki qismidan tomoshabinlar kirish va chiqishda
foydalanganlar. Kolizey markazidagi sahnada bayram marosimlari, qurbonlik,
gladiatorlar jangi, teatr tomoshalari oʻtkazilgan.

Kolizeyning yana bir o’ziga xosliklaridab biri shunda ediki, uning tom

platformasining tepasida tomoshabinlarni yomgʻirdan himoya qiladigan yoki issiq
kunlarda soyani taʼminlaydigan katta ayvonni (velarium) boshqarish uchun
dengizchilar ishlagan. Oʻrindiqlarga keng zinapoyalar orqali kirilgan va har bir
oʻrindiq raqamlangan [Колизей // Энциклопедический словарь Брокгауза и
Ефропа.
с. 684-685.].

Kolizeyning umumiy sigʻimi taxminan 45 000 oʻrindiq va 5 000 nafar tik


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

337

337

337

337

turgan tomoshabinni sigʻdira olgan. Kolizeyning eng qadimiy tasvirlaridan biri Titus
tangalarida uchraydi va unda uchta qavatni, yuqori tashqi arklardagi haykallarni va
uning yonida joylashgan katta ustunli favvora — Meta Sudanni tasvirlangan.

Kolizey garchi turli davrlardagi zilzila va tosh oʻgʻrilarining (asosan marmar

toshlarni) oʻmarishlari tufayli vayron boʻlgan boʻlsa-da, hozirgi kunga qadar Rim
imperiyasining mashhur ramzlaridan biri hisoblanadi. U Rimning salobatini qudratini
o’zida namoyon etgan holda eng mashhur sayyohlik joylaridan biri boʻlib, Rim katolik
cherkovi bilan ham bogʻlangan. Har bir muborak juma kuni Rim papasi mashʼali bilan
“Xoch yoʻli” marosimini Kolizey atrofida boshlaydi. Shuningdek, Kolizey tasviri besh
sentlik yevro tanganing italyancha variantiga tushirilgan[Oʻzbekiston Milliy
Ens
iklopediyasi. 2000. 206-208-b.].

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, Kolizey Flaviolar Amfiteatri nomi bilan ham

tanilgan bo‘lib, Italiya poytaxti Rim shahri markazida joylashgan butun dunyoga
mashhur diqqatga sazovor maskan hisoblanadi. Milodiy 72-80-yillar oralig‘ida
travertin (g‘ovak ohaktosh), tuf (g‘ovak tog‘ jinsi) va g‘isht betondan qurilgan bu
inshoot hozirga qadar qurilgan eng ulkan amfiteatr hisoblanadi

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Бирд М., Хопкинс К. Колизей - The colosseum. Москва. 2007.
2. Колизей // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефропа. Москва. 1895.
3. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent. 2000.
4.www.tarix.sinaps.uz. internet sayti.
5. www.wikipedia.org internet sayti


References

Бирд М., Хопкинс К. Колизей - The colosseum. Москва. 2007.

Колизей // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефропа. Москва. 1895.

Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent. 2000.

www.tarix.sinaps.uz. internet sayti.

www.wikipedia.org internet sayti