Authors

  • Xajimuratova Gulzira Xopizovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93595

Keywords:

Kalit so'zlar: biologiya fani o’qitish metodikasi dars prinsiplar o'quv materiali o'quv jarayoni shaxs o'qitish shakllari.

Abstract

Annotatsiya: Biologiya o’qitish metodikasi biologiya fan asoslari bilan bog’liq bo’lgan o’quv, jarayonlar, tamoyillar va qonuniyatlar to’g’risidagi fandir. Mazkur printsip va qonuniyatlarni bilish o’qituvchiga maktab biologiya kursi bilan bog’liq o’quv-tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos holda tashkil etish va boshqarish imkonini beradi. Ushbu biologiya o’qitish metodikasi  fanining o’qitish shakllari, metodlari va  tamoyillari  haqida ma‘lumotlar berilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

330

330

330

330

BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI FANINING O’QITISH

SHAKLLARI, METODLARI VA TAMOYILLARI

Xajimuratova Gulzira Xopizovna

Oltinkoʻl tumani 1-son politexnikumi biologiya fani oʻqituvchisi.

Annotatsiya:

Biologiya o’qitish metodikasi biologiya fan asoslari bilan bog’liq

bo’lgan o’quv, jarayonlar, tamoyillar va qonuniyatlar to’g’risidagi fandir. Mazkur
printsip va qonuniyatlarni bilish o’qituvchiga maktab biologiya kursi bilan bog’liq
o’quv-tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos holda tashkil etish va boshqarish
imkonini beradi. Ushbu biologiya o’qitish metodikasi fanining o’qitish shakllari,
metodlari va tamoyillari haqida ma‘lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar:

biologiya fani, o’qitish metodikasi, dars, prinsiplar, o'quv

materiali, o'quv jarayoni, shaxs o'qitish shakllari.

KIRISH

Biologiya o’qitish metodikasi biologiya o’quv fanlarining mazmuni, uning

o’qitish shakllari, metodlari, vositalarini o’zaro bog’liq holda joriy etishning maqsad
qilib qo’yadi. Biologiya o’qitish metodikasining asosiy vazifasi o’quvchilarga biologik
o’quv fanlar bo’yicha chuqur atroflicha bilim berish, ularning har tomonlama
rivojlangan shaxs sifatida kamol topishiga ko’mak beruvchi o’quv fanlar mazmunini,
o’qitish shakllari, vositalari va metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Biologiya o’qitish
metodikasi fan sifatida har qanday fan insonning tadqiqot faoliyati bilan aloqador
bo’lib, u narsa va xodisalar to’g’risida bilimlar to’plashga yo’nalgan, hamda tadqiqot
qilinayotgan narsa xodisalar to’g’risida to’liq va chuqur bilim olishga qaratilgan.
fanning asosiy funktsiyasi tadqiqot hisoblanadi. Biologiya o’qitish metodikasi fan
sifatida mazkur fan bilan bog’liq o’quvchilarning bilim olish, tarbiyalanish va
rivojlanishini nazariy va amaliy jihatidan tadqiq qilishni maqsad qilib qo’yadi.

MUHOKAMA

Fanning asosiy belgisi bo’lib, maqsadning aniqligi, o’rganish predmeti, bilimlarni

bilish usullari va shakllari hisoblanadi. Shu bilan birga fanning rivojlanish tarixi, uning
boyishiga sababchi bo’lgan kashfiyotlarni bilish ham muhim sanaladi. Biologiya
o’qitish metodikasi pedagogik fanlar tarkibiga kiradi. Shu sababli uning oldida turgan
maqsad va vazifalar ham umumpedagogik maqsad va vazifalardan kelib chiqadi.
Biologiya o’qitish metodikasi barcha o’quv fanlarga taaluqli bo’lgan pedagogik
qoidalarni, biologik o’quv materialiga tadbiq etishga yo’nalgan. Shu bilan bir qatorda
biologiya o’qitish metodikasi tabiiy, ilmiy, biologik, psixologik, pedagogik bilimlarni
o’zida mujassamlashtiradi.Biologiya o’qitish metodikasi biologiya o’quv fanining
o’qitish maqsadini, mazmunini, biologik bilimlarning tanlash printsipini belgilab


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

331

331

331

331

beradi. Biologiya o’qitishning hozirgi davrda samarali bo’lishi o’quvchilarning o’quv,
mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashishi uchun zarur bo’lgan biologik bilimlar
ko’nikmalar, malakalarni egallaganliklari bilan belgilanadi. Ular esa o’z navbatida
o’quvchilarning tarbiyalanganlik natijasida, dunyoqarashi, e'tiqodi, tabiat, jamiyat va
shaxsga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi. O’quvchilarning rivojlanish darajasi,
qobiliyati, jismoniy va aqliy jihatdan takomillashtirishga bo’lgan extiyoji bilan
ifodalanadi. Biologiya o’qitishning maqsadi yuqorida qayd qilingan omillardan kelib
chiqadi. Biologiya o’qitishning maksadlarini bilish o’qituvchiga o’qitish jarayonini
boshqarish imkoniyatini beradi.

Fan sifatida biologiya o’qitish metodikasining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. O’quvchilarning o’qitish va tarbiyalash, kamolga yetkazishda o’quv fanining

o’rnini aniqlash;

2. Maktab o’quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish bo’yicha

tavsiyalarishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga tadbiq etish;

3. O’quvchilarning yoshiga mos ravishda o’quv fanlarining mazmuni, undagi

mavzularning o’rganish izchilligini belgilash; 4. Biologik o’quv fanlarining o’ziga xos
tomonlarini e'tiborga olgan holda, o’qitish usullarini, tashkiliy shakllarini ishlab
chiqish;

5. O’qitish jarayonida qo’llash uchun zarur jihozlarni aniqlash.
Biologiya xonasi tirik burchak, tajriba yer maydonini tashkil etish, tabiiy, tasviriy,

dinamik, audio, video vositalarni belgilash. Biologiya o’qitish metodikasining obhekti
bo’lib, mazkur o’quv fani bilan aloqador bo’lgan o’quv tarbiyaviy jarayon hisoblanadi.
Biologiya o’qitish metodikasining predmeti bo’lib biologik bilimlarning maqsadi,
mazmuni, o’qitish usullari, shakllari, o’quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishidir.
Biologiya o’qitish metodikasining ilmiy – tadqiqot metodlari: 1.Maktab
o’qituvchilarining ish tajribasini kuzatish va faoliyatdagi ijobiy, salbiy tomonlarini
aniqlash;

2.Bu sohada to’plangan ma'lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va hal

etilmagan muammolarni aniqlashtirish va ularni hal etish uchun zarur ishchi farazlarni
ilgari surish;

3.Ilgari surilgan farazlarning qanchalik haqiqatga yaqin ekanliklarini aniqlash

maqsadida maktablarda pedagogik tajribalar o’tkazish hamda tajribaviy, nazorat
sinflardan olingan ma'lumotlarni o’zaro taqqoslash;

4.Kuzatish va pedagogik eksperimentlardan olingan ma'lumotlarni tahlil qilish,

umumlashtirish va xulosalash;

5.Olingan ma'lumotlarga asoslanib olingan ma'lumotlarga asoslanib, metodik

maqolalar, qo’llanmalar yaratish va ishlab chiqilgan fikr mulohazalarning ommaviy
maktablarda tekshirishdan o’tkazish va tasdig’ini olish.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

332

332

332

332

Hozirgi davrga kelib, biologiya o’qitish metodikasida o’tkazilgan pedagogik

tajribalar natijasida «Biologik tushunchalarni rivojlantirish», «Biologiyada o’qitish
shakllarining sistemasi», «Biologiyada o’qitish metodlari», «Biologiyada ekologik
tushunchalarni rivojlantirish», «Biologiya o’qitishning moddiy bazaviy sistemasi»,
«Pedagogika Oliy o’quv yurtlari talaba biologlarning maktabdagi ishga metodik
tayyorlash sistemasi» kabi nazariyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan.
Maktablarda o’kitiladigan biologiya o’quv fanlarga qarab «Biologiya o’qitish
metodikasi» fani «Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi», «Botanika o’qitish
metodikasi», «Zoologiya o’qitish metodikasi», «Odam va uning salomatligini o’qitish
metodikasi» va nihoyat «Umumiy biologiyaning o’qitish metodikasi» kabi xususiy
o’qitish metodika fanlariga ajratiladi. Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi
barcha biologik o’quv fanlariga oid o’qitishning maqsadi, vazifasi, mazmuni,
printsiplari, usullari, vositalari, shakllari, biologiyani o’qitish tarixi, bosqichlari kabi
masalalarni qamrab oladi. [3]Xususiy metodikalar esa u yoki bu o’quv fanining
mazmuni o’quvchilarning yoshi bilan bog’liq dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan
tashqari mashg’ulotlar, ekskursiyalar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil
etish, jihozlash kabilarni diqqat markazida tutadi. Biologiya o’qitish metodikasining
boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Biologiya o’qitish metodikasi pedagogikaning bir
qismi bo’lgan didaktika bilan juda yaqin aloqadadir. Agar didaktika o’quvchilar
tomonidan bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni o’zlashtirish qonunlarni o’rgansa va u
maktabdagi barcha o’quv fanlari uchun o’qitish nazariyalarni va printsiplarini ishlab
chiqsa, biologiya o’qitish metodikasi biologiya bilan bog’liq o’qitish va tarbiyalash
mazmuni, shakllari, va metodlari hamda vositalari bilan bog’liq nazariy va amaliy
masalalarni ishlab chiqadi. Biologiya o’qitish metodikasi psixologiya bilan uzviy
aloqadadir. Chunki,biologiyani o’qitish o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos
bo’lgan taqdirdagina samara beradi. Masalan o’smirlarda ya'ni V-VI sinf
o’quvchilarida diqqat beqaror bo’lgani sababli biologiya o’qituvchisi dars jarayonida
bir necha metodlardan foydalanib, o’quvchilar faoliyatini almashtirib turadi, hamda
ularning tafakkurini konkret ekanligini e'tiborga olib, ko’rgazmali vositalardan ko’proq
foydalaniladi. Yuqori sinflarda esa o’quvchilar diqqati barqarorlashgani va ularda
abstrakt tafakkur rivojlangani uchun darslar ko’proq ma'ruza shaklida o’tkazilishi va
bir, ikki metoddan foydalanish kifoya qiladi. Biologiya o’qitish metodikasi biologiya
fani bilan uzviy aloqador. U biologik fanlarning deyarli barcha sohalari: botanika,
zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, tsitologiya, biokimyo, embriologiya,
sistematika, ekologiya, evolyutsion ta'limot, antropologiya molekulyar biologiya fan
asoslarini o’zida ifoda qiladi. Tirik tabiat vakillarining tashqi, ichki tuzilishini hayot
faoliyatini tashqi muhit bilan aloqasini to’g’ri tushuntirish o’simlik, zamburug’,
hayvon, mikroorganizmlarni aniqlash, ulardan mikro va makropreparatlar tayyorlash,
ular ustida kuzatish, tajribalar olib borish, o’qituvchidan yaxshi nazariy bilim, amaliy


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

333

333

333

333

tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin maktab biologiya o’quv fani bilan biologiya fani
orasida muhim tafovutlar borligini o’qituvchi yaxshi bilish kerak. Biologiya fanining
asosiy maqsadi tirik va o’lik tabiati to’g’risida tadqiqot o’tkazishi orqali yangi
bilimlarni hosil qilish bo’lsa, maktab biologiya o’quv fanining maqsadi,
o’quvchilarning yoshiga mos ravishda ularga biologik bilimlar, ya'ni biologik
tushuncha, qonunlar, nazariyalar berishdan bilimlar va uni tushuntirishdan iborat.
Maktab biologiya kursida fan emas, balki fan asoslari – o’quvchilar uchun zarur asosiy
ma'lumotlar mujassamlashgan. Shu bilan birga maktab biologiya kursi «kichik fan»
emas, balki o’quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga ko’mak beruvchi biologiyani
asosiy tushunchalar sistemasi sanaladi. Biologiya o’qitish metodikasi o’quv fani
sifatida Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-xunar ta'lim biologiya o’qituvchini
tayyorlashda biologiya o’qitish metodikasi o’quv fani nihoyatda muhim o’rin tutadi.
Bu o’quv fanini o’qitish jarayonida talabalarning biologiyani o’qitish uchun zarur
kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar shakllanadi. Tabiiydirki, o’quv fanida fan
to’plagan hamma bilimlar emas, balki uning asoslari beriladi. Ular o’qitish
vazifalaridan, o’quvchilarning yoshi, tayyorgarlik darajasini e'tiborga olgan holda
maxsus saralangan bilimlar majmuasidan iborat. Fandan farqli ravishda o’quv fanining
asosiy vazifasi bilim va ma'lumot berishdir. O’quv fani fanning aniq nusxasi emas.
O’quv fanini yaratishda fan tomonidan to’plangan bilimlar va tajribalar tizimini
talabalarga berish ustunlik qiladi. U faqat ilmiy ma'lumotlarni to’plash tartibi emas,
balki tushunchalarni umumlashtirish, aniqlashtirish, ilmiy faktlarni, fikr –
mulohazalarni tartibga solishdan tarkib topadi. O’quv fani o’zining asosiy bilim va
ma'lumot berish funktsiyasidan kelib chiqqan holda ma'lum tartib asosida tuzilgan.
Oliy maktab biologiya o’qitish metodikasi darsligi o’z tuzilishi va mazmuniga ko’ra
fanga yaqinroq. U o’z tarkibiga ilmiy ma'lumotlardan tashqari fandagi ayrim
munozarali masalalarni yechishga qaratilgan turlicha qarashlarni, xaqiqatni topishda
muvafaqqiyatli yo muvafaqqiyatsiz izlanishlarni ham o’zida ifoda qiladi. Shu bilan bir
qatorda ilmiy izlanishlar metodologiyasini, usullarini ham yaratadi.

XULOSA

Biologiya o’qitish metodikasi o’quv fani talabalarni nazariy va amaliy jihatidan

tayyorlash jarayonida faqat maktab biologiya kursining tuzilishini bayon etish
cheklanmay, umumiy o’rta va o’rta maxsus kasb – hunar muassasalarida biologiya
bo’yicha o’qitishning tashkil etishni o’ziga xos tomonlari bilan ham tanishtiradi,
biologiya o’qitish usullari, vositalarni qo’llash bo’yicha ko’nikma malakalarni
shakllantirishga hamda o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan minimal bilimlar
majmuasini talablar tomonidan o’zlashtirishga imkon beradi. Shu bilan birgalikda
zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalarni qo’llash, biologiya o’qitishda
innovatsion yondashish ko’nikmalarni hosil qiladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

334

334

334

334

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. -Toshkent MU.

2003.

2. Rizoqulovna, B. M. T. Biologiya o’qitish metodikasi qo’llanma. Toshkent-2020.
3. Rizoqulovna, B. M. T. (2021). biologiya fanini o'qitishda zamonaviy interfaol

metodlardan foydalanish samarasi.

References

Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. -Toshkent MU. 2003.

Rizoqulovna, B. M. T. Biologiya o’qitish metodikasi qo’llanma. Toshkent-2020.

Rizoqulovna, B. M. T. (2021). biologiya fanini o'qitishda zamonaviy interfaol metodlardan foydalanish samarasi.