Authors

  • Mohizarbegim ERGASHEVA
  • D.S. Saidoripova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93621

Keywords:

Kalit so‘zlar: ko‘plik -lar ها، آن morfologiya semantika o‘zbek tili fors tili qiyosiy tahlil grammatik qo‘shimchalar.

Abstract

Annotatsiya:  Ushbu maqola o‘zbek va fors tillaridagi ko‘plik kategoriyasining morfologik va semantik jihatlarini qiyosiy tahlil qiladi. O‘zbek va fors tillaridagi ko‘plik shakllari, ularning grammatik xususiyatlari va semantik funksiyalari solishtiriladi. Taqqoslash orqali ikkala til o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar aniqlanadi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

140

140

O‘ZBEK VA FORS TILLARIDA KO‘PLIK KATEGORIYASINING

MORFOLOGIK VA SEMANTIK QIYOSIY TAHLILI

Mohizarbegim ERGASHEVA

TDSHU, arab filologiyasi yo‘nalishi

2-bosqich (kunduzgi) arab guruhi talabasi

Ilmiy rahbar:

D.S. Saidoripova

Annotatsiya:

Ushbu maqola o‘zbek va fors tillaridagi ko‘plik kategoriyasining

morfologik va semantik jihatlarini qiyosiy tahlil qiladi. O‘zbek va fors tillaridagi
ko‘plik shakllari, ularning grammatik xususiyatlari va semantik funksiyalari
solishtiriladi. Taqqoslash orqali ikkala til o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar aniqlanadi.

Kalit so‘zlar:

ko‘plik, -lar, نآ ،اه, morfologiya, semantika, o‘zbek tili, fors tili,

qiyosiy tahlil, grammatik qo‘shimchalar.

Abstract:

This article provides a comparative analysis of the morphological and

semantic aspects of the plural category in uzbek and persian languages. The plural
forms, their grammatical features and semantic functions in Uzbek and Persian are
compared. The comparison identifies similarities and differences between the two
languages.

Keywords:

plural, -lar (form of plural in uzbek language), نآ ،اه (plural forms in

persian language, morphology, semantics, uzbek language, persian language,
comparative analysis, grammatical adverbs.


O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga, fors tili esa eroniy tillar guruhiga mansub. Bu ikki

tilning ildizi, grammatik tuzilishi va so‘z yasalishi bir-biridan farqlanadi. O‘zbek tilida
agglutinatsiya — ya’ni qo‘shimchalar orqali ma’no va grammatik vazifani ifodalash
keng tarqalgan bo‘lsa, fors tilida esa flektiv (so‘z ichidagi o‘zgarishlar) uslub hukmron.

Fors va o‘zbek tillarida ko‘plik kategoriyasini tahlil qilish nafaqat bu tillarning

o‘ziga xos xususiyatlarini, balki ularning o‘xshashlik va farqlarini ham ochib beradi.
Ko‘plik shakli tilning asosiy morfologik tuzilmalardan biri bo‘lib, har bir tilda o‘ziga
xos qonuniyatlarga ega.

Xususan, o‘zbek tilida 2 xil son shakli mavjud: birlik va ko‘plik shakli. Birlik

shakli shunchaki shu so‘zni qo‘llash orqali ifodalansa, ko‘plikni ifodalash uchun -lar
qo‘shimchasidan foydalaniladi. Masalan:

Gul (1 dona) – gullar (birdan ortiq)
Kitob (1 ta) – kitoblar (birdan ortiq)

Bir qarashda o‘zbek tilida har qanday so‘zning oxiriga -lar qo‘shimchasini

qo‘shib, ko‘plik hosil qilinaveradigandek tuyuladi, ammo uning uchun ham ma’lum
bir shartlar mavjud. Avvalo, bu affiks ot turkumidagi so‘zlar yoki otlashgan so‘zlarga


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

141

141

qo‘shiladi. Sifat, ravish kabi so‘z turkumlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri bu qo‘shimchani
ishlatib bo‘lmaydi. Qolaversa, ot turkumidagi so‘z sanaladigan ot bo‘lishi kerak. Aks
holda unga qo‘shilgan -lar o‘zining ko‘plik ma’nosini yo‘qotib, tur, xil, nav ma’nosini
ifodalaydi. Masalan:

Olma – olmalar (Olma so‘zi sanaladigan ot va bu yerda -lar qo‘shimchasi

olmaning birdan ortiq ekanligini bildiryapti.)

Un – unlar; suv – suvlar;
Do‘konga unlar va suvlar keldi. (Gapdagi un va suv so‘zlari sanalmaydigan ot

hisoblanadi va ularga qo‘shilgan -lar affiksi bir nechta tur, navini ifodalaydi.)

Bundan tashqari, o‘zbek tilida narsa-buyumning birdan ortiqligini ifodalash

uchun

bir nechta, bir qancha, ko‘p

kabi birliklar ham ishlatiladi, lekin bu birliklar aniq

miqdorni ko‘rsatmaydi. Narsa-buyumning aniq miqdorini bilish uchun sonlardan
foydalaniladi.

Beshta qalam, sakkizta xonadon

kabi… Umuman olganda, O‘zbek tilida

otlarning ko‘plik shakli bitta qo‘shimcha, ya’ni -lar qo‘shimchasini qo‘shish orqali
yasaladi. Bu qo‘shimcha jonli, jonsiz predmet nomlariga ham qo‘shilaveradi: kitoblar,
odamlar va h.k.

1

Fors tilida esa bu biroz farqlidir. Ya’ni qo‘shimchalar va ularning qo‘llanilishi

uchun asosli qoidalar mavjud. Lekin har ikkala tilda ham otlar ikki xil son shaklga ega:
birlik shakli va ko‘plik shakli.

Otlarning

ko‘plik formasini yasash uchun ikki xil

qo‘shimchadan foydalaniladi.

Ulardan biri -hā qo‘shimchasi, ikkinchisi esa -ān qo‘shimchasidir. Bu ikkala
qo‘shimcha -ān va -hā o‘zbek tilidagi -lar qo‘shimchasiga teng keladi, lekin ularning
ishlatilishi biroz farq qiladi.

:هتکن

فورعم

رد عمج تملاع نیرت

نابز

،یسراف

عمج تملاع

«

اه

»

تسا

هاگ .

زا ی

«

نآ

»

دافتسا مه

ه

دوش یم

.

(Tarjimasi: Fors tilidagi eng mashhur ko‘plik belgisi -hā ko‘plik belgisidir,

ba’zida -ān ham ishlatiladi.)

2

1. ān نا

– . Bu qo‘shimcha jonli predmet nomlariga qo‘shiladi. Masalan:

Erkaklar – mardān نادرم =نا +درم
Ayollar – zanān نانز =نا+نز
2. hā اه

– . Bu qo‘shimcha universal hisoblanib, asosan, jonsiz predmet nomlariga

qo‘shiladi. Masalan:

Daftarlar - daftarhā اهرتفد=اه+رتفد
Ba’zi hollarda نا

– ān ko‘plik qo‘shimchasi o‘rniga ko‘proq اه

- hā qo‘shimchasi

ishlatilishi mumkin, ya’ni اه

- hā jonli predmet nomlariga ham qo‘shilaveradi.

Bu hodisa hozirgi paytda نا

ān qo‘shimchasi o‘rnida ko‘proq اه

- qo‘shimchasining

ishlatilishi bilan izohlanadi. Lekin ba’zan ularni bir-biri bilan almashtirish mumkin

1

A.Quronbekov. Fors tili. Darslik. T,. 2006.

2

D.Saidoripova. Fors tilidan grammatik mashqlar to‘plami. O‘quv qo‘llanma. T., 2025.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

142

142

emas, aks holda ma’no o‘zgarib ketadi. Masalan:

]رس

sar

]-bosh

]نارس

sarān

]-boshliqlar

]اهرس

sarhā

]-boshlar

3

Bundan tashqari, -ān ko‘plik qo‘shimchasi ayrim juft tana a’zolari nomlariga ham

qo‘shilishi mumkin. Masalan:

Lablar – [

labān

] –

نابل

بل

Ko‘zlar – [

češmān

] –

نامشچ

مشچ

Ammo oyoq, qo’l kabi so‘zlarga -ān emas, balki -hā qo‘shimchasi qo‘shiladi:
Qo‘llar – [

dasthā

] –

اهتسد

تسد

Oyoqlar – [

pāhā

] –

اهاپ

اپ

Agar o‘zbek tilida tana a’zolariga -lar qo‘shimchasi qo‘shilsa, ma’noni yanada

kuchaytirib, bo‘rttirish ma’nosi ifodalanadi:

Boshim og‘rib ketdi.
Boshlarim og‘rib ketdi. (Ma’no kuchaygan)
Sen kelguncha ko‘zimdan yosh oqdi.
Sen kelguncha ko‘zlarimdan yoshlar oqdi.
Ko‘pincha, bu shakldan badiiy usulda, his-tuyg‘ularni kuchaytirib ko‘rsatish

uchun foydalaniladi.

Fors tilida otlardan ko‘plik yasash uchun -ān va -hā affikslaridan tashqari, arab

tilidan kirib kelgan ko‘plik affikslari va „

siniq ko‘plik

“ deb ataluvchi maxsus ko‘plik

shakllari ham mavjud. Bu shakllar aynan arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarning ko‘plik
shaklidan kelib chiqqan. Ya’ni biron bir arabcha so‘z o‘zining ko‘plik formasi bilan
fors tiliga kirib kelgan. Ular quyidagilardir:

1)

-in qo‘shimchasi - bu qo‘shimcha arab tilidagi shaxs nomlarini bildiruvchi

so‘zlarga qo‘shilib, ularning ko‘plik shaklini hosil qiladi. Masalan:

Mulkdor [

mālek

] – mulkdorlar [

mālekin

] –

نیکلام

کلام

2)

-un qo‘shimchasi - bu qo‘shimcha -i bilan tugaydigan ayrim arabcha shaxs

nomlariga qo‘shilib, ko‘plik shaklini hosil qiladi. Bu shakl fors tilida kam ishlatiladi.
Masalan:

Ruhoniy [

ruhāni

] – ruhoniylar [

ruhāniyun

] –

نویناحور

یناحور

3)

-āt qo‘shimchasi - bu eng ko‘p ishlatiladigan arabcha ko‘plik

qo‘shimchalaridan biri bo‘lib, odatda, jonsiz narsalarni bildiruvchi so‘zlarga
qo‘shiladi. Masalan:

Hayvon [

heyvān

] – hayvonlar [

heyvānāt

] –

ناویح

تاناویح

Eslatma: Agar so‘z oxiri -e yoki -at bilan tugasa, bu qo‘shimcha bevosita so‘zning

negiziga ulanadi va oxirgi -e yoki -at tushib qoladi. Masalan:

Maqola [

maqāle

] – maqolalar [

maqālāt

] –

تلااقم

هلاقم

3

A.Quronbekov. Fors tili. Darslik. T,. 2006.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

143

143

Shuningdek, ushbu qo‘shimcha ba’zi forscha so‘zlar bilan ham qo‘llanadi:
Qishloq [

deh

] – qishloqlar [

dehāt

] –

تاهد

هد

Bog‘ [

bāy

] – bog‘lar [

bāyāt

] –

تاغاب

غاب

Eslatma! Agar ba’zi forscha so‘zlar -e yoki -i unlisi bilan tugasa, ularga -āt

ko‘plik qo‘shimchasi emas, balki fonetik variant bo‘lgan -jāt qo‘shimchasi qo‘shiladi.
Bunda so‘z oxiridagi e tushib qoladi:

Mive → mivejāt (mevalar)

هویم

تاجویم

Ruznāme → ruznāmejāt (gazetalar)

همانزور

تاجمانزور

Sabzi → sabzijāt (ko‘katlar)

یزبس

تاجیزبس

Shu o‘rinda aytish kerakki, yuqoridagi ko‘plik qo‘shimchalari o‘zbek tilidagi

so‘zlarda ham uchraydi. Bu ham, albatta, o‘zlashma so‘zlar bilan bog‘liq. Masalan,
hayvonot, sabzavot, nabotot kabi. Bunday so‘zlar, ko‘pincha,

yig‘indi, to‘plam, soha

yoki umumiy tushuncha

ma’nosini bildiradi.

Fors tilida, shuningdek, arabcha “siniq ko‘plik” shakli ham mavjud. Bu ko‘plikda

so‘zning ichki tovush tarkibi (unli va undoshlar) o‘zgaradi. Bu shakllar arab tilidan
tayyor holda, ko‘plikda kirib kelgan va murakkab yasalishi tufayli lug‘atlarda birlik va
ko‘plik shakllari birgalikda keltiriladi. Shu sababli har bir arabcha so‘z ko‘plik shakli
bilan birga yodlanishi maqsadga muvofiqdir. Masalan:

4

Qolaversa, o‘zbek tilidagi

bir nechta, bir qancha, ko‘p

kabi til birliklari fors tilida

ham uchraydi. Ular quyidagi jadvalda keltirilgan:

So‘z

Transkripsiya

Ma’nosi

رایسب

besyār

Juda ko‘p, ko‘p

دایز

ziyād

Ko‘p

دنچ

čand

Bir nechta

زا یرایسب

besyāri az

Ko‘pchilik

(odamlar)

یا هدع

edde-i

Bir

guruh,

biroz

odam

4

X.Maxamadaliyev, X.Alimova, G.Agzamova. Fors tili. Darslik. T., 2018.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

144

144

Jadvaldagi birliklar va raqamlar orqali ham narsa-buyumning birdan ortiq

ekanligini ifodalash mumkin.

Xulosa qilib aytganda, o‘zbek va fors tillarida ko‘plik kategoriyasi morfologik va

semantik jihatdan o‘ziga xosliklarga ega bo‘lsa-da, ular orasida muayyan umumiyliklar
ham mavjud. O‘zbek tilida otlarning ko‘plik shakli asosan «-lar» qo‘shimchasi orqali
ifodalansa, fors tilida bu vazifani «-hā» qo‘shimchasi bajaradi. Har ikki tilda ham
ko‘plik grammatik vositalar bilan bir qatorda semantik birliklar orqali ham ifodalanishi
kuzatildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. A.Quronbekov. Fors tili. Darslik. T,. 2006.
2. D.Saidoripova. Fors tilidan grammatik mashqlar to‘plami. O‘quv qo‘llanma.

T., 2025.

3. M.Abdusamatov. Fors tili. Darslik. T,. 2007.
4. X.Maxamadaliyev, X.Alimova, G.Agzamova. Fors tili. Darslik. T., 2018.

References

A.Quronbekov. Fors tili. Darslik. T,. 2006.

D.Saidoripova. Fors tilidan grammatik mashqlar to‘plami. O‘quv qo‘llanma. T., 2025.

M.Abdusamatov. Fors tili. Darslik. T,. 2007.

X.Maxamadaliyev, X.Alimova, G.Agzamova. Fors tili. Darslik. T., 2018.