Authors

  • Abdullayeva Xilolaxon Ibrohimjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93634

Keywords:

Kalit so‘zlar: Bronx kasallik o‘pka bolalar chaqaloq nafas ageneziya.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalarda o‘pka va uning kasalliklar, bronxlarning rivojlanish nuqsonlari va kasallik turlari, bolalarda yosh doirasida uchraydigan gestatsiya davri va  undagi jarayonlar, nafas yo‘llari va umurtqa pog‘onasida kechadigan o‘zgarishlar, o‘pka va bronxlar rivojlanishini kuzatib borish uskunalari, yurak va nafas yo‘llari kasalliklari sabablari va ushbu turdagi kasalliklarning ba’zi turlariga to‘xtalib o‘tilgan va bu jarayonning davolash usullari va metodikasi keltirilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

76

76

BOLALARDA O‘PKA VA BRONXLARNING

RIVOJLANISH NUQSONLARI

Abdullayeva Xilolaxon

Ibrohimjon qizi

1

1

Impuls Tibbiyot Instituti, fiziologiya va morfologiya kafedrasi talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bolalarda o‘pka va uning kasalliklar, bronxlarning

rivojlanish nuqsonlari va kasallik turlari, bolalarda yosh doirasida uchraydigan
gestatsiya davri va undagi jarayonlar, nafas yo‘llari va umurtqa pog‘onasida
kechadigan o‘zgarishlar, o‘pka va bronxlar rivojlanishini kuzatib borish uskunalari,
yurak va nafas yo‘llari kasalliklari sabablari va ushbu turdagi kasalliklarning ba’zi
turlariga to‘xtalib o‘tilgan va bu jarayonning davolash usullari va metodikasi
keltirilgan.

Kalit so‘zlar

: Bronx, kasallik, o‘pka, bolalar, chaqaloq, nafas, ageneziya.


Bolalarda o‘pka va bronxlar rivojlanish nuqsonlari va anomaliyalari - embrional

rivojlanish davrining ikki bosqichida noto‘g‘ri shakllanishi natijasida yuzaga keladi,
ya’ni gestatsiya davrining 3-6 haftasi oralig‘ida birlamchi ichakdan traxeya divertikuli
ajralishi va shakllanishining buzilishi; gestatsiya davrining 6—16 haftasi oralig‘ida
distal bronxlarning hosil bo'lishi va shakllanishining buzilishi natijasida o'pka-bronx
tizimida tug‘ma nuqson hamda anomaliyalar vujudga keladi. Chaqaloq va kattalar
nafas olish a’zolarining anatomiyasi va fiziologiyasida o‘ziga xos bo‘lgan farqlar
mavjud. Nafas yo‘llarining hilpillovchi epiteliy bilan qoplanishi gestatsiya davrining
6-16 haftasiga to‘g‘ri keladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda havo almashinuvi respirator
bronxiolalarning shingilsimon xaltachasida kechadi. Nafas olish a’zolarining anatomik
strukturasi shakllanishi (bronxiolalar, alveolyar, yo‘lakchalar, alveolyar daraxt) bola
hayotining 18-oyigacha davom etadi. Postnatal rivojlanishi davomida 20 mln alveola
bilan tug‘ilgan chaqaloqning alveolalari soni 8 yoshligida 300 mln atrofida bo‘ladi.
Chaqaloq traxeyasi bola vazni va o‘pka hajmiga nisbatan noproporsional bo‘lib, qisqa
va keng bo‘ladi. Rivojlanishning keyingi bosqichlarida o‘pka hajmi qariyb 30 martaga
kattalashadi. Shuning uchun bolalarda nafas yo‘llarining yallig‘lanishi, xususan distal
qismlarining yallig‘lanishi bronxiolit va o‘pka shishi tez rivojlanadi[1,2].

Chaqaloq ko‘krak qafasi kattalar ko‘krak qafasidan shakli bilan farq qiladi,

kattalarning ovalsimon shaklli ko‘krak qafasiga nisbatan ularning ko‘krak qafasi doira
shaklini eslatadi, bu esa ko‘krak ekskursiyasi imkoniyatlarini chegaralaydi. Ularda
qovurg‘a ikki, ya’ni tog ‘ay va suyak qism dan iborat. Qovurg‘alar gorizontal
joylashgan bo‘lib, qovurg‘a tog‘aylari to‘sh suyagi bilan bir tekislikda yotadi.
Qovurg‘alar nisbatan elastikligi, qovurg‘alararo mushaklaming funksional
imkoniyatlari chegaralanganligi nafas olganda va nafas chiqarganda nafas hajmini


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

77

77

to‘liqligini ta’minlay olmaydi. Nafas olish, nafas hajmi asosan diafragmaning
ekskursion faoliyati bilan bog'liq bo‘ladi. Shuning uchun chaqaloqlarda abdominal
xirurgik muolajalar, ichaklar parezi nafas olish faoliyatiga tez va nojo‘ya ta ’sir
qiladi[3].

Ageneziya va aplaziya.

O‘pkaning yoki bir vaqtning o‘zida bosh yoki

drenajlovchi bronxning yo‘qligi ageneziya deyiladi. Aplaziya deganda esa,
shakllangan yoki rudimentar bosh bronxborligi butun o‘pkaning yoki uning bir qismi
yo‘qligi tushuniladi. Ikki tomonlama o‘pka ageneziyasi yoki aplaziyasi bilan tug‘ilgan
bolalar hayot kechira olmaydi. Bu nuqsonlar boshqa rivojlanish norasoliklari bilan
birga (yurakning tug‘ma nuqsonlari, qizilo‘ngach atreziyasi, diafragma churrasi,
Botallov yo‘lining bitmay qolishi) uchraydi[4].

Ageneziya bilan kasallangan bemorlarda o‘limning sababi o‘pka infeksiyasi

hisoblanadi. O‘ng o'pkasida ageneziya rivojlangan bolalar о‘limi kо‘proq kuzatiladi.
Chunki chap o‘pkada yallig‘lanish jarayoni tez rivojlanadi. Ba’zi kuzatishlarga ko‘ra
o‘pka ageneziyasi bilan tug‘ilgan bemorlar uzoq umr ko‘rishi ham mumkin. O‘pka
nuqsonining klinik ko‘rinishi birlamchi pnevmomerlar bo‘linishining to‘xtash darajasi
bilan aniqlanadi. O‘pka ageneziyasining klinikasida ko‘ks a’zolarining surilishi
natijasida yurak va nafas faoliyatining buzilishlari kuzatiladi. Bemor hansirashdan
shikoyat qiladi. Ko‘zdan kechirilganda ko‘krak qafasida asimmetriya (nafas olganda
shu yarmining orqada qolishi kuzatiladi), ko‘ks a’zolari o‘pkaning nuqsoni rivojlangan
tomonga suriladi. Yurak bu holatda vertikal o‘q atrofida buralgan bo‘ladi[5].

Sog‘lom о‘pka kengaygan ko‘krak qafasining ikkinchi yarmiga o‘tadi va

mediastinal churrani hosil qiladi. Mediastinal churra ustida ko‘krak qafasining
yuqorigi va medial qismlarida nuqsonli rivojlangan о‘pka tomonda nafas shovqinlari
eshitiladi.

Diagnostikasi

— klinik, rentgenologik va bronxoskopik tekshiruv natijalarga

asoslanib qo‘yiladi. Ularning ichida bronxoskopiya, bronxografiya,
angiopulmonografiya,

kompyuter

tomografiya(KT)

va

magnit-rezonansli

tomografiyasi (MRT) muhim o‘rin tutadi.

Rentgenologik tekshirilganda (qovurg‘alararo) kasallangan tomonda qovurg‘alar

oralig ‘ining torayishi, diafragm a pardasi yuqori joylashgani, ko‘krak qafasining shu
sohasi qorong‘ilashgani kuzatiladi.

Rentgenologik tekshirishda klinik belgi sogiom o‘pkani ko‘krak qafasining

ikkinchi yarm ida tasdiqlanadi. O‘pka ageneziyasini bronxoskopiya qilganda bosh
bronx va traxeya bifurkatsiyasi yo‘qligi ko‘riladi. O‘pka aplaziyasida bifurkatsiya va
diametri toraygan bosh bronx aniqlanadi (bronxoskopiyada). Bronxografiya
tekshiruvida о‘pka ageneziyasiga xos hamma belgilar aniqlanadi. O‘pka ageneziyasi
yoki aplaziyasi deb tashxis qo‘yilgan bemorlar uzoq vaqt dispanser kuzatuvida
bo‘lishlari kerak[6].


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

78

78

O‘pka gipoplaziyasi. O‘pka gipoplaziyasi o‘pka hamma elementlarining

rivojlanishdan orqada qolishidir (o‘pka parenximasi va qontomir, bronxlar). Butun
o‘pka, o‘pka bo‘lagi, segment gipoplaziyasi farqlanadi. G ipoplaziya bir va ikki
tomonlama bo‘ladi. Bir-ikkita segment gipoplaziyasi klinik ko‘rinishda yaqqol
kechmaydi. Faqat profilaktik tekshirish paytida to‘satdan aniqlanadi. Infeksiya
qo‘shilgan hollarda klinik ko‘rinishi rivojlanadi. Klinikasi bronxoektatik kasallikka
o‘xshash bo‘ladi. Butun o‘pka gipoplaziyasining klinik ko‘rinishi boshqacha bo‘lib,
asosan, u yashirin yoki aniq nafas yetishmovchiligi bilan kuzatiladi.

Butun o‘pka gipoplaziyasi.

Bemorni ko‘rganda ko‘krak qafasida assimetriya,

ayniqsa, orqadan qaraganda aniq ifodalangan bo‘ladi. Bu orqa assimetrik simptomi
deyiladi. Bu simptom faqat butun o‘pka gipoplaziyasida emas, balki о‘pka
ageneziyasida, tug‘ma yoki orttirilgan massiv o‘pka aplaziyasida o‘tkazilgan
pulmonektomiyadan keyin ham uchraydi. Perkussiyada gipoplaziyaga uchragan
o‘pkada perkutor tovush qisqarganligi aniqlanadi. Ko‘ks oralig‘ida kasallik о‘pka
tomonga surilgan bo‘ladi. Nafas yetishmovchiligi alomatlari tashqi tomonda tinch
turganda va ko‘p bo‘lmagan fizik zo‘rayishda o‘zgarmasligi mumkin. Nafas olish
faoliyatini chuqurroq tekshirilganda yurak qontomir va nafas yetishmovchiligi borligi
aniqlanadi.

Shuning uchun bunday bolalarni sog‘lom bolalar deb ayta olmaymiz. Yuqorida

о‘pka gipoplaziyasining quruq turi haqida fikr yuritildi. Klinik kechishining boshqa
turi yaxshi rivojlanmagan bronx va ulardagi yiring bilan bog‘liq. Bunday bemorlarda
kasallikning klinik kechishi bronxoektatik kasallikning klinik ko‘rinishidan farq
qilmaydi. Balg‘am bilan yo‘tal davriy xususiyatga ega. Bo‘lak gipoplaziyasi o‘pka
bo‘lagi gipoplaziyasining klinik kо‘rinishi, asosan, bo‘lakda yiring bor yoki yo‘qligi
bilan bog‘liq[7].

Agar yiringlanish bo‘lmasa, o‘pkaning gipoplaziyaga uchragan bo‘lagi uzoq

vaqtgacha bilinmaydi. Faqat rentgenologik tekshiruvda yoki operatsiya paytida
tasodifan ma’lum bo‘ladi. Bemorda gipoplaziyaga uchragan bo‘lakda perkutor
tovushning qisqarishi, nafasning susayishi aniqlanadi va ko‘ks oralig‘ining kasal
tomonga siljishi kuzatiladi. Rentgenografiyada gipoplaziyaga uchragan o‘pka tomonda
o‘pka maydonining bir xil qorayishi, yurak va diafragma soyasining qo‘shilishi bilan
birga kuzatiladi. Zararlangan tomonda ko‘ks oralig‘ining surilishi, qovurg‘alar
orasining torayishi aniqlanadi. Ba’zan mediastinal churra aniq ko‘rinadi.
Bronxoskopiyada asosiy bo‘lak ustunidan yoki segmentar bronxlardan normal yoki
anomal ketuvchi bronxlaming birday torayishi va to‘mtoq tamom bo‘lishi aniqlanadi.

Yallig‘lanishda

bo‘lsa,

endobronxitga

xos

ko‘rinish

kuzatiladi.

Bronxografiyadagi ko‘rinish bosh bo‘laklar va segmentar bronxlar gipoplaziyasining
darajasiga bog‘liq bo‘ladi. O‘pka gipoplaziyasida deformatsiyalangan va qisqargan
bo‘lak, segmentar bronxlar aniqlanadi. Bronxlar soni normaga to‘g‘ri kelmaydi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

79

79

Angiopulmonografiyada gipoplaziyaga uchragan o‘pkaning qon-tomir sistemasining
norasoliklari aniqlanadi. Ba’zan gipoplaziya tashxisi operatsiya paytida olingan о‘pka
sohasini gistologik tekshirgandan keyin qo‘yiladi.

Aralash deganda normal bronx ajralish joyining atipikligi tushuniladi. Masalan,

o‘ng yuqori bo‘lak to‘g‘ridan to‘g‘ri traxeyadan ajraladi, bunda o‘pkadagi bronxlar
soni normal qoladi. Yuqori komplektli traxeal bronxda butun o‘pkada, bo‘lakda yoki
segmentda qo‘shimcha bronx bo‘ladi. Bu ham to‘g‘ridan to‘g‘ri traxeyadan ajraladi.
Traxeal bronx tipik klinikaga ega emas. Klinik ko‘rinishi, asosan, o‘pka to‘qimasidagi
o‘zgarishlarga bog‘liq. Traxeal bronxda bronxologik tekshirishga asoslanib tashxis
qo‘yiladi. Bronxoskopiyada to‘g‘ridan to‘g‘ri traxeyadan ajraluvchi qo‘shimcha bronx
ravog‘i aniqlanadi. Bronxoskopiyada traxeal bronxni aniqlagandan keyin topilgan
nuqsonni to‘liq isbotlash uchun bronxografiya va angiopulmonografiya o‘tkazish
zarur[8].

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, bolalarda o‘pka kasalliklarini davolash hozirgi kunning

eng dolzarb muammolaridan biridir. Yaxshi rivojlanmagan o‘pkada yallig‘lanish
o‘zgarishlari bo‘lmasa, bemor davolashga muhtoj emas. Rudimentar o‘pkaga yiringli
yallig‘lanish o‘zgarishlari qo‘shilsa, uni olib tashlashga to‘g‘ri keladi. O‘pka
gipoplaziyasi bilan og‘rigan bolalar doimo dispanser kuzatuvida bo‘lishi kerak.
Traxeal bronx-bronxlarning ajralish norm asiga kiradi. Bo‘lak yoki segmentar bronx
to‘g‘ridan to‘g‘ri traxeyadan ajraladi. Traxeal bronxning bir qancha tasnifi qabul
qilingan. Ko‘proq qo‘llanadigan aralash va yuqori komplekt traxeal bronxga bo‘linishi
hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ahmedjanov I. A. Bolalar urologiyasi. Qo‘llanma. - Т.: Ibn Sino, 2003.
2. Suleymanov A. S. va hammual. Bolalar xirurgiyasi. D arslik. - Т.: Ibn Sin
nashriyoti, 2000.
3. Шамсиев А.М. Остры едеструктивные пневмонииу детей. Руководство. - Т.,
1996.
4. Ш амсиев А.М. с авт. Хирурги чески е болезни у детей. Руководство
Т., 2001.
5. Xamrayev A. J. va hammual. Bolalar koloproktologiyasi Qo‘llanm a - T
2001.
6. Акопян В.Г. Хирургия печени у детей. Руководство. - М осква, 1978.
7. Баиров Г. А. Срочная хирургия детей. Учебник. - Санкт-Петербург, 1997
8. Баиров Г. А. Хирургия проков развития у детей. Руководство -Ленинград,
1988.

References

Ahmedjanov I. A. Bolalar urologiyasi. Qo‘llanma. - Т.: Ibn Sino, 2003.

Suleymanov A. S. va hammual. Bolalar xirurgiyasi. D arslik. - Т.: Ibn Sin

nashriyoti, 2000.

Шамсиев А.М. Остры едеструктивные пневмонииу детей. Руководство. - Т., 1996.

Ш амсиев А.М. с авт. Хирурги чески е болезни у детей. Руководство

Т., 2001.

Xamrayev A. J. va hammual. Bolalar koloproktologiyasi Qo‘llanm a - T

Акопян В.Г. Хирургия печени у детей. Руководство. - М осква, 1978.

Баиров Г. А. Срочная хирургия детей. Учебник. - Санкт-Петербург, 1997

Баиров Г. А. Хирургия проков развития у детей. Руководство -Ленинград, 1988.