Authors

  • A.R.Matyazov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93635

Keywords:

Kalit so‘zlar: Qadimgi obidalar restavratsiya ganchkorlik konservatsiya tarix Qо‘rg‘on ayvon minora ichki qal’a arxeologiya ta’mirshunos.

Abstract

Annotasiya: Mazkur maqolada Xorazmning о‘ziga xos iqlimi (sahroga yaqinligi), aholining joylashishi, shaharlarning rivojlanishiga va uy-joylarning shakliga yaxshigina ta’sir qilgan. Qadimda aholi sug‘orish tarmoqlariga yaqin joyda yashagan. Daryo о‘zanining о‘zgarishi natijasida shaharlarning kо‘chish voqeasi Xorazm tarixida kо‘p uchraydi. Uy-joylarning eng qadimgi va  eng keng tarqalgan turi alohida-alohida joylashgan qо‘rg‘on tо‘g‘risida ma’lumot beriladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

71

71

XORAZMNING XVII-XX ASRDARDA UY-JOY QURISH

ME’MORCHILIGI VA INTETER BEZAKLARI

A.R.Matyazov,

“Amaliy bezak san’ati” kafedrasi katta o‘qituvchisi,

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti,

Toshkent, O‘zbekiston.

Annotasiya:

Mazkur maqolada Xorazmning о‘ziga xos iqlimi (sahroga

yaqinligi), aholining joylashishi, shaharlarning rivojlanishiga va uy-joylarning
shakliga yaxshigina ta’sir qilgan. Qadimda aholi sug‘orish tarmoqlariga yaqin joyda
yashagan. Daryo о‘zanining о‘zgarishi natijasida shaharlarning kо‘chish voqeasi
Xorazm tarixida kо‘p uchraydi.

Uy-joylarning eng qadimgi va eng keng tarqalgan turi alohida-alohida joylashgan

qо‘rg‘on tо‘g‘risida ma’lumot beriladi.

Kalit so‘zlar:

Qadimgi obidalar, restavratsiya , ganchkorlik , konservatsiya ,

tarix, Qо‘rg‘on , ayvon , minora ichki qal’a, arxeologiya, ta’mirshunos.

ДОМОСТРОИТЕЛЬНАЯ АРХИТЕКТУРА И ВНУТРЕННЕЕ

УБРАНСТВО ХОРЕЗМА В 17-20 ВЕКАХ

A.R.Matyazov,

старший препадователь кафедры "Прикладное

изобразительное искусство", Национальный институт

художеств и дизайна имени Камолиддина Бехзода,

Ташкент, Узбекистан.

Аннотация:

В данной статье хорошо сказался особый климат Хорезма

(близость к пустыне), расположение населения, развитость городов и форма
домов. В древние времена люди жили вблизи ирригационных сетей. Событие
переселения городов в результате изменения русла реки часто встречается в
истории Хорезма.

Отдельно описан самый старый и распространенный тип жилья.

Ключевые слова:

Древние памятники, реставрация, накопительство,

консервация, история, крепость, крыльцо, башня, внутренняя крепость,
археология, реставратор.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

72

72

HOUSE BUILDING ARCHITECTURE AND INTERIOR DECORATION

OF KHOREZM IN THE 17TH-20TH CENTURIES

A.R.Matyazov,

Senior lecturer of the Department of Applied fine arts,

The National Institute of Art and Design

named after Kamoliddin Behzod,

Tashkent, Uzbekistan.

Abstract:

In this article, the special climate of Khorezm (closeness to the desert),

the location of the population, the development of the cities and the shape of the houses
had a good effect. In ancient times, people lived near irrigation networks. The event of
migration of cities as a result of the change of the river bed is often seen in the history
of Khorezm.

The oldest and most common type of housing is described separately.

Keywords:

Ancient monuments, restoration, hoarding, conservation, history,

fortress, porch, tower, inner fortress, archeology, renovator.



Xorazmning о‘ziga xos iqlimi (sahroga yaqinligi),

aholining joylashishi, shaharlarning rivojlanishiga va uy-
joylarning shakliga yaxshigina ta’sir qilgan. Qadimda
aholi sug‘orish tarmoqlariga yaqin joyda yashagan. Daryo
о‘zanining о‘zgarishi natijasida shaharlarning kо‘chish
voqeasi

Xorazm

tarixida

kо‘p

uchraydi.

Uy-joylarning eng qadimgi va eng keng tarqalgan turi
alohida-alohida joylashgan qо‘rg‘on

hovlilardir. Qо‘rg‘on qishloq va ovuldan tamoman

farq qiladi. Xorazm hudididagi tо‘xtovsiz bо‘lib turgan
о‘zaro urushlar qо‘rg‘on-hovlining devorlari mustahkam
va xonalarining keng bо‘lishini talab qilardi. Qо‘rg‘onda
oilaning butun rо‘zg‘ori, mollari, oziq-ovqat va suv

saqlanadigan joylari bо‘lgan. Qо‘rg‘on teshik-tuyniksiz paxsa devor bilan о‘ralgan
bо‘lib, devorning burchaklari g‘о‘la shaklidagi burjlar bilan mahkamlangan. Qо‘rg‘on
tarxi (plani) tо‘g‘ri tо‘rtburchak shaklida bо‘lib, asosan kо‘pincha tashqi (dishan) va
ichki (ichan) hovlilarga bо‘linadi. Barcha xonalar yassi tom bilan yopilgan. Uzun
yо‘lak tepasidagi tuyniklar orqali yondosh xonalar ham yoritilgan, bunday qо‘rg‘on
qamal

vaqtida

100-150

kishilik

jamoani

muhofaza

qilardi.

Mustahkam qо‘rg‘onlar kо‘plab qurilishi bilan bir qatorda ular atrofida VI-IX asrlarda


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

73

73

qishloqlar vujudga kela boshladi, bu qishloqlarga kata mulk egalarini kо‘shk
qо‘rg‘onlari о‘zgacha fayz bag‘ishlagan. Qо‘rg‘onlar atrofidagi uylar asosan chо‘bkori
uslubida qurilgan oddiy binolar edi. Shu davrlarda bunday imoratlarni tiklash va buzish
oson bо‘lgan. Shaharlarda joy tansiqligi uchun ixcham chо‘pkori imoratlar qurish
qulay bо‘lgan. CHо‘pkori imoratlar keyinroq shaharga xos asosiy bino bо‘lib qoldi.
Afsuski, chо‘pkori imoratlar paxsa devorli imoratlar kabi uzoqsaqlanmagan.
Shusababli ularni qurishning rivojlanishini о‘rganib bо‘lmadi.

Xiva uylarining о‘zigaxos tuzilishi
diqqatga

sazovordir,

binoning

konstruktiv asosini birqavatli chо‘pkori
devor tashkil etib, sinchlar orasiga
xomg‘isht bilan loy urilgan. Bu erdagi
yozgi va qishgi xonalarning joylashuvi
katta-kichikligi,

bezaklari

Buxoro,

Samarqand va Farg‘ona uy-joylaridan

tamoman farq qiladi. Markaziy Osiyo memorchiligida asrlar davomida imoratt
arhitarzidagi zaruriyt unsur bо‘lib kelgan. Uning yuzaga kelishiga mintaqadagi iqlim
sharoitining tasiri kata bо‘lgan. Bu erda yoz juda issiq, qish esa sovuq bо‘ladi. Xiva
uy-joylarini tashqi kо‘rinishi juda ajoyibdir: har bir uyda shimol tomonga qaratib
ayvon quriladi, ayvonda asosan yozda “saraton oyida” kishilar issiqdan jon saqlashgan.
Xivaning ichki qal’asida joy tansiqligi sababli hovlilarning fasad lari deyarli hammasi
juda tor dir. Ayvon hovli sahnini yuqoridan deyarli tо‘sib turadi va hovli ham qisman
ayvon vazifasini о‘taydi. Hovlida shamol yaxshiroq yurishi uchun ayvonni baland qilib
qurganlar. Bu esa shamolning pastdan yuqoriga almashib turishi va ichkarini har bir
nur bilan yoritilishi yordam beradi. Ayvon qishda xonaning juda sovuq bо‘lishidan,
yozda esa juda isib ketishidan saqlagan. Shuning uchun memorlar xonaning hovli iqlim
sharoiti bilan yaqinligini saqlash, uyg‘unlashuv jihatidan rang-barang manzarasi bilan
bog‘lanishiga alohida etibor berishgan. Mazkur tadbirlarni amalga oshirishda ayvon
qо‘l kelgan. U xona bilan tashqi muhitni bog‘lovchi qism vazifasini о‘tagan.
Ayvon о‘rta asrlarda va undan keyingi davrdaham uylarda keng qо‘llanilgan. Turar joy
memorchiligida ayvon ikki, tо‘rt xona oralig‘ida uyning old qismini butunlay egallagan
holda (peshayvon) qurilgan. U imoratning old yoki yon tomonlarida galereya (yо‘lak)
sifatida, devor sathidan bо‘rtib chiqqan bolaxonaga monand, ikkinchi qavatning ochiq
qismini egallagan shiypon sifatida va alohida tо‘rt, uch tomoni ochiq bosh pana
sifatidaham bunyodqilingan.

Ayvonning turar joy memorchiligida qо‘llanilishi о‘sha joyning iqlim sharoiti va

xonalarning joylashuv tartibidan kelib chiqqan. Masalan, Xivada iqlim sharoitining
о‘zgachaligi, yozda havoning nisbatan issiqligi sababli ayvonxona va hovli


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

74

74

havosiniyang ilab turishga mо‘ljallangan. Bu erdagi ayvonlar ikki xil tuzilishga ega.
Ulli (Ulug‘) ayvonxona ning old qismini egallagan va undan ancha baland kо‘tarilgan.
Uning qarshisida teskari kichikroq ayvon о‘rnatilgan. Ulli ayvon bita markaziy ustunga
egaligi jihatidan minorag amonanddir. U shamol esadigan tomonga qaratilgan bо‘lib,
shamolni hovliga yо‘naltirgan. Aslida ikkalaa yvon ham hovlini tom bilan yopgandek
tuyuladi. Ayvon о‘z vazifasidan tashqari imoratning umumiy kompozitsiyasini
badiiylashtirgan va uning memoriy echimini boyitgan. Masalan, Xivadagi Toshhovli
saroyida ulli ayvon chuqur hamda minora tuzilishida bо‘lib, uning markazidagi ustun
о‘ymakorlik usulida naqshu nigor bilan bezatilgan. Bu butun hovli kompozitsiyasiga
badiiylik kasb etgan.

Xorazm shahar turar joylarida. Shahar turarjoy planirovkasida yopiqlik saqlanib

qolingan. Bu hol qishloq hovlilari uchun xam xos dir. Hovliga kirish yо‘lagi ustiga
bazan mehmonxona (talak) qurilgan, bu erda uy egasi bо‘lgan hunarmand
buyurtmachilarni qabul qilgan. Turar joy yorug‘lik tushishi hisobga olinib qatiy
ravishda oriyentatsiya qilinadi, qishki yashash xonalari janubiy sharq, g‘arb tomonga,
yozgi xonalar esa shimol tomonga joylashtiriladi. Hovli deyarli ayvonlar bilan
yopiladi, bu ayvon koziroklari oldinga ancha chiqib turadi. Ayvonlar har xil kattalikda
bо‘lib, shimol tomonda bir ustunli balan dulug‘ ayvon quriladi va u boshqa xonalar
sathidan balandroq bо‘ladi. Xivaning Dishanqalasidagi turar joylarda ayvonning
quyidagi turlari namoyon bо‘ladi:

a)

Katta bо‘lmagan hovliga ega bо‘lgan bir ustunli ulug‘ ayvon. Bu ayvon hovli
yuzasining yarmini yopib turadi. Ulug‘ ayvon yashash xonasining ustki
qismiga quriladi, bu turdagi ayvonlar eng kо‘p uchraydi;

b) Hovliga uzun va baland о‘ng ayvon va uning qarama qarshi tomoniga о‘ng
ayvon balandligiga nisbatan pastroq bо‘lgan ters ayvon quriladi;
v) Hovlida ulug‘ ayvon qarshisidagi yashash korpusi ustiga boloxonali-ayvoncha
quriladi va bu tomondagi unga tutashadigan ayvonlar balandligi bir balandlikdagi
sathda yotadi. Ular qо‘shilishi natijasida oraliqlar yopilib quyosh nurlari ham
tо‘siladi va hovliga tо‘liq soya tushadi;
g) Ayvonlar hovli parametri bо‘ylab tiklanadi. Ikki tomoni yoki uch va tо‘rtala
tomoni ham burchakli qilib qurilishi mumkin. Bu uslub shahar chetida joylashgan
hovlilar qurilishida keng qо‘llaniladi.


Ayvonlar turar-joy binolarining ichki muxitiga shinamlik bag‘ishlabgina qolmay

balki tashqi kompozitsion kо‘rinishiga ham о‘ziga xos kо‘rinish baxsh etadi.

Xiva uy-joylari uchun harakterli bo‘lgan umumiylik shundan iboratki, binoning

tuzilishi ham, bezagi ham judas odda. Xona va ayvon devorlari bezaksiz somonli
loysuvoqdan, uyning shipitoqi (vassa, patik) va yarim lo‘la to‘siqlardan iborat.
Ganchdan ishlangan o‘ymakor bezaklar uchraydi. Binodagi birdan bir bezakkata


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

75

75

ayvonning o‘ymakor yog‘och ustunidir. Bundan tashqari o‘ymakor eshiklar, panjaralar
va ba’zi ko‘tarma ayvonlar ham xonadonga zeb-ziynat bag‘ishlaydi

IQTIBOSLAR / СНОСКИ / REFERENCES:

1. С.Булатов ”Ўзбекистон халқ амалий безак санъати”Т “Мехнат”,1991 . 7-бет
2. И.А. Каримов. «Тарихий хотирасиз келажак йўқ», Т., «Ўзбекистон», 1997.
3. М.Ахмедова. “Нодир ва бетакрор ёдгорликлар ҳалқимизнинг бебаҳо мулки”.

16.04.2014 йил

4. М.Ахмедова. “Нодир ва бетакрор ёдгорликлар ҳалқимизнинг бебаҳо мулки”.

16.04.2014 йил

5. Зиёмуҳамедов Б. “Илм ҳикмати”, Монография. Т.: 1999. 222 б.

6. Кароматов Ҳ. “Ўзбекистонда мозий эътиқодлари тарихи”, Услубий қўлланма.

Т.: 2008. – 242 б.

7. Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар

бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон
Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2016 йил якунлари ва 2017 йил
истиқболларига бағишланган мажлисидаги Ўзбекистон Республикаси
Президентининг нутқи. // Халқ сўзи газетаси. 2017 йил 16 январь, №11.


References

С.Булатов ”Ўзбекистон халқ амалий безак санъати”Т “Мехнат”,1991 . 7-бет

И.А. Каримов. «Тарихий хотирасиз келажак йўқ», Т., «Ўзбекистон», 1997.

М.Ахмедова. “Нодир ва бетакрор ёдгорликлар ҳалқимизнинг бебаҳо мулки”. 16.04.2014 йил

М.Ахмедова. “Нодир ва бетакрор ёдгорликлар ҳалқимизнинг бебаҳо мулки”. 16.04.2014 йил

Зиёмуҳамедов Б. “Илм ҳикмати”, Монография. Т.: 1999. 222 б.

Кароматов Ҳ. “Ўзбекистонда мозий эътиқодлари тарихи”, Услубий қўлланма. Т.: 2008. – 242 б.

Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2016 йил якунлари ва 2017 йил истиқболларига бағишланган мажлисидаги Ўзбекистон Республикаси Президентининг нутқи. // Халқ сўзи газетаси. 2017 йил 16 январь, №11.