JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
66
66
ОПРЕДЕЛЕНИЕ УСТОЙЧИВОСТИ СОРТОВ ПШЕНИЦЫ К
БОЛЕЗНЯМ НА ОСНОВАНИИ ХОЗЯЙСТВЕННО-ЦЕННЫХ
ПРИЗНАКОВ
Доцент КГТУ -
Н.И.Ирназарова
Аннотация:
При создании исходных источников новых сортов
колосовых зерновых культур большое значение имеют образцы большой
коллекции, поскольку сортообразцы, относящиеся к разным генотипам,
проявляют свойства устойчивости к неблагоприятным факторам природы,
болезням и вредителям.
Ключевые слова:
селекция, недоношенность, гаремная клетка,
плодовитость, коллекция, фенологическое наблюдение, плодовитость, засуха,
модель.
QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARIGA ASOSLANIB BUG’DOY
NAVLARINI KASALLIKLARGA BARDOSHLIGINI ANIQLASH
QDTU dotsenti - N.I.Irnazarova
Annotatsiya:
Boshoqli don ekinlarining yangi navlari uchun boshlang‘ich
manbalar yaratishda jaxon kolleksiya namunalari muxim axamiyat kasb
etadi.Chunki turli ginotiplarga mansub nav namunalar o‘zida tabiatning noqulay
omillarga, kasalliklar va zararkunandalarga chidamlilik xususiyatlarini namoyon
qiladi.
Kalit so‘zlar:
seleksiya, ertapishar, garemsel, nonboplik, kolleksiya, fenologik
kuzatish, xosildorlik, qurg’oqchilik, andoza
DETERMINING THE RESISTANCE OF WHEAT VARIETIES
TO DISEASES BASED ON ECONOMIC-VALUABLE TRAITS
Associate Professor of KSTU - N.I.Irnazarova
Abstract:
When creating initial sources of new varieties of cereal grain crops,
samples from a large collection are of great importance, since varieties belonging to
different genotypes exhibit properties of resistance to adverse natural factors,
diseases and pests.
Key words:
selection, prematurity, harem cell, fertility, collection,
phenological observation, fertility, drought, model.
Kirish.
Respublikamizni turli mintaqalarining tuproq-iqlim sharoitlariga mos
bo‘lgan, ertapishar, issiqlikka, garmselga, kasalliklarga va yotib qolishga chidamli,
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
67
67
sug‘oriladigan maydonlarda hosildorligi 70-100 s/ga, shu bilan birga don sifati,
nonboplik xususiyatlari yuqori bo‘lgan intensiv tipdagi kuzgi bug‘doy navlarini
yaratish, bugungi kunda seleksioner olimlar oldidagi eng asosiy yo‘nalishlardan biri
hisoblanadi.
Tadqiqot predmeti va uslublari
. Janubiy dehqanchilik ilmiy tadqiqot instituti
hamda xalqaro ilmiy markazlar SIMMYT va ICARDA tashkilotlarining jahon
kolleksiyasidan olingan 73 ta yangi yumshoq bug‘doy nav namunalari va andoza navlar
sifatida olingan mahalliy Yaksart, Hazrati Bashir navlaridan foydalanib tajriba qo‘yildi.
Tajribani joylashtirishda nav namunalarning ekin maydoni 10 m
2
, 3 qaytariqda GenStat
dasturining Alpha designs programmasidan foydalanildi. Tajriba davomida fenologik
kuzatish, hisob va tahlillar (Butunittifoq O‘simlikshunoslik instituti VIR, 1984) uslubi
bo‘yicha va biometrik tahlillar Qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat nav sinash
komissiyasining (1985, 1989) uslublari bo‘yicha olib borildi. Matematik tahlil natijalari
“Metodika polevnogo opita” Dospexov B. (1985) tomonidan ishlab chiqilgan uslub
asosida o‘tkazildi.
Tajribamiz natijalariga ko‘ra andoza navlardan yuqori eng yaxshi hosildorlikka ega
bo‘lgan 20 ta nav namunalarning ba’zi ko‘rsatkichlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Tadqiqot natijalari: Nav namunalarning o‘suv davri. O‘suv davri davomiyligi
qulay ob-havo sharoitlarida o‘simliklarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ijobiy
ta’sir ko‘rsatishi barchaga ma’lumdir. Yumshoq bug‘doy o‘simligining o‘suv davri
davomiyligi nafaqat hosildorlikni belgilaydi, balki o‘simlikning qurg‘oqchilikka,
kasalliklarga va tashqi muhitning stress omillariga chidamliligini namoyon qiladi.
Ko‘pchilik olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra ertapisharlikni aniqlashda “unib
chiqish-boshoqlash” davri muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Ba’zi olimlarning
fikricha, bug‘doy o‘simligining ertapisharligi asosan boshoqlash fazasiga qarab
belgilanadi.
Unib chiqish-boshoqlash
. Bug‘doyning unib chiqish fazasi hosil uchun
muhim ahamiyatga ega, chunki xuddi shu fazada murtak ildizcha faoliyati susayib,
asosiy ildiz tizimi shakllanadi. Umuman biologik jihatdan tezpishar bo‘lgan
bug‘doy navlari mamlakatimizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida dehqonchilikni
intensivlashtirishga imkoniyat yaratadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda o‘z tadqiqotlarimizda bu ko‘rsatkichga
asosiy e’tiborni qaratdik. Tajriba yilida o‘rganilgan yumshoq bug‘doy nav
namunalarining “unib chiqish-boshoqlash” davri o‘rtacha sutkalik haroratga
bog‘liq holda muayyan bir uyg‘unlikda o‘zgarib turdi (1-jadval).
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
68
68
1-jadval
Tadqiqot natijalari
№
Katalog raqami
Boshoq-
lashgacha
bo‘lgan kun
Vegetatsi
ya davri,
kun
Hosil-
dorliks/
ga
1000
dona don
vazni, gr
Don
naturasi,
gr/l
1
9003
162
203
78,5
41,1
812
2
9004
158
202
79,0
38,2
791
3
Yaksart
164
204
72,2
37,3
799
4
9009
167
204
72,0
33,5
823
5
9010
166
203
75,7
33,1
788
6
9017
161
203
74,9
32,5
818
7
9023
164
204
72,2
38,7
820
8
9024
163
203
74,5
34,5
806
9
9027
163
202
78,1
33,8
793
10
9030
161
203
71,5
37,8
807
11
9034
164
204
74,5
42,0
818
12
9037
166
203
74,1
40,3
802
13
9045
168
206
76,0
36,9
796
14
9046
162
205
77,6
43,1
812
15
9047
170
205
77,1
33,9
797
16
9055
172
205
73,7
31,1
779
17
Hazrati Bashir
160
203
76,7
36,2
823
18
9059
167
202
73,4
36,5
791
19
9067
167
206
73,6
40,0
822
20
9074
170
204
74,5
36,9
801
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, andoza Yaksart navining “unib chiqish-
boshoqlash” davri 164 kunni va H.Beshir navining “unib chiqish-boshoqlash”
davri 160 kun bo‘lganligi aniqlandi. Tajriba natijasiga ko‘ra, andozaga nisbatan
tanlab olingan namunalar orasida 1 tasi eng qisqa “unib chiqish-boshoqlash” davri
katalog raqami 9004 namunasida 158 kunga teng bo‘ldi.
Vegetatsiya davri.
Yumshoq bug‘doy donining to‘lishish davrida
yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lishi don to‘lishish davrining uzayishiga sabab
bo‘ladi. Don to‘lishish davri uchun maqbul harorat 20
0
S hisoblanadi.
Tajribalarimizda andoza Yaksart navida vegetatsiya davri 204 kun va ikkinchi
andoza H.Bashir navida 203 kun bo‘lganligi aniqlandi (1-jadval). Nazoratga
nisbatan eng qisqa vegetatsiya davri katalog raqami 9004, 9027, 9059
namunalarida 202 kun bo‘lganligi kuzatildi. Bu namunalar seleksiya jarayonlarida
qo‘llanilib, ertapishar va yuqori hosilli navlar yaratishda qimmatli xo‘jalik belgi
va xususiyatlariga ega manba sifatida foydalanilishi mumkin.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
69
69
1000 dona don vazni va hosildorlikning qurg‘oqchilikka chidamlilik
xususiyatiga ta’siri.
Bug‘doy o‘simligining qurg‘oqchilikka chidamliligini dalada
baholashda o‘simlikning quyi barglarining qurib qolishi, barglarning holati,
boshog‘ining uchini qurib qolishi yuqori qismlaridagi bo‘g‘imlar uzunligi va
o‘simlikning umumiy holati hamda 1000 dona don vazni ham hisobga olinadi.
Bug‘doy donining yirikligi o‘sish davrining davomiyligi xususan, boshoqlash
pishib еtilish davriga bog‘liq bo‘lishi ilmiy tarzda aniqlangan. Tajriba natijalarida
yumshoq bug‘doy donining yirikligi, ya’ni, 1000 dona don vaznining 40 grammdan
oshishi bu uning qurg‘oqchilikka chidamligini bildiradi.
Sug‘oriladigan еrlarda kuzgi yumshoq bug‘doy o‘simligi donining 1000 dona don
vazni 39-44 gramm bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda asosan 1000 dona don
vaznining andozaga nisbatan yuqoriligi asosiy omil bo‘ladi. Tadqiqot natijalariga
ko‘ra, andoza Yaksart navida 1000 dona don vazni 37,3gr hosildorlik esa 722 s/ga va
H.Beshir navida 1000 dona don vazni 36,2 gr hosildorlik esa 767 s/ga bo‘ldi.
1000 dona don vazni hamda hosildorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tanlab olingan
nav va namunalardan katalog raqami 9003 namunasida 41,1 gr hosildorligi 785 s/ga,
9004 namunasida 38,2 gr, hosildorlik bo‘yicha 79.0 s/gr, 9027 namunasida 33,8 gr,
hosildorlik 78.1 s/ga, 9046 namunasida 43,1 gr, hosildorlik 776 s/ga, 9047 namunasida
33,9 gr, hosildorlik bo‘yicha 77.1 s/ga bo‘lib, andoza navlarga nisbatan yuqori
ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.
Tajribamiz natijalarining statistik tahlil natijalari 2-jadvalda keltirilgan.
Tajriba natijalarining statistik tahlili.
2-jadval
Ko‘rsatkichlarning korrelyativ bog‘liqligi.
Tajribamiz natijalariga ko‘ra nav va
namunalarning qimmatli hususiyatlari korrelatsion bog‘liqliklari o‘rganilganda,
aksariyat hollarda ijobiy korrelyativ bog‘liqlik borligi kuzatildi. Nav namunalarning
№ Ko‘rsatkichlar
O‘rtacha
Qaytariq
NSR
O‘r.X St.XF
s.e.
cv%
I
II
III
1
Boshoqlashgacha
bo‘lgan kun
165,5
165,0
165,6
165,9
0,9
0,3
0,5
3,4
2,1
2,8
1,7
2
Vegetatsiya
davri, kun
203,9
202,8
204,0
204,7
0,5
0,2
0,2
1,3
0,6
1,5
0,7
3
Don naturasi, gr/l 805,5
804,8
807,6
804,1
2,5
0,9
1,3
12,7
1,6
7,9
1,0
4
1000 doan don
vazni, gr
36,8
36,8
37,0
36,6
0,7
0,2
0,4
3,1
8,4
2,1
5,8
5
Hosildorlik, s/ga
68,7
67,4
70,0
68,8
2,3
0,8
1,2
5,4
7,8
7,1
10,3
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
70
70
vegetatsiya davrining uzayishi 1000 dona don vaznining ham yuqori bo‘lishiga o‘z
ta’sirini ko‘rsatib, ijobiy korrelyativ bog‘liqlik (r=0.04) borligi kuzatildi. 1000 dona
don vazni va hosildorlik ko‘rsatkichlari o‘zaro korrelyativ tahlil qilish natijasida ular
o‘rtasida ijobiy (
r
= 0,055)
korrelyativ mutanosiblik borligi aniqlandi. O‘z navbatida
1000 dona don vaznining yuqori bo‘lishi don naturasining oshishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatishi aniqlandi (r=0.142).
3-jadval
Qimmatli hususiyatlarning korrelyatsion bog‘liqligi.
№ Kursatkichlar
Vegetatsiya
davri kun
Hosildorlik,
s/ga
1000 ta don
vazni, gr
1
Hosildorlik, s/ga
-0,078
-
-
2
1000 ta don vazni, gr
0,04
0,055
-
3
Don naturasi, gr/l
-0,031
0,052
0,142
Xulosa o‘rnida takidlash joizki, olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra,
qimmatli hususiyatlari andoza navlardan yuqori bo‘lgan 18 ta nav namunalar tanlab
olindi. Shuningdek, katalog raqami 9059 namunasi ertapishar, katalog raqami 9003,
9046, 9047 namunalarining don vazni va don naturasi yuqori xamda katalog raqami
9004 va 9027 namunalari barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha bo‘yicha tanlab olinib,
seleksiya jarayonining keyingi bosqichlarida donor sifatida qo‘llash uchun tavsiya
qilindi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Chiniqulov B. Yumshoq bug‘doyning ba’zi namunalarida qurg‘oqchilikka
chidamlilikni o‘rganish // O‘zbekistonda bug‘doy seleksiyasi, urug‘chiligi va
еtishtirish texnologiyasiga bag‘ishlangan birinchi milliy konferensiya: Ilmiy konf.
ma’ruzalar to‘plami. 17-18 may 2004. – Toshkent, - B.412-414.
2.Р.А.Бородина.
”Комплексная физиологическая отценка засухо-и
жароустойчивости озимой пшеницы в условиях Узбекстана”.(Методические
указания).
3.Umirov N.J., Xayitboev A.X., Nurbekov A.I. Yumshoq bug‘doyning jahon
kolleksiya namunalaridan boshlang‘ich materiallar. //O‘zbekistonda bug‘doy
seleksiyasi, urug‘chiligi va еtishtirish texnologiyasiga bag‘ishlangan birinchi milliy
konf. T. 2004. B.112-126.
4.М.А.Аманов. “Устойчивость пшеницы Узбекистана к неблагопрятным
факторам среды”. “ФАН”. Ташкент-1978 г.