JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
44
44
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA SAVDO
VA HUNARMANDCHILIK SOLIQLARI
Turdaliyeva Gulasalxon Abdusalom qizi
FDU Tarix fakulteti, Mustaqil izlanuvchi doktarant
Gulasalturdaliyeva886@gmail.com
Annotatsiya:
Amir Temur va temuriylar davrida hunarmadlar va
savdogarlarga yaratilgan shart-sharoitlar, soliqlar va yig`imlar tarixiy manbalar
va ilmiy adabiyotlar asosida yozildi.
Аннотация:
Условия налоги джигаты, созданые ремесленникам и
торговцам во времена Амир Темура и Тимуридов, были написаны на основе
исторических и научной литературы.
Annotation:
to the artisans and merchants during the reign of Amir Temur
and the Timurids created conditions, taxes and collections historical and scientific
it was written on the basis of literature.
Kalit so`zlar:
. Tamg`a, rosti-rusti, sarmoya, xazina, yasoqiy.
Ключевые слова
: Тамга, капитал, казна, ясак.
Key words
: stamp, rosti-rusti, investment, treasure, yasakiy.
Kirish:
Amir Temur soliq siyosatini mamlakat boshqaruvi va rivojining
asosiy yo`nalishi qilib belgiladi. U o`zining “rosti rusti” shiorining mohiyatiga
mos keladigan va soliq to`lovchilar manfaatini himoya qilishga qaratilgan adolatli
ibratga loyiq soliq tizimini yaratdi va uning joriy qilinishini izchil nazorat qiladi.
Mamlakatning iqtisodiy taraqqiy etishi eng avvalo hunarmandchilik va ichki
savdoning rivojlanishi bilan bog`liqdir.
Asosiy qism:
Amir Temur davrida yangi shaharlar, savdo va hunarmandchilik
keng rivojlanganligini aytib o`tmoq lozim. Amir Temurning sa`y-harakatlari bilan
Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent kabi shaharlar savdo va
hunarmandchilik markazlari sifatida rivojlanib bordi. Ayniqsa, bu davrda
hunarmandchilikning keng rivojlanishi shaharlarda hunarmandchilik mahallalari,
savdo rastalari soni ortib borishi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Sohibqiron savdo
yo`llari rivojiga, uning tinchligiga keng e`tabor berib bordi. Shaxsan o`zining
nazorati ostida savdo yo`llari nazorat qilib borilishi savdo karvonlaring
xavfsizligini ta`minladi.
Numizmatik olim I.To`xtiyevning tadqiqotlariga ko`ra Amir Temur va
Temuriylar davrida 20 ga yaqin soliq va to`lovlar aholidan undirib olinganini
qayd qiladi.[1] Amir Temur davrida hunarmandlar va savdogarlar uchun tamg`a
solig`i joriy qilingan. Tamg`achilar - savdo-sotiqdan va bojxona xizmati orqali
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
45
45
keladigan tushumlarni yig`ish ishlariga ma`sul bo`lganlar. Bu davrga kelib savdo-
sotiq rivojlandi. Tegirmonlar, hunarmandchilik ustaxonalari, katta-katta boylar
qo`lida to`planib qoldi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq gullab-yashnaydi.
Temuriylar davrida, ayniqsa Amir Temur davrida ishlab-chiqarish va savdo
munosabatlaridagi ijtimoiy adolat masalasi muhim bo`lganligini bir eslatib o`tish
joizdir. Yaratilgan shart-sharoitga, mavjud tartibga rioya qilmay, tekin daromad
ketidan quvganlar jazo topishi muqarrar edi. Chunonchi, Klavixoning guvohlik
berishicha, Amir Temur navbatdagi harbiy yurishdan qaytganidan so`ng, o`zi
yo`qligida shahardagi ahvol qanday ekanligini tekshirgan. Shunda bir qator
do`kondorlar, jumladan, qassoblar, etikdo`zlar, boshmoqchilar o`z mahsulotlarini
haddan ziyod yuqori bahoda sotayotganliklari ma`lum bo`ladi. Ularni ishi darhol
sudga berib jazolanadilar, suuistemol qilgan mablag`lari esa tortib olinadi.[2]
Sarmoyasi ketib qolgan savdogarga o`z sarmoyasini qaytadan tiklab olishi uchun
xazinadan yetarli miqdorda oltin berilgan. [3] Amir Temur davrida poytaxt
Samarqand va uning atrofidagi yerlarda savdo-sotiq va hunarmandchilikni
rivojlantirish uchun Samarqandga keladigan savdogarlarga bir muncha yengilliklar
berilgan. Chunonchi , Amudaryodan Samarqandga keladigan savdogarlar hech
qanday bojsiz shaharga kiritilganlar. Asosiy maqsad shahar aholisini sonini
ko`paytirish va savdoni rivojlantirish bo`lgan. Amudaryodan boshqa hududga
o`tmoqchi bo`lganlarga esa daryodagi qayiqlarda podshoh tomonidan tayinlangan
qorovullar tayinlangan bo`lib, o`tuvchidan katta boj olingan. Amir Temur chet
ellik savdogarlarga katta e`tibor bilan qaragan va o`z saltanati hududida ular
uchun ulkan imkoniyatlar yaratib bergan. Agar biror savdogar uning davlati
hududida uning mol-mulki talon-taroj qilinsa, shu hudud aholisidan o`g`irlangan
mol-mulk qiymatini ikki hissa savdogarga to`lagan hamda huddi shu mablag`
Amir Temurni o`ziga besh hissa qilib to`lashi shart bo`lgan. Amir Temur
vafotidan keyin uning soliq siyosatini o`g`illari va nabiralari davom ettiradi
hususan nabirasi Mirzo Ulug`bekni hukmronligi davrida ham aholidan olinadigan
soliqlar va boshqa yig`imlar adolatli qilib olinganligi va biror-bir savdogarning
mol-mulkiga davlat tomonidan ortiqcha to`lovlar belgilanmaganligi manbalarda
qayd qilingan. Temurshunos olim Bo`riboy Ahmedovning Mirzo Ulug`bek haqida
yozgan essesida shunday ma`lumot beradi. Bir kuni Ulug`bek devon ishlari bilan
band bo`lib o`tirgan payta uning yoniga bir kishi kelib o`zini savdogar ekanligini
aytadi. Xurosondan kelayotganini, karvon Amu suvidan kechib o`tayotgaida
qimmatbaho toshini yo`qotganini aytib shikoyat qiladi. Ulug`bek uni
tinchlantirib bir yil kutishini, topilmasa qiymatini to`lab berishini aytib uyiga
yuboradi. Bir muddat o`tgach o`tgan yilda soliq to`laganlarning ro`yhatini ko`rib
turganida Ulug`bek qorako`llik bir kishining 50 tangalik soliq o`rniga 500 tangalik
soliq to`laganini aniqlaydi va qorako`llik soliq to`lovchini Samarqandga
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
46
46
chaqirtirib buni sababini so`rashganida, u odam hovliga bir qarg`a og`zidan bir
tugunchani tushurib qo`yganini, uning ichidan esa ushbu tosh chiqqanligini,
keyin toshni Buxorodagi bir zargarga sotganligini, bir qismini o`ziga ishlatgani
va bir qismini esa soliqga bergani, o`zi esa bir kambag`al ekanligini bir boshdan
aytib beradi. Ulug`bek buxorolik o`sha zargarni toshni juda ham arzon bahoda
harid qilib olganini aniqlaydi, toshni o`z egasiga qaytaradi. [4] Mirzo Ulug`bek
o`z davriga qadar din ahli foydasiga hunarmand va savdogarlardan yig`ib
olinadigan tamg`a solig`ini davlat foydasiga o`tkazadi. Bu soliqdan keladigan
pulni fan va madaniyat taraqqiyotiga sarflaydi.. Ulug`bekni bu qilgan ishi
shayhlar va boshqa din arboblarining qattiq noroziligiga sabab bo`ladi. Ulug`bek
tashqi savdodan davlat xazinasiga tushadigan daromadni ko`paytirish maqsadida
tamg`a solig`ini birmuncha oshiradi. Bu esa o`z navbatida Mirzo Ulug`bekka
qarshi kuchlarning bosh ko`tarishiga olib keladi.
Hukmron sinflar va katta yer egalarining qo`lida boylik to`planishi, ularning
dabdabali hayoti va zeb-ziynatga havaslarining tobora kuchayishi, ikkinchidan
ichki va tashqi savdoning rivojlanishi, hunarmandchilikning o`sishiga,
hunarmandchilik mahsulotlarining nozik, nafis san`at namunalari darajasiga
ko`tarilishiga olib keladi. Nozik did bilan bajarilgan mazmundor san`at asari
xalq tomonidan yuqori bahoga muyassar bo`lar edi. Abdurazzoq
Samarqandiyning yozishicha Hirot shahridan 1469-yilda xalq sayillari o`tkazilib,
bunda hunarmandlar o`z san`atini namoyish qilganlar. Hunar ahli orasida usta
Xoja Ali ishlagan ko`za hammaning tahsiniga sazovor bo`ladi. Bu ajoyib
ko`zada 32 sohibi hunar tikuvchi, duradgor va boshqalarning o`z dastgoh va
korxonalrida ish jarayoni tasvir qilingan edi. Ular su darajada jonli va ishoarli
ediki, ko`rgan odam tasviridagi hunar ahllarini beixtiyor jonli harakat qilib
turgan kabi his qilar edi.[5] Bunday xalq sayillarini o`tkazilishi hunarmandlarga
o`z katta imkoniyatlar bergan.
Xulosa:
Amir Temur va temuriylar davrida hunarmandchilik va savdoning
rivojlantirish uchun katta e`tibor qaratilgan. Poytaxt Samarqand va uning atrofida
savdo qiluvchi savdogalarga katta imtiyozlar berilgan. O`zaro urushlar natijasida
Movarounnahr hududlarida hunarmandlar soni kamayib ketganligi bilgan Amir
Temur qaysi yurtni bosib olmasin o`sha yurtning eng mohir hunarmandlarini
poytaxt Samarqand va uni atrof tumanlariga ko`chirib kelitradi va ularga o`z
hunarlarini yerlik xalq vakillariga o`rgatishini tayinlaydi. Bunga misol tariqasida
Amir Temur davrining mashxur tarixchilaridan biri Ibn Arabshoh ham bu
hunarmandlar orasida Samarqandga onasi bilan olib kelinadi. Yuqoridagi
manbalardan kelib chiqgan holda Amir Temur va Temuriylar davrida
hunarmandlar va savdogarlarga yetarlicha e`tibor berilganligini qayd qilishimiz
mumkin.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
47
47
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati:
1.
To`xtiyev I. Temuriylar sulolasining tangalari. – T.: 1996 – b-14
2.
Azamat Ziyo. O`zbek davlatchiligi tarixi., T., “Sharq”, 2001.
3.
Ahmedov B, Amir Temur o`gitlari, T;”Navroz”, 22-b.
4.
Bo`riboy Ahmedov. Ulug`bek (esse). – T;,”Yosh gvardiya”, 1989, 128-129-b.
5.
Naim Norqulov Temuriylar davri madaniyati tarixidan lavhalar. Urganch,
“Xorazm”nashriyoti, 1996, 9-b