JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
490
490
490
490
“SOHIBQIRON” ASARIDAGI TARIXIY VA TOʻQIMA OBRAZLAR
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 1-bosqich talabasi
Joʻraqulova Gavhar Zoyir qizi
Ilmiy rahbar: Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti
Yusupov Sardor Shodi oʻgʻli
Annotatsiya.
A.Oripovning “Sohibqiron” dramatik-dostoni buyuk sarkarda
A.Temurning siymosi orqali milliy gʻurur, tarixiy xotira va vatanparvarlik gʻoyasini
ifodalovchi badiiy asardir. Bu asarda tarixiy xaqiqat va badiiy toʻqimaning uygʻunligi
muhim oʻrin tutadi. Asarda A.Temur, Bibixonim, Jahongir Mirzo, Ulugʻbek kabi
tarixiy shaxslar obrazli tarzda tasvirlangan. Bu obrazlar orqali muallif oʻsha zamonning
siyosiy va maʼnaviy muhitini ifodalab beradi. Asar davomida uchraydigan oddiy xalq
vakillari, dushmanlar kabi toʻqima obrazlar esa, asarga chuqur maʼnaviy va badiiy
mazmun baxsh etadi.
Kalit soʻzlar.
“Sohibqiron” dramasi, tarixiy obrazlar, toʻqima obrazlar, tarixiy
haqiqat, obraz va obrazlilik.
Obraz soʻzi rus tilidan olingan boʻlib, oʻzbekcha tarjimada “aks” degan ma’noni
anglatadi. Kishining oynadagi aksiga nisbatan ham “obraz” soʻzi ishlatiladi. Badiiy
obraz esa, borliqning, undagi narsa, hodisa va hokazolarning badiiy asardagi aksi.
Biroq, badiiy obraz oʻsha borliqning oddiygina aksi emas, yoʻq, u borliqning sanʼatkor
koʻzi bilan koʻrilgan va ideal asosida qayta ishlangan aksidir. Obraz oʻrganilish
manbasiga koʻra tarixiy va toʻqima obrazlarga boʻlinadi. Tarixiy obrazlar bu haqiqiy
tarixiy shaxslarga asoslangan obrazlardir. Bunday obrazlar tarixiy voqeani koʻrsatish,
hayotiy haqiqatni yoritish maqsadida qoʻllaniladi. Toʻqima obrazlar esa, bu yozuvchi
tomonidan oʻylab topilgan, real hayotda mavjud boʻlmagan, ammo voqea yoki gʻoyani
ifodalash uchun yaratilgan obrazdir. [1:63]
Biz “Sohibqiron” asarini oʻrganar ekanmiz undagi obrazlarni tarixiy va toʻqima
obrazlar boʻlib oldik. Asarda qatnashgan asosiy tarixiy qahramon bu A.Temurdir. U
tarixiy shaxs boʻlib, donishmand, adolatparvar, vatanparvar va xalqparvar, irodali
shaxs sifatida tasvirlanadi. Uning adolatparvarligini asarda keltirilgan “Kuch-
adolatdadir” jumlasini oʻzi uchun shior qilib olganligida koʻrishimiz mumkin.
Asardagi tarixiy qahramonlardan yana biri bu Bibixonimdir. U A.Temurning rafiqasi.
Tarixda mavjud boʻlgan shaxsdir. Asarda u mehribon, oqila, fidokor, ayni damda
sadoqatli ayol sifatida gavdalanadi. Buni yozuvchi quyidagi parcha orqali ham
ifodalaganligini koʻrishimiz mumkin:
“Kecha tunda odatimcha shahar aylanib,
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
491
491
491
491
Bir madrasa hovlisiga tashrif buyurdim.
Bu uchovlon hujranishin suhbat qilardi
Biri dedi - oh, qaniydi imkonim boʻlsaydi agar,
Hozir palov oshar edim tuguncha rosa.
Ikkinchisi aytar edi qoʻlimga tushsa,
Uxlamasdan oʻqir edim falon kitobni.
Gʻoyat qiziq uchinchisin armoni esa
U der edi -qani, taqdir nasib etsa-yu
Bibixonim visoliga bir zum yetishdan
Devonbegi: chakki emas xumparlarning ishtahalari,
Aniqladak boʻlar uchinchisini
Bibixonim: Oshni orzu qilganingiz qaysi biringiz?
1-mullavacha: U-men edim
Bibixonim: Devonbegi bu yigitchaga
Seryogʻ, sergʻayrat bitta
Palov yasab beringiz
Ilm-u fanga ruju qoʻygan qaytdingiz edi?
2-mullavacha: Kitobni men tanlaganim, hazrat malikam
Bibixonim Samarqandning ulugʻ,nomdor bir olimiga
Shogirtlikka berilsin u niyati qutlugʻ
Uchinchi mullavacha
Demak, sensan oshiq boʻlgan Bibixonimga?
Uchinchi mullavacha
Men iqrorman
Jazo bering, eng oliy jazo!
Bibixonim: Men Temurning zavjasiman
Hoy, mullavacha
Javobim ham, jazoyim ham shul:
Yetisholmassan. [2:449]
Asardagi Jahongir Mirzo ham tarixiy shaxs. Uning vafoti Sohibqiron qalbida
chuqur iz qoldirgan. Asarda u Kesh shahrini tariflar ekan “...mangu orom olar unda
oʻgʻlim Jahongir” deya taʼkidlab oʻtadi. Sulton Muhammad, Shohrux, Ulugʻbek -
Temurning avlodlari sifatida eslab oʻtiladi. Ayniqsa, Ulugʻbek ilm-fan tarafdori
sifatida qadrlanadi. Buni Temurning oʻlimi oldidan Ulugʻbekka qarata aytgan quyidagi
gaplaridan bilishimiz mumkin.
“Seni tiyrak nabiram deb suyib yuraman,
Ishtiyoqing bisyor emish ilm-u urfonda.
Yulduzlarning tilini ham uqar emishdan,
Orzu etgum payti kelib mening naslimdan
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
492
492
492
492
Zora osmon jismlari lmining ham sardori chiqsa”[2:478]
Toʻqima obrazlarga keladigan boʻlsak, bularga biz asardagi oddiy xalq vakillari,
qassoblar, qariya kabi obrazlarni keltirishimiz mumkin. Ular orqali Temurning xalq
bilan munosabati, adolatparvarligi, haqiqatgoʻyligi yoritiladi. Bu obrazlar koʻproq
Ramziy va gʻoyaviy maʼnolarni ifodalaydi. Masalan, Temur:
Yer yuzida yengilmas bir saltanat tuzdik,
Qovushtirdik boshlarini ne-ne xalqlarning.
Samarqandning qutlugʻ nomi bizni har qayda
Qoʻllab turdi,yoʻllab turdi gʻalaba tomon
Qirq kun zafar nashidadin sursin Samarqand
Yetti iqlim toʻy oʻtkazsin biz bilan birga
Farmonim shul:
Zindonlarda bandi yotganlar
Bugundanoq afv etilsin
Ozod etilsin.
Xaloyiq
Ming bor qulluq olampanoh marhamatiga
Qariya
Alohazrat, farmoningiz gʻoyat oʻrinli,
Shu taxlitda himmat qilgan paygʻambarlar ham
Bordir lekin farmongacha bandi boʻlmagan
Ozod yurgan turli-tuman jinoyatchilar
A.Temur
Ular kimlar?
Ayting menga Samarqand ahli
Yer yuzini olibmizu adolat uchun
Nainki,oʻz yurtimizda beparvo boʻlsak
Qariya
El-yurt toʻydi doiraning qilmishlaridan
Xaloyiq
Tuzdik! Tuzdik!
Temur
Qilmishi ne?
Qariya
U poraxoʻrdir
U jarima undiradi boʻlar boʻlmasga
Tekin boʻlsa, mushugi ham oftobga chiqmas,
Faqatgina fikr qoldi soliqdan holi
Temur
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
493
493
493
493
Fuqarodan uch nafari guvohlik bersin
Xalq
Olampanoh biz barchamiz guvohmiz, guvoh
Temur
Samarqandning dorugʻadi dorga tortilsin. [2:452]
Bu parchadagi toʻqima obrazlar orqali yozuvchi A.Temurning xalqni dardini
eshitib, adolat bilan hukm chiqaradigan hukmdor sifatida tasvirlaydi. Dramadagi
ziddiyatli obrazlarni ham toʻqima obrazlar sifatida olib shimiz mumkin. Masalan,
dushmanlar yoki ichki qarama-qarshi kuchlar. Ularning baʼzilari tarixiy boʻlishi
mumkin, lekin koʻpi muallif tomonidan sahnaviy holatni kuchaytirish, asarni qiziqarli
qilib tasvirlash uchun yaratilgan. Qahramonlarning tushlari yoki ichki kechinmalari
orqali paydo boʻladigan timsollarni ham toʻqima obrazlar sifatida olishimiz mumkin.
Bular badiiy tasvir usuli sifatida qoʻllanilib, haqiqiy hayotdagi emas, balki manaviy
holatlarni ifodalaydi.
Xulosa qilib aytganda, A.Oripov “Sohibqiron” asarida tarixiy haqiqat va badiiy
toʻqima vositalaridan mahorat bilan foydalangan va ularni bir-biriga uygʻun holda
qoʻllagan. Asardagi tarixiy obrazlar insonlarga ishonchlilik, ajdodlardan faxrlanish va
milliy gʻurur uygʻotuvchi kuch beradi. Toʻqima obrazlar esa, badiiylikni va gʻoyaviy
teranlikni keltirib chiqaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. Oliy oʻquv yurtlari uchun
darslik. Toshkent, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashri, 2004, 224 b.
2. Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 2001. 496 b.
3. Rasulmuxamedova Durdona Toʻlqinjonovna. Tarixiy haqiqat va badiiy talqin,
Yuridik fanlar axborotnomasi – ilmiy-amaliy huquqiy jurnali. 2022-yil 1-son.