Authors

  • Mansurova Aziza

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93666

Keywords:

Kalit so’zlar. Zamonaviy garmoniya yangi uslub musiqa shakli garmonik til polifunksionallik sekunda poliqatlamlik polifonik garmoniya polifonik qatlam politonallik.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada o’zbek kompozitorlari ijodida zamonaviy garmoniya sur’atlari, ularning qo’llanilish tamoyillari haqida so’z boradi. Hamda kompozitor F.Akromovning asosiy garmonik tili va uning asarlaridagi zamonaviylik haqida yoritiladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

432

432

432

432

KOMPOZITOR FARRUX AKROMOVNING “SUNDAY” ASARIDA

ZAMONAVIY GARMONIYA KO’RINISHLARI

Mansurova Aziza

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

“Kompozitorlik va cholg’ulashtirish” kafedrasi talabasi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o’zbek kompozitorlari ijodida zamonaviy

garmoniya sur’atlari, ularning qo’llanilish tamoyillari haqida so’z boradi. Hamda
kompozitor F.Akromovning asosiy garmonik tili va uning asarlaridagi zamonaviylik
haqida yoritiladi.

Kalit so’zlar

. Zamonaviy garmoniya, yangi uslub, musiqa shakli, garmonik til,

polifunksionallik, sekunda, poliqatlamlik, polifonik garmoniya, polifonik qatlam,
politonallik.


Kirish. O’zbek kompozitorlari ijodiyotida zamonaviy garmoniya naqshlari

ХХ asr musiqa tajribasi shuni ko‘rsatdiki, vertikal o‘lchamining yangi-yangi
muammolari paydo bo‘lmoqda, chunki o’zbek kompozitorlari tafakkuri, musiqiy

tilining rivojlanishi, ifodalash vositalari хilma-хil uslubiy yo‘nalishlarni yuzaga
keltiradi va ohangdoshliklarning turi ko‘payishiga hamda boyishiga olib keldi.

Milliy – zamonaviy uslubda ijod qiluvchi F.Akromovning asosiy garmonik

tili

O‘zbekiston kompozitorlari o‘z ijodiyotida zamonaviy garmoniya uslublaridan

keng foydalanib, turli janrlarda ko‘plab asarlar yaratishgan. Lekin bu yo’nalishda
talabalar hali o’z ijodiy oq’uv ishlarini yozganlari yo’q. Zamonaviy yo’nalishda ijod
qilgan kompozitorlarning asarlari juda ham qiziq, ularning rang barangligi va bir
qancha ohangdosh tovushlarning o’zgacha, yorqin birikishi hech qaysi kompozitor
yoki musiqachi talabaning e’tiborini tortmay qo’ymaydi. Shuning uchun, bugun men
o’z maqolamni aynan o’zbek kompozitorlarining aynan yosh kompozitor ustoz Farrux
Akramovning zamonaviy musiqa tiliga bag’ishladim. Ushbu yosh kompozitor ijodkor,
ustozimizning deyarli barcha asarlari zamonaviy uslubda yozilgan. Milliy ohang va
zamonaviy ovozlarning qo’shilmasida paydo bo’lgan o’ziga xos kuy va garmoniya
ijodkorning musiqiy tili va tafakkuri yangi asrning musiqasidan darak berib turibdi.

Kuyni tashkil qiluvchi omillarning eng asosi bu garmoniya. Biz bu fanni bir necha

yillardan beri o’rganib, o’z asarlarimizda uning bir necha turlarini ishlatib
kelmoqdamiz. Lekin aynan zamonaviy milliy garmoniyani yangi asr ijodkor
kompozitorlarimiz bo’lmish ustozlarimizdan chuqur o’rganishimiz va tahlil qilib, bu
garmonik tilni o’z ijodimizda qo’llashimiz ma’qulligiga amin bo’lamiz. Hozir Sizda
zamonaviy garmoniya bo’yicha nega aynan Farrux Akromovning ijodi va uning


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

433

433

433

433

asarlari tahlili va garmoniyasi haqida izlanish qilyapsan degan savol tug’ilishi mumkin.
Negaki, Farrux Akromov yosh kompozitor ijodkor, bugungi kunga qadar bir qancha
xalqaro konkurslarda o’z asarlari bilan yuqori natija ko’rsatgan laureate va g’olibdir.
“Pre-Art, The young composers meeting, Omnibus Laboratorium” kabi jahon
miqyosidagi konkurslardir. Albatta, ushbu kompzoitorning zamonaviy asarlarini men
garmoniya fanini o’zlashtirish davomida yozyapman va menga bu asarni tahlil qilib ,
uni chuqur o’rganish uchun bir necha ustozlarning o’quv qo’llanmalari, kitoblari
asqotdi.

Endi esa Farrux Akromovning “Sunday” asari haqida gaplashsak. Ushbu asar

goboy va fortepiano uchun yozilgan bo’lib, o’zining jozibador ohangi va zamonaviy
garmonik tili bilan tinglovchilarning qiziqishini yanada orttiradi. Asar o’zgaruvchan
o’lchovda, gamofon garmonik faktura asosida yozilgan. O’zgaruvchan o’lchovlar 3/8,
4/8 5/8; Shakl jihatidan esa oddiy 3 qismli pyesa; Garmoniyasi rang barang.

Asar notalariga qaraganingizdayoq u sho’xchan, raqsona ekanligini yaqqol

ko’rishingiz mumkin. Sababi, melodiya va garmoniya buni o’z jilosida ko’rsatib
turibdi. Kuy boshlanishidayoq, alteratsiyalangan ohanglarga ko’zimiz tushadi. Boshida
biroz kam kiritilgan bu intervallar asar davomida polifunksionallik va poli akkordikni
tashkil qilib, yorqinlashtirib ko’rsatadi va albatta kiritilgan tonlar ham bundan
mustasno emas. Endi esa ushbu atamalar nimani anglatishiga nazar solsak: Musiqa
to‘qimasining qatlamlarga ajralishi ularning funksional qarama-qarshiligi natijasida
kelsa, ya’ni bir ladotonallik ichida har хil garmonik funksiyalar ustma-ust qo‘llanilsa,
buni

polifunksionallik

deb atashadi. Masalan:

T D, D T, S T va hokazo.
Polifunksionallikning eng oddiy shakli organ punktlar orqali namoyon bo‘lishi

mumkin. Bu usul Evropa klassik kompozitorlariga juda yaхshi ma’lum bo‘lib, XX asr
musiqasida o‘ziga хos o‘zgarishlarga uchragan. Polifunksionallikning ushbu turi
musiqaning garmonik tuzilish хususiyatlarida va ohangdoshliklarning ladofunksional


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

434

434

434

434

o‘zaro aloqalarida o‘z ifodasini topgan. XX asr kompozitorlari bu vositani
kengaytirilgan

diatonika

va

хromatika

tizimlari

asosida

qo‘llashgan.

Polifunksionallikning fakturaviy shaklini eng tarqalgan turi – bu yuqoridagi ovozlarni
basga qarama-qarshiligidir. Ushbu sharoitda akkordlarning lad funksiyasini aniqlashda
fakturaning ahamiyati juda katta bo‘ladi. U har хil tovushli unsurlarni bir garmonik
vertikalga birlashtiradi.

Musiqa to‘qimasida ikkita yoki bir necha mustaqil shakllangan va bir-biridan aniq

ajralgan ohangdoshliklarning bir vaqtdagi qo‘shilishi

poliakkordlik

deb ataladi.

Poliakkordlikni tashkil qiladigan ohangdoshliklarning har biri o‘z tuzilishiga va
interval tarkibiga ega. Masalan, umumiy vertikalning unsurlari sifatida bir
uchtovushlik boshqa uchtovushlik yoki septakkord bilan, tersiyaviyohangdoshlik
tersiyasiz ohangdoshlik bilan, tersiyasiz majmua boshqa tersiyasiz majmua bilan
uyg‘unlashishi mumkin.

Poliakkordlikni idrok qilinishiga ko‘pincha faktura – akkordning bayon etilish

yo‘li va uning tonlari bir yoki har хil registrlarda joylashganligi sababchi bo‘ladi. Bir
хil intervallar tarkibidagi ohangdoshliklar joylashuviga qarab ba’zi holatlarda yaхlit
kompleks sifatida, ba’zi holatlarda esa aniq poliakkordlik tuzilmadek anglanishi
mumkin.

Zamonaviy musiqaning barcha akkordlari majmuida eng ajoyib va g‘ayritabiiy

tuzilmalar – bu

sekunda

bo‘yicha shakllangan ohangdoshliklardir. Sekundali

ohangdoshliklarni dastlabki paydo bo‘lishi XIX asrda butuntonli lad hamda tersiyaviy
tuzilmadagi akkordlarning ba’zi bir murakkablashuvlari (alteratsiyalar, qo‘shimcha va
juftlangan tonlar)dan kelib chiqqan. Ushbu ohangdoshliklar vertikalning mustaqil
turiga ajralib, XX asr musiqasida keng tarqalgan.

Sekundakkordlar

qatoriga sekunda

intervalidan ketma-ket qatlamlashgan ohangdoshliklar kiradi. Ular yarim yoki butun
tonlardan, hamda yarim va butun tonli aralashma intervallardan hosil bo‘lib, ikki, uch,
to‘rt va bundan ko‘proq (to o‘n ikkitagacha) tovushlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Ya’ni, sekundakkordlarda tovushlar soni, interval tuzilmasi va fakturaviy bayon etilishi
хilma-хil turlanishi mumkin. Sekundakkordlar bir holatlarda garmonik funksiyaning
vakili (ayniqsa ular I, IV va V pog‘onalarda uchrasa), ba’zi holatlarda esa – faqat
koloristik ahamiyatiga ega bo‘lishlari mumkin. Sekundali ohangdoshliklarning
dissonanslik darajasi katta yoki kichik sekundalar ustun chiqishiga va tonlarining
soniga bog‘liqdir.



background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

435

435

435

435

Aynan tepada keltirilgan atamalar asarning shu qismlarida yaqqol ko’rinib turibdi.

Yanada tushunarli bo’lishi uchun esa bitta takt funksiyalariga e’tiborimizni

qaratamiz.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

436

436

436

436

Ushbu misolda poliakkordlik va sekundakkordlardan tashkil topgan garmoniya.

Birinchi qatlam pasaytirilgan sekundakkordlar va kvartakkord nisbatini ham
ko’rishimiz mumkin. Re (pasaytirilgan) hamda sol tovushlari kvartakkordlar, re bemol
va mi bemol sekundakkordlar. Birinchi qatlamning o’zida 2 xil akkordlar
funksiyasining birlashuvini ko’rishimiz mumkin. Ikkinchi qatlam esa alteratsiyalangan
yarim tonga ko’tarilgan kvartakkordlar va sekundakkordlarning nisbati. Ikkinchi
qatlamda diyez birinchi qatlamda esa bemol. Eng qizig’i shundaki umumiy tovush
sifatida sol notasini olsak, birinchi qatlamda u hech qanday belgilarsiz sof holatda
keldi, ammo ikkinchi qatlamda yarim tonga ko’tarilgan holda sekunddakord sifatida
keldi. Poliakkordik quyida biz aytgan ta’rifni ushbu asarda qanchalar to’g’ri ekanligini
ko’rdik.

Kvarta bo‘yicha tuzilgan ohangdoshliklar

kvartakkord

deb belgilanadi.

Kvartakkordlarni tashkil etuvchi kvartalar soni ikkidan, to o‘n ikkitagacha bolishi
mumkin.

O‘n ikki tovushli kvartakkord katta tarkibli ko‘povozli ohangdoshliklar guruhiga

kirib, yetti pog‘onali diatonika chegarasidan chiqib, хromatika tizimida tashkil topadi.
Nazariy tomondan qaraganda, bunday akkord qo‘llanilishi mumkin. Lekin amaliyotda
bunday ko‘ptovushli (olti, yetti tovushdan ko‘proq) kvartakkordlar ( bu
kvintakkordlarga ham taalluqlidir) kamdan-kam uchraydi. Kvartakkord o‘z tuzilishi
jihatidan turlanishi mumkin. Bu kvarta intervalining sof va orttirilgan turlariga
qaramlidir.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

437

437

437

437

Endi esa asarning ushbu qismiga e’tiboringizni qarating, bir qarashda

poliqatlamlik mavjudga o’xshaydi. Chunki birinchi qatlamda polifonik xususiyatga
ega bo’lgan birinchi ovoz (Si), ikkinchi qatlam arpedjio va interval. Aslida interval
akkordning yoyiq holda kelishidir. Akkordlar bir taktning ichida yoyiq holda arpedjio
va intervallar ko’rinishida kelmoqda. Lekin birinchi ovoz ham bor. Ammo bu yerda 3
ta holatni ya’ni birlashuvni ko’rishimiz mumkin. Ammo pastki qatlamning yuqori
qatlam bilan deyarli bir xilligi poliqatlamlilikni kichik hajmda ko’rinishi deyishimiz
ham mumkin.

Yangi milliy – zamonaviy garmonik uslub nimani anglatadi?

Ko‘povozli tizimning har хil qatlamlarga ajralishi zamonaviy musiqaga хosdir.

Ko‘povozlikning bu turi

poliqatlamlik

deb ataladi. Musiqa bayonining qavatlanishi

aniq sezilishi uchun, uning har bir qatlami o‘ziga хos (spesifik) хususiyatlarga ega
bo‘lishi zarur. Ya’ni mustaqil bo‘lib, mantiqan rivojlanishga, qo‘llaniladigan
vositalarga (faktura, tuzilish, tonallik, funksionallik, lad va ritm) ega bo‘lib, boshqa
qatlamlarga qarama-qarshi kelishi lozim. Ba’zi vaqtlarda esa bu qarama-qarshilik
oddiy registrlarning taqqoslanishi natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin.
Poliqatlamlik musiqa to‘qimasini tashkil etuvchi turli negizlari yaхlitligini va o‘zaro
uyg‘unlashuvini namoyon qiladi. Ushbu hodisa, avvalambor, garmoniyaning
polifoniyalashtirishda yuzaga keladi, chunki poliqatlamlik doimo turli mustaqil
gorizontal qatlamlarning vertikalda birlashganligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ushbu
hodisa ilmiy adabiyotda

«Qatlamlar polifoniyasi»

deb ham yuritiladi.

Shu bois, alohida ta’kidlash joizki, poliqatlamlik faqat bir хil musiqa tizimlari

asosida tashkil topmay (masalan: garmoniya va garmoniya, monodiya va monodiya,
polifoniya va polifoniya), balki har хil tizimlarning birligini namoyon qilishi mumkin
(garmoniya va monodiya, garmoniya va polifoniya, monodiya va polifoniya).
Qatlamlar soni ikki va undan ortiq bo‘lishi mumkinligi hisobga olinganida,
poliqatlamlikning qavatlarini birlashtirishda turlicha imkoniyatlar yuzaga keladi.
Poliqatlamlikning ikki farqlanadigan tizimlardan iborat bo‘lgan holatini ilmiy
adabiyotda «gomofonik polifoniya» yoki

«polifonik garmoniya»

deb atashadi. Ikki

tizimning bir-biri bilan aloqadorligi va chambarchas bog‘liqligini e’tiborga olgan
holda, хar ikkala atama ham nazariy adabiyotlarda keng qo‘llaniladi. Garmoniyada
poliqatlamlikning qavatlarini qarama-qarshiligi uchta asosiy shakllarda namoyon
bo‘ladi –

poliakkordlik, polifunksionallik va politonallik.

Demak bundan kelib

chiqadiki, ushbu asarda poliqatlamlikning poliakkordlik va polifunksionallik shakllari
mavjud. Undan tashqari quyida ta’kidlagan va tahlil qilgan sekundakkordlar,
kvartakkordlar, kiritilgan tonlar mavjud. Kompozitor asari tinglovchilarni zeriktirib
qo’ymaslik va qiynab qo’ymaslik uchun ham poliqatlamlikdan sekin sekin
foydalangani va oz ozdan bo’yoqlarni garmoniyaga sachratganini ko’ramiz. Ayniqsa
yarim ton ko’tarilish va pasaytirilish ham ularning bitta motiv ichida birga kelishi


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

438

438

438

438

keyinchalik esa uning boshqa ko’rinishlar bilan yoyiq holatda namoyon qilishi
zamonaviy garmoniya chegarasi yo’qligi undan qanchalar keng foydalanish
mumkinligini yaqqol isbotlab beradi. Bu xoh goboy uchun pyesa bo’lsin, xoh
fortepiano uchun har bir cholg’u asbobining o’z imkoniyatlari va ranglarini asl holatida
kompleks qilib, yanada yangicha va go’zal musiqa yarata olish o’zbek zamonaviy
kompozitorining asosiy belgisidandir.

Asar faqatgina garmoniya tarafdan zamonaviy desak, tahlilni sayoz qilgan

bo’lamiz, aynan o’lchovlari ham ya’ni o’zgaruvchan o’lchovlar ham garmoniya bilan
uyg’unlashib ketgan. Tonalliklarga keladigan bo’lsak C durda alteratsiyalangan
tovushlar va akkordlar hamda ularning yoyilib, so’ng birlashib kelishi esa biz yuqorida
aytgan poliqatlamlikning bir ko’rinishidir.

Eng qiziq joyi shundaki agar shu takt akkordlarini birlashtirsak klasterni ham

topishimiz mumkin bo’ladi. Faqat notoliq taraflama klaster sifatida. Sababi kompozitor
tinglovchini zamonaviy musiqaga yengil olib kirishni va uni zeriktirmasdan
ohanglarga moslashtirishni mukammal o’ylagan. Bu esa musiqiy professionallik
taraflama mantiqni va ijodiy taraflama bo’yoqlarni ko’rsatadi.

Zamonaviy musiqa va uning garmoniyasi bo’yicha ba’zida musiqachilarning

o’zlari ham salbiy fikrlar aytishadi. Aslida bu adekvat yondashuv emas, chunki
zamonaviy musiqaning ichiga sho’ng’igan va uning asl mohiyatini tushungan
musiqachi va tinglovchi uchun bu fikrlar begonadir. Biz shunchaki klassik musiqa va
garmoniyaga qattiq o’rganib qolganligimiz va undan biroz keng doiraga o’ta
olmayotganimiz zamonaviy musiqani anglashimizga xalaqit qilmoqda.

Aslida milliy musiqa va hatto folklore musiqani ham zamonaviy ohanglar bilan

uyg’unlashtirib, zamonaviy va betakror asar yaratsa bo’ladi. Nega bunday ishonib
gapiryapman, sababi mazkur asar muallifi Farrux Akromovning milliy musiqamizni
zamonaviy koloritda ham ko’rsatgan.

Bugungi kunda esa bu ijodiy ish bilan shug’ullanib kelayotgan Omnibus ansambli

ham bor. Milliy zamonaviy musiqamizni butun jahon tinglab, yuqori darajadagi
mukamallikda tahsinga loyiq deb ko’rib kelmoqda.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

439

439

439

439

Xulosa.

Shu o’rinda xulosa qilib aytamanki, yosh ijodkor va kompozitorlardan

shuni so’rab qolgan bo’lardimki, faqatgina klassik ohanglar emas, balki boshqa
rangdagi bo’yoqlarni ham ijodingiz zarvaraqlariga qo’shib boring. Kundan kunga
rivojlanayotgan bu dunyo tez zerikishni boshlaydi. Asarlardan zeriktirish emas, aniq
mafkura bilan ularning qalbidan joy egallab borish kerak. Yangi zamonaviy
garmoniyani o’rganishni ham undan foydalanishdan ham qo’rqmang. Ustozlarimiz
zamonaviy garmoniyaga oid bir qancha kitoblar va qo’llanma darsliklarni yozishgan
va yana yozib kelishmoqda.

Zamonaviy uslubda ijod qiluvchi kompzoitor ijodkorlarning asaarlarini tahlil

qiling. Bugungi kunda ularning safi kengaymoqda. Farrux Akromov ijodkorimizga
keladigan bo’lsak ularning ijodida xohlagancha zamonaviy musiqa, faktura,
garmoniyani topasiz.

Milliy zamonaviy ijod hozirgi va keyingi 100 yillik namunasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

O.N.Azimova, SH.E.Ibragimova “Zamonaviy garmoniya” O’zbekiston
kompozitorlari ijodiyotida akkordlar tarkibi “Musiqa” nashriyoti Toshkent 2015.

2.

Farrux Akromov “Sunday” asaridan ilovalar

3.

O.N.Azimova “Garmoniya” nazariy kurs 2017

References

O.N.Azimova, SH.E.Ibragimova “Zamonaviy garmoniya” O’zbekiston kompozitorlari ijodiyotida akkordlar tarkibi “Musiqa” nashriyoti Toshkent 2015.

Farrux Akromov “Sunday” asaridan ilovalar

O.N.Azimova “Garmoniya” nazariy kurs 2017