JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
421
421
421
421
ONA TILI VA ADABIYOT FANLARINI O'QITISHDA
QO’LLANILADIGAN INTERFAOL METODLAR
Karimova Charos Ibrohimjon qizi
Andijon viloyati Buloqboshi tuman 2-son politexnikumi
Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi
ANNOTASIYA
Ushbu maqolada ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda zamonaviy interfaol
metodlarning ahamiyati, ularni dars jarayonida qo‘llash imkoniyatlari hamda
samaradorligi tahlil qilinadi. Muallif interfaol yondashuvlarning o‘quvchilarda
mustaqil fikrlash, muloqot madaniyati va estetik didni rivojlantirishdagi o‘rnini ochib
beradi. Darsda qo‘llaniladigan “Aqliy hujum”, “Klaster”, “INSERT”, “Baliq skeleti”,
“Blits so‘rov” kabi metodlar orqali o‘quvchilarning bilim darajasi va darsga bo‘lgan
qiziqishi ortishi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqotda interfaol metodlardan unumli
foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ham beriladi.
Kalit so‘zlar:
interfaol metodlar, ona tili, adabiyot, ta’lim, dars jarayoni, mustaqil
fikrlash, kommunikativ yondashuv, “INSERT”, “Aqliy hujum”, didaktik metodlar.
O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatida o‘zining munosib
o‘rnini egallashi jahonning turli rivojlangan mamlakatlari bilan siyosiy, ijtimoiy
iqtisodiy ta’lim sohihasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatishi katta yutuqlarga olib keldi.
Mustaqillikdan keyin o‘tgan qisqa davr ichida ta'lim tizimida juda katta o‘zgarishlar
bo‘ldi, olamshumul kashfiyotlar va yutuqlarga ega bo‘ldik. Ma’lumki, fan va ta'lim
doimo birlikda va o‘zgarishda rivojlanadi. Ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, xorijiy
mamlakatlarning tajribasini chuqur o‘rgangan holda zamonaviy metodlar va
texnologiyalar asosida o‘qitish masalalariga hukumatimiz tomonidan berilayotgan
e'tibor juda katta bo‘lmoqda. Innovatsion va pedagogik texnologiyalarning
mamlakatimiz ta'lim sohasiga kirib kelishi - bu ta'limda tub burulish davri bo‘ldi deb
aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Innovatsion texologiya va metodlar bu o‘quv jarayonida
asosiy boshqaruvchi - o‘qituvchi, boshqariluvchi - o‘quvchi faoliyati birgalikda
yo‘naltiriladi va bu jarayonda o‘qituvchidan ham o‘quvchidan ham mustaqillik va
ijodkorlik sifatlarini talab etadi. Hozirgi kunda ta'lim tizimida qo‘llanilayotgan
innovatsion texnologiya va metodlar o‘quvchilarning yuksak bilim cho‘qqilarini
egallab, ularni fikrlashga, o‘z shaxsiy va mustaqil qarashlarga ega bo‘lishida katta
ahamiyat kasb etmoqda. Har bir o‘qituvchi dars o‘tishdan oldin darsda qo‘llaydigan
innovatsion pedagogik texnologiyalarning har bir elementigacha puxta o‘rganishi va
tatbiq qilishi lozim. Pedagog - ya'ni bola yetaklovchi, bolaga faqat tayyor fikr
bermasligi kerak balki uning fikrini kengaytirishi, olamni o‘rganishga imkon beruvchi
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
422
422
422
422
vositalarni topa bilishga o‘rgatishi zarur. Biz bir necha zamonlar an'anaviy uslubda ish
olib bordik. Pedagogik texnologiyalarning maqsadi o'qituvchi va o'quvchining
belgilangan maqsadga hamkorlikda erishishlarini ta'minlashdir. O'quv jarayonida
o'quvchilar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o'zlari xulosa qila olsa,
ko'zlangan maqsad amalga oshadi. O'qituvchi o'quvchilarning faoliyati uchun
imkoniyat va sharoit yarata olishi o'qitish jarayonining asosi sanaladi. Bugungi kunda
jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta’limning jahon ta’lim
tizimiga integratsiyalashuvi zamonaviy pedagogik texnologiyalarda yangicha
yondashuv zarurligini taqozo etmoqda. Bu yondashuvlar o’z navbatida o’quv
jarayonining tashkiliy va metodik jihatlariga muayyan ijobiy o’zgarishlar olib
kirmoqdaki, ularning ko’pchiligi pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat bilan
uzviy bog’liq. Har bir darsni o’ziga xos usul asosida o’tish, o’quvchining fanga bo’lgan
qiziqishini oshirish, uning qalbida ilmga muhabbat uyg’otish o’qituvchining
mahoratiga bog’liq. Muallimning mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi vositalardan
biri zamonaviy pedagogik texnologiyalardir. Zamonaviy pedagogik texnologiya –
hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi taraqqiyotining mahsuli. Har bir zamonaviy
pedagog mavjud pedagogik texnologiyalarni o’z darslarida qo’llasa, albatta ijobiy
natijaga erishadi. Bugungi kun o’qituvchisining maqsadi barkamol yoshlarni
tarbiyalash, ularga puxta ta’lim-tarbiya berish, zarur axborotlar bilan ta’minlash,
mustaqil fikrlashga o’rgatish, bilim va hayotiy ko’nikmalar hosil qilish, ular qalbida
vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg’ularini qaror toptirishdan iborat. Bu ezgu
maqsadlarni ilg’or pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida o’tilgan
mashg’ulotlarda amalga oshirish mumkin. Ma'lumki, «Adabiyot » darslariga
noan'anaviy darslarni olib kirish va uni ta'lim mazmuniga singdirish, dars o'tishning
yangi-yangi usullarini topish Davlat ta'lim standartlari talablarini bajarishga zamin
yaratadi. Inson shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o'sib kelayotgan yosh avlodda
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini uyg'otishda, milliy tilga, o'z
xalqining an'analariga iftixor hissini kamol toptirishda «Adabiyot» darslarining o'rni
beqiyosdir. Shunday ekan, biz ham o'z darslarimizni tashkil etishda aynan shu
maqsadlarni ko'zlagan holda ish olib boramiz. Keyingi paytlarda ilg'or tajribali
o'qituvchilar tamonidan darsning seminar -dars, bahs - dars, suhbat - dars, sinov - dars,
konferensiya - dars, sayohat-dars kabi turlari o'tkazilmoqda. Bunday dars turlari
o'quvchining dars paytidagi loqaydligiga barham berib, unda faollikni uyg'otadi, bolani
o'ylashga, muhokamali fikr yuritishga, so'zlashga va izlanishga hamda mehnat qilishga
o'rgatadi. Buning uchun hamma vaqt o'qituvchi, o'z o'quvchilariga nisbatan ko'proq
shug'ullanib, bilim va mahoratini tinmay oshirib borishi zarur. Shundagina u o'z
nomiga munosib faoliyat kishisi bo'ladi. Mehnatning samarasi sifatida har bir darsi
mazmunli, maroqli orginalligi bilan farqli ekanligini, uning mashg'ulotlariga
o'quvchilar tabora qiziqib borayotganliklarini, shogirdlarining dars jarayonida o'quv
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
423
423
423
423
materiallarini, o'zaro ishtiyoq bilan o'rganishga kirishib faollik va uyushqoqlik
ko'rsatayotganliklarini qalbdan his etadi. Bunday natijaga, shubhasiz dars jarayonida
o‘qitish usullaridan har tomonlama foydalanish orqali erishish mumkin. Men o'z
darslarimni o'tish qulay va jonli bo'lishi uchun turli ko'rgazmali qurollar ishlab
chiqaman, ulardan o'z vaqtida va o'rnida foydalanishga harakat qilaman. Murakkab
mavzuni o'quvchilar ongiga osongina yetkazish uchun:
«Aqliy hujum», «Zakovat», «Modul dars», «Zigzak», «Interfaol», «O'yin dars»,
«Munozarali-bahsli dars», «Sayohat dars», «Musobaqa dars» kabi usullardan
foydalanaman.
Darslarda o'zim o'rgatgan manbalardan, savollar yoki testlardan unumli
foydalanishga harakat qilaman. Ta `lim har doim yangilanishga mushtoqdir. Shuning
uchun, iloji boricha, ta'limning yangi usullari ustida izlanishimiz talab etiladi. Chunki
o'quvchilarga ham bir xil qolipdagi darslar yoqmaydi, ularni zeriktiradi. Natijada
o'quvchi darsni yaxshi o'zlashtira olmaydi. Har bir usuldagi darslar ikki-uch marta
o'tilganda o'zini oqlaydi. Me'yoridan oshmasligi, o'quvchilarni zeriktirmasligi uchun
usullarning turlicha bo'lishi darsning samaradorligini yanada oshiradi. Dars
jarayonlarida notiqlik, suhbat, hikoya, mustaqil ish, yozma ish, zamon bilan bog'lash,
mustaqil fikrga tayanish shakllariga katta e'tibor berishimiz lozim. Har bir o'tilayotgan
darsga o'quvchilar tomonidan berilayotgan baho biz uchun qadrlidir. Hozirda ta'lim
metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo'nalishlardanbiri interfaol ta'lim va
tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Interfaol usullarni qo‘llash natijasida
o'quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o'z fikrini bayon
qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, sog'lom muloqot, munozara, bahs olib
borish ko'nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Yana darslarimni qiziqarli va
tushunarli bo'lishi uchun "Sinkveyn", "Assesment", "Tushunchalar tahlili" kabi
metodlardan ham, yana "Matn tahlili" metodlarini ham ko'pbora qo'llayman, chunki bir
xil metodlarni qo'llash ham bolalarni zeriktirib qo'yishi mumkin shuning uchun ularni
tez-tez almashtirib turaman bu esa darsimni samarali chiqishiga sabab bo'ladi. Bugungi
kunimiz nihoyatda shiddatkor. U har bir o'qituvchidan o'z ishiga ijodiy yondashishni,
ta'limning yangi shakllaridan foydalangan holda dars samaradorligini oshirishni talab
qilmoqda. Ayniqsa, adabiyot darslarida o'quvchi o'zligini anglasa, o'zini va o'zgalarni
tushuna olsa, o'qituvchi o'zining kamchiliklarini ko'ra olsa va ularni to'g'rilashda
g'ayratli bo'lsagina, dars kashfiyot darajasiga yetadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Mamarasulov, S. (2020). Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol
metodlar. Toshkent.
2. Normurodov, A. (2021). Adabiyot darslarida interfaol metodlar va ularning
samaradorligi. Ilmiy maqola. – “Ta’lim va fan” jurnali, №3, 45–50-betlar.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
424
424
424
424
3. To‘xtasinova, M., & Qurbonov, M. (2020). Interfaol metodlar asosida dars
o‘tish texnologiyasi.Toshkent.
4. Xolboyeva, M. (2019). Ona tili va adabiyot ta’limida zamonaviy yondashuvlar.
Toshkent.
5. G‘anieva, G. (2022). Ona tili o‘qitish metodikasi: interfaol yondashuv asoslari.
– Pedagogik innovatsiyalar jurnali, №2, 60–65-betlar.