Authors

  • Teshaboyev Ulug‘bek Inhamiddinovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93670

Keywords:

Kalit so‘zlar: Oliy harbiy ta’lim kursantlar kasbiy tayyorgarlik harbiy kadrlar vatanparvarlik tarbiyasi kasbiy kompetentsiyalar.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy tayyorgarligining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. “Harbiy ta’lim” va “kasbiy tayyorgarlik” tushunchalarining mohiyati ochib berilgan, kursantlarning kasbiy tayyorgarligining nazariy, amaliy, psixologik-axloqiy, jismoniy va intellektual komponentlari tadqiq etilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

409

409

409

409

OLIY HARBIY TA’LIM MUASSASALARI KURSANTLARINING

KASBIY TAYYORGARLIGINI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Tadqiqotchi:

Teshaboyev Ulug‘bek Inhamiddinovich

Tel. +998 98 888 57-78

Annotatsiya:

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim

muassasalari kursantlarining kasbiy tayyorgarligining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil
qilingan. “Harbiy ta’lim” va “kasbiy tayyorgarlik” tushunchalarining mohiyati ochib
berilgan, kursantlarning kasbiy tayyorgarligining nazariy, amaliy, psixologik-axloqiy,
jismoniy va intellektual komponentlari tadqiq etilgan.

Kalit so‘zlar:

Oliy harbiy ta’lim, kursantlar, kasbiy tayyorgarlik, harbiy kadrlar,

vatanparvarlik tarbiyasi, kasbiy kompetentsiyalar.

Аннотация:

В

данной

статье

анализируются

особенности

профессиональной подготовки курсантов высших военных учебных заведений
Республики Узбекистан. Раскрыта сущность понятий “военное образование” и
“профессиональная подготовка”, исследованы теоретический, практический,
психолого-нравственный, физический и интеллектуальный компоненты
профессиональной подготовки курсантов.

Ключевые

слова:

высшее

военное

образование,

курсанты,

профессиональная подготовка, военные кадры, патриотическое воспитание,
профессиональные компетенции.

Annotation:

This article analyzes the specific features of professional training of

cadets in higher military educational institutions of the Republic of Uzbekistan. The
essence of the concepts of “military education” and “professional training” is revealed,
and the theoretical, practical, psychological-moral, physical, and intellectual
components of cadets' professional training are examined.

Keywords:

higher military education, cadets, professional training, military

personnel, patriotic education, professional competencies.


Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa qobiliyatini mustahkamlash,

milliy xavfsizligini ta’minlash va xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqeini yanada
oshirish uchun yuqori malakali harbiy mutaxassislarni tayyorlash dolzarb masalaga
aylandi. Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy tayyorgarligi
mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining jangovar qobiliyatini belgilaydigan eng muhim
omillardan biri hisoblanadi. Ma’naviy jihatdan yetuk, vatanparvar harbiy
mutaxassislarni tayyorlash, ularning kasbiy tayyorgarligi jarayonida nafaqat
zamonaviy harbiy bilim va ko‘nikmalarni, balki milliy qadriyatlar va an’analarni ham
singdirish muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

410

410

410

410

Mamlakatimizda oliy harbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘p

qirrali bo‘lib, ular harbiy kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, ta’lim
sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish,
zamonaviy moddiy-texnik bazani yaratish, harbiy mutaxassislarni tayyorlash, qayta
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish, xalqaro harbiy
hamkorlikni mustahkamlash va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirishga qaratilgan
kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni

Shavkat Mirziyoyev “Harbiylar xalqimizning ma’naviy yetuk farzandlari bo‘lishi
kerak. Buning uchun shaxsiy tarkibning ma’naviy yetukligini, harbiy xizmatchilarning
jangovar tayyorgarligini yuksaltirish lozim. Siz Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi
kabi buyuk ajdodlarimiz vorislari ekanligingizni doim his qilib, shunga munosib
xizmat qilsangiz, yoshlarimiz vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat tuyg‘ularini sizlardan
o‘rganadi”[

1

] – deb

ta’kidlagan. Davlatimiz rahbarining yuqoridagi fikrlari

kursantlarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish
jarayonlari nafaqat harbiy-professional bilimlarni, balki boy ma’naviy merosimiz,
milliy qadriyatlarimiz va buyuk ajdodlarimiz an’analarini chuqur o‘rganish orqali
ma’naviy yetuk, vatanparvar, o‘z xalqiga va Vataniga sodiq harbiy mutaxassislarni
tayyorlashda muhim ekanligini tasdiqlaydi.

Bugungi kunda harbiy ta’lim tizimida yaratilayotgan sharoitlar, zamonaviy

o‘zgarishlar barcha imkoniyatlardan foydalana oladigan, o‘z kasbini ustasi bo‘lgan,
harbiy sohani chuqur o‘zlashtirgan mahoratli harbiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan
ehtiyojni kuchaytirmoqda.

Shu o‘rinda dastlab “harbiy ta’lim” tushunchasiga to‘xtalsak. Mahalliy

olimlardan X.X. Xasanboyev o‘z tadqiqotlarida harbiy ta’limga quyidagicha ta’rif
bergan “harbiy ta’lim” – Qurolli Kuchlarning turli bo‘g‘inlari, harbiy qismlar
va maxsus kuchlar uchun kadrlar tayyorlash tizimi hisoblanib, ushbu termin ofitser va
boshqa harbiy xizmatchilarning amaliy faoliyatida zarur bo‘lgan fundamental
va maxsus harbiy fanlar bo‘yicha tizimlashtirilgan bilimlar va ko‘nikmalar yig‘indisini
anglatadi”[

2

] – deb izohlagan.

Rus olimlaridan G.A. Andreyeva, G.S. Vyalikov, I.A. Tyutkovlar “Harbiy ta’lim

tushunchasi asosiy va maxsus harbiy fanlar bo‘yicha tizimli bilimlar hamda ofitserlar
va boshqa harbiy xizmatchilar uchun amaliy faoliyat uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar
majmuasi

sifatida

tushuniladi.

Harbiy

ta’limning

paydo

bo‘lishi

va rivojlanishi harbiy fan va harbiy san’atning rivojlanishi bilan chambarchas

1

https://president.uz/oz/lists/view/2945

2

Xasanboyev X.X. “Mudofaa sohasida harbiy pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish omillari:

avtoreferat.dis.pedogika fanlari (PhD): - Ch., 2023. – 42 bet.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

411

411

411

411

bog‘liq”[

3

] – deb ta’kidlashgan.

Yuqoridagi olimlarning qarashlarini tahlil qilgan holda, fikrimizcha harbiy

ta’lim – bu oddiy ta’lim jarayonidan farq qiladigan murakkab tizim bo‘lib, u nafaqat
nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham qamrab oladi. Zamonaviy sharoitda
harbiy ta’lim tizimi ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-texnik va harbiy sohadagi barcha
o‘zgarishlarni hisobga olgan holda doimiy takomillashib borishini talab etadi.

O‘zbekiston Respublikasida ham harbiy ta’lim tizimi o‘ziga xos uzoq tarixga ega

bo‘lib, mustaqillik yillarida yanada rivojlandi va takomillashdi.

Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy tayyorgarligi

tushunchasini aniqlashtirish uchun avvalo “tayyorgarlik” va “kasbiy tayyorgarlik”
tushunchalarini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, “tayyorgarlik” so‘zi
tayyorlamoq (tayyorlanmoq) so‘zidan kelib chiqqan va biror kishi tomonidan kelgusi
maxsus faoliyat uchun olingan bilimlar zaxirasini anglatadi. “Tayyorgarlik”
“tayyorlik” bilan chambarchas bog‘liq – bu o‘qitilish darajasi, biror narsaga tayyorlikni
bildiradi[

4

].

O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida kasbiy tayyorgarlik

bugungi kunda bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar quyidagilarda
namoyon bo‘ladi:

Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy doktrinasi,

strategiyasi va taktikasidagi o‘zgarishlar harbiy ta’lim tizimida ham aks etadi.
Zamonaviy

harbiy

konfliktlar,

terrorizmga

qarshi

kurash

strategiyalari

va harbiy texnologiyalarning rivojlanishi kursantlarga innovatsion bilimlarni berish
zarurligini belgilaydi. Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy
tayyorgarligi xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan
holda muntazam ravishda yangilanib bormoqda.

Ikkinchidan, oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy tayyorgarligi

ikki muhim va o‘zaro bog‘liq maqsadga ega: bo‘linmalarda ofitserlik lavozimlariga
kursantlarni kasbiy tayyorlash va har qanday vaziyatda o‘z funksional majburiyatlarini
samarali bajarishga qodir bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash[

5

]. Bu

maqsadlar nafaqat harbiy bilim va ko‘nikmalarni, balki boshqaruv, psixologik
tayyorgarlik, axloqiy tarbiya va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish
ko‘nikmalarini ham shakllantirish zarurligini belgilaydi.

Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalari

3

Андреева Г.А., Вяликова Г.С., Тютькова И.А. Краткий педагогический словарь: Учебное справочное

пособие / под ред. – М.: 2005. – 181 с.

4

Бельский А. Н. Повышение эффективности военно-профессиональной подготовки курсантов вузов:

дис. канд. пед. наук. М., 2010.

5

Козлов В.А., Мошкин А.А.. “Военно-профессиональная подготовка курсантов факультета сил

специального назначения: нравственные аспекты” Профессиональное образование в России и за
рубежом, no. 2 (38), 2020, p. 83-87.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

412

412

412

412

kursantlarining kasbiy tayyorgarligiga xos bo‘lgan yana bir xususiyat - bu milliy
an’ana va qadriyatlarga asoslangan harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi, zamonaviy harbiy-
siyosiy vaziyat va davlat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash talablari bilan
uyg‘unlashgan holda amalga oshirilishidir.

Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy tayyorgarligi milliy

qadriyatlarga va xalqaro tajribaga asoslangan holda, bugungi kun talablariga javob
beradigan ta’lim metodologiyasini o‘z ichiga oladi. Bu davr talablariga mos ravishda
harbiy kadrlarning kasbiy tayyorgarligini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish
imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini isloh qilish doirasida,
oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoni mukammal tizimli yondashuvni
talab qiladi. Bu yondashuv quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi:

tashkiliy komponent;

nazariy-metodologik komponent;

texnologik komponent;

psixologik-pedagogik komponent;

moddiy-texnik ta’minot.

Kasbiy tayyorgarlik jarayonida kursantlar harbiy-kasbiy, umummadaniy

va shaxsiy sifatlarni shakllantiradigan qator kompetentsiyalarni o‘zlashtiradilar. Bu
kompetentsiyalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

harbiy xizmatda asosiy vazifalarni bajarish qobiliyati;

jangovar vaziyatlarda qaror qabul qilish ko‘nikmalari;

zamonaviy harbiy texnologiyalar va qurol-aslahalardan samarali

foydalanish malakasi;

jamoada ishlash va rahbarlik qilish qobiliyati;

axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalari;

kommunikativ va lingvistik qobiliyatlar;

o‘z-o‘zini rivojlantirish va kasbiy o‘sish ko‘nikmalari.

Mamlakatimizdagi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy

tayyorgarligining yana bir muhim jihati shundaki, u milliy va xalqaro tajribani
uyg‘unlashtirgan holda amalga oshiriladi. Milliy an’analarni saqlab qolgan holda,
ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirishga katta e’tibor qaratiladi. Bu xalqaro hamkorlik
doirasida kadrlar almashinuvi, qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari, xalqaro harbiy o‘quv
yurtlari bilan aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikda o‘quv dasturlarini ishlab
chiqish orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, oliy harbiy ta’lim muassasalarida kursantlarning kasbiy

tayyorgarligi jarayonida pedagogik yo‘nalish alohida ahamiyatga ega. Bo‘lajak
ofitserlar nafaqat harbiy ishlarni bilishlari, balki pedagogik mahoratga ham ega
bo‘lishlari, ya’ni bilimlarni uzatish, qo‘l ostidagilarni o‘qitish va tarbiyalash usullarini
egallashlari zarur. Bu jihat O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kadrlar


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

413

413

413

413

tayyorlash tizimida muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy

tayyorgarligi tizimi quyidagi tarkibiy komponentlarni o‘z ichiga oladi:

Nazariy komponent – bu harbiy ish asoslarini o‘rganish, harbiy fan va san’at,

milliy va xalqaro harbiy tajribani o‘rganish jarayoni. Bu komponent zamonaviy harbiy
nazariya, taktika, strategiya, harbiy psixologiya va pedagogika, qurol-aslaha va harbiy
texnika, harbiy tarix va boshqa nazariy bilimlarni qamrab oladi.

Amaliy komponent – nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash, harbiy mashqlar,

dala o‘quv mashg‘ulotlari, jangovar o‘q otish mashqlari, taktik o‘yinlar, harbiy texnika
va qurol-aslahalarni o‘rganish va ularda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish. Bu
komponent real jangovar vaziyatlarga yaqinlashtirilgan sharoitlarda kasbiy
ko‘nikmalarni shakllantiradi.

Psixologik-axloqiy komponent – harbiy xizmatning psixologik jihatlarini

o‘rganish, stress holatlarida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, jangovar ruhni
tarbiyalash, vatanparvarlik, o‘zaro yordam va boshqa axloqiy sifatlarni rivojlantirish.
Bu komponent bo‘lajak ofitserlarda jangovar vaziyatlarda emotsional barqarorlikni
shakllantirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va axloqiy qadriyatlarni
singdirishga qaratilgan.

Jismoniy tayyorgarlik – harbiy xizmat uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlarni

rivojlantirish, kuch, chidamlilik, tezkorlik, epchillik va boshqa sifatlarni
takomillashtirish. O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida jismoniy
tayyorgarlikka katta e’tibor qaratiladi, chunki bo‘lajak ofitser nafaqat harbiy bilim va
ko‘nikmalarga, balki yuksak jismoniy tayyorgarlikka ham ega bo‘lishi kerak.

Intellektual komponent – mantiqiy va tanqidiy fikrlash, taktik vaziyatlarni tahlil

qilish va optimal qarorlar qabul qilish qobiliyatini rivojlantirish. Zamonaviy harbiy
harakatlar sharoitida ofitser tez va samarali qarorlar qabul qilishi, murakkab
vaziyatlarni tahlil qilishi va strategik rejalar ishlab chiqishi kerak. Shuning uchun,
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida kursantlarning intellektual
salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi.

Kursantlarning kasbiy tayyorgarligi professor-o‘qituvchilar tarkibining yuqori

kasbiy mahoratisiz mumkin emas. Bu yerda, ayniqsa, zarur ta’lim texnologiyalari,
usullari, o‘qitish va tarbiyalash usullariga egalik qilishga e’tibor qaratiladi, bu
pedagogik faoliyat sub’ektiga psixologik-pedagogik va metodik bilimlardan ongli
foydalanish asosida aniq kasbiy-pedagogik vazifalarni hal qilgan holda kursantlarning
pedagogik

yo‘nalganligini

va

pedagogik

qobiliyatlarini

shakllantirish

va

rivojlantirishga imkon beradi. Bunda nafaqat o‘qitish jarayonida nazariy va metodik
bilimlarni ijodiy qo‘llashga, balki bo‘lajak ofitserning shaxsiy fazilatlarga ham yuqori
talablar qo‘yiladi.

Shuningdek, kursantlarning kasbiy pedagogik madaniyatini oshirish ham


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

414

414

414

414

muhimdir. Professor R. Maxmudov ta’kidlaganidek “…xodimlarning pedagogik
madaniyatini shakllantirish – huquqiy normalarga nisbatan hurmat, fuqarolarning
huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish bilan bog‘liq ijtimoiy
foydali omildir”[

6

] – deb izohlagan.

Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy tayyorgarligi uzluksiz va

tizimli jarayondir. Bu jarayon kursantlarni harbiy oliy ta’lim muassasasiga qabul
qilishdan boshlab to bitirgunga qadar davom etadi. Kasbiy tayyorgarlik mazmuni
va metodlari doimiy ravishda takomillashtiriladi va yangilanadi, zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion o‘qitish
usullari joriy etiladi.

Harbiy oliy ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy tayyorgarligini

takomillashtirish jarayonida tashkil etiladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlarga alohida e’tibor
qaratiladi. Bunda kursantlarda vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, vatanga
sodiqlik, mehnatsevarlik, vijdonlilik, halollik, jamoada ishlash ko‘nikmalari,
mas’uliyat, adolat kabi shaxsiy va kasbiy sifatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga
ega.

O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy

tayyorgarligi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu xususiyatlar milliy
va ma’naviy qadriyatlar, zamonaviy texnologiyalar, innovatsion pedagogik metodlar
va xalqaro hamkorlik kabi omillar bilan belgilanadi. Kursantlarning kasbiy
tayyorgarligining asosiy maqsadi – zamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori
kasbiy mahoratga ega bo‘lgan, vatanparvar, ma’naviy yetuk, intellektual salohiyatli va
jismoniy barkamol ofitserlarni tayyorlashdan iborat.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda quyidagilarni oliy harbiy ta’lim

muassasalari kursantlarining kasbiy tayyorgarligining samaradorligini oshirish uchun
quyidagi tavsiyalar taklif etiladi:

Birinchidan, harbiy ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion o‘qitish usullarini keng joriy etish. Bu
kursantlarning bilim olish samaradorligini oshiradi va ularda zamonaviy
texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Ikkinchidan, Xalqaro harbiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy davlatlarning

ilg‘or tajribalarini o‘rganish va joriy etish. Xalqaro harbiy mashqlar, konferensiyalar,
seminarlar va kursantlar almashinuvini tashkil etish orqali kursantlarning bilim va
ko‘nikmalarini xalqaro darajaga ko‘tarish.

Uchinchidan, kursantlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor

qaratish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish. Bu bo‘lajak
ofitserlarning vatanparvarlik, fidoyilik, jasorat kabi sifatlarini rivojlantiradi.

6

Maxmudov R. Kasbiy pedogogika:Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi,

2003-y – B.72


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

415

415

415

415

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalari

kursantlarining kasbiy tayyorgarligi ko‘p qirrali jarayondir. Bu jarayon davlat mudofaa
qobiliyatini mustahkamlashning muhim omili hisoblanadi. Harbiy ta’lim tizimida
innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish, xalqaro harbiy hamkorlikni
kuchaytirish, kursantlarda milliy qadriyatlarni shakllantirish orqali zamonaviy
talablarga javob beradigan, yuqori kasbiy mahoratga ega, vatanparvar, ma’naviy yetuk
harbiy kadrlarni tayyorlash mumkin. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida kursantlarning
kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa
qobiliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Sh. Mirziyoyev “Harbiy xizmatchilar xalqimizning ma’naviy yetuk farzandlari
bo‘lishi kerak”// 17.10.2019-yil. https://president.uz/oz/lists/view/2945

2.

Xasanboyev X.X. “Mudofaa sohasida harbiy pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirish omillari: avtoreferat.dis.pedagika fanlari (PhD): - Ch., 2023. – 42
bet.

3.

Андреева Г.А., Вяликова Г.С., Тютькова И.А. Краткий педагогический
словарь: Учебное справочное пособие / под ред. – М.: 2005. – 181 с.

4.

Бельский А. Н. Повышение эффективности военно-профессиональной
подготовки курсантов вузов: дис. канд. пед. наук. М., 2010.

5.

Козлов В.А., Мошкин А.А.. “Военно-профессиональная подготовка
курсантов факультета сил специального назначения: нравственные аспекты”
Профессиональное образование в России и за рубежом, no. 2 (38), 2020, p. 83-
87.

6.

Maxmudov R. Kasbiy pedagogika:Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi
IIV akademiyasi, 2003-y – B.72

References

Sh. Mirziyoyev “Harbiy xizmatchilar xalqimizning ma’naviy yetuk farzandlari bo‘lishi kerak”// 17.10.2019-yil. https://president.uz/oz/lists/view/2945

Xasanboyev X.X. “Mudofaa sohasida harbiy pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish omillari: avtoreferat.dis.pedagika fanlari (PhD): - Ch., 2023. – 42 bet.

Андреева Г.А., Вяликова Г.С., Тютькова И.А. Краткий педагогический словарь: Учебное справочное пособие / под ред. – М.: 2005. – 181 с.

Бельский А. Н. Повышение эффективности военно-профессиональной подготовки курсантов вузов: дис. канд. пед. наук. М., 2010.

Козлов В.А., Мошкин А.А.. “Военно-профессиональная подготовка курсантов факультета сил специального назначения: нравственные аспекты” Профессиональное образование в России и за рубежом, no. 2 (38), 2020, p. 83-87.

Maxmudov R. Kasbiy pedagogika:Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi, 2003-y – B.72