Authors

  • Ubaydulloyeva Rayhona Fahriddin qizi
  • Shahlo Davirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93675

Keywords:

Kalit so`zlar: gender tenglik strategiyasi professional charchoq ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik maishiy vazifalar natijaga asoslangan baholash tizimi ambitsiya.

Abstract

    Annotatsiya:  So‘nggi yillarda rivojlanayotgan O‘zbekistonda gender tengligi masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan bo‘lsa-da, ish joylarida ayollar va erkaklar o‘rtasidagi farqlar haliham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Gender tafovuti nafaqat ishga qabul qilish jarayonida, balki lavozimga ko‘tarilish, mehnat sharoitlari, ish haqi miqdori va rahbarlik imkoniyatlarida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu maqolada aynan O‘zbekistondagi ish joylarida erkaklar va ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularga to‘siq bo‘layotgan omillar tahlil qilinadi.  Bundan tashqari, ayollarning ish joylarida duch  kelishi mumkin  mumkin bo`lgan qiyinchiliklari, xususan, salohiyat va mehnatning teng  baholanmasligi , hanuz teng haq  to`lamaslik, maishiy vazifalar  tufayli sodir  bo`ladigan  ortiqcha charchoq hamda kasbiy  faoliyatda  xolis  bo`lmagan  baholash kabilar  chuqur o`rganiladi va  bir qator rivojlangan  mamlakatlar uchun dolzarb mavzuga aylanganligi va bu muammo O`zbekistonda ham keng tus olganligi sababli chetel tajribalari va  muammoga yechim texnikalaridan foydaniladi, O`zbekiston bilan qiyoslanadi  va to`laqonli yechimlar taqdim etiladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

588

588

588

588

ISH JOYIDA AYOLLAR VA ERKAKLAR O`RTASIDAGI FARQLAR :

MUAMMOLAR VA TENGSIZLIKLARGA CHUQUR NAZAR

Ubaydulloyeva Rayhona Fahriddin qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining

bakalavriant talabasi

rayhonaubaydulloyeva@gmail.com

Shahlo Davirova

PhD Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining

“Bank ishi” kafedrasi dotsenti

davirova_shaxlo@tsue.uz

Annotatsiya

: So‘nggi yillarda rivojlanayotgan O‘zbekistonda gender tengligi

masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan bo‘lsa-da, ish
joylarida ayollar va erkaklar o‘rtasidagi farqlar haliham dolzarb masala bo‘lib
qolmoqda. Gender tafovuti nafaqat ishga qabul qilish jarayonida, balki lavozimga
ko‘tarilish, mehnat sharoitlari, ish haqi miqdori va rahbarlik imkoniyatlarida ham
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu maqolada aynan O‘zbekistondagi ish joylarida
erkaklar va ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularga to‘siq bo‘layotgan omillar
tahlil qilinadi. Bundan tashqari, ayollarning ish joylarida duch kelishi mumkin
mumkin bo`lgan qiyinchiliklari, xususan, salohiyat va mehnatning teng
baholanmasligi , hanuz teng haq to`lamaslik, maishiy vazifalar tufayli sodir
bo`ladigan ortiqcha charchoq hamda kasbiy faoliyatda xolis bo`lmagan baholash
kabilar chuqur o`rganiladi va bir qator rivojlangan mamlakatlar uchun dolzarb
mavzuga aylanganligi va bu muammo O`zbekistonda ham keng tus olganligi sababli
chetel tajribalari va muammoga yechim texnikalaridan foydaniladi, O`zbekiston bilan
qiyoslanadi va to`laqonli yechimlar taqdim etiladi.

Kalit so`zlar:

gender tenglik strategiyasi, professional charchoq, ijtimoiy-

iqtisodiy barqarorlik, maishiy vazifalar, natijaga asoslangan baholash tizimi,
ambitsiya.


Bugungi kunda gender tengligi yo`lida erishilgan bir qancha yutuqlarga qaramay,

ish joylarida ayollar va erkaklar o`rtasida hali ham sezilarli farqlar va tenglik zarurati
dolzarb mavzuga aylanib bormoqda. Ze`ro, kompaniyalar ayollar yetakchiligi orqali
ko`proq foyda, innovatsiyalar va iste`dodlarni jalp qilishga erishmoqdalar. So`ngi
tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, ish madaniyati ko`pincha ayollarning hissasini
yetarlicha qadrlamaydi va erkaklarning ko`zga ko`ringan mehnatini ko`proq
mukofotlaydi, hatto ular bir xil natijalarga erishgan bo`lsalar ham. Ayniqsa,
O`zbekiston bozor iqtisodiyotiga o`tgandan so`ng, rahbarlik va yetakchilik


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

589

589

589

589

lavozimlarida erkaklar ustunlik qilib ko`proq yuqori texnalogik sohalarda
yo`naltirilgan bo`lsa ayollar ko`pincha an`anaviy ravishda ta`lim, sog`liqni saqlash va
xizmat ko`rsatish tarmoqlarida jamlanganlar. Davlat statistika qo`mitasining 2023-
yilgi ma`lumotiga ko`ra, erkaklar iqtisodiyotning muhandislik, IT sohalarida 70%
dan ortig`ini tashkil etsa, ayollar esa ushbu sohalarda atigi 30% ni tashkil etadi. Ushbu
tengsizliklarni chuqur tushunish va adolatli ish sharoitini yaratish, gender tengligi
ta`minlash muhim ahamiyatga ega. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev ta`kidlaydilar: "Jamiyatimizda gender tengligini ta'minlash, xotin-
qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy hayotning
faol ishtirokchisiga aylantirish - biz olib borayotgan islohotlarning muhim
yo'nalishlaridan biridir."

Rahbarlik va yetakchilik lavozimlarida erkaklar ustunlik qiladi. Xususan,

xususiy sektor korxonalarida direktor yoki yuqori menejer lavozimlarida ishlovchi
ayollar soni nihoyatda kam. Bu holat ko‘plab sabablarga borib taqaladi: ayollarning
o‘ziga ishonchi pastligi, gender stereotiplari, oila va ish o‘rtasidagi muvozanatni
saqlashga urinishlar va ba'zida korporativ madaniyatning erkaklarga yo‘naltirilganligi.

Ayollar va erkaklarning biznesdagi ulushi:


Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva intervyusida ayollar va

erkaklarning biznesdagi ulushi haqida to`htalib, O`zbekistonda ayollar biznesda faol
ildamlayotganini, ularning ulushi 39% ni tashkil etishini ta`kidladi. Bu ko`rsatkich
ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar
samaradorligini ko`rsatadi. Shuningdek, ayollar uchun moliyaviy resurslarga kirish
imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida davlat tomonidan turli dasturlar amalga
oshirilmoqda. Biroq, hali ham gender tengligini ta'minlash va ayollarni biznesda

Ayollar 39%

Erkaklar 61%


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

590

590

590

590

qo'llab-quvvatlash borasida ishlar to`htab qolgani yo`q. Bu borada qonunchilikni
takomillashtirish, ayollar uchun biznes muhitini yaxshilash va moliyaviy resurslarga
kirishni osonlashtirish zarurdir.

Amerikaliklar dunyodagi eng ko'p ishlovchi xalqlardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy

Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti ma'lumotlariga ko`ra, ular deyarli barcha
rivojlangan mamlakatlardagi ishchilarga nisbatan ko'proq soat ishlaydi. Bu holat
qisman shuni ko'rsatadiki, AQShda uzoq soat ishlash ko'proq maosh, katta bonuslar va
tezroq lavozim ko'tarilishiga olib keladi. Biroq bu jarayon mukammal meritokratiya
emas. Yangi tadqiqotlar uzoq ishlashga qaratilgan bu madaniyat ayollarni ikki
tomonlama salbiy ta'sirga duchor qilayotganini aniqladi, ayollar kamroq ishlasalar
ham, ko'proq ishlasalar ham zarar ko'rishadi. Tadqiqotda 230 amerikalik xodim
ishtirok etib, ular 40 soat va 60 soat ishlovchi, bir xil baholangan ikkita xodim profilini
ko'rib chiqdi. Ishtirokchilar qaysi xodimga boshqaruv tayyorgarligi va lavozim
ko'tarilish imkoniyatlari berilishi kerakligini tanlashdi. Natijalar shuni ko'rsatdiki,
ishchilarning ishlash soatlari ko'proq bo'lsa, ular deyarli 89% hollarda mukofotlarga
loyiq deb topilgan. Biroq bu tanlov gender neytral emas edi. AQShda to'liq vaqt
ishlovchi ayollar erkaklarga qaraganda kamroq ish soati bajaradi. Bu tafovut, asosan,
ayollarning uy va bolalar parvarishiga erkaklardan 22% ko'proq vaqt sarflashi bilan
bog'liq Bunday "ikki smenali" ish hayoti ayollarni ko'proq charchatadi. Uzoqroq
ishlash ko'proq mukofotga olib kelgani uchun, ba'zilar erkaklarning ko'proq
lavozimlarga erishishini oqlashga harakat qilishadi. Ammo tadqiqotlar shuni
ko'rsatadiki, uzoq ishlash samaradorlik belgisi emas, aksincha ba'zan kam samarali
mehnat natijasidir. Shunga qaramay, ish beruvchilar ko'pincha ko'proq ishlaganlarni
mukofotlaydi, hatto ular kamroq samaradorlik ko'rsatsa ham. O'zbekistonda ham
ko'plab ish beruvchilar ish vaqti uzunligini mehnatsevarlik me`zoni sifatida ko'radi.
Shu xususda, O'zbekistonda ko'plab tashkilotlarda xodimlarning natijadorligi emas,
balki ularning ishda qancha vaqt qolishi baholanadi. Ayniqsa, davlat va yirik xususiy
sektorlarda ish joyida qolish ya`ni ofisda ko`p vaqt o`tkazish mehnat sifatining asosiy
belgisi sifatida ko`riladi. Ko`pincha xodimlar ishdan chiqib ketmaslik yoki rahbariyat
nazariga tushushish uchun ish vaqtidan ortiqcha qolishga majbur bo`lishadi. Bu uslub
haqiqiy samaradorlikni inobatga olmasdan, ba'zan samarasiz ishlovchilarni
rag'batlantirishga olib keladi. Biroq, uzoq vaqt ishda qolish har doim ham yuqori
natijadorlikni anglatmaydi. Bu, ayniqsa, ayollar uchun salbiy oqibatlarga olib keladi,
chunki ular oilaviy majburiyatlar bilan ish o'rtasida muvozanatni ta'minlashga majbur.
Ular asosan uy-ro'zg'or va bolalarga qarash uchun katta mas`uliyatni zimmasiga oladi.
Hatto to'liq ishlovchi ayollar ham, erkaklarga qaraganda, ko'proq vaqtni oilaviy
majburiyatlarga sarflashadi. Bu esa ularning ish faoliyatiga, kasbiy o`sishiga va
ko'proq soat ishlash imkoniyatiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. Xullas, ohirgi
yillarda ish vaqtining cho'zilishi va "ko'proq ishlash = ko'proq imkoniyat" stereotipi


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

591

591

591

591

kuchaymoqda. Ayniqsa, xususiy sektorda ko'plab ishchilardan standart 8 soatlik ish
kunidan ortiq mehnat talab qilinadi. Biroq bu ko'plab ayollar uchun ikki karra yuk
bo'lib, ish va uy yumushlari o'rtasida muvozanatni saqlashni qiyinlashtirmoqda.
Natijada, ayollar uchun bu adolatsiz raqobat muhitini yaratadi. Negaki, ish joylarida
haliham eski stereotiplar ishlatilyapti ya'ni, erkaklar va ayollar bir xil qadriyatlar va
ehtijoylarga ega bo'lib bormayapti. Ko'pchilik joylarda rahbariyat eskicha
yondashuvdan voz kechmagan holda ayollarni faqat "oilaparvar", "kamroq
ambitsiyaga ega" deb hisoblaydi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda genderga asoslangan ish haqi

tafovuti saqlanib qolmoqda. Ayollar odatda pastroq maosh to'lanadigan ijtimoiy
sohalarda ya`ni, ta'lim, sog'liqni saqlash, xizmat ko'rsatish kabilarda faoliyat yuritadi.
Hatto bir xil lavozimlarda ishlaganda ham, erkaklarga qaraganda kamroq maosh olish
holatlari mavjud, Statistika qo`mitasii va BMT Taraqqiyot dasturining ma`lumotiga
ko`ra, O`zbekistonda ayollar ,asosan, bir xil malakali ishlarda erkaklarga nisbatan
o`rtacha 20-35 % kamroq maosh olishadi. Yetakchilik lavozimlarida ayollar ulushi
hali ham past darajada. Ammo, iqtisodiyotga ayol tadbirkorlarning aralashuvi
iqtisodiyotning o`sishiga salmoqli hissa qo`shishi isbotlanga. Negaki, agar ayollar
erkaklar bilan teng darajada iqtisodiy faol bo`lsa, mamlakat yalpi ichki mahsuloti
29% oshishi mumkin. Ayollarning ishda ko'proq charchash holatiga duch kelishlari
ko'pincha ish joyidan tashqaridagi ortiqcha qarovchilik, ya'ni, uy va bolaga qarash
kabi majburiyatlari bilan bog'lanadi. AQSHdagi Ayollar Siyosati Tadqiqot Instituti
ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar to‘liq stavkada ishlagan taqdirda ham, erkaklarga
qaraganda 22% ko‘proq haq to‘lanmaydigan uy-ro‘zg‘or va bola parvarishi ishlari
bilan shug‘ullanishadi. Ayollar nafaqat bolalar parvarishining asosiy qismini o'z
zimmalariga oladilar, balki qariyalar parvarishida ham erkaklarga qaraganda ko'proq
mas'uliyatni o'z zimmalariga oladilar. Biroq, ayollarning "ikki karra smena"si, ya'ni,
uy va ishdagi yuklamalari charchash holatining faqat bir qismi. lsh joyidagi gender
tarafkashlik ham bu holatga hissa qo'shadi. Tadqiqotchilar ayollarning ishdagi
charchash ko'rsatkichlarining yuqoriligi bilan bog'liq uchta asosiy gender tarafkashlik
shaklini aniqlaganlar. Birinchisi, emotsional mehnatga ortiqcha yuklanish : Ayollar
ko`pincha ish joylarida mehribonchilik bilan ochiq, hissiy hamda xushmuomala
munosabatda bo`lish kabi noaniq ammo talabchan vazifalarni bajarishga davat etiladi.
Masalan, ish joyida mijozlar bilan ishlayotgan ayol har kuni tabassum bilan samimiy
munosabat o`rnatishga majbur bo`ladi, hattoki o`zi tushkun yoki charchagan holatda
bo`lsa ham. Ikkinchidan, tan olinmasdan ko`proq harakat qilish: Ayollar ko`pincha
o`z salohiyatini isbotlash uchun erklaklarga qaraganda ko`proq ter to`kishi keraqk
bo`ladi. Ularning harakatlari past baholanadi yoki ko`p hollarda tasodifiy omilga
bog`lanadi. Bu easa o`ta charchash va ruhiy zo`riqishga sabab bo`ladi. Misol uchun,
ish joyida bir ayol rahbarga ish yuzasidan biror bir loyiha topshirsa “ yaxshi omaddan


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

592

592

592

592

foydalanibdi “ deb e`tirof etiladi. Erkak shu darajadi ishni qilsa “ bu uning
tajribaliligida va qobiliyatida “ deyiladi. Uchinchidan , gender stereotipi va kutishlar :
Jamiyatda ayollar doimo itoatkor va yordamchi, yumshoq bo`lishi kutiladi. Bu kabi
bir qancha qarashlar ayollarning yetakchilik lavozimlarida intilishlariga to`sqinlik
qiladi. Agarda qat`iyatli bo`lsa “qo`pollik”, “ayollikdan chiqqan “ deyiladi. Misol
tariqasida, agar ayol rahbarlik lavozida bo`lsa “ qattiq qo`l” , “haddidan oshgan” kabi
so`zlar bilan tasdiqlanadi. Erkak easa “yetakchi” deb qaqbul qilinadi. Bu yuklar
ko`pgina hollarda e`tirof etilmaydi va ruhiy charchoqqa olib keladi. Agar ish
beruvchilar gender tarafkashlik va ayollar charchashi o'rtasidagi bog'liqlikni e'tiborsiz
qoldirsalar, ular o'z iste'dodli xodimlarining muhim qismini yo'qotish xavfi ostida
qoladilar.

O`zbekistonda 2015-2025 yillarda ayollar va erkaklar o`rtasidagi maosh

tafovuti


Diagrammadan namoyon bo`ladiki, 2015-2019 yillar oralig`ida maosh tafavvuti

asta-sekin kamayib 2019-yilda deyarli 31% ga yetgan. 2020-2021 yillar oralig`ida
pandemiya ta`siri bilan tafovut yana oshib, 2021-yilda deyarli 34% ga yetgan.2022-
yilda yangi Mehnat kodeksi qabul qilinib, ayollar uchun teng maosh va ish joylaridagi
cheklovlar olib tashlangan. 2022-2025 yillar oralig`ida qonunchilikdagi
o`zgarishlarga qaramay, tafovut oshib, 2024-2025 yillarda taxminan 39% ni tashkil
etgan. Xulosa qilib aytganda, ayollar va erkaklar orasidagi maosh tenglashtirilsa,
O`zbekistonning milliy daromadi 29% ga oshishi va 700 mingdan ortiq odam
qashshoqlikdan chiqishi mumkin.

Ko`pgina erkaklar ish joylarida o`zlarini ayollarning ittifoqchisi deb bilishadi

0

5

10

15

20

25

30

35

40

45

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023

2024

2025


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

593

593

593

593

,ammo ko`p hollarda ayollar bunga qo`shilmaydi. Izlanishlarga ko`ra, aksariyat
erkaklar o`zlarini ayollarga ish jarayonida yordam beradigan, ular huquqlarini
himoya qiladigan deb bilishadi. Biroq ayollarning ko`pchiligi buni ish jarayonida
yoki hayotda buni sezishmaydi. Ko`p erkaklar ayollar duch keladigan haqiqiy
muammolarni yetarlicha bilishmaydi. Ayollar erkaklar faqat gapirishini, ammo
amalda yordam bermasligini va ayollarning fikrini inobatga olmasligini, ularni
kamsitishini aytib shikoyat qilishadi. Erkaklar o`zlarini ittifoqchi deb bilsa, ayollarga
real imkoniyatlar yaratib berishi, ularni eshitishi , fikrini inobatga va qo`llab-
quvvatlashlari kerak. Xullas, ish joylarida ayollar va erkaklar o`zaro samimiy
munosabatda bo`lishi kerak va erkaklar o`zlarini ittifoqchi deb cheklanmasligi, balki
amalda buni isbotlab, ayollarning ish jarayoni o`sishi uchun imkon yaratishi kerak.
Rahbarlik lavozimlarida gender muvozanatini ta`minlash lozim.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O'zbekistonda tenglikni ta`minlash uchun

madaniy o'zgarishlar va yangicha yondashuvlar, adolatli mehnat taqsimoti chuqur
tatbiq etilmoqda va bu asosida Gender tenglik strategiyasi 2030 va Xotin-qizlarni
qo'llab-quvvatlash dasturlari ishlab chiqilmoqda. Shu jumladan, ayollar uchun teng
huquqli imkoniyatlar yaratish, ularning jamiyatdagi o'rnini mustahkamlash davlat
siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tirof etilgan. Prezidentimiz Shavkat
MIromonovich Mirziyoyev ta'kidlaganidek "Ayollarimiz uchun barcha sohalarda teng
sharoitlar yaratish, ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish - davlat
siyosatining ustuvor yo'nalishidir." Ushbu tamoyil asosida amalga oshirilayotgan ishlar
orasida "Xotin-qizlar daftari" muhim o'rin egallaydi. Bu tizim ijtimoiy himoyaga
muhtoj ayollarni aniqlash, ularni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashga xizmat
qilmoqda. Shuningdek, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning ta'lim, tibbiyot
va mehnat bozoridagi ishtirokini kengaytirish yo'lida maxsus dasturlar ishlab
chiqilgan. Turli davlat va nodavlat tashkilotlar gender tengligi masalasiga jiddiy e'tibor
qaratmoqda. Ayollarni yetakchilik lavozimlariga tayyorlash, siyosiy jarayonlarda faol
ishtirok etishini rag'batlantirish ham ijtimoiy taraqqiyotning muhim omillaridan biri
sifatida qaralmoqda. Natijada, O'zbekistonda ayollar huquqlarini ta'minlash va
ularning salohiyatidan to'liq foydalanish orqali barqaror va inklyuziv taraqqiyot sari
muhim qadamlar qo'yilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar ro`yxati:

1. “Woman still underrepresented in global leadershiproles, study finds”- The

Guardian (UK) https://www.theguardian.com

2. “The gender pay gap is largely because of motherhood”-The New York Times

(USA)-https://www.nytimes.com

3.”Why women are leaving the workplace- and how to bring them back”-The

Washington Post (USA)-https://www.washingtonpost.com.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

594

594

594

594

4. “Corporate boards still struggle with gender parity despite progress” -

Financial Times (UK)-https://www.ft.com

5.”Why women entrepreneurs receive less funding than men”- Forbes Magazine

(USA)-https://www.forbes.com

6.” Gender equality in the workplace : Are we closing the gap?”-BBC News (UK)-

https://www.bbc.com/news

7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. (2023). Gender

statistikasi: Ayollar va erkaklar mehnat bozorida. https://stat.uz

8. World Bank. Gender Differences in Employment and Entrepreneurship in

Central Asia. Washington, D.C.: World Bank Publications.

9. Tashkent State University of Economics. Ayollar tadbirkorligi rivojlanishining

ijtimoiy-iqtisodiy asoslari. Ilmiy maqolalar to‘plami.

10. Asian Development Bank. (2020). Uzbekistan Country Gender Assessment.

https://www.adb.org

11. ChatGPT AI

References

“Woman still underrepresented in global leadershiproles, study finds”- The Guardian (UK) https://www.theguardian.com

“The gender pay gap is largely because of motherhood”-The New York Times (USA)-https://www.nytimes.com

”Why women are leaving the workplace- and how to bring them back”-The Washington Post (USA)-https://www.washingtonpost.com.

“Corporate boards still struggle with gender parity despite progress” -Financial Times (UK)-https://www.ft.com

”Why women entrepreneurs receive less funding than men”- Forbes Magazine (USA)-https://www.forbes.com

” Gender equality in the workplace : Are we closing the gap?”-BBC News (UK)-https://www.bbc.com/news

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. (2023). Gender statistikasi: Ayollar va erkaklar mehnat bozorida. https://stat.uz

World Bank. Gender Differences in Employment and Entrepreneurship in Central Asia. Washington, D.C.: World Bank Publications.

Tashkent State University of Economics. Ayollar tadbirkorligi rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari. Ilmiy maqolalar to‘plami.

Asian Development Bank. (2020). Uzbekistan Country Gender Assessment. https://www.adb.org

ChatGPT AI