Authors

  • Mardiyev Nodirbek Orifjon o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93683

Keywords:

Kalit so’zlar. Sog’lom turmush tarzi asosiy sog’liq muammolari

Abstract

Anotatsiya. Maqolada bugungi kundagi talaba yoshlar o’rtasidagi asosiy muammo sog’lom turmush tarzi shakllari, sog’lom turmush tarzining talabalarga ta’siri haqida so’z yuritiladi. Navoiy Davlat Universiteti talabalari o’rtasida so’rovnoma o’tkazilib, uning asosida empirik ma’lumotlar bazasi shakllantirildi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

548

548

548

548

TALABA YOSHLARDA SOG’LOM TURMUSH TARZINI

SHAKLLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR

Mardiyev Nodirbek Orifjon o’g’li

Navoiy Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti

Biologiya va qo’shimcha tabiiy fanlar yo’nalishi 4- kurs talabasi

Anotatsiya.

Maqolada bugungi kundagi talaba yoshlar o’rtasidagi asosiy

muammo sog’lom turmush tarzi shakllari, sog’lom turmush tarzining talabalarga ta’siri
haqida so’z yuritiladi. Navoiy Davlat Universiteti talabalari o’rtasida so’rovnoma
o’tkazilib, uning asosida empirik ma’lumotlar bazasi shakllantirildi.

Kalit so’zlar.

Sog’lom turmush tarzi, asosiy sog’liq muammolari,


Sog’lom turmush tarzi – bu insonga sog’lig’iga ta’sir etuvchi xafli omillarni

nazorat qilish orqali sog’liqni saqlashga qaratilgan hayot tarzidir. Bugungi kundagi
asosiy masala sog’lom turmush tarzini shakllantirishdir. Yoshlar o’rtasida
sog’lomlashtirish va rivojlanish uchun tendensiyalar amalga oshirilayotgan bo’lsada,
kundalik hayotdagi mummolar, qiyinchiliklar va zamonaviy texnologiyalar ta’siri
talaba yoshlar o’rtasida turli salomatlik muammolarini keltirib chiqarmoqda. Sog’lom
turmush tarzi talaba yoshlar hayotida muhim o’rin tutadi. Sog’lom turmush tarzi
talabalarning o’quv samaradorligiga, psixologik holatiga va umumiy hayot sifatiga
ta’siri qiladi.

Sog’lom turmush tarzi nafaqat jismoniy balki psixologik, aqliy va intellektual

rivojlanishni ham ta’minlaydigan asosiy kuchdir. Sog’lom turmush tarziga rioya qilish
va uni kunlik odatiy holga aylantirish orqali quyidagilarga erish mumkin:



background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

549

549

549

549

Talabalar o’rtasidagi asosiy sog’liq muammolariga quyidagilarni sabab sifatida

keltirish mumkin:

Uyqusizlik: uyqu rejimining buzilishi, me’yoridan ortiq gajetlardan foydalanish,

tolaqonli toliqmaganlik asoratidir.

Stress va asabiylashish: ijtimoiy muhit va o’qish bosimi, atrof muhitga nisbatan

agressivlashish va negativ fikrlar natijasida kelib chiqadi.

Samarasiz ovqatlanish: oziq ovqatning sifatiga, tarkibiga va ovqat ratsioniga

yetarli darajada e’tibor bermaslik

Kam harakatlilik: zamonaviy texnologiyani hayot tarzi bilan uzviy bog’liqligi

tufayli jismoniy faollikka vaqt ajratmaslik

Talabalarni sog’lom turmush tarziga amal qilishini aniqlash maqsadida

Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari o’rtasida so’rovnoma olib borildi.
So’rovnomadan maqsad:

Talabalarning sog’lom turmush tarzi haqidagi tushunchasini o’rganish;

Kundalik odatlarini tahlil qilish;

Turmush tarzining hayot faoliyatiga ta’sirini aniqlash;

Olingan natijalar va ularning muhokamasi.

So’rovnoma o’tkazishda Navoiy Davlat Universiteti tabiiy fanlar fakulteti,

Biologiya va qo’shimcha tabiiy fanlar yo’nalishi talabalari ishtirok etdi. So`rovnomada
qatnashishlari orqali mavjud muammolar aniqlandi. So’rovnomada jami 75 ta talaba
qatnashdi.

Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning o’rni

alohida e’tiborga ega jarayondir. Organizm sport bilan shug’ullanishi fizologik
jarayonlarning jadallashuvi, immunitetning mustahkamlanishiga sabab bo’ladi. Har bir
shaxs muntazam ravishda, muayyan darajada jismoniy qobilyatga mos keluvchi
jismoniy harakatlarni bararishga odatlanishi lozim.[1]

1- RASM. SO’ROVNOMA ICHTIROKCHILARINING SPORT BILAN

SHUG’ULLANGANLIK KO’RSATKICHI.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

550

550

550

550

Ko’rinib turibdiki (1- rasm), qatnashchilarning asosiy qismi ya’ni 54 % sport

bilan vaqti- vaqtida shug’ullanishadi. Sport bilan doimiy shug’ullanuvchilar 35 % ni
tashkil qiladi. Qolgan 11 % esa sport bilan umuman shug’ullanmasliklarini bildirgan.

Ovqatlanish tartibiga rioya qilish sog’lom turmush garovidir. Ovqatlanish

tartibiga rioya qilish SSTning asosiy elementidir. Bugungi kunda zamonaviy turmush
tarzida oziq – ovqat mahsulotlarini tanlashda hayot uchun salbiy ta’siri haqidagi
fikrlarga e’tibor berilmaydi. Yarim tayyor mahsulotlarning marketing sohasida rivojiga
asosiy sabab mahsulotning keng tarqalganligi va arzonligidir.

To’g’ri ovqatlanish sog’lom turmush tarzini saqlashda asosiy vazifani bajaradi.

Odatda yarim tayyor va tez tayyoir bo’luvchi mahsulotlarni iste’mol qilishning bir
qancha zararli tomonlari mavjud:

Sun’y yog’larga boyligi;

Ortiqcha kaloriyaga egaligi;

Muhim ozuqa moddalarining kamligi;


Yarim tayyor mahsulotlarga bir necha bor iste’mol qilish ular tarkibidagi

konservatlar va lazzatga tabiiy ravishda odatlanishga sabab bo’ladi.

Zararli odatlar inson salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi omildir. Zararli odatlarga

nos, tamaki chekish, sipirtli ichimliklarni iste’mol qilish kabi holatlarni o’z ichiga
oladi. Tadqiqotimiz natijasida zararli odatlarga ruju qo’yish holatlari uchramadi.

Sog’lom turmush tarzi faol kunlik rejaga amal qilish, shaxsiy gigiyena, kunlik

badantarbiya, sog’lom ovqatlanish kabi tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Sog’lom
turmush tarzi mehnat faoliyatining progressivlashishi sabab bo’ladi. Talaba yoshlar
sog’lom turmush tarziga amal qilish faqat sog’lik uchun emas, balki o’qish jarayonida
muvaffaqiyatga erishish, stressni kamaytirish va hayot sifatini yaxshilash uchun ham
muhimdir. Shu sababli, talabalar o’z kun tartibiga soglom turmush odatlarini kiritishi
lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – 176

b.

2. Sog‘lom turmush tarzi asoslari. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy

universiteti, 2020. – 215 b.

3. Rasulov M. va boshqalar. Gigiyena va ekologiya. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019. –

184 b.

4. World Health Organization. "Healthy living: what is a healthy lifestyle?" WHO,

2010.

5. Nazarov B., Xudoyberdiyev O. Sog‘liqni saqlash psixologiyasi. – T.: TDPU, 2021.
6. Allport G.W. Personality and social environment. – New York: Holt, 2018.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘lom turmush tarziga oid farmon va

qarorlari (masalan, PQ–4707-sonli qaror, 2020-yil 30-oktabr).

References

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – 176 b.

Sog‘lom turmush tarzi asoslari. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti, 2020. – 215 b.

Rasulov M. va boshqalar. Gigiyena va ekologiya. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019. – 184 b.

World Health Organization. "Healthy living: what is a healthy lifestyle?" WHO, 2010.

Nazarov B., Xudoyberdiyev O. Sog‘liqni saqlash psixologiyasi. – T.: TDPU, 2021.

Allport G.W. Personality and social environment. – New York: Holt, 2018.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘lom turmush tarziga oid farmon va qarorlari (masalan, PQ–4707-sonli qaror, 2020-yil 30-oktabr).