Authors

  • Ruziyeva Orzigul Ilyosovna
  • Jalilova Asilabonu

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93739

Keywords:

Kalit so’z: Musiqa san’at bilim malaka ko’nikma texnologiya termin estetika did qobiliyat.

Abstract

Annatatsiya: Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida estetik tarbiyaning mazmun mohiyati ochi berilgan.Musiqa san’ati shunday san’at turi ekanligi, u insonlarni kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtirishini anglatadi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar uyg‘otishining o‘zini bir mo‘jiza deb, atash mumkinligi aytib o’tilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-1_May-2025

81

81

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA ESTETIK

TARBIYALASHDA ESTETIK TARBIYANING O’RNI VA AHAMIYATI

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Ijtimoiy fanlar fakulteti ,,San’atshunoslik’’

kafedrasi katta o’qituvchisi

Ruziyeva Orzigul Ilyosovna

Musiqiy ta’lim yo’nalishi talabasi

Jalilova Asilabonu


Annatatsiya:

Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida estetik

tarbiyaning mazmun mohiyati ochi berilgan.Musiqa san’ati shunday san’at turi
ekanligi, u insonlarni kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtirishini
anglatadi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan
yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar uyg‘otishining
o‘zini bir mo‘jiza deb, atash mumkinligi aytib o’tilgan.

Kalit so’z:

Musiqa ,san’at, bilim, malaka, ko’nikma,texnologiya,termin, estetika

did, qobiliyat.

Аннотация:

В данной статье представлена сущность эстетического

воспитания в дошкольных образовательных организациях. То, что музыка
является таким видом искусства, означает, что она объединяет людей через их
переживания и эмоциональные чувства. Это становится средством общения
между ними. Говорят, что тот факт, что музыка, созданная одним композитором,
может вызывать разные эмоции в сердцах других людей, сам по себе можно
назвать чудом.

Ключевые слова:

Музыка, искусство, знание, умение, технология, термин,

эстетика, вкус, умение.

Abstract:

This article presents the essence of aesthetic education in preschool

educational organizations. The fact that music is such an art form that unites people
through their experiences and emotional feelings means that it becomes a means of
communication between them. It is said that the fact that music created by one
composer evokes various experiences in the hearts of other people can be called a
miracle.

Keywords:

Music, art, knowledge, skills, abilities, technology, term, aesthetics,

taste, ability.

Musiqa insonga o’z his-tuyg’ularini ifodalashga, boshqalar bilan bog’lanishga

yordam beradi.Shu bilan birgalikda bolalarning psixikasiga ham musiqaning o'rni katta
Musiqaning shifobaxsh xususiyatlari ham bor. Masalan, bemorlar kayfiyatini ko’tarish,
emotsional holatini me’yorlashtirish, nerv tizimini mustahkamlashda undan


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-1_May-2025

82

82

foydalanashiadi. Musiqa ayniqsa autizmga chalingan, ya’ni aloqa va muomala
qobiliyati cheklangan bolalar uchun foydali.

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlis va xalqqa

murojatnomasida

barcha

sohalar

qatori

o'quv

tarbiya

ishlari

istiqboli

belgilanib,yoshlarning san'at va madaniyat sohalariga ijodiy fikrlash tog'risida fikrlar
bildirildi.

"Bu borada ,avvalambor yoshlar va bolalarga e'tibor va amaliy g'amxo'rlik

ko'rsatish,ularni jismoniy va ma'naviy barkamol etib tarbiyalashga alohida ahamiyat
qaratmoqdamiz.Bolalarni kichik yoshdan boshlab rivojlantirish orqali kelajakda
ularning o'zligini to'la namoyon etishiga mustahkam zamin yaratyapmiz.Zero,bu ezgu
maqsadimiz yo'lida sarflangan investitsiyalar ertaga bir necha baronar ortig'i bilan
qaytishiga shubha yo'q",-degan edilar davlatimiz rahbari Shavkat Miromonivich
Mirziyoyev

Jamiyatda madaniyat va san'at sohalarini yanada rivojlantirish,estetik tarbiyani

pedagogik mohiyatini yanada oshirish uchun faoliya ko'rsatayotgan olimlar faol
o'qituvchi-pedagoglar darajasi kasbiy sifati bilan belgilanib kelmoqda.

"Estetik tarbiya "tushunchasi Musiqa o'qitish metodikasi fanida keng o'rin

egallaydi.Falsafa faniga oid adabyotlarda ta'riflanishicha "Estetika"(yunoncha-his
qiluvchi hissiy tarbiyaga doir)-inson bilan olam o'rtasidagi qadriyatlar munosabati
hamda badiiy faoliyatni o'rganuvchi fan.Estetika faninnig tadqiqot ob'ektlari ichida
san'at o'ziga xos o'rin egallaydi.

Musiqa san'ati estetik tarbiyaning muhim omillaridan bo'lib,u inson ma'naviy

dunyosiga katta tasir o'tkazadi.Musiqa tarbiyasi orqali bolalar nafaqat didaktik
bilimlarni,estetik ko'nikmalarni ham o'zlashtiradilar.Ijodkorlik- insonning yangi
g'oyalarni yaratishdir.Ijodkorlik psixika uchun yaxshi.Art-terapiya tinchlantiradi,stress
va qo'rquv yo'qotadi salbiy his tuyg'ulardan chalg'itadi.Biz bolalarning ijodiy
qobilyatlarini rivojalntirish uchun quyidagi tadbirlardan iborat nazorat ro'yxatini
bolalar tasavvurini ilhomlantirgan holda o'tkazishimiz mumkin.

-Har kun hayol qilish
-Atrofdagi dunyoni kuzatish
-Ijodkorlik
-Natija
Har kun hayol qilish- bunda bola tevarak atrofidagi hayolan ijodkorlikni o'z

tasavvuri orqali yaratadi. Atrofdagi dunyoni kuzatish-bolaning ko'ziga ko'ringan yaxhi
narsalarni anglashdan dalolat beradi. Ijodkorlik-ijodiy fikrlanishni o'rganish Natija-
bunda bola hamma tasavvurlarini bir joyga jamlagan holda natija qiladi va bundan o'zi
mamnun bo'ladi.

Bolalar bog'chasidagi asosiy vositalar quyidagilar:
-bolalarni o'rab turgan muhit,turmush estitikasi


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-1_May-2025

83

83

-tevarak atrofdan olingan taassurotlar
-tabiat san'at asarlari
-bolalarning tasviriy faoliyatlari
-bayramlar ,ko'ngil ochar tadbirlar
-ma'lum maqsadga qaratilgan va rejali ravishda amalga oshiriladigan ta'llim
Musiqa darslarida bolalarda quyidagi estetik sifatlar rivojlanib boradi:
-His tuyg'uni shakillantirish
-Go'zallikni anglash
-Ijodkorlikni rivojlantirish
-ma'naviy boyligini oshirish va bolada mehr-muhabbat uyg'otishdir
Bolaning musiqaviy asarlarini idrok etish to'g'risidagi masalaga to'xtaymiz.
Idrok san'ati psixologik faoliyatni namoyon qiladi va intelektual bilish

emotsional momentlarni birlashtiradi.Musiqani idrok etish ilk yoshdan shakillanadi
.Birlashgan emotsional musiqaviy tassurotlar bolani o'z-o'zidan qo'shiq aytishga
musiqa asboblarini chalishga olib keladi.Musiqa asarlarini taxlil qilish orqali bola
musiqani o'ziga xos tilini ajrata boshlaydi.Hozirgi kun talabi maktabgacha ta'lim
tashkilotlari oldiga musiqiy estetik tarbiya berish borasida aniq vazifalarni qo'yadi:

-bolalarni tabiat go'zalliklarini badiiy asarlarini idrok etish
-estetik did va hissiyotni shakillantirish -hayotda go'zallik tushunchasini

to'liqligicha anglashni o'rgatish

-bolalarga badiiy ijodkorlikni shakillantirish
-bolalarga go'zallikni o'z hayotlariga,o'z faoliyatlariga olib kirishni o'rgatish
Estetik tarbiya natijasida o'z-o'zidan etika tushunchasi ham vujudga keladi.Etika

qadimgi yunoncha "axloq falsafasi" shaxs yoki jamiyat odatlarini axloq normalarini
o'rganuvchi hamda belgilovchifalsafiy tadqiqotdir.Etikaning quyidagi mezoniy
tushunchalari bor:faxilat va illat,yaxshilik va yomonlik,halollik,rostgo'ylik,kamtarlik
adolat -burch ,vijdon hayotning ma'nosi va boshqalar. Etika bolalarni ezgulikka
chorlaydi.Etikaga doir dastlabki tushunchalar shumerlikning "Me"qonunlar
majmuasida uchraydi.Undagi "namlul"tushunchasi insonparvarlik,ezgulik ma'nolarini
anglatga

Kishida musiqa tinglash madaniyati yoshligidan rivojlana boshlaydi. MTTda

amalga oshiriladigan musiqa tinglash esa uning poydevoridir. Zotan bola musiqa
mashg’ulotlarining barcha elementlari jarayonida ham musiqa tinglab, uni idrok etadi.
Ammo mashg’ulotning musiqa tinglash qismi oldida o’ziga xos jiddiy vazifalar turadi.
Avvalo shuni eslatish lozimki, kishining kuylash imkoniyatidan ko’ra tinglash
imkoniyati ancha keng bo’ladi. Masalan: orkestr, xor, yakka cholg’u ijrosidagi
asarlarni kuylab emas, balki faqat tinglab, idrok etish mumkin, xolos. Shuning uchun
olimlar musiqaviy tarbiya jarayonida musiqa tinglashga alohida e’tibor qaratishadi.
Chunki kishi musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida musiqa tinglash


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-1_May-2025

84

84

malaka, ko’nikmalari katta rol o’ynaydi. Musiqa tinglashda bolalarning badiiy idroki
yaxshi rivojlanib boradi. Mashg’ulotning musiqa tinglash qismi oldida quyidagi
vazifalar turadi: bolalarni o’z idrokiga mos xalq klassik va zamonaviy musiqa
namunalari bilan tanishtirib borish

-bolalarning musiqani idrok qilish qobilyatlarini rivojlantirib borish;
-bolalar maktabgacha tarbiya davrida MTTga qatnab, u yerdagi musiqa

mashg’ulotlarida dastlabki musiqaviy malakalarni hosil qiladilar. Ko’pgina qo’shiqlar
va o’yinlarni o’rganib olgan hamda ritm va raqs harakatlari bilan tanishgan bo’ladilar.

Foydalanilgan adabiyatlar.

1. O. I. Ruziyeva ,,Bolalarning musiqiy ta’limi” O’quv qo’llanma. Qarshi.

,,Intelekt” nashriyoti 2023 .

2. Muhiddin Abdullayev, Husniddin Tursunov ,,Maktab repertuari “ O’quv

qo’llanma Qarshi ,,Nasaf” NMIU 2022.

3. Muhiddin Abdullayev ,,Maktabgacha ta’limda musiqa o’qitish metodikasi”

,,Nasaf” NMIU 2024

4. Sharipova G. Xodjayeva Z. “Musiqa o‘qitish metodikasi”. Darslik Toshkent

,,NIF MISH” 2020.

5. G.M. Sharipova, G.T. Tojiyeva . Musiqa metodikasi O’zbekiston faylasuflari

milliy jamiyati nashriyoti Toshkent 2012.


References

O. I. Ruziyeva ,,Bolalarning musiqiy ta’limi” O’quv qo’llanma. Qarshi. ,,Intelekt” nashriyoti 2023 .

Muhiddin Abdullayev, Husniddin Tursunov ,,Maktab repertuari “ O’quv qo’llanma Qarshi ,,Nasaf” NMIU 2022.

Muhiddin Abdullayev ,,Maktabgacha ta’limda musiqa o’qitish metodikasi” ,,Nasaf” NMIU 2024

Sharipova G. Xodjayeva Z. “Musiqa o‘qitish metodikasi”. Darslik Toshkent ,,NIF MISH” 2020.

G.M. Sharipova, G.T. Tojiyeva . Musiqa metodikasi O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti Toshkent 2012.