Authors

  • Ruziyeva Orzigul Ilyosovna
  • Xoliqova Sevara

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93740

Keywords:

Kalit so’z: Musiqa san’at bilim malaka ko’nikma texnologiya termin estetika did qobiliyat.

Abstract

Annatatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’limda musiqiy jarayonlarni tashkil etish metodlari haqida so’z yuritilgan .Musiqa san’ati shunday san’at turi ekanligi, u insonlarni kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtirishini anglatadi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar uyg‘otishining o‘zini bir mo‘jiza deb, atash mumkinligi aytib o’tilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-1_May-2025

76

76

MAKTABGACHA TA’LIMDA MUSIQIY JARAYONLARNI

TASHKIL ETISHDA YANGI PEDAGOGIK TAXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH USULLARI

Shahrisabz davlat pedagogika institute

Ijtimoiy fanlar fakulteti ,,San’atshunoslik’’

kafedrasi katta o’qituvchisi

Ruziyeva Orzigul Ilyosovna

Musiqiy ta’lim yo’nalishi talabasi

Xoliqova Sevara


Annatatsiya:

Ushbu maqolada maktabgacha ta’limda musiqiy jarayonlarni

tashkil etish metodlari haqida so’z yuritilgan .Musiqa san’ati shunday san’at turi
ekanligi, u insonlarni kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtirishini
anglatadi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan
yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar uyg‘otishining
o‘zini bir mo‘jiza deb, atash mumkinligi aytib o’tilgan.

Kalit so’z:

Musiqa ,san’at, bilim, malaka, ko’nikma,texnologiya,termin, estetika

did, qobiliyat.

Aннотация:

В статье рассматриваются методы организации музыкальных

процессов в дошкольном образовании. Тот факт, что музыка является видом
искусства, означает, что она объединяет людей через их переживания и
эмоциональные чувства. Это становится средством общения между ними.
Говорят, что тот факт, что музыка, созданная одним композитором, может
вызывать разные эмоции в сердцах других людей, сам по себе можно назвать
чудом.

Ключевые слова:

Музыка, искусство, знание, умение, технология, термин,

эстетика, вкус, умение.

Abstract:

This article discusses the methods of organizing musical processes in

preschool education. The fact that music is such an art form that unites people through
their experiences and emotional feelings means that it becomes a means of
communication between them. It is said that the fact that music created by one
composer can evoke various experiences in the hearts of other people can be called a
miracle.

Keywords:

Music, art, knowledge, skills, abilities, technology, terms, aesthetics,

taste, ability.

Ta'lim tizimida maktabgacha ta'lim muhim o'rin egallaydi. Hozirgi
kunda maktabgacha ta'lim muassasalarining ahamiyati uzluksiz ta'limning sifatida

muhim rol o'ynamoqda. Shuning uchun har bir fanning alohida o'qitilish ahamiyati


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-1_May-2025

77

77

katta bo’lishi kerak.Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi har bir

mashg'ulotning asosiy vazifasi bolalari fikrlash va o'ylashga o'rgatishdir. Musiqa
san'atining ahamiyati musiga shunday san'at turiki, u insonlarni tinchlantiradi,

emotsional hissiyotlari orqali birlashtiradi.

Bir kompozitor tomonidan yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman
kechinmalar uyg'otishining o'zini bir mo'jiza deb atash mumkin.Mamlakatimizda

maktabgacha ta’lim yo’nalishlariga alohida urg’u berilmoqda.Kundan kunda yangi
maktabgacha ta’lim muassasalari barpo etilib,musiqiy tarbiyaning estetik ahamiyatini
va musiqaviy tarbiyalarni oshirishmoqda.O’zbekiston Davlat Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev ham:”Yoshlar va bolalarga e’tibor va amaliy g’amxo’rlik ko’rsatish,ularni
jismoniy va mq’naviy barkamol etib tarbiyalashga alohida ahamiyat
qaratmoqdamiz.Bolalarni kichik yoshdan boshlab rivojlantirish bilan kelajakda
ularning o’zligini bilishiga mustahkam zamin yaratayapmiz.Zero, bu ezgu maqsadimiz
yo’lida sarflangan investitsiyalar ertaga bir necha barobar ortig’i bilan qaytishiga
shubha yo’q”,-deya aytgan edilar.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarga musiqiy savodlarini balki,jismoniy

madaniyatlarini oshirish ham shu jumladandir.Har kuni ertalab bolalarga badan
tarbiyalar qildirish bilan ularni chiniqtirish lozimdir.

Biz bolalarni musiqiy jarayonni tashkil etish metodlari haqida aytsak,ularga

musiqa tinglash va kuylashga o’rgatish metodlari ham kiradi.Musiqa san’atiga
qatnashish usullari asarlarning mazmuni va harakteri,ularning qanday ijro etilishiga
ko’ra bilishimiz mumkin.Xor ijro qilyaptimi yoki solist ijrosi bo’lyaptimi jonli ijro
qilinmoqdami yoki fanogramma qilinmoqdami-bularning barchasi tinglashga
o’rgatish metodlarida namoyon bo’ladi.Bolalarga tinglashga o’rgatishga musiqiy
asboblar ham juda ma’quldir.Sababi ular musiqiy asboblarga juda qiziqadilar va mana
shu qiziqishlar ham ularning musiqiy savodlarini oshirishga yordam beradi.

Kuylashga o’rgartish metodlari esa:barcha repertuarni o’rganib borishga muvofiq

murakkablashib boradi.Ashulachilik ovozi,musiqa qobiliyatini o’stirish,maktabda
notalar bilan kuylashni muvaffaqiyatli o’rganishga imkon beradi.Bolalar ashulani
o’rganar ekanlar,musiqa,uning mazmuni,kuyining tempi,harakteri,dinamikasi haqida
barcha ma’lumotlarga ega bo’ladilar.

Mashg’ulotlarda vokal mashqlar 2-4 daqiqagina davom etadi,biroq ularni

sistemali tarzda takrorlash tovushning to’g’riga shakllanishiga hamda ovozning tiniq
chiqishiga yordam beradi. Kichik yoshdagi bolalarda musiqa tinglash(3-4
yosh):qo’shiq,raqs va marsh janrlari haqida tasavvur uyg’otish va ularni mazmunan
tushuntirish joizdir.

O’rta yoshdagi bolalarda musiqa tinglash(4-5 yosh):ular tinglayotgan asarining

mazmuni va harakterini ajrata olish va asar haqida o’z taassurotlarini baham ko’rishadi.
Katta

yoshdagi

bolalarda(5-6

yosh)

musiqa

tinglash:

musiqa

asarining


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-1_May-2025

78

78

kayfiyati,harakterini mustaqil farqlash va undan olgan xulosalarini baham
ko’rish.Vokal va cholg’u asarlaridan bahramand qilish va ushbu janrlar haqida
tushuncha hosil qilib,ularni farqlashdir. Maktabga tayyorlov yoshdagi bolalarda(6-7
yosh) musiqa tinglash: musiqa asarining mazmunini tushunish,kirish qismi,band
naqorat qismi,hamda xotimasini farqlashga o’rgatish.Ichki dunyosini boyitish uchun
yordam beradi.Undan tashqari estetik didni shakllantiradi.O’zbek mumtoz va
zamonaviy shuningdek,jahon mumtoz musiqasi na’munalaridan bolalarni bahramand
qilish.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bayram ertaliklari.
Bolalarning bog’chadagi o’tkazayotgan vaqtlarini esda qolarli, bolalarning

kayfiyatinu ko’tarish,bayramona madaniyatini shakllantirish va bolalarni xursand
qilish maqsadida bayram ertaliklari o’tkaziladi.

Har bir guruhlar uchun bayram ertaliklari mavjud.
Bulardan,kichik guruhlarda o’z yoshlariga munosib holda”Mustaqillik bayrami”,

“Oltin kuz”, “Yangi yil bayrami”, “8-mart Xotin-qizlar bayrami”, hamda “Navro’z
bayrami”; O’rta guruhlarda ham, Mustaqillik bayrami”, “Oltin kuz”, “Yangi yil
bayrami”, “8-mart Xotin-qizlar bayrami”, hamda “Navro’z bayrami”; Katta
guruhlarda,”Mustaqillik bayrami”, “1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni”, “Oltin kuz”,
“Ona tilim”, 18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun,
8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi qabul qilingan kun,10-
dekabr O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun,”Yangi yil
bayrami”,”Vatan himoyachilar kuni”, “8-mart Xotin-qizlar bayrami”, hamda “Navro’z
bayrami”, “Xotira va qadrlash kuni”; Tayyorlov guruhlarida ham ,”Mustaqillik
bayrami”, “1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni”, “Oltin kuz”, “Ona tilim”, 18-noyabr
O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun, 8-dekabr O’zbekiston
Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi qabul qilingan kun,10-dekabr O’zbekiston
Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun,”Yangi yil bayrami”,”Vatan
himoyachilar kuni”, “8-mart Xotin-qizlar bayrami”, hamda “Navro’z bayrami”,
“Xotira va qadrlash kuni” va “Xayr bog’cha” bayram ertaliklari o’tiladi.Ushbu barcha
bayram ertaliklari bolalarning hayotida muhim rol o’ynab,yaxshi eslarida
qoladi.Bayram ertaliklari bolalarga dam olish va erkin harakat qilish imkoniyatini
beradi.Har bir bayram ertaliklari albatta sovg’alarsiz yakunlanmaydi.Har xil
o’yinchoqlar va shirinliklar tuhfa qilinadi.Ayniqsa, bularning barchasi bolalarning ota-
onalarini va yaqinlarini judayam xursand qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida
ko’ngil ochar soatlar.Hozirgi kunda bolalarga ta’lim va tarbiya berish dolzarb
masalalaridan biridir.Aynan mana shu davrda bolaning faoliyat turiga nisbatan
tushunchasi shakllantiradi.Ularda estetik idrokining rivojlanishi uchun ularga san’at
asarlari va musiqa bilan tanishtirish kerak.Bolalarning yoshlariga mos har xil
raqslar,ashulalar va teledasturlar ularning estetik rivojlanishida katta yordam


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-1_May-2025

79

79

beradi.Maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram ertaliklari va ko’ngil ochar soatlar
ssenariylarsiz qilinishi bu juda qiyin ishdir.Albatta barcha ko’ngil ochar soatlar
ssenariylari bilan yanada qiziq bo’ladi.Senariyga o’yinlar,spektakllar,raqslar,milliy va
estrada qo’shiqlar hamda tomoshalar bo’lishi zarur.Shuning barobarida ko’pchilik
pedagoglar bayram ssenariysiga ehtiyoj sezadilar.Yuqoridagi ssenariy esa bundan
mustasno.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida estetik tarbiya ham muhim ahamiyat kasb

etadi.Estetik tarbiya-jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qiluvchi tarbiya bo’lib, u didni
shakllantirishga hamda rivojlantirishga hamda insonlar bir-birilari bilan yaqinlashishga
yordam beradi.Bolalar bog’chasining go’zallik muhiti bolalarning estetik didlarining
shakllanishiga yordam beradi.Estetika va etikaning birligini oilada hamda bolalar
bog’chalarida kichkintoylarni tarbiyalashda qo’llash mumkin.Ammo haqiqiy turmush
estetikasini

yaratish

uchun

tarbiyachi

va

ota-onalarning

madaniyatli,xushmuomala,badiiy didli bo’lishlari hamda yaxshi xulqli bo’lishlari talab
etiladi.Tarbiyachi ham mashg’ulotlar paytida xonaning bezaklarini,gullarning
chiroyliligini,tartib bilan mqshg’ulotlarni bajarishini,o’zlariga yurish-turishlariga
e’tibor berishni ko’rsatib estetik tarbiyalarni shakllantirishga yordam beradilar.Hozirgi
ko’p maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar ayniqsa kichkintoy qizlar estetikani yaxshi
ko’rishadi.Masalan,biror bir tarbiyachi ayolni yaxshi ko’rib uning madaniyatli
ohangda gapirishlariga taqlid qilishadi.Ayniqsa,kiyimlarini ajrata boshlaydilar.Estetik
tarbiya asosan kattalarning namunasidir.Tarbiyachining o’zi zavqlansa, ortiqcha
so’zlarsiz estetikaga qiziqish uyg’ota oladi.

Bayramlar va o’yin-kulgularni tayyorlash va amalga oshirishda bolalarda

ma’naviy ta’lim ya’ni,oddiy tajribalar bilan jamoada ishlashni o’rgatadi. Undagi
ashula,o’yinlar,raqslarda bolalarning ishtirok etishi ularning tanasi rivojlanishi va
harakatlarini yaxshilaydi. Musiqiy faoliyat turlari.Musiqa mashg’ulotlari bola hayotni
musiqiy obrazlar bilan idrok etishga yordam beradi. Har xil metodlardan foydalanib
bolalarga musiqiy mashg’ulotni o’tish ularga badiiy-estetik zavq bag’ishlagdi,ijodiy
fikrlash qobiliyatini shu bilan birga bolaning nutqini shakllantiradi.Undan tashqari
musiqiy o’yinlar va ritmik harakatlar ham chaqqonlik,qomatning to’g’ri shakllanishiga
yordam beradi.Maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyat turlariga:

1.Musiqa tinglash.
2.Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish.
3.Qo’shiq kuylash.
4.Bolalar musiqa cholg’ularida jo’r bo’lish.
5.Musiqa savodi.
-Musiqa tinglashda har bir bola musiqa tinglash orqali,musiqa tinglash

madaniyatini shakllantiradi.

-Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishda bolaning harakatlarini

yanada


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-1_May-2025

80

80

rivojlantiradi hamda bolalar ruhiyatiga musiqiy asarning mazmunini singdiradi.Bu esa
bolaning jismonan sog’lom bo’lishiga katta yordam beradi.

-Qo’shiq kuylashda har bir guruh bolalari uchun alohida musia asarlari mavjud

bo’lib,har bir guruh o’z yoshiga mos holda qo’shiq kuylashadi.

Bu esa bolaning nutqi,musiqiy qobiliyati va xotirasinu yaxshilaydi.Agarda

jamoaviy holda kuylashsa esa hamjihatlik bilan ijro etishga yordam beradi.

-Bolalar musiqa cholg’ularida jo’r bo’lish:bolalarning musiqiy faoliyat turlaridan

eng qiziqarli mashg’ulotlaridan biridir.Sababi barcha cholg’u asboblari bolani o’ziga
jalb qiladi.Agarda bolalarda bilgan ashulani cholg’u asbobiga chalsak ular ham
birdaniga ashulani kuylab ketishadi.Bu esa bolalarning musiqaga musiqaga yanada
qiziqishlari,musiqiy uquvlarini va xotiralarini yaxshilaydi.

-Musiqa savodi bu barcha maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda qo’shiq

kuylash,musiqa tempini,balandligini,ritmini,xarakterini va musiqaning ladlarini
o’rganishda yordam beradi.

Bola va uning qobilyatlarining o’sishi katta kishi tomonidan uyushtiriladigan

holda:ritmika,musiqa tinglash,ritmika va musiqa asboblarini chalishda sodir
bo’ladi.Bularning

barchasi

tashkiliy

shakllarda:o’qishdan

tashqari

ishlarda,mashg’ulotlarda va mustaqil faoliyatlarda namoyon bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyatlar.

1. O. I. Ruziyeva ,,Bolalarning musiqiy ta’limi” O’quv qo’llanma. Qarshi. ,,Intelekt”
nashriyoti 2023 .
2. Muhiddin Abdullayev, Husniddin Tursunov ,,Maktab repertuari “ O’quv qo’llanma
Qarshi ,,Nasaf” NMIU 2022.
3. Muhiddin Abdullayev ,,Maktabgacha ta’limda musiqa o’qitish metodikasi” ,,Nasaf”
NMIU 2024
4. Sharipova G. Xodjayeva Z. “Musiqa o‘qitish metodikasi”. Darslik Toshkent ,,NIF
MISH” 2020.
5. G.M. Sharipova, G.T. Tojiyeva . Musiqa metodikasi O’zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti Toshkent 2012.


References

O. I. Ruziyeva ,,Bolalarning musiqiy ta’limi” O’quv qo’llanma. Qarshi. ,,Intelekt” nashriyoti 2023 .

Muhiddin Abdullayev, Husniddin Tursunov ,,Maktab repertuari “ O’quv qo’llanma Qarshi ,,Nasaf” NMIU 2022.

Muhiddin Abdullayev ,,Maktabgacha ta’limda musiqa o’qitish metodikasi” ,,Nasaf” NMIU 2024

Sharipova G. Xodjayeva Z. “Musiqa o‘qitish metodikasi”. Darslik Toshkent ,,NIF MISH” 2020.

G.M. Sharipova, G.T. Tojiyeva . Musiqa metodikasi O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti Toshkent 2012.