JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
93
93
YURAK QON TOMIR KASALLIKLARINI KELIB
CHIQISHI VA DAVOLASH USULLARI
1
O‘sarov Xamidillo Saydullo o‘g‘li
2
Numonova Marjona Saloxiddin qizi
1
Qo‘qon unversiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi dotsenti
2
Qo‘qon unversiteti Andijon filiali, Tibbiyot fakulteti,
Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu ishda stress, depressiya, tashvish va boshqa psixologik
holatlarning yurak salomatligiga ta’siri, uning normal faoliyati yurakning asosiy fizik
xossalariga bog‘liqligi tahlil qilinib, ruhiy barqarorlikning yurak qon tomir tizimiga,
shuningdek, psixologik salomatlikni yaxshilash orqali yurak qon tomir kasalliklari
profilaktikasini amalga oshirish usullari haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
depressiya, ruhiy salomatlik, psixologik barqarorlik, yurak qon
tomir kasalliklari, stress, profilaktika, sog‘lom turmush tarzi.
Bugungi kunda yurak va qon-tomir tizimi kasalliklari butun dunyoda o‘lim
sabablarining eng yuqori o‘rinda turadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)
ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yilda dunyo bo‘ylab yurak-qon tomir kasalliklaridan 14
millionga yaqin odam vafot etgan bo‘lsa, 2019 yilda 18 millionga yaqin odam vafot
etgan [1]. Yurtimizda ham yurak faoliyatidagi muammolar yoshga bog‘liq bo‘lmay,
hattoki yoshlar orasida ham ko‘p uchramoqda.Bunga bir necha omillar sabab
bo‘lmoqda. Noto‘g‘ri ovqatlanish, kamxarakatlik, stress, chekish, ortiqcha vazn,
genetik moyillik va boshqalar. Shu sababli yurakning fiziologik asoslarini, uning
asosiy fizik xossalarini chuqur o‘rganish va ularni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni
ishlab chiqish dolzarb muammoga aylanmoqda.
Agar yurak faoliyati buzilsa, bu nafaqat yurakning o‘zi, balki butun organizmning
hayotiy faoliyati uchun xavf tug‘diradi. Chunki yurak – organizmdagi barcha
hujayralarni kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlovchi asosiy a’zodir. Yurak
faoliyatidagi buzilishlar miya, buyraklar, jigar va boshqa hayotiy muhim organlarga
yetarli qon yetkazib berilmasligiga olib keladi.
Shuningdek, yurak kasalliklarining ko‘p hollarda kech aniqlanishi, bemorlarning
kech shifokorga murojaat qilishi muammoni yanada chuqurlashtirmoqda. Shu sababli
yurak faoliyatini tushunish, yurakning asosiy fizik xossalarini o‘rganish va ularni
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha profilaktik tadbirlar ahamiyat kasb etadi [2].
Asosiy qism: “Yurak faoliyatining asosiy fizik xossalari” Yurak mushak
to‘qimasidan tashkil topgan bo‘lib, u boshqa mushaklardan o‘zining bir qator maxsus
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Yurakning asosiy fizik xossalari quyidagilardan
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
94
94
iborat:
1. Avtomatiya – yurak tashqi qo‘zg‘atuvchilarsiz, o‘z-o‘zidan impuls hosil qilib
qisqara oladi. Yurakning bu xossasi yurak tugunlari (sinus tuguni, atrioventrikulyar
tugun) tomonidan ta’minlanadi. Masalan, yurak organizmdan ajratib olingandan keyin
ham ma’lum vaqt o‘z-o‘zidan qisqarishda davom etadi.
2. Qo‘zg‘aluvchanlik – yurak mushaklarining tashqi qo‘zg‘atuvchiga (elektrik,
kimyoviy, mexanik) javob qaytarish qobiliyati. Bu xossa yurakning tashqi yoki ichki
ta’sirlarga moslasha olishini ta’minlaydi. Yurakning qo‘zg‘aluvchanligi organizm
holatiga qarab o‘zgarishi mumkin.
3. O‘zkazuvchanlik – yurak mushaklarida hosil bo‘lgan impulslarning yurakning
bir qismidan boshqasiga o‘tkazilish xususiyati. Impulslarning yurak bo‘ylab aniq va
muvofiqlashgan tarzda tarqalishi yurakning tartibli qisqarishiga sabab bo‘ladi. Agar
o‘tkazuvchanlik buzilsa, yurak ritmi buziladi va aritmiya kelib chiqadi.
4. Qisqaruvchanlik – yurak mushaklarining qisqarib, qonni chiqarish qobiliyati.
Yurak mushaklarining bu xossasi yurakning har bir urishida qancha miqdorda qon
chiqarishini
belgilaydi.
Yurak
mushaklarining
kuchsizlanishi
yurak
yetishmovchiligiga olib keladi.
5. Tonus (tonik holat) – yurak mushaklarining doimiy ravishda kuchsiz qisqarib
turish holati. Tonus yurakning shaklini va tizimli qisqarish qobiliyatini saqlashga
yordam beradi.
Yurak faoliyati buzilishining sabablari: Yuqoridagi xossalar yurakning normal
faoliyatini ta’minlaydi. Ammo turli omillar ta’sirida ushbu xossalarning buzilishi
kuzatiladi:
1. Noto‘g‘ri ovqatlanish (xolesterin miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlar).
2. Stress va psixologik bosim.
3. Kamxarakatlik.
4. Yomon odatlar (chekish, spirtli ichimliklar).
5. Genetik moyilli.
6. Yuqori qon bosimi.
7. Qandli diabet.
Ushbu omillar yurak mushaklarida o‘tkazuvchanlik, qisqaruvchanlik va
avtomatiya kabi xossalarning zaiflashishiga sabab bo‘ladi. Natijada yurak ritmi
buziladi, yurakning qisqarish kuchi pasayadi va qon aylanish yetishmovchiligi yuzaga
keladi [3].
Yechim (ilmiy asoslar bilan): Yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yurak
kasalliklarining oldini olish uchun quyidagi choralar ilmiy asoslangan va samarali
hisoblanadi:
1. Sog‘lom ovqatlanish.
Ilmiy tadqiqotlar ko‘rsatishicha, omega-3 yog‘ kislotalariga boy mahsulotlar
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
95
95
yurak mushaklarining ozuqalanishini yaxshilaydi, qonning ivish xususiyatini
kamaytiradi va yurak xastaliklari xavfini pasaytiradi. Shu bilan birga, tuz miqdorini
cheklash, meva va sabzavotlarni ko‘p iste’mol qilish, yog‘li va xolesterin miqdori
yuqori ovqatlarni kamaytirish tavsiya qilinadi.
2. Jismoniy faollik.
Haftasiga kamida 150 daqiqa o‘rtacha jismoniy mashqlar (tez yurish, velosiped
minish, suzish) yurak mushaklarini mustahkamlaydi va qon aylanish tizimini
yaxshilaydi. Muntazam jismoniy faollik yurak qisqaruvchanligini oshiradi, qon
bosimini normallashtiradi va yurak ritmini barqarorlashtiradi.
3.Stress
Stressni boshqarish stress garmonlari, yurak faoliyatiga ta’sir qiladi.
Stress va asabiy taranglik yurak urishining tezlashishi, yurak ritmining buzilishiga
sabab bo‘ladi. Psixologlar va shifokorlar meditatsiya yoki nafas mashqlari orqali
stressni kamaytirishni zarar yetkazishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
4. Yomon odatlarni tashlash.
Chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish yurak tomirlarining torayishiga,
yurak mushaklarining kislorod bilan ta’minlanishining pasayishiga sabab bo‘ladi.
Chekishni tashlash yurak kasalliklari xavfini 30-50% ga kamaytiradi.
5. Tibbiy nazorat.
Yurak faoliyatini muntazam EKG (elektrokardiogramma), ehoKG (yurak
ultratovush tekshiruvi) orqali tekshirish yurakdagi muammolarni erta aniqlash
imkonini beradi. Yurak kasalliklariga moyil bo‘lgan insonlar (masalan, oilaviy genetik
tarixga ega bo‘lganlar) uchun har yili kardiolog ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi.
6. Dori vositalari va davolash.
Yurak kasalligi aniqlangan hollarda shifokor tomonidan buyurilgan dori
vositalarini o‘z vaqtida va dozalashga rioya qilgan holda qabul qilish muhim. Yurak
ritmini tartibga soluvchi, qon bosimini pasaytiruvchi, yurak mushaklarining
qisqaruvchanligini oshiruvchi preparatlar yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga
yordam beradi [4].
Xulosa: Yurak – inson organizmining hayotiy muhim a’zosi bo‘lib, uning normal
faoliyati yurakning asosiy fizik xossalariga bog‘liq. Ushbu xossalarni saqlash va
qo‘llab-quvvatlash orqali yurak faoliyatini sog‘lom holatda ushlab turish mumkin.
Yuqorida keltirilgan choralar yurak kasalliklarining oldini olish va yurakning uzoq
yillar davomida to‘liq ishlashini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. https://ourworldindata.org/cardiovascular-diseases
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.(2020). Yurak-qon tomir
tizimi kasalliklarining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar. Toshkent.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
96
96
3. Andrew H Kemp, Daniel S Quintana, The relationship between mental and
physical health: insights from the study of heart rate variability DOI:
10.1016/j.ijpsycho.2013.06.018.
4. R.S.Karpmanning (1970). “Klicheskaya kardiologiya” nomli kitobi (Moskva).