JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
341
341
AYOLLARDA GORMONAL DISBALANS (GIPERPROLAKTINEMIYA)
FONIDA KARIES VA STOMATITNING KLINIK KECHISHI VA
STATISTIK BAHOLANISHI.
EMU universiteti -
Mo’minova O’.Sh.
Kirish.
Gormonal muvozanatning buzilishi, xususan prolaktin gormonining
fiziologik darajadan yuqoriligi (giperprolaktinemiya) ayol organizmida ko‘plab tizimli
o‘zgarishlarga olib keladi. Shu jumladan, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va tish
to‘qimalarining holati sezilarli darajada yomonlashadi.
Tadqiqot maqsadi:
giperprolaktinemiya bilan og‘rigan ayollarda karies va
stomatitning tarqalishi va ularning kechish xususiyatlari tahlil qilish.
Materiallar va usullar:
2024–2025 yillar davomida Yashnobod tumani “Denta
Lor” xususiy klinikasiga murojaat qilgan 60 nafar ayol bemor (18–45 yosh) orasida
klinik tekshiruvlar o‘tkazildi.Ayollar 2 guruhga bo’lindi:
1-guruh (asosiy):
30 nafar
giperprolaktinemiya tashxisi qo‘yilgan bemorlar.
2-guruh (nazorat):
30 nafar
sog‘lom, gormonal muvozanatga ega ayollar.
Tadqiqot metodlari:
Klinik stomatologik tekshiruv (karies va stomatit
belgilarini baholash), laborator tahlillar (prolaktin darajasi, og‘iz suyuqligi pH-i),
statistika tahlili (x-kvadrat testi, o‘rtacha qiymatlar solishtirildi).
Natijalar
1. Karies holati bo‘yicha taqqoslash:
Ko‘rsatkichlar
Giperprolaktinemiyali (n=30)
Nazorat guruhi (n=30)
Kariesli tishlar soni (o‘rtacha)
4,2 ± 1,3 tish
2,1 ± 0,9 tish
Tish emalining demineralizatsiyasi
70%
33%
Og‘iz suyuqligi pH darajasi
5,6 ± 0,3
6,7 ± 0,2
2. Stomatit holatlari:
Ko‘rsatkichlar
Giperprolaktinemiyali (n=30) Nazorat guruhi (n=30)
Kataral stomatit
40%
10%
Aftoz stomatit
20%
3%
Og‘iz qurishi shikoyati
65%
18%
Immunoglobulin A (IgA) darajasi Past (o‘rtacha 83 mg/dl)
Normal (o‘rtacha 160 mg/dl)
Tahlil:
Statistik tahlil natijalariga ko‘ra, giperprolaktinemiya bilan og‘rigan
ayollarda karies va stomatitning uchrashi sog‘lomlarga nisbatan
ikki barobar
ko‘p.
Shuningdek, bu guruhda og‘iz suyuqligi pH darajasi past, IgA darajasi esa sezilarli
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
342
342
darajada kamaygan bo‘lib, bu himoya mexanizmlarining zaiflashganidan dalolat
beradi.
Xulosa:
Giperprolaktinemiya bilan kechuvchi gormonal disbalans og‘iz
bo‘shlig‘i kasalliklarining, xususan karies va stomatitning klinik ko‘rinishlarini
kuchaytiradi. Prolaktin darajasi yuqori bo‘lgan bemorlar muntazam stomatologik
nazoratdan o‘tishi, profilaktika choralariga qat’iy rioya qilishi hamda asosiy endokrin
kasallikni davolashi zarur.