JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
334
334
TAYANCH HARAKATLANISH A’ZOLARINING TUZILISHI
Jontemir Sarvar Azamat o’g’li
Shahrisabz davlat pedagogika institute
Bilogiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi,
Mamatova Kamola Fayzevna
Mirishkor 21- maktab oʻqituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur mavzuda inson tanasining tayanch-harakatlanish tizimi
tuzilishi, uning asosiy qismlari va ularning vazifalari haqida ma’lumot beriladi.
Tayanch-harakatlanish tizimi suyaklar, bo‘g‘imlar va muskullardan tashkil topgan
bo‘lib, organizmga shakl beradi, ichki a’zolarni himoya qiladi va harakatni
ta’minlaydi. Suyaklarning shakli, tuzilishi va o‘zaro bog‘lanishi, mushaklarning turlari
va ishlash mexanizmi batafsil ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sog‘lom tayanch-
harakatlanish tizimini saqlashning ahamiyati va unga ta’sir etuvchi omillar haqida ham
so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
Tayanch-harakatlanish tizimi, suyaklar, muskullar, bo‘g‘imlar,
harakat, inson anatomiyasi, skelet, tizimning vazifalari, mushak to‘qimalari, sog‘lom
hayot tarzi, naysimon suyak, g’alvirsimon suyak, yassi, g’ovak, ilik, harakatchan,
yarim harakatchan, harakatsiz, anorganik, organik.
Аннотация:
В данной теме даны сведения о строении опорно-
двигательного аппарата человека, его основных частях и их функциях. Опорно-
двигательная система состоит из костей, суставов и мышц, которые придают
форму телу, защищают внутренние органы и обеспечивают движение. Подробно
рассматриваются форма, строение и взаимосвязь костей, а также типы и
механизмы работы мышц. В статье также обсуждается важность поддержания
здоровья опорно-двигательного аппарата и факторы, влияющие на него.
Ключевые слова:
Опорно-двигательный аппарат, кости, мышцы, суставы,
движение, анатомия человека, скелет, функции системы, мышечная ткань,
здоровый образ жизни, трубчатая кость, губчатая кость, плоский, губчатый,
костный мозг, подвижный, полуподвижный, неподвижный, неорганический,
органический.
Abstract:
This topic provides information about the structure of the
musculoskeletal system of the human div, its main parts and their functions. The
musculoskeletal system consists of bones, joints and muscles, which give the div
shape, protect internal organs and provide movement. The shape, structure and
interconnection of bones, types of muscles and the mechanism of their work are
considered in detail. The importance of maintaining a healthy musculoskeletal system
and the factors affecting it are also discussed.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
335
335
Keywords:
Musculoskeletal system, bones, muscles, joints, movement, human
anatomy, skeleton, functions of the system, muscle tissue, healthy lifestyle, tubular
bone, spongy bone, flat, spongy, marrow, mobile, semi-mobile, immobile, inorganic,
organic.
Biz bilamizki, odam va umurtqali hayvonlar skeletining asosiy qismi. Suyak
toʻqimasi biriktiruvchi toʻqimaning bir xili. Suyak boʻgʻimlar, boylamlar, muskullar
va oʻziga birikkan paylar bilan birga tayanchharakat apparatini hosil qiladi. Suyak
hujayralar (osteotsitlar, osteoklastlar) va hujayralar oraligʻi mineral moddalardan
tarkib topgan. Osteotsitlar hujayralar oraligʻi moddasi bilan oʻralgan; oʻsimtalar
yordamida oʻzaro tutashgan; suyak toʻqimasida moddalar (oqsil, suv, ion)
almashinuvini, osteoblastlar esa suyaklar hosil boʻlishini, ularning soʻrilish
(rezorbsiya) jarayonini taʼminlaydi. Osteoblastlar va osteoklastlarning birgalikda
taʼsiri suyak ning oʻsishi va funksional zoʻriqishi oʻzgarishining asosini tashkil etadi.
Hujayralararo modda kollagen (ossein) tolalar va asosiy moddadan iborat, bu moddalar
suyakning pishiq va mustahkam boʻlishini taʼminlaydi. Suyak toʻqimasi kollageni
oʻziga xos polipeptidlarning koʻpligi bilan togʻaydan farq qiladi. Asosiy modda
glikoproteidlar va proteoglikanlardan tashkil topgan. Mineral komponenta apatit, sulfat
va kalsiy karbonat kristallaridan iborat. Suyak embrional rivojlanish davrida
biriktiruvchi toʻqima-mezenximadan hosil boʻladi. Birlamchi suyak ichki togʻay
skeletning suyaklanishidan (yelka, son va boshqalar), ikkilamchi suyak teri osti
tangachalaridan (peshona, tepa va boshqa suyaklar) vujudga keladi.
Suyak tuzilishi va shakliga koʻra uzun, yaʼni naysimon (son, boldir va boshqalar),
yassi, yaʼni serbar (toʻsh va boshqalar) va kalta (umurtqalar va boshqalar) buladi.
Naysimon suyaklarning o`rta qismi (diafiz) va ikki uchi (epifiz) bor. Diafiz zich
moddadan, epifiz va yassi hamda kalta suyaklar tanasi gʻovak moddadan iborat. Diafiz
boʻshligʻida va epifiz gʻovak moddasi oraligʻida ilik buladi. Suyak sirti biriktiruvchi
toʻqimadan tashkil topgan suyak usti pardasi-periost, ichki ilik boʻshligʻi tomondan
xuddi shunga oʻxshash endost bilan qoplangan. Diafiz 4-15 mkm kalinlikdagi
plastinkalardan iborat boʻlib, ular orqali qon tomirlari va nervlar oʻtadi.
Suyak-kalsiy va fosfor deposi hisoblanadi. Paratgormon va kalsiotonin
gormonlari kon plazmasida kalsiy miqdorini va osteoklastlarning soʻrilish faolligini
boshkarib turadi. Suyak toʻqimasi juda faol regeneratsiya xususiyatiga ega boʻlib,
organizmda toʻxtovsiz yangilanib turadi. Shu sababdan suyakning mexanik xossalari
ham organizmga tushadigan yukka mos ravishda oʻzgarib boradi. Odam skeleti suyak
tarkibi umr davomida yangilanib turadi (yana qarang Suyak sinishi, Suyak
chiqishi, Skelet).
Odam skeleti 200 dan ortiq alohida-alohida suyaklardan iborat. Skelet quyidagi
bo‘laklaiga ajratilgan tana suyaklari (umurtqalar, qovurg‘alar va to‘sh suyagi), kalla
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
336
336
suyagi (miya va yuz qismlaridan iborat), yelka kamari (kurak va kutubxonasi o'mrov
suyaklari), qo'l suyaklari (yelka, bilak va qo'l panja suyaklari), chanoq suyaklari
(yonbosh, qov va o‘tiig‘ich suyaklar) va son, boldir hamda oyoq panja suyaklaridan
iborat.
Suyaklar tuzilishi, rivojlanishi va vazifalariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi.
1. Naysimon suyaklar: uzun suyaklar — yelka, bilak, son va boldir suyaklari qo‘l
va oyoq skeletini tashkil qilib, tayanch vazifasini bajaradi; Naysimon suyaklar richag
harakatini bajarib, tayanch va mudofaa vazifasini bajaradi Naysimon suyaklaming o'rta
qismi tanasi— diafizi (diaphysis) silindr yoki uchburchak shaklda. Naysimon
suyaklaming tanasida suyak iligi kanali bor. U larn in g kengaygan uchi — epifiz
(epiphysis) deb ataladi. Unda qo'shni suyak bilan birlashuvchi bo'g'im yuzasi (facies
articularis) bo'lib, u bo'g'im tog'ayi bilan qoplangan. Epifiz asosan g'ovak moddadan
tuzilgan, ustidan yupqa zich modda qoplab turadi. Suyakni g'ovak moddasi sohasida
uni hosil qiluvchi suyak to'sinlari orasida bolalarda va kattalarda qizil ilik joylashgan.
Diafizni epifizga o'tish joyi metafiz (metaphisis) deyiladi. Bu sohada zich modda
yupqalashib kam ayib boradi; m etafiz g'o v ak tuzilishga ega.
2. G 'ovak suyaklar: a) uzun g'ovak suyaklar — to'sh suyagi va qovurg'alar;
b)kalta g'ovak suyaklariga—umurtqalar, q o 'l-o y o q , kaft usti va kaft oldi suyaklari
kiradi, ular k o 'p qirrali shaklga ega. U lar asosan g'ovak moddadan tuzilgan bo'lib,
yupqa zich modda qatlami bilan qoplangan.
3.Yassi suyaklar himoya vazifasini bajarib, tana bo'shliqlarini hosil qilishda
ishtirok etadi (kalla qopqog'i, chanoq va kurak suyaklari). Bu suyaklar tashqi zich qavat
(lamina externa) va ichki zich qavat (lamina interna) o‘rtasida joylashgan mayda
katakchali g'ovak moddadan (diploe) tashkil topgan.
4, Aralash suyaklar turli xil tuzilishga ega qismlardan iborat. Umurtqaning tanasi
tuzilishi jihatidan g'ovak suyaklarga, ravog'i va o'sim talari yassi suyaklarga kiradi.
Havo saqlovchi suyaklar tanasida shilliq parda bilan qoplangan havo bilan to'la bo'shliq
bo'ladi. Ularga kallaning peshona, ponasimon, yuqori jag‘ va g'alviisimon suyaklari
kiradi. Har bir suyakning yuzasida mushaklar, ulaming paylari, fassiya, boylamlar
boshlanadigan va birikadigan hosilalar bo'ladi. Ulami apofizlar (apophysis) deb ataladi.
Bulaiga bo'rtiq (tuber), do'mboqcha (tuberculum), qirra (crista) va o'simta (processus)
kiradi. Suyakning yuzalari o'zaro chekkalar (margo) bilan chegaralanadi. Ba’zi bir
suyakda nerv va qon tomirlar yotgan joylarda egatlar (sulcus) yuzaga keladi.
Suyakning ichki yuzasida uning ichiga kiruvchi oziqlantiruvchi teshik (foramina
nutricia) bo'ladi
Inson organizmi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, uning barcha a’zolari o‘zaro
uyg‘unlikda faoliyat yuritadi. Shunday tizimlardan biri — bu tayanch-harakatlanish
tizimi bo‘lib, u organizmga shakl beradi, ichki a’zolarni himoya qiladi hamda
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
337
337
harakatlanishni ta’minlaydi. Ushbu referatda tayanch-harakatlanish tizimining asosiy
qismlari, ularning tuzilishi va vazifalari haqida ma’lumot beriladi.
Suyak sistemasi odam skeletini tashkil qilib, uning funksiyasi ko'p qirrali. Eng
muhimi gavdada u tayaneh va himoya vazifasini bajaradi. Skeletning tayaneh
funksiyasi tufayli odam o'z qomatini to'g'ri tutadi. Skelet ichki organlarni, qon tomirlari
va nerv sistemasini himoya qilish vazifasini ham o'taydi. Masalan, bosh miya kalla
suyagi qopqog'i iehida, orqa miya umurtqa pog'onasi¬ning kanalida; o'pkalar, traxeya
va bronxlar, yurak va yirik qon tomirlari ko'krak qafasida joylashganligi tufayli tashqi
muhitning noqulay ta'siridan himoyalangan. Suyaklarning ko'mik qismida qonning
shakIli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab ehiqariladi. Bundan
tashqari, suyaklar mineral tuz]ar deposi (to'planadigan joyi) bo'lib xizmat qiladi. Odam
skeleti qariyib 206 ta suyakdan tashkil topgan bo'lib, ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq
suyaklardir (1-rasm). Suyaklar 4 xii shaklda bo'ladi. Naysimon suyaklar - bular o'z
navbatida ikki xiI bo'ladi. Uzun naysimon suyaklar (yelka, bilak, son, boldir suyaklari);
kalta naysimon suyaklar (qo'l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari). G'ovak suyaklar
- bular ham ikki xil: uzun g'ovaksimon (qovurg'a, to'sh, o'mrov), kalta g'ovaksimon
(umurtqa, qo'l va oyoqning kaft, kaft-usti suyaklari) bo'ladi. Yassi suyaklar - bosh
suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va ehanoq suyaklari. G'alvirsimon suyaklar - yuqorigi
jag', peshona, bosh suya gining pastki asos qismidagi ponasimon va g'alvirsimon
suyaklar.
Odam embrionida suyak to’qimasi boshqa to’qimalarga nisbatan kechroq yoki
embrional davrining 6-8 xaftalaridan rivojlanadi. Suyak to’qimasining rivojlanishiga
osteogistogenez deyiladi Skelet suyaklari takomili davrida ularning xammasi xam bir
xilda rivojlanmay, balki ba’zilari mezenximadan taraqqiy etadi, ba’zilari tog’ay
to’qimadan rivojlanadi. Lekin ikkala usulda suyakning rivojlanish manbasi mezenxima
xisoblanadi, chunki dastlab tog’ay to’qimasi xam mezenximadan rivojlanadi.
Embrional taraqqiyotning dastlabki davrlarda xordaning ikki yonidan mezenxima
xujayralari to’planib, kelajakda xosil bo’ladigan muskullar ko’rtaklari orasidan yupqa
to’siqlar xosil qiladilar. So’ng mezenximadan osteogen joylar ajrala boshlaydi.
Mezenxima xujayralari orasidan boshlang’ich xujayralar paydo bo’ladi. Boshlang’ich
xujayralarning bir qismidan mexanotsitlar rivojlanadi, bir qismidan esa intensiv
ravishda ko’payish xususiyatga ega bo’lgan preosteoblastlar populyatsiyasi xosil
bo’ladi. Bu xujayralar o’zidan xujayra-aro modda ishlab chiqaradi. Xujayralarning
keyingi differentsirovka jarayoni natijasida preosteoblastlar osteoblastlarga aylanadi.
Osteoblastlar ovalsimon, kubsimon, qirrali yoki o’simtali shaklga ega bo’lib, o’zidan
xujayra-aro suyak moddasini ishlab chiqaradi. Osteoblastlar diametri 15- 20 mkm. teng
bo’lib, tarkibida ovalsimon yoki dumaloq shakldagi yadro va tsitoplazmasi bo’ladi.
TSitoplazmada xamma organellalar yaxshi rivojlangan. Donador endoplazmatik
retikulumda oqsillar sintezlanadi, plastinkali kompleksda glikozaminoglikanlar,
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
338
338
tsitoplazma tarkibida ayniqsa fosfataza fermenti ko’p miqdorda bo’ladi.
TSitoplazmada sof tarqalgan ribosomalarda kollagen oqsili sintezlanadi. Kollagen
oqsilidan kollagen (ossein) fibrillalar shakllanadi va xujayra-aro moddada to’plana
boshlaydi. Ossein yoki kollagen fibrillalar tarkibida organik fosfatlarni miqdori yuqori
darajada bo’lib, suyak to’qimani mineralizatsiyani yoki oxaklashishini ta’minlaydi.
Suyak to’qimasining asosiy modda tarkibidagi –osseomukoidda xondroitinsulfatlar
xam suyakni oxaklashishida ishtirok etadi. Osseomukoid kollagen tollalarni bir-biriga
yopishtirib, bitta yaxlit massaga aylantiradi. Xujayralar-aro moddasi ichida qolib
ketgan osteoblastlar ko’payish qobiliyatini yo’qotadi va osteotsitlarga aylanadi.
Osteotsitlar yuqori darajali mutaxasislashgan, ko’payish qobiliyatini, o’zidan
xujayroaro moddani ishlab chiqarish xususiyatlarini yo’qotgan suyak xujayralari
bo’lib, xujayra-aro moddaning maxsus kattakcha lari yoki lakunalar ichida joylashgan.
Osteotsitlarni uzun o’simtalari xujayra-aro moddadan turli yo’nalishlarda o’tib,
xujayralarni bir-biri bilan tutashtiradi. Suyak o’simtalari kanalchalarga o’xshash
bo’lib, bu kanalchalar yordamida osteotsitlar bilan qon orasida modda almashinuv
jarayoni o’tadi. Osteotsitlarni asosiy vazifasi suyak to’qimasida tuzlar tarkibini idora
etish. Tog’ay urnida suyak to’qimani rivojlanishi bir oz murakkabroq o’tadi. Bunda
mezenxima xujayralaridan tog’ay xujayralari paydo bo’ladi. Tog’ayni tog’ay usti
pardasidan kambial – tez ko’payish qobiliyatga ega bo’lgan xujayralar rivojlanadi.
Tog’ay usti pardasiga qon tomirlar o’sib kirishi bilan, bu to’qimani trofikasi –
oziklanishi yaxshilanadi. Natijada, kambial xujayralardan xondroblastlar xosil
bo’lmay, osteoblastlar rivojlanadi. Osteoblastlar o’zidan suyakli hujayra-aro modda
ishlab chiqaradi va bu modda tog’ayni atrofidan suyakli manjetkasi xolida o’rab oladi.
Bu jarayonni perixondral suyaklanish deb ataladi. Suyak to’qimasi bilan o’rab olingan
tog’ay degeneratsiyaga uchraydi. Yemirilayotgan tog’ay ichiga qon tomirlarni o’sib
kirishi davom etadi va tog’ay tarkibidagi kambial xujayralaridan yangi osteoblastlar
xosil bo’ladi. Bu osteoblastlarning faoliyati tufayli suyakni enxondral rivojlanishi
ta’minlanadi. SHu bilan birgalikda yana bir tur xujayralari xosil bo’ladi. Bular yirik,
ko’p yadroli xujayralar bo’lib, osteoklastlar deyiladi. Osteoklastlarni diametri 100
mkm.ga teng, tsitoplazma tarkibida endoplazmatik to’r, plastinkali kompleks,
lizosomalar, mitoxondriyalar ko’p miqdorda uchraydi. Lizosomalar tarkibida turli
gidrolitik fermentlar, nordon fosfataza saqlanadi. Bu fermentlar xujayralardan chiqib,
xujayra-aro moddani eritib yuborish qobiliyatga ega. Mikroqinos’emka usuli
yordamida osteoklastlar avval ossein tolalarni va amorf moddani eritadi, so’ng
fagotsitoz yo’li bilan gidrooksiapatit kristallchalarini yemirishi aniqlangan. Tog’ay
urnida xosil bo’lgan suyak plastinkasimon suyak to’qimasidan tuzilgan va faqat
mezenximadan rivojlangan suyakdan tuzilishi jixatdan farqlanadi. Plastinkasimon
suyak to’qimasining takomili xar bir qon tomiri atrofida suyak plastinkalarini
shakllanishi bilan bog’liq. Bu plastinka parallel yo’nalgan nozik kollagen tolalardan va
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
339
339
osteotsitlardan tashkil topgan. Plastinkalar ustma-ust qo’shila beradi, lekin bir
plastinkadagi kollagen tolalarni yo’nalishi ikkinchi plastinkadagi kollagen tolalarga
nisbatan perpedikulyar ravishda joylashadi. Natijada osteonlar xosil bo’ladi.
Ma’lumki, osteon plastinkasimon suyak to’qimasining struktur va funktsional
birligidir. Skelet suyaklari plastinkasimon suyak to’qimasidan tuzilgan. Suyaklarni
rivojlanishida tog’aydan iborat bo’lgan suyak modeli suyaklanib bo’lgandan keyin,
tog’ay pardasi suyak ustki pardasiga aylanadi. Keyinchalik suyaklarning eniga o’sishi
asosan suyak ustki pardasi yoki periost xisobiga bo’lganligidan periostal suyaklanish
deb ataladi. Naysimon suyaklarni o’sishi epifiz bilan diafiz orasida joylashgan tog’ayli
epifizar plastinkasi mavjudligi tufayli bo’yiga o’sadi. Epifizar plastinkada ikkita
qarama-qarshi jarayon ro’y beradi: bir tomondan epifizar plastinkani yemirilishi
bo’lsa, ikkinchi tomondan esa tog’ay xujayralarni uzluksiz ko’payshidir. Butun
gistogenez davomida suyakda qayta qurilish va qayta tiklanish jarayonlari beto’xtov
davom etadi. Bu jarayonlar osteoblastlar, osteotsitlar va osteoklastlarni faoliyati tufayli
erishiladi. Suyaklarni o’sishi embrional bosqichlardan boshlanib, o’rta xisobda 20 – 25
yoshda tugaydi. SHu davr davomida suyak xam bo’yiga, xam eniga o’sadi. Agar
suyaklar faqat mezenxima asosida biriktiruvchi to’qimadan rivojlansa, bunday
suyaklarni birlamchi suyaklar deyiladi. Birlamchi suyaklar tog’ay davrini o’tmaydi.
Tog’ay to’qima asosida rivojlanadigan suyaklarni ikkilamchi suyaklar deb nomlanadi.
Suyaklar klassifikatsiyasi Suyaklar tuzilishi jixatdan bir-biridan farqlanadi.
Suyaklarning shakli bajaradigan ishi bilan bog’liq. suyaklar rivojlanishi, tuzilishi va
bajaradigan funktsiyasiga ko’ra quydagi turlarga bo’linadi: 1. Naysimon suyaklar uzun
va kalta bo’lishi mumkin. Naysimon suyaklarda ikkita kengaygan uchlari – epifizlar,
va o’rtasida joylashgan naysimon shaklidagi tanasi yoki diafizi bo’ladi. Tanaga
nisbatan yaqin joylashgan suyakning uchi proksimal epifiz, tanadan uzoqroq
joylashgan kengaygan uchi – distal epifiz deyiladi.
Epifiz bilan diafiz orasida joylashgan suyakning qismiga metafiz deyiladi. Uzun
suyaklarga panjalarining kaft suyaklari, barmoqlar falangalari kiradi.
Naysimon suyaklarning uzun suyaklariga yelka, son, yelka oldi va boldir
suyaklari kiradi. Kalta naysimon suyaklardan esa qo’l - oyoqning kaft suyaklari,
barmoqlar falangalari tashkil topgan. Suyaklarning diafiz qismlari zich suyakdan,
epifizlari esa g’ovak suyakdan va uni ustini yupqa qatlam xolida zich modda qoplaydi.
2. G’ovak suyaklar ustidan zich modda bilan qoplangan, ichida esa g’ovak modda
joylashgan. G’ovak moddani suyak tizimchalari tartibsiz joylashmasdan, ma’lum bir
yo’nalishda, yoylar shaklida o’rnashgan, bosim kuchlariga qarshilik ko’rsata olish va
katta nagruzkalarni (yukni) ko’tarish qobiliyatiga ega. Ko’l va oyoqning kaft oldi
suyaklari, umurtqa tanalari, sesamasimon suyaklar g’ovak suyaklarga kiradi.
Sesamasimon suyaklar bo’g’imlar yonida uchrab, muskullarning paylari ichida
joylashishi mumkin. Eng katta sesamasimon suyakga tizza qopqog’i kiradi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
340
340
3. Yassi suyaklar bo’shliqlarni chegaralashda ishtirok etadi, masalan kalla skeleti,
ko’krak qafasi, tos bo’shliqlarini xosil bo’lishini ta’minlaydi. Yassi suyaklarning ikkita
tashqi plastinkalari zich moddadan, plastinkalar orasidagi qatlam esa yupqa g’ovak
moddadan tuzilgan. Kalla skeleti tarkibidagi yassi suyaklarning g’ovak moddasi diploe
deyiladi. Yassi suyaklarga yelka, tos kamarlari, to’sh suyagi va kalla skeletining bosh
miya qismini qoplovchi suyaklari kiradi.
4.G’alvirsimon suyaklar tanalarida xavo bilan to’lgan bo’shliqlar bo’lib,
bo’shliqlarning yuzasi shilliq parda bilan qoplangan. Suyakning bunday tuzilishi
suyakni mustaxkamligini buzmasdan, uning massasini ancha yengillashtiradi. Kalla
skeletining g’alvirsimon suyagi, yuqori jag’, peshona suyagi, ponasimon suyagi
g’alvirsimon suyaklar turiga kiradi.
5.Aralash tipdagi suyaklar murakkab shaklga ega bo’lib, bir nechta qismlardan
iborat. Suyakni tashkil etuvchi qismlar kelib chiqishi, tuzilishi va shakli jixatdan bir-
biridan farqlanadi. Bu gurux suyaklarga tos suyagi, umurtqalar, yuqorigi jag’, chakka
suyagi va boshqalar kiradi. Masalan, umurqalarnining tanalari g’ovak suyaklarga,
o’simtalari va yoylari esa yassi suyak turlariga kiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Karimov A., Jo‘rayev Sh. Inson anatomiyasi va fiziologiyasi. – Toshkent:
“O‘zbekiston” nashriyoti, 2020.
2.
Jo‘raev M., Xudoyqulov D. Umumiy biologiya. – Toshkent: “Fan va
texnologiya”, 2021.
3.
Zunnunov A., Yusupova D. Biologiya: o‘rta maktab darsligi (8–9-sinflar uchun).
– Toshkent: “Nashriyot-matbaa”, 2022.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy sayti – www.ssv.uz
5.
Tortora G.J., Derrickson B.H. Principles of Anatomy and Physiology. – USA:
Wiley, 2017.