JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
247
247
YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA SALBIY
TA’SIR ETUVCHI DYESTRUKTIV AXBOROT TA’SIRLARNING O‘RNI
Xolmirzayeva Muxabbatxon
Marhamat tumani 10-maktab psixologi
Annotatsiya:
mazkur maqolada yoshlarni destruktiv axborotlardan himoyasini
ta’minlashning metodologik asoslari tahlil qilinib, xorijiy davlatlari misolida o‘rganib
chiqilgan hamda yoshlarni destruktiv axborotlardan psixologik himoyasini ta’minlash
yo‘llari aniqlanib, ularning destruktiv axborotlardan himoya usullari tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar:
globallashuv, axborot ochligi, mafkuraviy kurash, axborot xuruji,
dezinformatsiya, manipulyatsiya, targ‘ibot, inqirozli holatlarni boshqarish,
ig‘vogarlik,diskreditatsiya, fitna.
Annotation:
In this article methodological principles analyzed to safe young
people from destructive information, and studied practice of advanced and ESF and
sodetermined and systematized the way of development of organ education and
ideology safe young people from destructive information.
Key words:
globalization, information hunger, ideological struggle, information
attack,
misinformation,
manipulation,
propaganda,
crisis
management,
provocation,discredit, conspiracy.
Insoniyat tarixiga nazar solsak, u axborotlashgan jamiyatga qadar bo‘lgan uzoq
tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan va shu rivojlanish bosqichlaridan o‘tgan bo‘lsada,
insoniyatning axborotga ehtiyoji kamayish o‘rniga, ko‘lami kengayib, sohalar
bo‘yiyicha hajmi, uni qiymati va madaniy ahamiyati ortib boraveradi.
Noa’nanaviy tahdidlar xalqaro mojarolarning qiyofasini butunlay o‘zgartirmoqda
va informatsion-psixologik xurujlar sezilarli xavf-xatar tug‘dirmoqda. Ular
armiyamizning negiziga putur yetkazish, avvalo, uning ma’naviy-axloqiy asoslariga
ta’sir o‘tkazishga urinish va shuningdek, zamonaviy internet texnologiyalaridan
foydalanish orqali bizning bunyodkorlik ruhidagi boy madaniyatimiz, ma’naviy
qadriyat va an’analarimizga mutlaqo zid bo‘lgan buzg‘unchi g‘oya va tushunchalarni
yoshlarimizning ongu tafakkuriga singdirishga qaratilgani bilan, ayniqsa, xatarli” deya
aytgan so‘zlarining o‘zigina ushbu mavzuning bugungi kundagi dolzarbligi va
axamiyati naqadar muxim ekanligini isboti bo‘la oladi.Axborot faoliyati to‘g‘risidagi
mavjud ma’lumotlarni sintez qilish asosida axborot ta’sirining istalgan ob’ekti uchun
xavfning yuzaga kelishi mexanizmlarini ochib berish zarur. Faqatgina shu yo‘l bilan
zamonaviy jamiyatda axborot xavfsizligini ta’minlash usullarini aniqlab olish, turli
xildagi destruktiv axborot ta’sirlaridan himoya qilishning o‘ziga xos jihatlarini ochib
berish mumkin bo‘ladi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
248
248
U.Qodirovning fikricha
bugungi axborotlashgan asrda biz OAV orqali har
kuni, har soat, har lahzada davlatlar siyosatiga qarshi, odamlar manfaatiga zid, ularning
ongini axboriy mahsulotlar bilan mahv etishga qaratilgan minglab xabarlardan
xabardor bo‘lib turibmiz. Ammo O’zbekistonda olib borilayotgan oqilona
tinchlikparvar siyosat, yaqin qo‘shnilar, shuningdek, dunyodagi 135 ta davlat bilan olib
borilayotgan do‘stona aloqalar tufayli tinch, osoyishta, barqarorlikka erishgan
mamlakatda hayot kechiryapmiz. Shunday bo‘lsa-da, davlat siyosatiga to‘g‘ri
kelmaydigan, umummilliy g‘oyalarga zid, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni inkor
etuvchi har qanday g‘oyaga qarshi kurashish har birimizning fuqarolik burchimiz
bo‘lib qolishi kerak.
Axborotlashgan
jamiyat
davrida
har
bir
inson
o‘zining
ongli
hayotining ilk davrlaridan boshlab kerakli axborotlarni mustaqil ravishda izlash,
mediakanallar orqali ko‘rgan, o‘qigan va eshitganlariga nisbatan ijodiy munosabatda
bo‘lishni o‘rganishi, mediamatnlarni tanqidiy tahlil qilish va baholay olish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. Fikrimizning isboti sifatida media kanallar orqali
berilayotgan eng keng tarqalgan G’arb seriallarini misol qilishimiz mumkin.
Albatta,ular ichida tarbiyaviy jihatdan ma’lum bir qimmatga egalari ham bor, lekin
bizning milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga mos kelmaydigan, ko‘p hollarda
o‘zligimiz, mentalitetimizga tamomila teskari bo‘lganlarining ham mavjudligini hayot
ko‘rsatmoqda.
Media kanallar va ijtimoiy tarmoqlar (Fecbook, Instagram, You-tub, Tik tok va
boshqalar) orqali namoyish etilayotgan G’arb seriallari va turli ma’naviyatsiz roliklar
go‘yoki oddiy hayotiy vaziyatlar asosiga qurilgan syujet orqali tomoshabinlarga
zo‘ravonlik, behayolik g‘oyalarini xuddi bir oddiy holat sifatida, me’yor va «G’arbning
ommaviy madaniyati» sifatida singdirilib kelinmoqda. Aslida G‘arb davlatlari
aholisining aksariyati ham bunday axloqiy me’yorlarni qo‘llab-quvvatlamaydi. Shu
o‘rinda harbiy xizmatchilarga turli doiralarda ta’sir etuvchi axborot manbaining o‘rni
katta. Umuman olganda, axborot manbai insonning bilim dunyosini boyitishi bilan
birga uning qarashlari, ruhiyati va qadriyatlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Shundan kelib chiqqan holda, uni
salbiy yoki ijobiy
axborot manbalariga ajratish
mumkin. Bizning fikrimizcha, harbiy xizmatchilarning tinchlik va urush davrida
axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashda aynan salbiy axborot manbasini aniqlash
muhim ahamiyat kasb etadi.
Salbiy axborot manbai
tushunchasiga mahalliy va
xorijlik mutaxassislar tomonidan turli ta’riflar berilgan. Jumladan, bu haqda professor
A. Mo‘minov shunday deydi: “Bir guruhga o‘z maqsadlarini ko‘zlab, boshqalarga
axborot-psixologik
ta’sir
ko‘rsatishning
turli
usullaridan
faydalanadigan,boshqalarning manfaatlarini hisobga olmaydigan, ularni ,
boshqalarning manfaatlariga zid harakat qilgan holda ularga ziyon yetkazadigan
odamlarning
xatti-harakatlarini
birlashtirish
mumkin”
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
249
249
Mutaxasislarning fikrlariga ko‘ra agar axborot destruktiv maqsadlarda amalga
oshirilgan bo‘lsa, u holda bu axborot buzilgan axborot sifatida baholanadi.
Destruktiv axborotlarning quyidagi asosiy shakllariga ajratish mumkin:
1.
“Ob’ektiv – qalbakilashtirilgan axborot”
. Bunda ongli ravishda yoki
beixtiyor ob’ektiv axborotning asl nusxasi qalbakisiga almashtirilib, buzib ko‘rsatiladi,
sohtalashtiriladi, oqibatda bema’ni qarashlar va g‘oyalar yuzaga keladi. Bunday holda
go‘yoki voqea va hodisa yashirilmaydi, ammo ular haqidagi axborot soxtalashtiriladi.
2.
“Tizimli-chalg‘ituvchi axborot”
. Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy holati,
boshqa
xalqlar va davlatlar bilan munosabatlari va h.k. borasidagi holatni noto‘g‘ri belgilovchi
- “chalg‘ituvchi axborot” bo‘lib hisoblanadi. Bunday axborot ham sub’ektiv jihatdan
e’tiborni tortuvchi siyosiy g‘oyalarni yuzaga keltirishi mumkin.
3.
“Uyushtirilgan – destruktiv (buzg‘unchi) axborot”
. Muayyan jamiyatda
axborotning to‘g‘ri tartibga solinishi axloqiy tamoyillarni, iqtisodiy talablarni,
barkamol avlodni tarbiyalashni ta’minlaydi. Afsuski, muayyan bir holatlarda
izchillikning buzilishi, fikrlarning tugal emasligi, yanglish fikrlashlar, tartibsizliklar,
axloqiy tuturuqsizliklar natijasida “siyosiy g‘oyalarning keskin o‘zgarishi”ni yuzaga
keltiruvchi, ma’naviy qadriyatlarni ham o‘zgartirib yuboruvchi “buzg‘unchi axborot”
tarqatilishi bilan bog‘liq salbiy jarayon ro‘y berishi mumkin.
4.
“Yetarli - entropiyali siyosiy axborot”.
Bunday holda ommaviy
kommunikatsion vositalarda qisqa, ishonchli va isbotlangan axborotlar o‘rniga
fantastik va aqlga sig‘maydigan ma’lumotlar paydo bo‘ladi. Turli OAVlari, siyosiy
partiyalar, karomatgo‘ylar ma’lumni–noma’lum, tushunarlini–tushunarsiz, xunukni–
chiroyli, aniqni– noaniq deb izohlay boshlaydilar. Natijada yuzaki, aqlga to‘g‘ri
kelmaydigan va bema’ni tushunchalar shakllanadi. Hayotning turli jabhalari haqida
voqelikka to‘g‘ri kelmaydigan tasavvur tug‘iladi, sarob “haqiqat”lar yuzaga keladi.
5.
“Ijtimoiylashuvchi siyosiy axborot” – “siyosiy chalg‘ituvchi axborot”
.
Ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar va uning yo‘nalishlari aholining aksariyat qismi uchun
tushunarli va yorqin shakldagi bir-biriga o‘xshash stereotiplar va yangi algoritmlar
to‘g‘risidagi
dastlabki
ma’lumotlarning
transformatsiyalanishi
natijalari
“ijtimoiylashuvchi siyosiy axborot”da aks etadi. Ayni paytda “ijtimoiylashuvchi
siyosiy axborot”ni jamoatchilik fikrini go‘yoki haqiqatdek ko‘rsatuvchi yolg‘on
xabarlar bilan chalg‘ituvchi “siyosiy buzg‘unchi axborot” bilan almashtirish mumkin.
Axborot jarayonlaridagi bu kabi harakatlar natijasida ommaviy “siyosiy fikrlash
poyma-poyligi”, deya ataluvchi jarayon rivojlanadi. Ma’lum tasavvurlar,
tushunchalar,fikrlar haqiqiy tarixiy bog‘liqligini yo‘qotgan holda, buziladi, axborot
oqimi olamning qayta shakllantirilgan yangi qiyofasini namoyon etuvchi ma’nosiz
lavhalarga bo‘linib ketadi. U haqdagi tasavvur va xulosalar ham yaxlit voqelikni
ifodalay olmaydi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
250
250
6.
“Betartib (boshboshdoq) siyosiy axborot”
, ya’ni ma’muriy boshqaruv
tizimini izdan chiqarib, jamoatchilik tartibini buzuvchi, xo‘jalik va moliyaviy
faoliyatning barbod bo‘lishga olib keluvchi axborot hisoblanadi. Asosiy belgisi sirtdan
qaraganda to‘g‘ri va jozibador shaklga ega bo‘lsa-da, aslida mutlaqo mazmunsiz, g‘aliz
dasturlash-tirilgan siyosiy chiqishlardan iboratusullar vositasida amalga oshiriladi.
7.
“Omilkor (qulay) axborot” – “axloqsizlashgan siyosiy axborot”
ta’qiqlangan harakatlarni amalga oshirishga majbur etadi, natijaga erishish uchun
maqsadga muvofiq bo‘lmagan vositalar qo‘llaniladi, zo‘ravonlik huquqi haqiqat
huquqining o‘rnini egallaydi va h.k. Axloqsiz siyosiy axborotning tarqatilishi
“uzuqyuluq siyosiy mushohada” fenomenini yuzaga keltiradi. Bunday holatda
buzg‘unchi tushuncha va tasavvurlar tasodifiy va formal belgilar asosida bir-biri bilan
uyg‘unlashadi.
8.
“Zaruriy axborot” - “ajratib yuboruvchi siyosiy axborot”
, uning ta’sirida
yaxlit jamiyat raqobatlashuvchi, qarshi kurashuvchi qismlarga ajralib ketadi. Bu
xildagi axborotning ta’siri oqibatida fuqarolar urushi (“akaning ukaga qarshi”,
“o‘g‘ilning otaga qarshi” va h.k. kabi birodarkushliklar) yuzaga kelishi mumkin.
Bundan tashqari axborot, turli sohalar bilan o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi va ular
ijtimoiy munosabatlarning kechishini ta’minlaydi. Fikrimizcha, axborot xabarlardan
tarkib topib, har bir xabar o‘zida quyidagi uchta psixologik xossalarni ifodalaydi:-
xabar (
axborot iste’molchisini jarayon dinamikasidan xabardor etish
);
- xabarni iste’molchiga zavq baxshida etuvchi tarkibi (
axborot iste’molchisining
faoliyatini mazmuniga ta’sir ko‘rsatish
);
- xabarni ishontiruvchi tarkibi (
axborot iste’molchisini ongiga ma’lum g‘oyani
singdirish
).
Psixolog olimlar olib borgan tadqiqotlarida takidlanishicha, agarda, axborotda
vayronkor g‘oya ifodalangan bo‘lsa, turli ko‘rinishdagi agressiv xulq namunalari
ifodalanib, destruktiv “Men”, egotsentrizm, separatizm, milliy shovinizm kabi
destruktiv xulq namunalari ifodalanib, jamiyat hayotining turli sohalarida muammolar
ifodalanadi. Shu sababli, axborot-psixologik xavfsizlik va axborotning psixologik
xavfsizligi ochiq va yopiq sathlarda institutsional tarzda ta’minlanadi.
Shuningdek ochiq sathda OAV yordamida uzatilayotgan axborotlar ifodalanadi.
Ularning maqsadi, kechayotgan jarayonlardan insonlarni xabardor etib, ommaviy
ongni shakllantirish uchun madaniylashtirish, ogohlantirish, maqsadni shakllantirish
va qadriyatlarni mohiyatini anglash uchun ma’rifiy asos yaratadi. Yopiq sathga
esa,iqtisodiy-siyosiy masalalarga taalluqli bo‘lgan axborotlar kirib, ularda davlatning
ichki va tashqi faoliyatiga, siyosiy yetakchilari shaxsi va faoliyatiga, siyosiy
institutlarga taalluqli bo‘lgan axborotlar kiradi. Nazariy jihatdan, axborotning
xavfsizligi texnik va psixologik jihatdan ta’minlanadi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
251
251
Bugungi axborot asrida OAVning kuchli ta’siri natijasida oqni qoradan, yaxshini
yomondan ajrata olish uchun yetarli hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan harbiy
xizmatchilar salbiy va destruktiv axborotlar ta’siriga tez tushuvchi qatlam hisoblanadi.
E.Xilderikning yozishicha jamiyatda yolg‘on va destruktiv axborotlarni
tarqatishga quydagilar misol bo‘lishi mumkin:
- OAVda bila turib yolg‘on yangiliklar yoki tuhmat; spirtli ichimliklarni reklama
qilish; “iqtisodiy prognozlar” yordamida salbiy vahima uyg‘otish; narx belgilari yoki
mahsulot yorliqlari bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar; siyosatchilarning saylovoldi
va’dalarining bajarilmaganligi; milliy mojarolarni qo‘zg‘atish uchun tarixiy faktlarni
jonlantirish; oilani buzadigan turmush
Destruktiv axborot ta’siri tushunchasiga turli tashkilotlarlarda o‘zlariga xos
yondoshuvlar va ko‘rsatgichlar asosida ta’riflar berib o‘tilgan:
Xususan, Belorus Respublikasi axborot xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi
Konsepsiyasiga asosan
destruktiv axborot ta’siri deganda
- siyosiy va
ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarga, davlat organlari faoliyatiga, shuningdek jismoniy va
yuridik shaxslarga davlatning mudofaa qobiliyatini zaiflashtirish, jamoat xavfsizligini
buzish, ataylab tuzish va xulosa qilish maqsadida axborot ta’sirini amalga oshirish
noxush qarorlar va xalqaro shartnomalar, boshqa davlatlar bilan munosabatlarni
yomonlashtirish, ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarni yaratish, favqulodda vaziyatlar xavfini
shakllantirish, an’anaviy ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni yo‘q qilish, davlat
organlarining normal faoliyatiga to‘siqlar yaratish milliy xavfsizlikka boshqa
zararkeltirish.
Bundan tashqari Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining axborot
xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kelishuvi bitimida
destruktiv axborot ta’siri
deganda
- davlat organlari faoliyatini buzish, milliy xavfsizlikni zaiflashtirish,
axborot-kommunikatsiya tizimlari, tarmoqlari va resurslariga, muhim va boshqa
tuzilmalarga zarar yetkazish, davlatlararo munosabatlarni yomonlashtirish, ichki
ijtimoiy siyosiy keskinlik, an’anaviy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni yo‘q qilish, milliy
axborot resurslari ustidan nazoratni o‘rnatish, favqulodda vaziyatlar xavfini tug‘dirish
davlatlarning milliy manfaatlariga boshqa zarar yetkazish.
Bugungi kunning inkor etib bo‘lmaydigan xaqiqat shuki, internetomaniya
kasalligiga duch kelgan yoshlar o‘zining ko‘p vaqtini bexudaga sarflash bilan
o‘tkazmoqdalar, buning oqibatida ularga xam psixologik xam jismoniy va iqtisodiy
jixatdan zarar yetmoqda. Ko‘p xolatlarda virtual dunyo harbiy xizmatchilarning
ijtimoiy
faolligi
o‘rnini
qoplab,
real
dunyodan
ajratib
qo‘ymoqda.
Bizning harbiy xizmatchilarda mediaaxborotlarni to‘liq va to‘g‘ri tushunishlari
uchun
axborotlarni
taxlil
qilish
ko‘nikmalarini
shakllantirish
lozim.
Insoniyat hayotiga televideniye, gazeta, jurnal, kino, radio va internet singib
ketgan. Yuqoridagi faktlarni inobatga olib internetni cheklash va taqiqlash, media
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
252
252
kanallarda uzatilayotgan turli syujetlardan chegaralash, ya’ni barcha turdagi axborotlar
ta’siridan izolyatsiyalash imkoni yo‘qligini anglatadi.
Jamoatchilik fikrini buzg‘unchi g‘oyalarga yo‘naltirmaslik uchun OAV nazorat
qilish kerak emas, balki “destruktiv axborot manbalari ustidan nazoratni” amalga
oshirish lozim. Ushbu nazorat asosan davlat qonunchiligi asosida tartibga solinishi
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Destruktiv axborot manbalarini nazorat qilish to‘g‘risidagi
qonun jamiyatda siyosiy tamoyillarni sezilarli darajada kuchaytiradi, shu bilan birga
demokratik tamoyillarni buzilmasligiga asos bo‘lib xizmat qiladi deb xisoblaymiz.
Xulosa o‘rnida,
mamlakatimizda turli vazirliklar, qo‘mita va idoralar, barcha
muassasalar yoshlarni sport, ma’naviy-ma’rifiy, harbiy vatanparvarlik yo‘nalishidagi
turli dastur va loyihalarda o‘zini namoyon qilishlariga ko‘maklashishda quyidagi
jihatlarga e’tibor qaratishlari maqsadga muvofiq:
- ularning kasbiy, kognitiv, ijtimoiy faoliyat sohalarida muhim strategik
yo‘nalishlarni aniqlab olishlariga yordam beradigan qadriyatlar tizimini shakllantirish;
- ijtimoiy takomillashuv va mas’uliyat hissini tarkib toptirishga ko‘maklashuvchi
ma’naviy yuksalish, tafakkur madaniyati ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- yosh avlod mansub bo‘lgan ijtimoiy guruh vakillarida jamiyatga foyda keltirish
bilan bog‘liq faoliyat turlari bilan shug‘ullanishni nazarda tutadigan qadriyatlar
tizimini, yo‘l-yo‘riqlarni tarkib toptirilishi lozim bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. X.Kollins inglis tili lug‘ati - 2 Edition. 2002 © Harper Collins Publishers 1995.
https://ru.wikipedia.org/wikip/
2020
y
2. U.Qodirov. “Buzg‘unchi g‘oyalar: sabab va oqibatlar tahlili” nomli maqola,
Maxalladosh gazetasi. Toshkent,
05.03.2020
http://mahalladosh.uz/post?id=7778
3. Бакаева, Ж. Ю. Философско-методологические основания информации:
монография / Ж. Ю. Бакаева; Мордов. гос. пед. ин-т. - Саранск, 2007. – 161 с.
4. Mo‘minov A. “O‘zbekiston: axborotlashgan jamiyat sari.-T.: “Turon zamin
ziyo”
nashriyoti,
2013.-
140-141
b.
5. M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti “Axborot-psixologik
xurujlaridan himoya qilish texnologiyalari” o‘quv-uslubiy majmuasi. Toshkent 2014.
11-13
b.
6. Samarov R.S. va Xaydarov K.A. Axborot xavfsizlik psixologiyasi. 2018. 3-4b.
7. E.Xilderik “Destruktiv axbort to‘g‘risida” gi qonun nomli maqolasi 1999 yil
8. Бакаева, Ж. Ю. Философско-методологические основания информации:
монография / Ж. Ю. Бакаева; Мордов. гос. пед. ин-т. - Саранск, 2007. – 161 с.
9. Соглашения о сотрудничестве государств - членов Организации Договора
о коллективной безопасности в области обеспечения информационной
безопасности от 30 ноября 2017 г. http://multilang.etalonline.by/ru