JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
243
243
ONA TILI – MILLATNING RUHIDIR
.
Andijon Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 04-guruh talabasi:
Zaynobiddinova Muslima
Ustozi:
Qanoatova Nazokatxon
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ona tilining jamiyatdagi o‘rni, uning milliy
qadriyatlar va madaniyatni saqlab qolishdagi roli, yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati
yoritilgan.
Shuningdek,
o‘zbek
tilining
taraqqiyoti,
davlat
tili
sifatida
mustahkamlanishi va uni asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinadi.
Maqolada tilga nisbatan ehtiyotkorlik, hurmat va e’tiborning ahamiyati hamda bu
boradagi fuqarolik burchi haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
ona tili, o‘zbek tili, milliy qadriyat, madaniyat, til siyosati, tilni
asrash, yosh avlod, davlat tili, ma’naviyat, til tarbiyasi.
Ona tili – millatning ruhidir
. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash,
rivojlantirish
– millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan.
Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida
turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.
Bundan 27 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu o‘z
davrida tom ma'noda olamshumul voqea bo‘lgan edi. Chunki, Beruniy, Ibn Sino, Al
Xorazmiy, Al Farg‘oniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzo
singari buyuk siymolarni yetishtirgan xalq tili yo‘qolish arafasiga kelib qolgan edi.
Mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq prezidentimiz tomonidan o‘zbek
tiliga davlat maqomi berish masalasi kun tartibiga qo‘yilib, bu ish amalga oshirilgan
edi. Ona tilimiz – o‘zbek tiliga 1989 yil 21 oktabrda davlat tili maqomi berildi. Bu
mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Agar
o‘shanda til to‘g‘risida qonun qabul qilinmaganda edi, o‘zbek tili ham tarix
saxifalaridan joy olgan bo‘larmidi?!.
Shuni ta'kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi
xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan
edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz
taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda
obro‘si oshdi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini
to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng
imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga
oid ensiklopediya va lug‘atlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari chop etildi. Mumtoz
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
244
244
adabiyotimiz namunalari, sakson mingdan ziyod so‘z va so‘z birikmasini, fan, texnika,
sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalarda qo‘llaniladigan
so‘zlarni o‘z ichiga olgan besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” bu borada amalga
oshirilgan ishlarning eng muhimlaridandir.
Til
– millat qiyofasining bir bo‘lagi. Dunyodagi barcha xalqlar o‘zining milliy
rasmiy tiliga ega deb aytolmaymiz. Chunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan
bog‘liq. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda har ikki xaftada bitta
til yo‘qolib bormoqda. Bu o‘z navbatida o‘sha tilda so‘zlashuvchi xalqlarning
yo‘qolishini anglatadi. YuNeSKO vakillarining so‘zlariga qaraganda, qachonlardir
odamlar so‘zlashadigan tillarning soni 7 mingdan 8 mingtagacha yetgan bo‘lsa,
bugungi kunda sayyoramizda 6 mingta til mavjud bo‘lib, ularning 90 foizi yo‘qolib
ketish arafasida turibdi. Bu asosan sivilizatsiya tufayli madaniyatidan ayrilayotgan
kam sonli millatlarning tillaridir. Bu tillarda so‘zlovchi aholining ayrimlari yozuvga
ega bo‘lsa, ayrimlari bundan bebahradir. Masalan, Afrika tillarida so‘zlashuvchi
aholining 80 foizi xamon o‘z yozuvlariga ega emas. Minglab tillardan ta'lim tizimida
foydalanishning imkoniyati yo‘q. Internetdan foydalana olmaydigan tillar haqida-ku
aytmasa ham bo‘ladi. Chunki yangi texnologiyalarning rivojlanishi tufayli ayrim
xalqlar o‘z tillaridan ko‘ra zamonaviy tillardan foydalanishga majbur bo‘lmoqda.
Bugun Internet tilining 81 foizi ingliz tiliga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, avvallari ham tillar
paydo bo‘lgan, muammolada bo‘lib, ma'lum vaqtdan so‘ng yo‘q bo‘lib ketgan. Lekin
hozirgidek tillarning jadallik bilan yo‘qolishi tarixda kuzatilmagan. Yo‘qolib ketish
havfida bo‘lgan tillarning saqlab qolish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa'y-
harakatlarning asosiy maqsadi ham madaniyatlar va tillar xilma-xilligini ta'minlashdan
iboratdir. Chunki aynan til tufayli xalq va elatlarning madaniyati, urf-odatlari saqlanib
qoladi, sayyoramizda yashayotgan xalqlarning o‘tmishi va madaniyati hurmat qilinadi.
Tilshunoslar yo‘qolib ketish arafasida turgan tillarni saqlab qolishning imkoniyatlari
hozircha qo‘ldan boy berilmaganini aytishadi. Tillarni saqlab qolish uchun esa, BMT
ekspertlarining fikricha, bu tillardan ta'lim tizimida keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish
kerak.
Til
– millatning ma'naviy boyligidir. Til nafaqat muammola vositasi – balki
xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga
xurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni
saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo‘llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli
insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish
va xurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham xar bir xalq o‘z
tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi.
Lingvist olimlarning fikricha, yana 25 yildan so‘ng xozir muamolada bo‘lgan
tillarning o‘ntasidan bittasi saqlanib qolar ekan.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
245
245
Bugungi kunda dunyoda 6809 ta til mavjud bo‘lib, ularning teng yarmi sakkizta
davlat – Meksika, Indoneziya, Kamerun, Braziliya, Hindiston, Xitoy, AQSh va
Rossiya xissasiga to‘g‘ri keladi. Eng ko‘p tilli mamlakat sifatida Hindiston tan olinadi.
Bu mamlakatda axoli 845 til va laxjada so‘zlashadi. Ikkinchi o‘rinda esa 600ta til va
shevada so‘zlashuvchi Papua — Yangi Gvineya turadi. Sayyoramizda eng ko‘p aholi
so‘zlashadigan til sifatida xitoy, ingliz va ispan tillari tan olingan. Birinchi o‘nlikka
hindi, bengal, arab, portugal, nemets, rus va yapon tillari ham kiritilgan. Jaxon
tillarining atigi 4 foizi Yevropa qitasiga to‘g‘ri kelsa-da, eng ko‘p so‘zlashuvchi
tillarning teng yarmi “ko‘hna qita”da ekani ma'lum bo‘ldi. 341 million kishi ingliz tilini
ona tili sifatida tan oladi, biroq yana 350 million kishi bu tilni ikkinchi ona tili sifatida
ko‘rishini ma'lum qilgan. Taxlilchilar xitoy va ingliz tillari foydalanish bo‘yicha o‘z
mavqeini oshirib borayotganini aytishadi. Vaziyatni o‘rganayotgan kuzatuvchilarning
fikricha, foydalanuvchilar soni bo‘yicha ayni damda ingliz tili yetakchilik qilayotgan
bo‘lsa, XXI asr o‘rtalariga borib, xitoy tili asosiy til bo‘lib olishi mumkin.
Mavjud tillarining 90%ning har biridan 100.000 aholi foydalanadi. Mana shuning
o‘ziyoq bu tillarning kelajagi qorong‘uligidan dalolat beradi. Bugungi kunda 357 tilda
atigi 50 nafar kishi so‘zlashar ekan. 46 tildan esa atigi bir kishining foydalanishi
aytiladi. Ularning o‘limi bilan bu tillar ham yo‘qoladi. Olimlarning fikricha, til yashab
qolishi uchun undan kamida bir millon kishi so‘zlashishi kerak ekan. Biroq bunday
tillar dunyoda atigi 250 tadir. O‘zbek tili ham mana shu 250taning ichida ekani
quvonarli, albatta.
YuNeSKO tomonidan nashr qilinadigan “Yo‘qolib ketish xavfi arafasida turgan
jahon tillari atlasi”da Yevropadagi 50ta, Tinch okeani mintaqasida esa 200ta til
yo‘qolib ketish arafasida ekani ta'kidlanadi. Afrikadagi 1400ta tildan 600tasi kelajakda,
250tasi esa yaqin orada butunlay yo‘qolishi xaqida bong urilmoqda.
AQSh hududlariga yevrropaliklar qadam qo‘yganlarida bu mintaqada minglab
tillar mavjud edi. Ayni damda shimoliy Amerika hindularning kamida 150ta tili
saqlanib qolgan. Leyptsig universiteti xodimi Baltazar Bikelyaning so‘zlariga
qaraganda, Kavkazda atigi 3-4 kishi so‘zlashuvchi tillar bor.
YuNeSKO xomiyligida Leyptsigda bo‘lib o‘tgan lingvistlarning xalqaro
anjumanida kam sonli xalqlarning tillari yo‘qolib ketishiga globalizatsiya aybdor ekani
aytildi. Biroq ayrim taxlilchilar, tillarning yo‘qolishiga globalizatsiyadan tashqari
ayrim xukumatlar olib borayotgan siyosat xam aybdor ekanini eslatib o‘tishdi. Bu kabi
vaziyat asosan Afrika mamlakatlarida uchramoqda.
Olimlar insoniyat tarixida 9000 mingdan ortiq til yo‘q bo‘lib ketganini aytishadi.
Nafaqat bosib olingan xududlardagi xalqlarning tillari, balki fotihlarning tillari xam
yo‘qolib ketgani tarixdan ma'lum. Bu borada qadimgi yunon, oromiy, lotin, sanskrit,
vediy, assuriy, qadimgi fors tillarini misol sifatida keltirish mumkin. YuNeSKO
mutaxassislari o‘lib va yo‘qolib borayotgan tillarni qutqarib qolish mumkinligini
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
246
246
aytishadi. Misol tariqasida o‘tgan asrning 80 yillarida atigi 8 kishi so‘zlashgan
Yaponiyaning Xokkaydo orolidagi ayn tilini keltirish mumkin. Bugungi kunda
tiklangan bu tilda bir necha ming kishi gaplashmoqda. Ikki ming yil davomida o‘lik til
xisoblanib kelingan ivrit tili xam qayta iste'molga kiritildi. Bugungi kunda ivrit tilida
9 million kishi suxbatlashadi.
Qadimda xalqlar o‘z turar joylaridan majburan ko‘chirilganlari bois ular boshqa
mintaqalarda so‘zlashuvchi xalqlar bilan qorishib ketib, ularni tillarini o‘zlashtirishga
majbur bo‘lgan. Lotin Amerikasidagi ayrim xalqlar esa alkogol va giyoxvand
moddalar iste'moli tufayli yo‘q bo‘lib ketgan. Endilikda esa kichik bir xalq
yoshlarining kelajagi porloq sifatida ko‘riladigan ikkinchi xalq tilidan foydalanishga
urinayotgani bois tillar yo‘qolmoqda.
Qachonki bolalar o‘z ona tillarida o‘qishni to‘htatar ekan, o‘sha til yo‘qolib ketish
arafasiga kelib qoladi. Tillarni saqlab qolish bu o‘sha xalqning madaniyati, urf-odati,
rasm-rusumlarining saqlanib qolinishini anglatadi. Chunki, xalq taqdiri til taqdiri
bilan bevosita bog‘liq. Til har bir millat madaniyatining o‘zagidir. Shu sababli ham
tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi,
tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, ananalarini saqlaydi. Shunday ekan, ona tilimizning
xalqaro miqyosdagi obro‘-e'tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy
tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz tilimizga
chuqur hurmat bilan yondashimiz kerak