Authors

  • Ismoilova Intizor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.97677

Keywords:

Kalit so‘zlar: aktivlar melioratsiya irrigatsion konservatsiya rekonstruksiya depolar presslar konveyerlar amortizatsiya

Abstract

Annotatsiya: ushbu maqolada asosiy fondlardan samarali foydalanish, mehnat bozorida fondlardan qanday samarali foydalanish, asosiy va aylanma fondlarning sifat ta’rifi,  asosiy vositalar yangilanish darajasining tahlili va asosiy fondlar eskirishi haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

217

217

ASOSIY FONDLARDAN FOYDALANISH VA MEHNATNI FONDLAR

BILAN QUROLLANISH KO‘RSATKICHLARI

Toshkent kimyo texnologiya instituti

Yangiyer filiali Iqtisodiyot yo‘nalishi

2-kurs talabasi

Ismoilova Intizor

Annotatsiya:

ushbu maqolada asosiy fondlardan samarali foydalanish, mehnat

bozorida fondlardan qanday samarali foydalanish, asosiy va aylanma fondlarning sifat
ta’rifi, asosiy vositalar yangilanish darajasining tahlili va asosiy fondlar eskirishi
haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

aktivlar, melioratsiya, irrigatsion, konservatsiya, rekonstruksiya,

depolar, presslar, konveyerlar, amortizatsiya


Kirish.

Asosiy fondlar - ishlab chiqarilgan aktivlar bo‘lib, ular uzoq vaqt

davomida (bir yildan kam emas) tovarlar ishlab chiqarish yoki bozor va nobozor
xizmatlar ko‘rsatish uchun xizmat qiladilar. 1996-yildan boshlab asosiy fondlarni
natural formasi va bajarayotgan funksiyalariga qarab quyidagicha tasniflanadi: binolar
(yasholmaydigan), yashaydigan binolar, inshootlar, mashina va uskunalar, transport
vositalari, ishlab chiqarish va xo‘jalik ashyolari, ishchi mollar, mahsuldor mollar, ko‘p
yillik o‘simliklar, asosiy fondlarning boshqa turlari. Asosiy fondlarni bunday tasniflash
asoslangan amortizatsiya me’yorlarini belgilashda, tarkibini va ulardan oqilona
foydalanishni o‘rganishda qo‘llaniladi. Asosiy fondlar tarkibiga yerlarni yaxshilash
(melioratsiya, quritish, irrigatsion va boshqa ishlar) uchun qilingan kapital xarajatlar
va yerga egalik qilish huquqini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar (advokatlar,
ko‘chmas mulk bilan shug‘ullanuvchi agentlar va boshqa vositalar xizmatiga to‘lovlar,
to‘langan soliqlar va yig‘imlar va boshqa tashkiliy xarajatlar) bilan bog‘liq bo‘lgan
xarajatlar ham kiradi.

Asosiy fondlar tarkibini o‘rganish maqsadida ularni quyidagi belgilari bo‘yicha

guruhlarga ajratiladi:

-

iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha;

-

tovarlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar (shu jumladan, sanoat va qishloq xo‘jaligi,

qurilish va h.k. tarmoqlar) asosiy fondlari, xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar (shu
jumladan, transport, aloqa, savdo) asosiy fondlari;

-

mulk formasi bo‘yicha;

-

davlat mulkida bo‘lgan, xususiy mulkda bo‘lgan asosiy fondlar;

-

ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi darajasiga qarab;


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

218

218

-

bevosita mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida qatnashuvchi

asosiy fondlar va harakatda bo‘lmagan asosiy fondlar, shu jumladan, zaxirada,
konservatsiyada, ta’mirlashda, rekonstruksiyada bo‘lganlar;

-

kimga qarashli ekanligiga qarab;

-

xususiy va ijaraga qo‘yilgan asosiy fondlar;

-

hududlar bo‘yicha joylashishiga qarab;

-

tumanlar, shaharlar, viloyatlar va respublika asosiy fondlari.

Mamlakatning qudrati, iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat

a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish shu mamlakat
resurslari,
ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining miqdori va sifati bilan belgilanadi.
Mamlakat va uning sanoati, boshqa tarmoqlari, korxonalari qanchalik ko‘p resurslarga
ega bo‘lsa, u shunchalik qudratli va rivojlangan bo‘ladi. Agar u ana shu resurslardan
to‘la – to‘kis, oqilona foydalana olsa, albatta, buyuk davlatga aylanadi. Sanoat ishlab
chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o‘rni bor. Chunki ularsiz birorta ishni
bajarish, xizmat ko‘rsatish va mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas.

Iqtisodiy maqsadlarga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab

chiqarish fondlariga taqsimlanadi.

Asosiy ishlab chiqarish fondlariga quyidagilar kiradi:
-

Ishlab chiqarish binolari(sehlarning ishlab chiqarish korpuslari, depolar,

garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va labaratoriyalar);

-

Inshootlar(nasos stansiyalar, tunnellar, ko‘priklar va h.k.);

-

Har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalar uzatadigan uzatuvchi uskunalar;

-

Mashinalar va asbob-uskunalar (energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni

ishlash va almashtirishga mo‘ljallangan kuch mashinalari, generatorlar va
gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug‘ qozonlari, havo kompressorlari);

-

Ishchi moshinalar va uskunalar (dastgohlar, presslar, konveyerlar va boshqa turli

yordamchi asbob-uskunalar);

-

O‘lchov va tartibga soluvchi asboblar (labaratoriya asboblari, hisoblash

mashinalari, kompyuterlar);

-

Transport vositalari;

-

Foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lmagan va qonunchilikda belgilab

qo‘yilgan qiymatlardagi asbob va ishlab chiqarish inventarlari.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

219

219

1-jadval

1

Asosiy fondlar

(vositalar)


Asosiy fondlar iqtisodiy faoliyatning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, korxona yoki

tashkilotning uzoq muddatli ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan moddiy
resurslarini ifodalaydi. Asosiy fondlar – bu korxona yoki tashkilotning ishlab chiqarish
jarayonida uzoq muddat (odatda bir yildan ortiq) ishlatiladigan va o‘z shaklini saqlab
qoladigan moddiy aktivlardir. Ular ishlab chiqarish vositalari sifatida xizmat qiladi va
o‘z qiymatini asta-sekin mahsulotga o‘tkazadi (amortizatsiya orqali).

-

Uzoq muddatli foydalanish: Asosiy fondlar bir necha ishlab chiqarish siklida

ishlatiladi va o‘z qiymatini bosqichma-bosqich yo‘qotadi.

-

Kapital sifatidagi xususiyati: Ular korxonaning asosiy kapitalini tashkil qiladi va

iqtisodiy faoliyatning moddiy bazasini ta’minlaydi.

-

Amortizatsiya: Asosiy fondlarning qiymati ishlab chiqarilgan mahsulot

tannarxiga asta-sekin o‘tadi, bu esa ularning yangilanishi va qayta tiklanishi uchun
mablag‘ to‘plash imkonini beradi.

-

Ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri: Asosiy fondlarning sifati va texnologik

darajasi korxonaning raqobatbardoshligi va mahsuldorligiga bevosita ta’sir qiladi.

Mehnat vositalari – inson mehnat buyumlariga ta’sir qiladigan va ularni

o‘zgartiradigan moddiy vositalar majmui. Ishlab chiqarish jarayonida inson moddiy

1

https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/iqtisodiyot/sanoat-ishlab-chiqarishning-asosiy-fondlari-va-

ishlab-chiqarish-quvvatlari


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

220

220

boylik yaratish maqsadida ta’sir qiladigan barcha narsalar mehnat buyumlaridir.
Mehnat vositalari – asosiy fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil
qiladi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o‘tkazish jarayoni
amortizatsiya deb, ushbu jarayonda to‘plangan mablag‘lar amortizatsiya ajratmalari
deb ataladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo‘lgan barcha
mutaxassis va hodimlar soni bilan birgalikda korxonaning ishlab chiqarish apparati deb
ataladi.

2-jadval

2

Asosiy va aylanma fondlarning sifat ta’rifi

Farqlovchi belgilar

Asosiy fondlar

Aylanma fondlar

1.

Ishlab

chiqarish

jarayonida qatnashish turi

Mehnat vositasi sifatida

Mehnat buyumlari sifatida

2.

Ishlab

chiqarish

jarayonida
qatnashishxususiyati

Ishlab chiqarish jarayonida

ko‘p marta qatnashadi

Ishlab chiqarishning har bir

yangi siklida to‘la iste’mol
qilinadi(bir marta qatnashadi)

3.

Tayyor

mahsulotga

qiymatini o‘tkazish usuli

Tayyor mahsulotga butun

xizmat muddati davomida
yemirilgan qiymatini ayrim
qismlarga bo‘lib o‘tkazadi

Tayyor

mahsulotga

o‘z

qiymatini to‘la va bir yo‘la
o‘tkazadi

4.

Natural

shaklining

o‘zgarishi

Xizmat

muddatining

oxirigacha

o‘z

natural

shaklini saqlab qoladi

Natural

shaklini

saqlab

qolmaydi. O‘zining jismoniy
shaklini, ko‘pincha moddiy
tarkibini ham bir yo‘la
o‘zgartiradi


“Amortizatsiya” atamasi umuman olganda asosiy vositalarning eskirishini

qoplanishini, tiklanishini bildiradi. Ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarning eskirishini
pul mablag‘larini jamg‘arish orqali qoplash amortizatsiya deyiladi. Binobarin,
amortizatsiya fondi – eskirishni qoplash uchun mo‘ljallangan pul fondidir. U
amortizatsiyaga ajratilgan mablag‘lar hisobidan tarkib topadi. Amortizatsiya – mehnat
vositalarining eskirishini qisman qoplash uchun mablag‘ ajratishdir. Ma’lumki, ishlab
chiqarish jarayonida asosiy vositalar yemiriladi, eskiradi, asta-sekinlik bilan o‘zining
texnik xususiyatlarini, iste’mol qiymatini yo‘qotib boradi, ularni qiymati esa ishlab
chiqarilayotgan tovarga o‘tkazilib boriladi. Mashina, uskuna, asboblar yeyiladi,
arzonlashadi. Asosiy vositalar qiymatining eskirish summasi amortizatsiya fondiga
borib tushadi. Amortizatsiya fondidan vostilarning ma’lum qismini kapital ta’mirlash
davomida ularni qisman tiklash maqsadida foydalaniladi. Bu sharoitda yo‘qotilgan

2

https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/iqtisodiyot/sanoat-ishlab-chiqarishning-asosiy-fondlari-va-

ishlab-chiqarish-quvvatlari


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

221

221

qiymatni qisman qoplash sodir bo‘ladi. Asosiy vositalarning xizmat muddati
tugaganidan keyin ular butunlay eskiradi, iste’mol qiymatini yo‘qatadi, jamg‘arilgan
amortizatsiya fondi yangi mehnat vositalarini sotib olish imkonini beradi. Asosiy
vositalarning eskirishi qanchalik ko‘p bo‘lsa, ularning qoldiq qiymati shunchalik kam
bo‘ladi va aksincha, asosiy vositalarning eskirish summasiga qarab korxonadagi
mavjud asosiy vositalarning yangi yoki eskiligiga baho berish mumkin.

Asosiy vositalar o‘z balans qiymatini ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga

to‘liq o‘tkazmasdan hisobdan chiqariladigan bo‘lsa, farqi korxona tasarrufida qolgan
foyda hisobidan qoplanadi. Amortizatsiya fondining ajratmalari mahsulot sotishdan
tushgan pul mablag‘i tarkibida xo‘jalikning hisob-kitob raqamiga tushadi. Bu
mablag‘lar faqat kapital xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun sarflanadi. To‘la
tiklash uchun ajratiladigan asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga quyidagilar
kiritiladi:

-

Asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi;

-

Asosiy vositalarning eskirish darajasi;

-

Yaroqlilik darajasi asosiy vositalarning qoldiq qiymatini ularning boshlang‘ich

qiymatiga bo‘lish orqali;

-

Eskirish darajasi asosiy vositalarning eskirish qiymatini ularning boshlang‘ich

qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi.

Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga qarab, ularning texnikasiga baho

beriladi va ularni tartiblash bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.

3-jadval

3

Asosiy vositalar yangilanish darajasining tahlili

Ko‘rsatkichlar

Foydalanishga
topshirilgan

asosiy

vositalar

Jami vositalarning yil
qiymati

Asosiy vositalarning
yangilanish darajasi

O‘tkan yil:

Jami asosiy vositalar

4620

69482

6.6

Sanoat asosiy ishlab
chiqarish vositalari

3156

67937

4.6

Hisobot yili:

Jami asosiy vositalar

5440

71049

7.6

Sanoat asosiy ishlab
chiqarish vositalari

4869

69991

6.9


Korxonada asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi hisobot yilining boshida

44.3% ni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich yil oxiriga kelib, 37.3% ni ko‘rsatgan.
Ya’ni 7% ga pasaygan. Bu ko‘rsatkichning past bo‘lishiga uning tarkibida eskirgan

3

https://ilmiybaza.uz/document/korxonaning-asosiy-fondlari/


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

222

222

asosiy vositalar mavjudligidan dalolat beradi. Korxonada asosiy vositalarning qoldiq
qiymati hisobot yilining boshida 30 ming so‘mni, yil oxirida bu ko‘rsatkich 26 mln.
501 so‘mni tashkil qilgan.

Asosiy fondlarning eskirish va amortizatsiyasi.

Amortizatsiya harajatlari korxonaga jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida

asosiy fondlarning moddiy va ma’naviy eskirishi va ularga ajratilayotgan amortizatsiya
harajatlarini proporsional bo‘lishi muhimligini ko’rsatmoqda.

“Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda investitsiyalarni jalb

etish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim
tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va tehnologik qayta jihozlash,
transport kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma
ob’yektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo‘nalishga aylandi.

Xulosa.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy fondlardan oqilona va samarali

foydalanish har bir xo‘jalik yurituvchi sub’yektning raqobatbardoshligini oshirish,
mahsulot tannarxini kamaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy fondlar - bu uzoq muddat foydalaniladigan moddiy
resurslar bo‘lib, ularning texnik holati, eskirish darajasi va yangilanish sur’ati korxona
ishlab chiqarish quvvatining poydevorini tashkil etadi.

Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlar

orqali baholanadi, xususan:

Fond qaytimi - ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining asosiy fondlarga nisbati;

Fond sig‘imi - mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan asosiy fondlar qiymati;

Fondlarning nisbiy tejami - asosiy vositalarni tejash orqali mahsulot hajmini

oshirish imkoniyati;

Amortizatsiya darajasi va qoldiq qiymat - fondlarning eskirish holati va

yangilanish ehtiyojini aks ettiradi.

Bundan tashqari, mehnatni fondlar bilan qurollanish darajasi ham muhim rol

o‘ynaydi. Bu ko‘rsatkich ishchilarning texnik jihozlanganlik darajasini ifodalaydi va
quyidagi tarzda baholanadi:

Mehnatni fondlar bilan qurollanish koeffitsienti - ishlab chiqarish ishchisiga

to‘g‘ri keladigan asosiy fondlarning qiymati (so‘m/ishchi).

Yuqori darajadagi qurollanish mehnat unumdorligini oshiradi, mahsulot sifati va

ishlab chiqarish hajmini ko‘paytiradi.

Qurollanishning past darajasi esa mehnat samaradorligini pasaytiradi,

texnologik jarayonlarning sekinlashishiga va tannarxning oshishiga olib keladi.


References