Authors

  • Azamatova Sevinch Valijon qizi
  • Sulaymonov Jasur Baxtiyarovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.97686

Keywords:

Kalit soʻzlar: ma`rifatparvar millatchilik gʻoyalari “Tahzib ul-axloq” “Ikki millat nazariyasi” modernizatsiya.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada XIX asr Hindistonidagi mashhur islohotchi va ma’rifatparvar alloma Sayyid Ahmad Xonning ma’rifiy qarashlari tahlil qilinadi. Muallif Sayyid Ahmad Xonning musulmon jamiyatini ilm-fan, tafakkur va zamonaviy ta’lim orqali yangilashga qaratilgan harakatlarini yoritadi. Jumladan, uning Aligarh modeli asosida tashkil etilgan Muhammadan Anglo-Sharq Kolleji faoliyati, “Tahzib al-Axloq” jurnalining nashri orqali ilgari surilgan g‘oyalari, diniy ilmlar va zamonaviy fanlarni uyg‘unlashtirishga bo‘lgan intilishi, hamda ayollar ta’limini yo‘lga qo‘yish borasidagi sa’y-harakatlari tahlil etiladi. Maqolada Sayyid Ahmad Xonning ilg‘or fikrlari o‘z zamonasining ijtimoiy-madaniy kontekstida baholanib, uning bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab qolayotgan g‘oyalari ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

183

183

SAYYID AHMAD XONNING MA’RIFIY QARASHLARI

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Sharq falsafasi va madaniyati yoʻnalishi 3-bosqich talabasi

Azamatova Sevinch Valijon qizi

Ilmiy rahbar:

Sulaymonov Jasur Baxtiyarovich

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi dotsenti, PhD

Annotatsiya:

Mazkur maqolada XIX asr Hindistonidagi mashhur islohotchi va

ma’rifatparvar alloma Sayyid Ahmad Xonning ma’rifiy qarashlari tahlil qilinadi.
Muallif Sayyid Ahmad Xonning musulmon jamiyatini ilm-fan, tafakkur va zamonaviy
ta’lim orqali yangilashga qaratilgan harakatlarini yoritadi. Jumladan, uning Aligarh
modeli asosida tashkil etilgan Muhammadan Anglo-Sharq Kolleji faoliyati, “Tahzib
al-Axloq” jurnalining nashri orqali ilgari surilgan g‘oyalari, diniy ilmlar va zamonaviy
fanlarni uyg‘unlashtirishga bo‘lgan intilishi, hamda ayollar ta’limini yo‘lga qo‘yish
borasidagi sa’y-harakatlari tahlil etiladi. Maqolada Sayyid Ahmad Xonning ilg‘or
fikrlari o‘z zamonasining ijtimoiy-madaniy kontekstida baholanib, uning bugungi
kunda ham dolzarbligini saqlab qolayotgan g‘oyalari ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib
chiqiladi.

Kalit soʻzlar:

ma`rifatparvar, millatchilik gʻoyalari, “Tahzib ul-axloq”, “Ikki

millat nazariyasi”, modernizatsiya.

Abstract:

This article analyzes the educational views of Sayyid Ahmad Khan, a

famous 19th-century Indian reformer and enlightener. The author highlights Sayyid
Ahmad Khan's efforts to renew Muslim society through science, thought, and modern
education. In particular, his activities at the Muhammadan Anglo-Eastern College,
organized on the basis of the Aligarh model, his ideas put forward through the
publication of the journal "Tahzib al-Akhlak," his desire to combine religious and
modern sciences, as well as his efforts to establish women's education are analyzed. In
the article, Sayyid Ahmad Khan's progressive ideas are evaluated in the socio-cultural
context of his time, and his ideas, which remain relevant today, are examined from a
scientific point of view.

Keywords:

enlightenment, nationalist ideas, "Tahzib ul-Akhlaq," "Theory of

Two Nations," modernization.

Аннотация:

В данной статье анализируются просветительские взгляды

Саййида Ахмада Хана, известного реформатора и просветителя Индии XIX века.
Автор освещает усилия Саййида Ахмада Хана по обновлению мусульманского
общества посредством науки, мышления и современного образования. В
частности,

анализируется

деятельность

Англо-Восточного

колледжа


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

184

184

Мухаммада, созданного по модели Алигарха, идеи, выдвинутые через
публикацию журнала "Тахзиб аль-Ахлак," его стремление к гармонизации
религиозных и современных наук, а также его усилия по налаживанию женского
образования. В статье прогрессивные идеи Саййида Ахмада Хана оцениваются в
социокультурном контексте его времени, и его идеи, которые остаются
актуальными и сегодня, рассматриваются с научной точки зрения.

Ключевые слова:

просветитель, националистические идеи, "Тахзиб уль-

ахлак," "Теория двух наций," модернизация.

KIRISH

Sayyid Ahmad Xon hind musulmon islohotchisi, faylasuf va ma’rifatparvari. U

1817-1898-yillarda yashab oʻz faoliyatini olib borgan. Dastlab hind-musulmon
birligini yoqlagan bo'lsa-da, keyinchalik u Hindistonda musulmon millatchiligining
kashshofiga aylangan va Pokiston harakatining asosini tashkil etgan ikki millat
nazariyasining otasi sifatida keng e'tirof etilgan. Boburiylar saroyi bilan mustahkam
aloqaga ega oilada tugʻilgan Ahmad saroyda ilm-fan va Qurʼonni oʻrgangan.

Sayyid Ahmad Xon 1817-yil Dehlida tug‘ilgan.Uning oilasi Boburiylar

imperiyasi davrida yuqori lavozimlarga ega bo‘lgan

1

.U yoshlik chog‘ida klassik islom

ilmlarini o‘rgangan va keyinchalik Britaniya ta’lim tizimi bilan tanishgan.Uning asosiy
qarashlari musulmonlarning Britaniya mustamlakasidagi o‘rniga bog‘liq bo‘lgan.
1857-yilgi Hindiston qo‘zg‘olonidan keyin musulmonlarning ahvoli keskin
yomonlashgach Sayyid Ahmad Xon musulmonlar bilan britanlar o‘rtasidagi ishonchni
tiklashga harakat qilgan. Ma’rifatparvar dastlabki islohotlarni ta’lim tizimi orqali
boshlagan. U 1859-yilda Moradobod shahrida faoliyatidagi dastlabki maktablardan
birini ochgan. 1875-yilda u Muhammadan Anglo-Sharq Kollejini tashkil
qilgan.Keyinchalik bu kollej Aligarh Muslim Universitetiga aylangan. Sayyid Ahmad
Xon turli ilmiy va diniy masalalarda kitoblar yozgan. Islohotchining o‘z qarashlari
“Tahzib al-Axloq” jurnalida bayon qilgan. U Hindiston musulmonlarini zamonaviy
fanlarni o‘rganishga undagan. Olimning qarashlari hind musulmonlari orasida yangi
intellektual harakatni boshlab bergan. Sayyid Ahmad Xon Qur’on tafsiri yozish bilan
ham shug‘ullangan.U Hindistonda modernizatsiyani tezlashtirish uchun ta’limga katta
e’tibor bergan. Sayyid Ahmad Xonning ta’limiy yondashuvi keyinchalik Pokiston
ta’lim tizimiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan. Sayyid Ahmad Xon Hindiston
musulmonlarining ta’lim sohasida orqada qolganligini ko‘rib, bu muammoni hal
qilishga intilgan. U ta’limni modernizatsiya qilish orqali musulmonlarning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotiga erishmoqchi bo‘lgan. Ma’rifatparvar oʻz islohotlarida din va
ilm-fanni uyg‘unlashtirish g‘oyasini ilgari surgan. Uning ta’limiy qarashlari an’anaviy
madrasa tizimini tanqid qilish bilan bog‘liq boʻlib, u Britaniya mustamlakasida

1

Lelyveld, D. (1996). Aligarh's First Generation: Muslim Solidarity in British India. Oxford University Press. (s. 12)


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

185

185

musulmonlar imkoniyatlarini kengaytirishga intilgan. Islohotlarida musulmonlarni
zamonaviy ilm-fan bilan tanishtirish muhim o‘rin tutgan boʻlib, bu yoʻlda vosita
sifatida Hindistondagi musulmonlarning ingliz tilini oʻrganishlari muhim ekanligini
ta’kidlagan. Sayyid Ahmad Xon musulmonlarni zamonaviy fanlar orqali ilgʻor
millatlar qatoriga olib chiqish mumkin deb hisoblagan. Uning fikricha, yevropacha
ta’limni o‘rganish Islom tamoyillariga zid emas. Shu sababdan u o‘zining islohotchilik
faoliyatida zamonaviy tafakkurni rivojlantirishga harakat qilgan.

ASOSIY QISM

Sayyid Ahmad Xon musulmonlar orasida ilmiy tafakkurni yoyish uchun

jurnalistikani ham rivojlantirgan. U madrasalar va maktablarda tabiiy fanlar
o‘qitilishini yoqlagan. Sababi, oʻz davrida maorif oʻchogʻi boʻlgan madarasalar
faqatgina diniy ta’lim bilan cheklanib qolgan edi. Sayyid Ahmad Xon ilmiy taraqqiyot
va iqtisodiy rivojlanish o‘zaro bog‘liq deb hisoblagan. Marifatparvar Islohotlar orqali
musulmonlarni davlat idoralarida ishlashga tayyorlashni maqsad qilgan. Uning
fikricha, madaniy an’analarga rioya qilish bilan birga zamonaviylashish ham muhim.
Sayyid Ahmad Xonning ta’lim islohotlari Hindistondagi Aligarh harakatining negizini
tashkil qilgan. Uning qarashlari mustamlaka davridagi musulmonlarning ta’lim
tizimiga ta’sir qilgan.

Sayyid Ahmad Xon zamonaviy bilimlarning diniy bilimlar bilan integratsiyasini

muhim deb hisoblagan. U Hindiston musulmonlari o‘z madaniyatini saqlab,
zamonaviylashishi lozimligini aytgan.

XIX asrda Hindistonda musulmonlarning ta’lim darajasi juda past edi.

Madrasalar asosan diniy ta’lim berishga qaratilgan bo‘lib, dunyoviy fanlar deyarli
o‘qitilmas edi.Yodlashga asoslangan ta’lim tizimi tanqidiy fikrlashni rivojlantirmas
edi.Hindiston musulmonlari mustamlaka ma’muriyatida ishlash imkoniyatidan
mahrum bo‘lib borayotgan edi.Britaniya mustamlakasi ostida musulmonlar ijtimoiy va
iqtisodiy jihatdan zaiflashdi va oqibatda Musulmonlar va hindular orasida ta’lim
darajasida katta tafovut paydo bo‘ldi. Madrasalarda faqat diniy fanlarga urg‘u berilgan
bo‘lib, zamonaviy fanlar chetlab o‘tilganligi sababli, musulmonlar orasida savodxonlik
darajasi hindular va britanlardan ancha orqada edi.Britaniyaliklar tomonidan ochilgan
maktablarga musulmonlar ishonchsizlik bilan qarardi.Ba’zi musulmon ulamolari ingliz
tilida ta’lim olishni “g‘arbiy madaniyatni qabul qilish” deb tushungan.

1857-yildagi qo‘zg‘olondan keyin musulmonlar ta’lim va siyosiy

jarayonlardan chetlatildi. Mustamlakachilar universitetlar va ilmiy markazlar yaratdi,
lekin ushbu markazlardagi musulmonlarning soni juda ozchilikni tashkil etardi.
An’anaviy diniy ta’lim musulmon jamiyatida yetakchilik qila oladigan zamonaviy
mutaxassislarni yetishtira olmadi.Matematika, tabiiy fanlar, tibbiyot va muhandislik
bo‘yicha ta’lim tizimi musulmonlar orasida juda zaif edi. Sayyid Ahmad Xon aynan
mana shu muammolarni hal qilish uchun islohot boshladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

186

186

Sayyid Ahmad Xon madrasalardagi ta’lim tizimini eskirgan deb hisoblab,

musulmonlarning faqat yodlash va diniy bilim bilan chegaralanib qolishini tanqid qildi.
Uning fikricha, fan va texnologiyadan voz kechish musulmon jamiyatining orqada
qolishiga sabab bo‘lgan. U G‘arb ilm-fani va texnologiyasini o‘rganish shariatga zid
emasligini isbotlashga harakat qildi. Olimning ta’kidlashicha, Qur’on tafsiri va islom
ilmlari zamonaviy fanlar bilan bog‘lanishi kerak edi

2

. Musulmonlar mustamlakachi

hukumat bilan ilmiy hamkorlik qilishlari va ingliz tilini oʻrganib, davlat idoralarida
ishlashlari orqali musulmonlarning bir qadar rivojlanishiga erishishi mumkin edi. U
G‘arb ilm-fani va falsafasidan foydalanish orqali musulmon madaniyatini
mustahkamlash mumkinligini ta’kidlagan. Sayyid Ahmad Xon “faqat diniy ta’lim
bilan cheklanib qolish musulmonlar uchun xavfli” deb hisoblagan. U madrasalar va
eski ta’lim tizimini faqat shariatga asoslanganligi uchun emas, balki eskirganligi uchun
tanqid qilgan. Sayyid Ahmad Xon ta’lim tizimida G‘arb va Sharqning ilg‘or jihatlarini
uyg‘unlashtirishga harakat qildi. U an’anaviy madrasa ta’limining faqat diniy bilimlar
bilan cheklanishini tanqid qilib, musulmonlar uchun zamonaviy fan va
texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimi zarurligini ilgari surdi. Uning fikricha, ilm-
fan va din bir-biriga zid tushunchalar emas, aksincha, biri ikkinchisini to‘ldirishi kerak.
U Qur’onni aql va mantiq orqali tushunish tarafdori bo‘lib, diniy ta’lim bilan bir
qatorda tabiiy fanlar va zamonaviy fanlarni ham o‘qitish muhimligini ta’kidladi.

Bu g‘oyalarni keng targ‘ib qilish maqsadida Sayyid Ahmad Xon “Tahzib al-

Axloq” jurnalini nashr eta boshladi

3

. Ushbu jurnal orqali u musulmonlarni ilmiy

tafakkurga chorlab, ularning aqliy ozodligini rivojlantirishga harakat qildi. Uning
ta’kidlashicha, mustamlakachilik sharoitida musulmonlar o‘z ta’lim tizimini isloh
qilmasa, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ortda qolishda davom etaveradi. Shu sababli u
ta’limni faqat diniy bilimlar bilan cheklab qo‘yish noto‘g‘ri ekanligini, aksincha,
musulmon yoshlarini matematika, tabiiy fanlar, falsafa va texnologiya bilan
tanishtirish lozimligini ilgari surdi.

Bu qarashlarini amalda joriy qilish uchun Sayyid Ahmad Xon 1875-yilda

Muhammadan Anglo-Sharq Kollejini (MAO) tashkil etdi. Keyinchalik bu muassasa
Aligarh Muslim Universitetiga (AMU) aylangan bo‘lib, Hindistondagi eng nufuzli
ta’lim maskanlaridan biriga aylandi. MAO kolleji o‘quv dasturiga ingliz tili,
matematika, tabiiy fanlar, huquq va falsafa kabi fanlar kiritildi. U an’anaviy madrasa
tizimidan farqli o‘laroq, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va amaliy bilimlarni berishga
e’tibor qaratdi. Sayyid Ahmad Xon kolleji orqali musulmon yoshlarga zamonaviy
dunyoda raqobatbardosh bo‘lish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni berishga harakat qildi.

Ushbu ta’lim modelining asosiy maqsadi musulmon jamiyatidan ilg‘or

fikrlovchi yetakchilarni yetishtirish edi. Sayyid Ahmad Xon musulmonlar faqat diniy

2

Ahmad, S. (2006). Sir Sayyid Ahmad Khan and the Muslim Cause in British India. Islamic Book Foundation. (s. 78)

3

Minault, G. (1982). The Khilafat Movement: Religious Symbolism and Political Mobilization in India. Columbia

University Press. (s. 45)


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

187

187

ilmlar bilan cheklanib qolmasligi, balki zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarni
o‘rganib, jamiyatning har bir sohasida faol rol o‘ynashi kerakligini ta’kidladi. Shu
sababdan u MAO kollejida diniy fanlarni zamonaviy fanlar bilan parallel ravishda
o‘qitish tizimini joriy etdi. Bu orqali u Sharqning axloqiy qadriyatlarini G‘arbning
ilmiy yutuqlari bilan uyg‘unlashtirishga harakat qildi.

Sayyid Ahmad Xonning ta’lim modeli nafaqat Hindiston musulmonlari, balki

butun Islom olami uchun ham yangi yo‘nalish ochib berdi. Uning islohotlari
musulmonlarning jamiyatda faol ishtirok etishi va zamonaviy dunyo bilan
uyg‘unlashuvi uchun muhim asos bo‘ldi. Bugungi kunda ham Aligarh modeli ko‘plab
musulmon mamlakatlarida ta’lim tizimining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Sayyid Ahmad Xon ta’lim tizimini isloh qilish jarayonida nafaqat o‘quv

dasturlarini yangiladi, balki o‘qitish uslublarini ham o‘zgartirishga harakat qildi. U
an’anaviy madrasa ta’limining asosiy kamchiliklaridan biri sifatida yodlashga
asoslangan usulni tanqid qildi. Uning fikricha, ta’lim jarayoni shunchaki axborotni
yodlash emas, balki o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga
xizmat qilishi kerak edi. Shuning uchun u talabalarga savol berish, muhokama qilish
va mustaqil fikrlashni o‘rgatishga alohida e’tibor qaratdi.

Sayyid Ahmad Xon fikricha, tanqidiy tafakkur va ilmiy metodologiya har

qanday ta’lim tizimining asosiy tamoyillari bo‘lishi lozim. U talabalarni nafaqat tayyor
bilimlarni o‘rganishga, balki o‘z mustaqil xulosalarini chiqarishga undadi. U
o‘qituvchilarni o‘quvchilar bilan ochiq muloqot qilishga va ularga mantiqiy tafakkur
orqali savollarga javob berishni o‘rgatishga chaqirdi. Bu uslub o‘sha davr uchun
yangilik bo‘lib, an’anaviy ta’lim tizimidan keskin farq qilardi.

Shuningdek, Sayyid Ahmad Xon ta’lim jarayonida amaliy bilimlarga alohida

e’tibor qaratdi. U nazariy bilimlarning amaliy tajriba bilan mustahkamlanishi
kerakligini ta’kidlab, laboratoriya ishlari va eksperimental tadqiqotlarni joriy etishga
harakat qildi. Bu uslub ayniqsa tabiiy fanlar, matematika va texnologiya sohalarida
muhim ahamiyat kasb etdi. Uning Aligarh modeli asosida tashkil etilgan Muhammadan
Anglo-Sharq Kollejida amaliy mashg‘ulotlar ta’lim tizimining ajralmas qismiga
aylandi

4

. Bu orqali Sayyid Ahmad Xon nazariy bilimlarni kundalik hayotda qo‘llay

oladigan, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan mutaxassislar tayyorlashni maqsad
qilgan edi.

Ta’lim tizimidagi eng katta muammolardan biri ayollar ta’limiga bo‘lgan

yondashuv edi. O‘sha davrda musulmon jamiyatida ayollarning ilm olishiga nisbatan
ko‘plab cheklovlar mavjud edi. Biroq Sayyid Ahmad Xon ayollar ham ilmli bo‘lishi,
ta’lim olish huquqiga ega ekanini ta’kidlab, bu borada muhim qadamlar tashladi. U
qizlar uchun alohida maktablar tashkil etishga urindi va jamiyatdagi konservativ

4

Lelyveld, D. (1978). Aligarh's First Generation: Muslim Solidarity in British India. Oxford University Press. (s. 103)


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

188

188

qarashlarga qarshi turishga harakat qildi

5

. Biroq uning bu sa’y-harakatlari an’anaviy

ulamolar va ijtimoiy doiralar tomonidan kuchli qarshilikka uchradi. Shunga qaramay,
Sayyid Ahmad Xonning g‘oyalari keyinchalik ayollar ta’limi rivojiga zamin yaratdi va
Hindiston musulmon jamiyatida bu borada ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi.

Umuman olganda, Sayyid Ahmad Xon ilgari surgan pedagogik uslublar o‘sha

davr musulmon ta’lim tizimi uchun inqilobiy yangilik bo‘ldi. U an’anaviy yodlash
tizimidan voz kechib, tanqidiy tafakkur va amaliy bilimga asoslangan ta’lim modelini
targ‘ib qildi. Uning fikricha, bu usullar musulmon jamiyatini rivojlantirish va ularni
zamonaviy dunyoga moslashtirish uchun asosiy kalit bo‘lib xizmat qilishi lozim edi.
Bugungi kunda ham uning ilgari surgan ta’lim uslublari dolzarb bo‘lib, ko‘plab ta’lim
tizimlari aynan shu tamoyillar asosida shakllanmoqda.

Sayyid Ahmad Xon ta’lim islohotlarini amalga oshirar ekan, til masalasiga

alohida e’tibor qaratdi. Uning fikricha, til – bu nafaqat aloqa vositasi, balki milliy o‘zlik
va madaniyatni saqlab qolishning muhim omili hamdir. Shuning uchun u o‘z ta’lim
modelida Urdu tilining o‘rnini mustahkamlashga harakat qildi. U Urdu tilini Hindiston
musulmonlarining madaniy va ilmiy taraqqiyotida asosiy vosita deb bilgan. Ammo shu
bilan birga, musulmon yoshlarining global dunyo bilan hamohang rivojlanishi uchun
ingliz tilini ham o‘rganish zarurligini ta’kidlagan.

O‘sha davrda Hindistonda ingliz mustamlakachiligi hukm surar, ingliz tili esa

davlat idoralari, ilm-fan va iqtisodiy sohalarda asosiy aloqa tili edi. Sayyid Ahmad Xon
musulmonlarning bu sohadan chetda qolmasligi uchun ularni ingliz tilini o‘rganishga
da’vat etdi. U ingliz tilini nafaqat amaliy hayotda foydali til, balki ilm-fan va
texnologiyani o‘rganish uchun kalit deb bildi. Shu sababli u Muhammadan Anglo-
Sharq Kollejida ingliz tilini asosiy fanlardan biri sifatida joriy etdi. Uning bu qarori
ayrim an’anaparast ulamolar tomonidan tanqid qilindi, chunki ular ingliz tilining ta’lim
tizimiga kiritilishini G‘arb ta’sirini kuchaytirish deb hisoblagan. Biroq Sayyid Ahmad
Xon bunday fikrlarga qarshi chiqib, ingliz tilini o‘rganish musulmonlarning
intellektual rivojlanishi va ijtimoiy taraqqiyoti uchun muhim ekanini isbotlashga
harakat qildi.

Biroq u musulmon yoshlar o‘z madaniy ildizlaridan ajralib qolmasligi uchun

Urdu tilini ham saqlab qolish tarafdori edi. Uning fikricha, Urdu tili musulmonlar
tarixiy va madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lib, bu tilda adabiyot, tarix, falsafa
va diniy ilmlar rivojlangan edi. Shu sababli u musulmonlarning ta’lim olishi uchun eng
maqbul til Urdu tili bo‘lishi lozim deb hisobladi. Sayyid Ahmad Xon Urdu tilining
rasmiy maqomini mustahkamlash uchun ko‘plab ilmiy va adabiy asarlar yozdi. U Urdu
tilidagi ilmiy adabiyotlarni boyitish va shu tilda ta’lim olish imkoniyatlarini
kengaytirishga harakat qildi.

5

Minault, G. (1998). Secluded Scholars: Women's Education and Muslim Social Reform in Colonial India. Oxford

University Press. (s. 59)


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

189

189

Sayyid Ahmad Xonning islohotlari natijasida Hindiston musulmonlari orasida

ilmiy tafakkur rivojlandi va ular ilg‘or jamiyatlar bilan hamohang harakatlana
boshladilar. Uning ta’lim modeli orqali musulmon yoshlar ingliz tilini mukammal
o‘rganib, zamonaviy fan va texnologiyalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bu esa Hindiston musulmonlarining davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ilm-fan
sohalarida faol ishtirok etishiga olib keldi.

XULOSA

Sayyid Ahmad Xonning g‘oyalari va islohotlari bugungi kunda ham o‘z

ahamiyatini yo‘qotmagan. U asos solgan Aligarh Muslim Universiteti (AMU)
Hindistonning yetakchi ilmiy markazlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu
universitetdan minglab yetuk mutaxassislar yetishib chiqdi va ular Hindistonning
siyosiy, iqtisodiy va ilmiy sohalarida muhim rol o‘ynashda davom etmoqda.
Pokistonda esa Sayyid Ahmad Xonning ta’limga bo‘lgan qarashlari katta ta’sir
ko‘rsatgan. Pokistonning ta’lim tizimi ko‘p jihatdan Aligarh modeliga asoslangan
bo‘lib, u yerda ham ilm-fan va diniy ta’lim uyg‘unligi saqlangan. Pokistonda tashkil
etilgan Karachi Universiteti, Lahor Universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlari Sayyid
Ahmad Xonning ta’lim modelidan ilhomlangan holda tashkil etilgan. Bundan tashqari,
Hindiston va Pokistonda ingliz tilining ta’lim tizimidagi o‘rni bugungi kunda ham
dolzarb bo‘lib qolmoqda. Sayyid Ahmad Xon o‘z vaqtida ingliz tilini o‘rganish
musulmonlar uchun zarur ekanligini ta’kidlagan edi. Bugungi kunda ham Hindiston va
Pokistonning yirik universitetlarida ingliz tili asosiy ta’lim tili sifatida qo‘llaniladi.

Bugungi kunda Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo

mamlakatlari ham ta’lim tizimlarini isloh qilishda shu tamoyillardan foydalanmoqda.
Masalan, Malayziya va Turkiya ta’lim tizimlari Sayyid Ahmad Xonning qarashlariga
mos tarzda diniy va dunyoviy fanlarni uyg‘unlashtirish tamoyiliga asoslangan.

Shuningdek, Buyuk Britaniya, AQSh va boshqa G‘arb mamlakatlarida istiqomat

qilayotgan musulmon jamoalari ham Sayyid Ahmad Xonning merosidan ilhomlanib,
Islomiy ta’lim va zamonaviy ilmlarni uyg‘unlashtirgan maktablar ochmoqda. Masalan,
London va Nyu-Yorkdagi musulmon ta’lim muassasalari aynan shu g‘oyaga
asoslanadi.

Sayyid Ahmad Xon o‘z zamonida musulmon jamiyatining kelajagini oldindan

ko‘ra olgan va ular uchun zamonaviy dunyoda raqobatbardosh bo‘lishning yo‘lini
ko‘rsatgan. Bugungi kunda uning merosi turli mamlakatlarda hamon saqlanib qolgan
va rivojlanishda davom etmoqda.






background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

190

190

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

Nizami, K. A. Sir Syed Ahmad Khan: A Political Biography. Aligarh Muslim
University Press, 1966.

2.

Troll, Christian W. Sayyid Ahmad Khan: A Reinterpretation of Muslim
Theology. Vikas Publishing House, 1978.

3.

Lelyveld, David. Aligarh’s First Generation: Muslim Solidarity in British
India. Princeton University Press, 1978.

4.

Minault, Gail. Secluded Scholars: Women’s Education and Muslim Social
Reform in Colonial India. Oxford University Press, 1998.

5.

Ahmad, S. Sir Sayyid Ahmad Khan and the Muslim Cause in British India.
Islamic Book Foundation, 2006.




References

Nizami, K. A. Sir Syed Ahmad Khan: A Political Biography. Aligarh Muslim University Press, 1966.

Troll, Christian W. Sayyid Ahmad Khan: A Reinterpretation of Muslim Theology. Vikas Publishing House, 1978.

Lelyveld, David. Aligarh’s First Generation: Muslim Solidarity in British India. Princeton University Press, 1978.

Minault, Gail. Secluded Scholars: Women’s Education and Muslim Social Reform in Colonial India. Oxford University Press, 1998.

Ahmad, S. Sir Sayyid Ahmad Khan and the Muslim Cause in British India. Islamic Book Foundation, 2006.