Authors

  • Diana Xudayberganova
    Urganch davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.127287

Keywords:

She’r tafakkur tarbiya daraxt qish kuz matonat qanoat meva yaxshilik ezgulik g‘amxo‘rlik.

Abstract

Mazkur maqolada o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilariga badiiy adabiyotlarni o‘qitish orqali ularda ezgu fazilatlarni shakllantirish, atrofimizdagi har bir jonli va jonsiz narsalarga nisbatan hurmat, sevgi, sadoqat, vafo, samimiyat, halollik, rostgo‘ylik kabi insoniy hislatlar haqida fikr yuritildi. Xususan mahoratli, iste’dodli, qalbida olov yonib turadigan, O‘zbek adabiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Iqbol Mirzoning “Daraxtlar” she’ri tahlilga tortildi. Muhokama davomida daraxtlarga alohida ehtirom ko‘rsatilgani, ularning matonatli, qanoatli, tabiatning har qanday mavsumiga tayyor ekanligi yoritilib berildi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

622




IQBOL MIRZO ASARLARINI O‘QITISHNING TARBIYAVIY

AHAMIYATI (“DARAXTLAR” SHE’RI MISOLIDA)

Xudayberganova Diana Vladimirovna,

Urganch davlat pedagogika instituti

o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi

https://orcid.org/0009-0000-2398-1612

e-mail: kudaybergenovadiana@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilariga badiiy

adabiyotlarni o‘qitish orqali ularda ezgu fazilatlarni shakllantirish, atrofimizdagi har
bir jonli va jonsiz narsalarga nisbatan hurmat, sevgi, sadoqat, vafo, samimiyat,
halollik, rostgo‘ylik kabi insoniy hislatlar haqida fikr yuritildi. Xususan mahoratli,
iste’dodli, qalbida olov yonib turadigan, O‘zbek adabiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan
Iqbol Mirzoning “Daraxtlar” she’ri tahlilga tortildi. Muhokama davomida
daraxtlarga alohida ehtirom ko‘rsatilgani, ularning matonatli, qanoatli, tabiatning
har qanday mavsumiga tayyor ekanligi yoritilib berildi.

Kalit so‘zlar:

She’r, tafakkur, tarbiya, daraxt, qish, kuz, matonat, qanoat,

meva, yaxshilik, ezgulik, g‘amxo‘rlik.

Abstract.

This article discusses the formation of noble qualities in secondary

school students through teaching them fiction, such as respect for every living and
inanimate thing around us, love, loyalty, fidelity, sincerity, honesty, and truthfulness.
In particular, the poem "Trees" by Iqbol Mirzo, who is skillful, talented, and has a
fire burning in his heart, and has a place in Uzbek literature, was analyzed. During
the discussion, it was highlighted that trees are shown special respect, that they are
strong, content, and ready for any season of nature.

Keywords:

Poetry, contemplation, education, tree, winter, autumn,

perseverance, contentment, fruit, goodness, kindness, care.

Аннотация.

В данной статье рассматривается формирование

благородных качеств у учащихся средних школ посредством обучения их
художественной литературе, таких как уважение ко всему живому и неживому
вокруг нас, любовь, преданность, верность, искренность, честность и
правдивость. В частности, было проанализировано стихотворение «Деревья»
Икбола Мирзо, который искусен, талантлив, в его сердце горит огонь, и имеет


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

623




место в узбекской литературе. В ходе обсуждения было подчеркнуто, что
деревьям оказывается особое уважение, что они сильны, довольны и готовы к
любому сезону природы.

Ключевые слова:

Поэзия, размышление, образование, дерево, зима,

осень, настойчивость, удовлетворенность, плод, доброта, забота.

Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt kundan-kunga avj

olib bormoqda va har qanday yoshdagi insonni ham o‘ziga tortmoqda. Hamma
narsaning ijobiy va salbiy tomonlari bo‘lganligi kabi uning ham bir qancha
afzalliklari va kamchiliklari bor. Jumladan, qulayligini zamon bilan hamnafas
bo‘lishni, savollarga qisqa muddat ichida javob olishni, uzog‘imizni yaqin qilib
tezda bog‘lana olishimizni ta’minlab beryapti desak adashmagan bo‘lamiz. Biroq,
uning kamchiligi sifatida ba’zi bir yoshlar undan oqilona foydalana olmasligini,
o‘ziga berilgan vaqtni havoga sovurib, munkasidan ketib unga bog‘lanib qolganini
aytishimiz mumkin. Otabek Xasanov “Liderlar kitobi” nomli risolasida quyidagicha
fikr keltirib o‘tadi: “Internetning yaxshi yoki yomonligini muhokama qilib, yoshlar
tarbiyasini buzyapti, deb undan voz kecha olmaymiz” [1.140]. Demak bu vaziyat
bilan jiddiy shug‘ullanib, kelajak-avlod tarbiyasiga befarq bo‘lmaslik har
birimizning vazifamizdir. Bu jarayon aynan o‘rta ta’lim maktablarida o‘qish
davomida yuzaga keladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki ayni shu paytda
o‘smirlik yoshini boshdan o‘tkazayotgan o‘quvchining ong-shuuriga yomon
illatlardan qochish, insoniy fazillatlarni shakllantirish to‘g‘risida yetarlicha bilim,
tarbiya berish muhimdir. Shu nuqtayi nazardan darsliklarda o‘qitiladigan har qanday
adabiyotlarni chuqur o‘zlashtirishiga, mavzuni puxta egallashini ta’minlashga
yordam berish zarur. Buni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
o‘zining “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon
bo‘ladi” asarida quyidagicha xitob qiladi: “Biz O‘zbekistonning buyuk kelajagini
barpo etishga mahkam bel bog‘lagan ekanmiz, bu ulug‘ ishni ertaga emas, bugun
boshlashimiz, buning uchun avvalo navqiron yoshlarimizga zarur sharoitlarni aynan
bugun

yaratib

berishimiz

kerak”

[387]. O‘zbek adabiyotining yirin

namoyondalaridan bo‘lgan, davlat va jamoat arbobi, bir qator davlat mukofotlari
sovrindori Iqbol Mirzoning asarlarida ham shunday ezgu, insoniy fazilatlarni
ko‘rishimiz mumkin. Adibning to‘liq ismi Iqboljon Mirzaaliyev bo‘lib, Iqbol Mirzo
uning taxallusidir. U 1967-yilda Farg‘ona viloyatida ziyolilar oilasida tavallud
topgan [200]. Har bir insonning hayotda o‘rnini topishiga, bilim olishiga sharoit


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

624




yaratib berishida albatta ota-onaning o‘rni beqiyosdir. Yozuvchining ham shunday
teran fikrlashi, tafakkurining yuksak darajada bo‘lishida o‘qituvchilar oilasida
dunyoga kelgani deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. To‘g‘ri jamiyatning har qanday
sohasida faoliyat olib boradigan shaxslar lozim. Lekin maktab davridagi murabbiy
eng avvalo o‘zini anglab olishi, umri davomida qo‘llaydigan bilimni berishi,
jamiyatga kerakli bo‘lib yetishtirishda tutgan o‘rni bilan boshqa sohalardan ajralib
turadi. Adib ushbu she’ri orqali tabiatning har faslida har xil vaziyatlarga to‘g‘ri
kelib qolganida ham, qaddini tik tutib, hammasiga sabr, bardosh qilishi kerakligini
yoritib o‘tgan. Jumladan qishning qahraton sovuqligidan, kuzning yomg‘irlaridan
aziyat chekishiga qaramasdan, o‘zining saxovatpeshaligi bilan shirin-shakar
mevalarni berishi taqsinga loyiqdir. She’r nafaqat daraxtlar haqida, balki boshiga
qanday kun kelishidan qat'iy nazar Vatanini qo‘riqlaydigan, himoya qiladigan,
Vatani uchun kerak bo‘lsa jonini beradigan insonlar haqida desak nur ustiga a’lo nur
bo‘ladi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Хасанов.О. Лидерлар китоби ─Тошкент: Muharrir nashriyoti, 2020.

─340 б

2.

Mirzayeva Z., Jalilov K. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi

uchun darslik. –Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. –224

3.

Mirziyoyev.Sh. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va

kelajagi farovon bo‘ladi ─Toshkent: O‘zbekiston, 2019. ─ 398 b


References

Хасанов.О. Лидерлар китоби ─Тошкент: Muharrir nashriyoti, 2020. ─340 б

Mirzayeva Z., Jalilov K. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. –Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. –224

Mirziyoyev.Sh. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi ─Toshkent: O‘zbekiston, 2019. ─ 398 b