“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
35
OSKAR UAYLDNING “BAXTLI SHAHZODA” ERTAGINING
TARBIYAVIY AHAMIYATI
Xudayberganova Diana Vladimirovna, Urganch davlat pedagogika
instituti talabasi
THE EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF OSCAR WILDE'S FAIRY
TALE "THE HAPPY PRINCE"
Khudayberganova Diana Vladimirovna, student of Urgench State
Pedagogical Institute
ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ СКАЗКИ ОСКАРА УАЙЛЬДА
«СЧАСТЛИВЫЙ ПРИНЦ»
Худайберганова Диана Владимировна, студентка Ургенчского
государственного педагогического института.
https://orcid.org/0009-0000-2398-1612
e-mail: kudaybergenovadiana@gmail.com
Annotatsiya.
Mazkur maqolada jahon adabiyotining mashhur yozuvchilaridan
bo‘lgan Oskar Uayldning “Baxtli Shahzoda” ertagi muhokama qilindi. Asarning
asosiy g‘oyasi insoniy fazilatlar nafaqat tiriklik chog‘ida, balki hayotdan ko‘z yumib
ketganingdan keyin ham o‘z kuchini yo‘qotmasligidadir. Ertakning markazida inson
bilan birga hayvon, ya’ni qaldirg‘och qushi turadi. Uyiga ketmasdan, vafot etguniga
qadar shahzodaning iltimos va istaklarini bajargan qushning sadoqati orqali asarning
badiiy estetik qiymati yanada oshirilgan.
Kalit so‘zlar:
Haykal, Baxtli Shahzoda, mehr-muhabbat, tarbiya, sadoqat,
saxovatpeshalik, o‘zida borini ayamaslik, insoniy fazilatlar, Qaldirg‘och.
Abstract.
This article discusses the fairy tale "The Happy Prince" by Oscar
Wilde, one of the famous writers of world literature. The main idea of the work is
that human qualities do not lose their strength not only during life, but also after
death. At the center of the fairy tale is an animal, namely a swallow bird, along with
a person. The bird's loyalty, which fulfilled the prince's requests and wishes until his
death, without going home, further enhances the artistic aesthetic value of the work.
Keywords:
Statue, Happy Prince, love, upbringing, loyalty, generosity,
selflessness, human qualities, swallow.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
36
Аннотация.
В статье рассматривается сказка «Счастливый принц»
Оскара Уайльда, одного из самых известных писателей мировой литературы.
Основная идея произведения заключается в том, что человеческие качества не
теряют своей силы не только при жизни, но и после смерти. В центре
повествования — животное — ласточка, а также человек. Художественно-
эстетическую ценность произведения еще больше усиливает преданность
птицы, которая исполняла просьбы и желания принца до самой его смерти, не
возвращаясь домой.
Ключевые слова:
Статуя, Счастливый принц, любовь, воспитание,
верность, щедрость, бескорыстие, человеческие качества, ласточка.
KIRISH (ВВЕДЕНИЕ/INTRODUCTION).
Tarbiya borasida so‘z ketar
ekan, uning inson shakllanishi, rivojlanishida eng muhim omil desak adashmagan
bo‘lamiz. Chunki inson hayoti davomida tarbiyaga muhtojdir. O‘zbek millati azal-
azaldan pand-nasihat ruhida yozilgan ertaklarni dastlab kattalar tomonidan eshitib,
keyinchalik o‘zi ham kichik yoshdagi bolalarga aytib aytib katta bo‘ladi. Kelajakda
yaxshi inson bo‘lib yetishishida ham ularning o‘rni beqiyosdir. Zero, bu borada
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov
o‘zining “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida: “Takror aytishga to‘g‘ri
keladi – ota-onalar, ustoz-murabbiylar bu masalada hushyorlikni yo‘qotmasligimiz,
yoshlar tarbiyasida aslo beparvo bo‘lmasligimiz zarur” [1.10] deya ta’kidlab o‘tgan.
Ya’ni buning uchun farzand tarbiyasida u hali juda kichkina yoshdaligidan diqqat
va e’tibor bilan harakat qilishimiz lozimdir. Yer yuzining qaysi burchagida
bo‘lishidan qat’iy nazar, har bir mamlakatning o‘ziga yarasha qadriyati, an’anasi,
urf-odatlari va mentaliteti bo‘ladi. Chunki ertak janri deyarli hamma mamlakatda
bor va sevimliligini yo‘qotmasdan kelyapdi desak adashmagan bo‘lamiz. Bu borada
Sharq adabiyotining xalq og‘zaki ijodi namunalari va adiblar tomonidan yozilgan
ertaklar bilan bir qatorda G‘arb adabiyoti ertaklari, yirik namoyondalarining fikr-
mulohazalari taqsinga loyiqdir. Har ikkalasining markazida, Vatanni sevmoq, ota-
onaga hurmat ko‘rsatish, mehr, sadoqat, yaxshilik, ezgulik kabi insoniy fazilatlarni
ko‘rishimiz mumkin. Buni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning “Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik ─ milliy g‘oyamizning
poydevoridir” asarida quyidagicha izohlanishidan ham bilib olsak bo‘ladi:
“Ma’naviyatimiz uchun eng katta xavf ─ bu aksariyat odamlarimizdagi loqaydlik
va beparvolik kuchayib borayotganida” [3.11]. Yurtboshimizning ushbu nutqidan
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
37
keyin shuni ayta olishimiz mumkinki, demak har birimiz loqayd, bee’tibor
bo‘lmasligimiz lozim. Chunki jamiyatning har bir a’zosi o‘zini isloh qilish orqali,
vatanimiz yuksalishiga, taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladi desak adashmagan
bo‘lamiz. Buni XIX asrda o‘rtalari, XX asar boshlarida yashagan,
jahon
adabiyotida o‘zining bir qancha she’rlari, hikoyalari, ertaklari, dramalari bilan
tanilgan Oskar Uayld asarlarida ham duch kelishimiz aniq. Yozuvchi, shoir, nosir,
tanqidchi, dramaturg 1854-yil 16-oktabrda Irlandiyaning Dublin shahrida ziyolilar
oilasida tug‘ilgan. [2.196]. Adibning otasi ham, onasi ham ilmli bo‘lgan. Onasi
she’riyatga ixlosi baland, adabiyotdan xabardor bo‘lganidan she’rlar yozib turgan.
Shoira sifatida tanilgan. Farzand kamolotida ota-onaning o‘rni beqiyosdir. Shu
sababdan bo‘lsa kerak, Oskarning oilasida san’atning ulug‘lanishi natijasida,
ularning uyiga ilm ahllari, san’atkorlar yig‘ilib turgan. Bunday tez-tez
tashkillashtirilgan mehmondo‘stlikdan keyin Uayldning ham qalbida adabiyotga
iliqlik paydo bo‘la boshlagan. Dastlabki ta’limni kichik yoshidan onasidan olgan.
Shu zaylda o‘qishini davom qildirib, dunyoning nufuzli ta’lim dargohlarida o‘qigan.
Dunyoning bir qancha davlatlarida bo‘lgan. Adib nomini abadiyatga muhrlagan
asarlaridan biri, qaysidir ma’noda shoh asari bu “Jiddiy bo‘lish qanday muhim”
komediyasidir. “Baxtli Shahzoda” ertagi 1888-yilda yozilgan. U asosida
O‘zbekiston Respublikasida “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan 1992-yilda
multfilm ishlangan [2.197].
MUHOKAMA (ОБСУЖДЕНИЕ/DISCUSSION).
“Baxtli Shahzoda”
ertagi tuzilishi jihatidan qisqa va lo‘nda bo‘lganidan bugungi kunga qadar o‘z badiiy
estetik qiymatini yo‘qotmay kelyapti. Asarning markazida vafot etgan shahzodaning
haykali turadi. Ya’ni bolaligidan to‘kin-sochin hayotda yashagan, umri davomida
qiyinchilik ko‘rmagan bola. Erta olamdan o‘tganidan keyin, katta, chiroyli, qimmat
javohirlar bilan bezalgan, shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan haykal orqali
asar yoritilib berilgan. Shahar markazida qad rostlagan mazkur haykalning oldiga
Qaldirg‘och qushining kelishi va uning oyoq ostida vafot etishi bilan asar yanada
jonlantirilgan. Mehr-muhabbat, sadoqat, vafo, qadr-qimmat kabi his-tuyg‘ular
nafaqat insonga, balki, hayvonlarga ham xosligi shu qush orqali yoritilib berilgan.
Bu yerda Qaldirg‘och qushi sheriklaridan qolib ketib, tunashga joy qidirib yurganida
baxtli shahzodaning haykali yoniga kelib qoladi va oyoqlari ostiga qo‘nib oladi.
Behosdan yomg‘ir tomchisi ustiga tushishi bilan qush hayratlanadi. Atrofiga qarab,
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
38
axir havo yaxshi, bulut ko‘rinmaydi qayerdan keldi bu tomchi deb hayron turganida
yana bir yomg‘ir tomchisi tushadi. Shunda Qaldirg‘och:
“–E, o‘rgilib qo‘ydim: yomg‘irdan saqlolmaydigan haykaldan nima naf?!”
[2.199] deya afsuslanib gapiradi. Lekin bu fikr qisqa vaqtgagina amal qiladi. Chunki
qaldirg‘och jahli chiqib endi uchay deb turganida osmondan yana bir tomchi suv
tushdi. Ajablangan qush birdaniga yana yuqoriga qaraydi va haykalning ko‘zlaridan
oqayotgan marjon-marjon yoshlarni ko‘radi. Nima qilishini bilmasdan unga savol
bilan yuzlanadi:
“–Sen kimsan?
–Men Baxtli Shahzodaman.
–Unda nega yig‘layapsan?” [2.200] deganida u o‘tmishini, tiriklik chog‘ida
rohat-farog‘atda yashaganini, loaqal bir martagina ham yig‘lamaganini aytib beradi.
San-Susi saroyi shunday umrining baxtli onlarini kechirgan joyi sifatida tasvirlaydi.
U do‘stlari bilan o‘yin-kulgu qilib vaqtini chog‘ o‘tkazganini, yon-atrofi faqatgina
go‘zallik bilan burkanganini bod-bod aytadi. Shu zaylda yashadim va shu tarzda
vafot etdim deb ho‘rsinib qo‘yadi. Garchan uning yuragi hozir qalaydan bo‘lsa ham,
ko‘z yoshlarini tiya olmaydi. Insoniylik tuyg‘ulari barq urib, ufurib turganini
shundan ham bilib olsak bo‘ladi. Yig‘lab turganini sababini ham quyidagicha
izohlaydi:
“–Uzoqda, huv anavi tomonda, jinko‘chada derazasining bir tabaqasi ochiq
turgan kulbani ko‘ryapman” [2.201] shu uyda bir tikuvchi ayol istiqomat qilishini,
saroy ahlining liboslarini tikaishini, ayni damda bolasi bemor ekanligi aytadi.
Shahzodaning qo‘lidagi qilich dastasida qimmatbaho tosh borligini va uni olib o‘sha
ayolga olib borib berishini aytadi. Biroq Qaldirg‘och ketishini, yaqinlari uni
kutayotganini ayganida, Shahzoda undan o‘tinib yolvorib, unga yordam berishini
so‘raydi. Qushning bolalarni hushlamasligi, buning bir qancha sabablari borligi
uchun va havoning salqinligi uchun dastlab yo‘q deya javob beradi. Chunki
Qaldirg‘ochlar issiq mamlakat, o‘lkalarda yashaydi. Lekin, o‘tinishlar natijasida
rahmi kelib, oxir-oqibat rozi bo‘ladi. Toshni olib borib, u yerda ko‘rganlarini
Shahzodaga aytib beradi. Endi sovuq qotmay turganini aytadi. Shunda Shahzoda:
“–Chunki sen savobli ish qilding-da” [2.202] deb unga javob beradi. Adib
ushbu dialog orqali insondagi fazilatlarni hayvonga ko‘chirish natijasida asarning
badiiy estetik qiymatini oshirgan desak adashmagan bo‘lamiz. Keyin qilgan ishidan
xursand bo‘lib, daryoda cho‘milib turganida uni odamlar ko‘radi va qishda bu
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
39
yerlarda Qaldirg‘och nima qilib yuribdi deb ajablangan holda matbuotlarga har xil
maqolalar yo‘llaydi. O‘zi haqidagi ma’lumotlarni, yangiliklarni eshitgan qush oxir-
oqibat Misr tomonga, issiq o‘lkalarga ketishga qaror qiladi. Ammo, ketishi oldidan
Shahzodasi yoniga kelib, ketmoqchiloigini, u taraflarga qandaydir narsa berib
yuborsa olib ketib, yetkazib berishini aytadi. Ikkinchi bora unga yana yolvorib,
ketmasligini, bir yigitchaga yordam berish uchun qolishini iltimos qiladi. Qush axir
meni kutishyapti deb bir necha bor aytadi. Qalbidagi iliqlik avj urib, yana bir kun
qolishini, yigitchaga yordam berishini aytadi. Bu safar nimangni olib beraman
deganida, ko‘zidagi javohirlar Hindistondan keltirilganligini va u juda noyob,
qimmatbaho ekanligini ta’kidlaydi. Shunda qush bir deganda bir ko‘zining nurini
olib, muhtoj bolaga olib borib beradi. Qaldirg‘och yana iqlimning, obi-havoning
sovuqligidan shikoyat qilib Misrga ketishini, u yerdan ko‘zlariga nur olib kelishi
aytadi. Uni hech qachon unutmasligini va bahorda yana haykali oldiga kelishini
aytib turganida, Shahzoda bir qizaloqning yig‘lab turganini eshitadi. Anashu
qizchaga yordam berishimiz lozim. Buning uchun sen ikkinchi ko‘zimni ham o‘yib
ol va unga yetkazib ber deya yolvoradi. Noiloj qolgan qush uning iltimosini bajaradi
va qizchani ko‘nglini hushnud qiladi. Endi ikkala ko‘zidan ayrilgan Baxtli
Shahzodaga qushni judayam rahmi keladi. Shu kungacha hayotida bo‘lib o‘tgan
barcha voqealarni aytib berib, uni xursand qilishga harakat qiladi. U shaharni kezib
chiqishini, atrof-muhitni, odamlar qanday hayot kechirayotganini bilib kelishini
iltimos qilganida, Qaldirg‘och uni gapini yerda qoldirmay hamma yerni sayr qilib
keladi. Ko‘rgan kechirganlarini batafsil aytib beradi. Boylar bir tarafda rohat-
farog‘atda yashasa, kambag‘al bechoralar ayanchli holda yashayotganini, bolachalar
och-nahor yurganini aytganida Shahzoda chiday olmaydi va shunday deya xitob
qiladi:
“Dunyoda eng mushkul jumboq – nochorlikdir” [2.204] deydi haykalning usti
qat-qat oltin bilan qoplanganini, uni olib muhtoj insonlarga tarqatishini aytadi.
Qaldirg‘och birma-bir oltinlarini yechib olib, och-nochor xalqqa ulashadi.Hamma
xursand, endi to‘yib non yeyishlarini, qornini to‘ydirishlarini aytishadi. Bu vaqt
ichida Baxtli Shahzodaning na oltini, na dur-u javohirlari qolgan edi. Qor yog‘ib,
kunlar yanada sovub borgan bir pallada, qush kelib Shahzodaning yelkasiga qo‘nib
u bilan xayrlashadi, alvidolar aytib turganida, Shahzoda Misrga ketayotganidan
judayam xursandligini aytadi. Qaldirg‘och esa abadiy hayotga ketayotganini, uni
hech qachon yolg‘iz tashlab ketmasligini aytib, oyoqlari ostida jon beradi. Bu
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
40
vaziyatdan keyin, Baxtli Shahzoda garchan haykal bo‘lsa ham, ichida nimadir
uzilganday bo‘ladi. Bo‘lgan voqeadan bexabar shahar Hokim aylanib yurib birdan
shunday deb baqirib yuboradi:
“–Baxtli Shahzoda juldurvoqiga aylanib qolibdi-ku!” [2.206] deya
hayratlanadi. Endi bu haykalni joyi bu yerda emasligini, uni eritib boshqadan
o‘zlarini haykalini yasashni muhokama qila boshlaydilar. Oxir-oqibat shahar
Hokimi va Maslahatchilari orasida uzoq vaqt bahs-munozaraga sabab bo‘ladi. Asar
so‘ngida Baxtli Shahzodaning haykali erimagani uni tirikligida ham, vafotidan keyin
ham ismini yo‘qolib ketmasligiga sababchi bo‘lgan desak adashmagan bo‘lamiz.
XULOSA (ЗАКЛЮЧЕНИЕ/CONCLUSION).
Xulosa qilib aytadigan
bo‘lsak, dunyoning qaysi qit’asida bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatning
purma’no, didaktik ko‘rinishdagi asarlari bo‘ladi. U xoh xalq og‘zaki ijodi
namunasi bo‘lishi, xoh muallif tomonidan yozilgan asar bo‘lishi mumkin. Buni
Oskar Uaylding asarida ham uchratishimiz tabiiy. Chunki, adibning “Baxtli
Shahzoda” asari tarbiyaviy jihatdan har qanday yoshdagi insonni qalbiga iliqlik,
saxovatpeshalik kabi tuyg‘ularni joylashi aniq. Yaxshilik, ezgulik qilish uchun
o‘zidagi bor qimmatbaho narsalarni berganidan ham Shahzodaning qanday jasur,
saxiy inson ekanligini bilib olsak bo‘ladi. Asarning markazida turgan qush ham
qaysidir ma’noda eng oliy ishni qilgan deya ayta olamiz. Chunki issiq
mamlakatlarga ketib, jon saqlashdan voz kechib, Shahzoda bilan birgalikda
ko‘pchilik muhtoj xalqqa yordam bergani buning yaqqol isbotidir. Asarning g‘oyasi
insonparvarlik bilan birgalikda, tarbiyaning oliy darajada shakllanishida deya ayta
olamiz. Ertakning yosh-avlod tarbiyasidagi ustuvorligi shundan iboratki, bugungi
kunda texnologiyalar asrida, har xil elektron vositalardan qochib, shunday asarlar
mutolaa qilishga xohish va vaqt topa olishidadir. O‘quvchi asar o‘qish davomida
nafaqat yangi bilim oladi, balki dunyoqarashi, fikrlash doirasi kengayadi. Biz
o‘ylaymizki mazkur ertak kabi hikmatomuz asarlar inson rivoji va kamolotida
muhim manbalardan biri desak adashmagan bo‘lamiz. Yozuvchining yana bir necha
asrlar davomida nomini tarixga muhrlaydigan, qo‘lma-qo‘l bo‘lib, sevib mutolaa
qilinadigan asarlaridan biri aynan shu asardir deya ishonch bilan ayta olamiz.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
41
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch .–Toshkent:
“Ma’naviyat”, 2008. – 108 b
2
.
Mirzayeva Z., Jalilov K. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun
darslik. –Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. –224 b
3. Shavkat Mirziyoyev. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik ─ milliy
g‘oyamizning poydevoridir. ─Toshkent: “Tasvir” nashriyot uyi, 2021. ─36 b.
