“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
690
Yengil atletika uloqtirsh turlarida sport mashg‘uloti nazariyasi va
metodikasining rivojlanishini tahlil qilish
Farg‘ona davlat universiteti Ko‘p kurash sport turlari nazariyasi va
uslubiyati kafedrasi mudiri: E.A.Erkayev
Kalit so‘zlar:
zamonaviy, maqsad, vazifalar, vositalar, metodlar, pedagogik,
mushak, fiziologik, psixologik, integral, standartlashtirilgan, rivojlantirish.
Annotatsiya
Hozirgi paytda yengil atletikaning uloqtirish turlarida sport
mashg‘uloti ma’lum bir standartlashtirilgan harakat amalining shakllantirilishi,
ya’ni avtomatlashtirilgan malakalarini hosil qilish bilan chegaralanadi. Shu sababli
bu jarayon samaradorligini oshirish muammosini hal qilishda birinchi navbatda
uloqtiruvchilarning harakat tayyorgarligini takomillashtirish masalalarini qamrab
olishi zarur. U o‘z navbatida harakat qobiliyatlari va sport mahoratini hamda
morfofunksional ixtisoslashuvining shakllanishi jarayoniga xos bo‘lgan
qonuniyatlar bo‘yicha ularni rivojlantirish orqali ochib beriladi.
Ключевые слова:
современный, цель, задачи, средства, методы,
педагогический,
мышечный,
физиологический,
психологический,
интегральный, стандартизированный, развитие.
Аннотация
В настоящее время спортивная подготовка в метаниях в
легкой
атлетике
ограничивается
формированием
определенного
стандартизированного двигательного действия, то есть формированием
автоматизированных навыков. Поэтому при решении проблемы повышения
эффективности этого процесса необходимо в первую очередь освещать
вопросы совершенствования двигательной подготовленности метателей. Она,
в свою очередь, раскрывается через их развитие по закономерностям,
присущим процессу формирования двигательных способностей и спортивных
навыков, а также морфофункциональной специализации.
Hozida zamonaviy sportda zamonaviy sportchilar tayyorlash tizimi murakkab,
ko‘p omilli hodisa bo‘lib, maqsad, vazifalar, vositalar, metodlar tashkiliy shakllar,
moddiy texnik shart sharoitlarni va hakozolarni o‘z ichiga oladi. Sportchilar
tayyorlashning tashkiliy – pedagogik jarayonini hamda eng yuqori sport natijalariga
erishishni ta’minlaydi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
691
Sport mashg‘ulotlarining eng muhim vazifasi va ajralib turuvchi xususiyati –
bu insonning harakat qobiliyatlarini oshirish va takomillashtirishdan iborat.
Jismoniy mashqlar sportda takomillashning asosiy vositasi hisoblanadi. Sport
mashg’ulotlarida jismoniy mashqning bajarilishi mushak faoliyati bilan bog‘liq va
shu tariqa fiziologik funksiyalarning qayta tuzilishiga, ishchi organda neorfologik
va biokimyoviy o‘zgarishlarga olib keladi. Bu o‘zgarishlar turli xil va ko‘p qamrovli
bo‘lib, biroq ularning ichida umumiy moslashish tamoyillari yotadi.
Sportchining maxsus harakat faoliyati jismoniy sifatlarining mos darajada
rivojlanganligini, yaxshi harakat texnikasini va bu faoliyatni ta’minlovchi organizm
tizimlarining zarur holatini munosib psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Bu
komponentlar yig‘indisi sportchining integral tayyorgarligini hamda
uloqtirishlardagi real natijani aniqlab beradi [56; 25 b].
Shunga qaramay sport amaliyotning ko‘rsatishicha tayyorgarlikning turli
tomonlari umuman xilma – xil uyg‘unlashtirilganda rekord natijaga erishish
mumkin. Bitta maqsadning o‘ziga har xil yo‘llar bilan va turli xil vositalar
yordamida erishish mumkin. Boshqacha aytganda sportchi individual xususiyatlari
bilan aniqlanadi. Shu bilan birga tayyorgarlikning individual o‘zgaruvchanligi sport
takomillashuvi jarayonini tuzishning umumiy qonuniyatlari chegarasidan chiqishi
mumkin emas.
Sportchilar tayyorlashning hamma vositalari jismoniy texnik, taktik funksional
va psixologik tayyorgarlikni takomillashtirish vazifalariga muvofiq guruhlarga
bo‘linadi. Tabiiyki u yoki bu vositaning ma’lum bir guruhga tataluqliligini aniq
chegaralab qo‘yish har doim ham mumkin emas, biroq bunday tizimlashtirishni
amalga oshirish mumkin.
Hozirgi paytda yengil atletikaning uloqtirish turlarida sport mashg‘uloti
ma’lum bir standartlashtirilgan harakat amalining shakllantirilishi, ya’ni
avtomatlashtirilgan malakalarini hosil qilish bilan chegaralanadi. Shu sababli bu
jarayon samaradorligini oshirish muammosini hal qilishda birinchi navbatda
uloqtiruvchilarning harakat tayyorgarligini takomillashtirish masalalarini qamrab
olishi zarur. U o‘z navbatida harakat qobiliyatlari va sport mahoratini hamda
morfofunksional ixtisoslashuvining shakllanishi jarayoniga xos bo‘lgan
qonuniyatlar bo‘yicha ularni rivojlantirish orqali ochib beriladi.
Bosqon uloqtiruvchilarni tayyorlashning shakllangan tizimi mashg‘ulot ta’siri
va nazorat ob’yekti sifatida bir qator psixofiziologik tizimlar va funksiyalarni
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
692
aniqlab beradi. Jismoniy tayyorgarlik jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasi bilan
aniqlanadi, ular orasida kuch, tezkorlik, chaqqonlik ustuvor ahamiyatga ega. Bu
sifatlarning maxsus harakat malakasida ro’yobga chiqarilishi texnik tayyorgarlik
bilan ta’minlanadi.
So‘nggi yillarda e’lon qilingan ishlarda sport mashg‘uloti natijasida jismoniy
mashqlanganlik rivojlanishini fiziologik mohiyatini ochib berishga ko‘p e’tibor
qaratilmoqda. Bunda jismoniy yuklamalarga moslashish mexanizmlariga alohida
urg‘u berilmoqda. Zero sport mashg‘uloti bu boshqariluvchi jarayondir, uni bilish
uchun avtomatik boshqaruv nazariyasi qoidalari jalb qilinadi.
Mashg‘ulot jarayonini tuzish metodologiyasi asosida sport mashg‘ulot
tamoyillari va qonuniyatlari yotadi. Organizm hayotiy faoliyatining ob’yektiv
umumbiologik qonuniyatlari va har xil bo‘lgan bir qator vazifalarni oldiga qo‘yish
va hal etishni nazarda tutuvchi boshqaruv nazariyasining asosiy qoidalari yotadi.
So‘nggi yillarda sport fanida sport mashg‘ulotlari asoslarini o‘rganish asosiy
nazariy qoidalarini paydo bo‘lishiga olib keldi. Ularning aniq bayoni A.P.Matveev
va Yu.V.Verxoshanskiy ishlarida aks etgan. Sport mashg‘ulotining boshlang‘ich
qoidasi yoki tamoyillari sifatida uning asosiy ob’yektiv qonuniyatlarini
umumlashtirgan holda aks ettiruvchi qoidalar ko‘rsatiladi [42; 25 b].
Yu.V.Verxoshanskiy quyidagi qonuniyatlar guruhini ajratadi:
1. Moslashish rivojlanishining umumiy qonuniyatlari;
2. Sport mahoratini shakllanishi jarayonining o‘ziga xos qonuniyatlari;
3. Morfofunksional ixtisoslashish qonuniyatlari
4. Holat dinamikasi va mashg‘ulot yuklamalarining bog‘liqligi qonuniyatlari
Shunday qilib sport fanining va sport mashg‘ulotlari metodikasining asosiy
qoidalari mashg‘ulot ta’sirlari hamda keltirib chiqaradigan sportchi holatining
o‘zgarishlari, moslashuvdan qayta tuzishlar orasidagi sababi yaqin aloqlari va
bog‘liqliklari bilan bog‘liq. Shuningdek, sport mashg‘uloti mazmunining turli
tomonlari uyg‘unligi, sport mashg‘uloti yagonaligi va sport faoliyatining boshqa
shakllari bilan bog‘liq.
Sportchilar tayyorlash metodikasi o‘zgaruvchanligi bilan ifodalanadi. U sport
mashg‘uloti tamoyillariga muvofiq doimo takomillashib boradi. Uning asosiy
rivojlanish yo‘nalishlarini ajratish mumkin. Birinchi galda bu mashg‘ulot ishi
umumiy hajmlarini keskin o‘sishi bilan ifodalanadi. Shu bilan birga mashg‘ulot
yuklamalarini hajmlarini oddiygina oshirib borish ularning mashqlantirish uchun
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
693
turli yo‘nalishdagi mashg‘ulot ishining samarali nisbatlarini izlab topish,
shuningdek mashg‘ulotni tashkil qilishning yangi shakllarini o‘ylab topish zarur.
Sport mashg‘ulotining metodik qoidalari rivojlanishining asosiy tendensiyasi
sifatida mashg‘ulotni jadallashtirish nisbatiga mashg‘ulot ta’sirlarini oshirish bilan
ajratiladi.
Mashg‘ulot shiddatini oddiy oshirish bilan bir qatorda mashg‘ulot sharoitida
musobaqa faoliyatini modellashtirish metodi keng tarqalgan.
Mashg‘ulotni jadallashtirishga yana yillik siklning aniq bosqichlarida
tayyorgarlik vazifalari va maqsadlariga muvofiq bir tomonlama yo‘naltirlgan
mashg‘ulot yuklamalari nisbatini oshirish ham yordam beradi.
Boshqa muhim tendensiya yuqori malakali sportchilar mashg‘ulot tizimini
sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga mosligi yoki tayyorgarlik tizimining
chuqurlashtirilgan
ixtisoslashuvi
hisoblanadi.
Sport
takomillashuvini
ta’minlaydigan asosiy mexanizmlardan biri, ma’lumki, tezkor va uzoq muddatli
moslashish jarayonlari hisobiga mashqlanganlik darajasining o‘sishi hisoblanadi.
Mashg‘ulotning boshlang‘ich bosqichida moslashish samarasi katta
miqiyosiga ega jismoniy sifatlardan birini maqsadli rivojlantirish boshqa sifatlarni
takomillashtirishga olib keladi.
Sport tayyorgarlik bosqichlarining Oliy sport mahorati darajasida moslashish
reaksiyalari yanada maxsus bo‘la boshladi. Qarshi moslashish ta’siri ancha
kamayadi, ba’zan esa umuman namoyon bo‘lmaydi.
Shunday qilib mashg‘ulot ta’siri samaradorligini oshirish mikrosikllarda
tayyorgarlik vositalarining ixtisolashtirilganligi bilan bog‘liq bo‘lgan vositalarni
jadallashtirishdan iborat. Ma’lum bir uyg‘unlikdagi vositalardan asoslangan holda
tanlab olish mashg‘ulotning turli davrlarida turli xil vazifalarni hal etishga imkon
beradi [25; 51-52].
Jismoniy tarbiya muammosiga tizimli tuzilmaviy yondashuv konsepsiyasining
shakllantirilishi nazariy tasavvurlarni ancha kengaytirishda va sport takomillashuvi
jarayonini amaliy bilishiga yordam beradi.
Ushbu konsepsiya asosida tayyorgarlikni boshqarish tizimiga kiruvchi barcha
tarkiblarini yaqindan o‘zaro bog‘likligi va yakuniy natijaga ta’siri to‘g‘risidagi
g‘oya yotadi. Ushbu konsepsiyaning qabul qilinishi sportchilar tayyorgarligini
tashkil qilishga bo‘lgan yangi qarashlarining rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Jismoniy
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
694
tarbiya nazariyasi va metodikasida mashqlar shartli ravishda umumtayyorgarlik,
maxsus tayyorgarlik va musobaqa mashqlariga bo‘linadi.
Shunga qaramay sport amaliyotida u yoki bu mashqlarni tasniflash juda qiyin,
chunki bir xil vaziyatda mashq umumiy tayyorgarlik mashqi, boshqa vaziyatda esa
maxsus tayyorgarlik mashqi bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga maxsus tayyogarlik mashqlari ma’lum bir asab mushak apparati
guruhlariga ta’sir kuchi bo‘yicha musobaqa mashqiga o‘xshash bo‘lishi yoki undan
birmuncha kuchliroq bo‘lishi kerak. Faqat shu qoidaga rioya qilingandagina
mashqlanganlikning ijobiy ko‘chishi mumkin bo‘ladi.
Sportchi malakasi ortib borishi bilan sportchi organizmi tizimlariga mashg‘ulot
ta’sirchanligini nafaqat kattaliklarini balki ularning nisbatlari ham o‘zgaradi.
Mashg‘ulot yuklamalari hajmi va shiddati ortadi. Teskari variant ham bo‘lishi
mumkin. Hozirgi paytida yuqori malakali sportchilar katta hajmdagi mashg‘ulot
yuklamalarini bajarishadi. Bu yerda albatta ular har xil shiddatdagi ish bajariladi.
Yengil atletikachining ko‘p yillik tayyorgarligini rejalashtirish jarayonida
uning yosh bosqichlarini shartli ravishda bo‘linishini inobatga olish zarur. Chunki
har doim ham shug‘ullanuvchilarning pasport yoshi biologik yoshga to‘g‘ri
kelavermaydi. Individual xususiyatlar va asosiy jismoniy sifatlarning rivojlanish
darajasinini snaryadni uchish ko‘rsatkichlariga muvofiq har bir bosqich
davomiyligini o‘zgarishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlar kechroq
boshlangan hollarda ko‘p yillik tayyorgarlikning tegishli bosqichlarini yosh
chegaralari suriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi
PF-5924-son “O‘zbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va sportni yanada
takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
2.
Mirzatillayev I.I., Qurbonov D.T., G‘aniboyev I.D. Xo‘jamkeldiyev G‘.S.
B.O.Aqmonov. / Darslik. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yengil atletika. -
Toshkent.: 2021
3.
Mаtveev L.P. Teоriya i metodikа fizicheskoy kulturi.UCHebnik dlya
institutоv fiziCHeskоgо kulturi – M, 1991, s 543.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
695
4.
Mаyfаt S.P., Mаlаfeyev S.N. Kоntrоl zа fizichyeskoy pоdgоtоvlennоstyu v
yunаsheskоm vоzrаste. – YEkаterinburg, 2003. – 120 s.
5.
Nikitishkin,V.G,Chesnokov N.N, ZeliCHe, B.F.Prokudin B.F “Legkaya
atletika, beg na korotkie distansii” izdatelstvo SovetskiY sport 2004g.
6.
Niyazov I “Yengil atletika” Farg’ona (o’quv qo’llanma) 2009 Y.
7.
NormurodovA. Yengil atletika va uni o’qitish metodikasi. –T. 2011.
Nurmekivi А. Beg nа 400 m: sоvremennаya trenirоvkа 2008. № 10,
8.
Erkayev E. O'RTA MASOFAGA YUGURISH TEXNIKASI
TARAQQIYOTINING USTIVOR YO'NALISHLARI //Conference on Digital
Innovation:" Modern Problems and Solutions". – 2023.
9.
Erkayev E. O'RTA MASOFAGA YUGURISH TEXNIKASI
TARAQQIYOTINING USTIVOR YO'NALISHLARI //Conference on Digital
Innovation:" Modern Problems and Solutions". – 2023.
10.
Erkayev E. “ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ” ФАНИ
ТАРАҚҚИЁТИНИНГ ҲОЗИРГИ КУНДАИ УСТУВОР АҲАМИЯТИ
//Conference on Digital Innovation:" Modern Problems and Solutions". – 2023.
11.
Erkayev E. ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ” ФАНИНИ
ЎҚИТИШДАГИ ИННОВАЦИЯЛАР ВА ИЛҒОР ХОРИЖИЙ ТАЖРИБАЛАР
//Conference on Digital Innovation:" Modern Problems and Solutions". – 2023.
12.
Erkayev
E.
TALABALARNI
JISMONIY
SIFATLARINI
HARAKATLI O'YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION VA
ILG'OR XORIJIY TAJRIBALAR //Conference on Digital Innovation:" Modern
Problems and Solutions". – 2023.
13.
Erkayev
E.
O'RTA
MASOFAGA
YUGURISHNING
XUSUSIYATLARI VA USTIVOR YO'NALISHLARI //Conference on Digital
Innovation:" Modern Problems and Solutions". – 2023.
