Mualliflar

  • E.A Erkayev
    Farg‘ona davlat universiteti Ko‘p kurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.127297

Kalit so‘zlar:

Yadro tezlik-kuch uzoqqa uchishini sport yugurish shug‘ullantiruvchi tahlil itqitish texnikasi yetakchi jismoniy sifatlari.

Annotasiya

Tezlik-kuch sifatlarining rivojlanish darajasi ko‘rsatkichlariga qaraganda, ta’kidlash joizki, yadro itqituvchilarda sakrash mashqlarida natijalar ancha o‘sgan. Masalan, joyidan turib uzunlikka sakrash bo‘yicha tekshiriluvchilarning natijalaridagi o‘sish 9 dan 12 sm gacha bo‘lgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

685




YADRO ITQITUVCHILARDA SPORT NATIJALARINING

JISMONIY SIFATLARGA BOG‘LIQLIGINI TADQIQ ETISH

Farg‘ona davlat universiteti Ko‘p kurash sport turlari nazariyasi va

uslubiyati kafedrasi mudiri: E.A.Erkayev

Kalit so‘zlar:

Yadro, tezlik-kuch, uzoqqa uchishini, sport, yugurish,

shug‘ullantiruvchi, tahlil, itqitish, texnikasi, yetakchi, jismoniy, sifatlari.

Annotatsiya:

Tezlik-kuch sifatlarining rivojlanish darajasi ko‘rsatkichlariga

qaraganda, ta’kidlash joizki, yadro itqituvchilarda sakrash mashqlarida natijalar
ancha o‘sgan. Masalan, joyidan turib uzunlikka sakrash bo‘yicha
tekshiriluvchilarning natijalaridagi o‘sish 9 dan 12 sm gacha bo‘lgan.

Ключевые слова:

ядро, скоростно-силовые качества, бег на длинные

дистанции, спорт, бег, тренировка, анализ, толчок, техника, лидер,
физические, качества.

Аннотация

По уровню развития скоростно-силовых качеств стоит

отметить, что результаты толкателей ядра в прыжковых упражнениях
существенно возросли. Так, например, прирост результатов испытуемых в
прыжке в длину с места составил от 9 до 12 см.

Yadro itqituvchilarda, tadqiqotchilar fikricha, tezlik-kuch sifatlarining

rivojlanishi sport natijasining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi, chunki itqitishda uloqtirish
harakatlarini kuchi snaryadlarning uzoqqa uchishini ta’minlovchi asosiy omillardan
biri hisoblanadi, shunga ko‘ra jismoniy sifatlarni sport natijasiga ko‘rsatiladigan
ta’sirini o‘rganish dolzarb sanaladi.

Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra

tezlik-kuch, kuch yo‘nalishidagi testlarning hamda tanlangan tur bo‘yicha sport
ko‘rsatkichlari keltirilgan (o‘rtacha) tahlili quyidagi xulosaga keltiradi.

Tezkorlikni o‘rganish asosida yadro itqituvchilar jismoniy tayyorgarligining

dinamikasini tadqiq etsak: yugurib kelib 30 m yugurish natijalariga ko‘ra bu
ko‘rsatkich ancha o‘sganligini isbotladi. Masalan, o‘smirlarda o‘rtacha 4,7 sek.dan
4,5 sek.gacha yaxshilandi (pasaydi). Mazkur fakt boshqa tadqiqotchilar tomonidan
ham qayd etilgan (V.P.Filin). Faqat shug‘ullantiruvchi omillar emas, balki
sportchilarning yoshi (12-16 yosh) bilan ham izohlanadiki, bu davrda tezkorlik sifati
o‘z rivojining cho‘qqisiga yetadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

686




Bizga ma’lumki, chidamlilik sifati yadro itqituvchilarning sport natijasi bilan

o‘zaro aloqador emas, biroq BO‘SM dasturi talab etadigan har tomonlama
tayyorgarlik uchun bu sifat zaruriy sanaladi. Olgan ma’lumotlarga ko‘ra,
sinaluvchilar – qizlar ham, yigitlar ham – 12 daq. (K.Kuper – chidamlikni aniqlovchi
test) davomida a’loga baholanadigan masofani yugurib o‘tdilar. Yigitlarning
ko‘rsatkichlari 3400 m dan 4000 m gacha, qizlarda esa 2900 m dan 3200 m gacha.

Biz guruhda shug‘ullanuvchilarni antropometrik, ya’ni bo‘y, vazn o‘lchovlarini

va jismoniy tayyorgarlik holatini o‘rganish uchun nazorat-sinov mashqlaridan
o‘tkazdik va olingan natijalarni 1-chi jadvalda ko‘rishingiz mumkin. Ikki yil o‘quv-
trenirovka jarayonida qanchalik o‘zgarganligini bilish uchun 2024 y. natijalarini
2025 y. ko‘rsatkichlari bilan tahlil qildik.

Bo‘y-vazn ko‘rsatkichlariga qarab ishonch hosil qilish mumkinki, tajriba

guruhiga mansub tarbiyalanuvchilarini yaxshi saralab olgan. Bunga ahamiyat
berilishi bejiz emas, biz bilamizki, snaryadning gorizontga nisbatan uchib chiqish
nuqtasi ham sport natijasiga katta ta’sir ko‘rsatadi, demak, balandroq bo‘yli
sportchilar ustunroq hisoblanadilar. Negaki, itqitish texnikasi to‘g‘ri ijro etilsa,
snaryadning qo‘ldan uchib chiqish nuqtasi balandroq bo‘ladi, demak, uchish
trayektoriyasi ham uzoqroq bo‘ladi. Bizning tekshiriluvchilarimizdan yigitlarning
bo‘yi o‘rtacha hisobda 180 sm dan 2024 y. 188 sm gacha, qizlarda esa 170-171 sm
atrofida, bu kishini xursand qiladi, chunki bunday bo‘yga egalar kelajagi bor
hisoblanadi, chunki yadroni chiqish nuqtasi yuqori bo‘ladi, vaznlari esa – yigitlarda
73-90 kg oralig‘ida, qizlarda 72-90 kg oralig‘ida.

Tezlik-kuch sifatlarining rivojlanish darajasi ko‘rsatkichlariga qaraganda,

ta’kidlash joizki, yadro itqituvchilarda sakrash mashqlarida natijalar ancha o‘sgan.
Masalan, joyidan turib uzunlikka sakrash bo‘yicha tekshiriluvchilarning
natijalaridagi o‘sish 9 dan 12 sm gacha bo‘lgan. Yadroni (5 kg) ikki qo‘llab pastdan
oldinga va bosh ustidan orqaga tashlashda ham shunga o‘xshash siljishlar yuz
bergan. Ular muvofiq ravishda o‘smirlarda yadroni oldinga tashlashda 13 m 96 sm
dan 14 m 26 sm ga o‘sgan, bosh ustidan orqaga tashlashda 15 m 91 sm dan 16 m 15
sm ga va qizlarda oldinga 9 m 96 sm dan 10 m 03 sm ga, orqaga esa 13 m 00 sm dan
13 m 20 sm ga ortgan. O‘zgarishlarni 3-chi va 4-chi jadvalda ko‘rishingiz mumkin.

Shunday qilib, o‘tkazilgan tadqiqotlar yadro itqituvchilarning, bizning

nazarimizda, nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan yetakchi jismoniy sifatlari
dinamikasini aniqlashgagina imkon berib qolmay, mashg‘ulotning vosita va


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

687




usullarini takomillashtirish yo‘llarini belgilab olish uchun sharoit yaratdi, chunki
tekshiriluvchilarning musobaqa natijalarida ham ijobiy siljishlar yuz berdi. Demak,
tajriba guruhining mashg‘ulot darslarida qo‘llanadigan usul hamda vositalar to‘g‘ri,
bu esa amaliyotda jiddiy ahamiyatga ega.

Izlanishda ishtirok etgan yadro itqituvchilar o‘z yoshida yetuk ilg‘or yadro

itqituvchilar deb hisoblanadi. Ularning erishgan yutuqlarini respublika miqyosida
o‘tkazilgan musobaqa natijalari va ularga taqdim etilgan diplomlar orqali bilib olish
mumkin (ilova qilinadi).

Yuqorida

aytilganlarni

tasdiqlash

uchun

respublika

miqyosidagi

musobaqalarning g‘olib va sovrindorlariga berilgan tegishli darajadagi diplomlarni
qo‘lga kiritganligi tasdiqlaydi.

Agar mashg‘ulot darslarining oqilona rejalashtirish va samaradorligi mezoni

sifatida sport natijasini qabul qiladigan bo‘lsak, murabbiy-o‘qituvchi O.Щukinaning
ish tajribasini namuna qilib ko‘rsatish mumkin. Shu sababdan biz mashg‘ulot
kundaliklarini tahlil etib ko‘rishga urindik va ustuvor yo‘nalishli haftalik sikllarni
tashkil etish variantlarini, eng ko‘p qo‘llanadigan mashg‘ulot vositalarini aniqladik.
Bularni mashqlardan misollar keltiramiz:

Yadroni oyoqlarni parallel joylashtirgan holatda joyidan turib hamda irg‘ib

bajarish. Yadro yoki to‘ldirma to‘pni (har xil og‘irlik) bosh ustidan orqaga va
pastdan oldinga tashlash. Imitasiyalar (shtanga grifi bilan): joyidan turib; grif bilan
burilishlar.

Shtanga: yotgan holda shtangani siqib ko‘tarish, o‘tirib-turishlar, qadoqtosh

bilan qo‘llarni bukib-yozish, shtanga lappaklari bilan burilishlari; qorin pressi va bel
qismini rivojlantiruvchi mashqlar; gavda atrofida aylanish; dast ko‘tarish, joyda
shtanga bilan qaychisimon qadam tashlash.

Joyidan turib uch qadamdan, zarb bilan yugurib kelishdan uzunlikka sakrash,

bir oyoqdan ikkinchisiga sakrashlar – 5x20 marta. Baryerlar osha sakrashlar, bir
oyoqda hakkalash.

Tezlanishlar: 3x60 m, 3x50 m, 3x100, toqqa qarab yugurish 50-70 m, kross

yugurishlar.

3.2 va 3.2-jadvallarda biz antropometrik ma’lumotlar ko‘rsatkichlarini

ko‘rishimiz mumkin, sportchining chidamliligini aniqlovchi K.Kuper testi bo‘yicha
(12 daq.) yugurish natijalari, itqituvchilarning tezkorligini aniqlashga yordam
beradigan yugurib kelib 30 m yugurish testida tadqiqotlargacha va undan keyingi


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

688




ko‘rsatkichlar hamda itqituvchilar uchun unchalik muhim bo‘lmagan
egiluvchanlikni aniqlovchi testdagi natijalarni ko‘rishimiz mumkin.

3.4-jadvalda tezlik-kuch, kuch yo‘nalishidagi testlarning hamda tanlangan tur

bo‘yicha sport ko‘rsatkichlari keltirilgan (o‘rtacha) tahlili quyidagi xulosaga
keltiradi.

Tezkorlikni o‘rganish asosida yadro itqituvchilar jismoniy tayyorgarligining

dinamikasini tadqiq etishga kelsak: yugurib kelib 30 m yugurish natijalariga ko‘ra
bu ko‘rsatkich ancha o‘sganligini isbotladi. Masalan, o‘smirlarda o‘rtacha 4,7
sek.dan 4,5 sek.gacha yaxshilandi (pasaydi – demak, yaxshilandi). Mazkur fakt
boshqa tadqiqotchilar tomonidan ham qayd etilgan (V.P.Filin) va, ehtimol, faqat
shug‘ullantiruvchi omillar emas, balki sportchilarning yoshi (12-16 yosh) bilan ham
izohlanadiki, bu davrda tezkorlik sifati o‘z rivojining cho‘qqisiga yetadi.

Bizga ma’lumki, chidamlilik sifati yadro itqituvchilarning sport natijasi bilan

o‘zaro aloqador emas, biroq BO‘SM dasturi talab etadigan har tomonlama
tayyorgarlik uchun bu sifat zaruriy sanaladi. 3.2 va 3.3-jadval ma’lumotlariga ko‘ra,
sinaluvchilar – qizlar ham, yigitlar ham – 12 daq. (K.Kuper testi – chidamlilikni
aniqlovchi test) davomida a’loga baholanadigan masofani yugurib o‘tdilar.
Yigitlarning ko‘rsatkichlari 3400 m dan 4000 m gacha, qizlarda esa 2900 m dan
3200 m gacha.

Bo‘y-vazn ko‘rsatkichlariga qarab ishonch hosil qilish mumkinki, tajriba

guruhiga mansub tarbiyalanuvchilarini yaxshi saralab olgan. Bunga ahamiyat
berilishi bejiz emas, biz bilamizki, snaryadning gorizontga nisbatan uchib chiqish
nuqtasi ham sport natijasiga katta ta’sir ko‘rsatadi, demak, balandroq bo‘yli
sportchilar ustunroq hisoblanadilar. Negaki, itqitish texnikasi to‘g‘ri ijro etilsa,
snaryadning qo‘ldan uchib chiqish nuqtasi balandroq bo‘ladi, demak, uchish
trayektoriyasi ham uzoqroq bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2021-yil

5-noyabrdagi

PQ-5282-son “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout”
sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

2.

Salomov R,Aripov Y .Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiya uslubiyati.-

T. Moliya. 2011.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

689




3.

Salomov R. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslbiyati.-T. Press. 2015.

4.

Shakirjanova K.T. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarda kotibiyat ishini

tashkil etish. Uslubiy qo‘llanma. – T.: O‘zDJTI nashriyot-matbaa bo‘limi. 2010 y. –
72 b.

5.

Shakirjanova K.T., Soliyev I.R., /Baryerlar osha yugurishga o‘rgatish

texnikasi va usuliyati, – T.: 2011 y.

6.

Shаkirjаnоvа K.T. Jismoniy tаrbiya jismoniy mоslаshishi sportchilаrning

mаshqlаngаnlik dаrаjаsining mezоni sifаtidа. T.: 2007.-36 s.

7.

Shаkirjаnоvа K.T. Yengil atletikа аhоlini sоg’lоmlаshtirish vоsitаsi sifаtidа.

Uslubiy qo’llаnmа. Tоshkent. 2011 Y. 35 bet.

8.

Shаkirjаnоvа K.T. Yengil atletikаdа bоshqаruv vа pedagogik nаzоrаt.

Mа’ruzа. O’zDJTI bоsmахоnаsi. Tоshkent. 2009 Y. 3,75 b.t.

9.

Shаkirjаnоvа K.T. Yengil atletikаdа spоrt mаshgulоtlаri аsоslаri. T.:2008.

10.

Erkayev E. O'RTA MASOFAGA YUGURISH TEXNIKASI

TARAQQIYOTINING USTIVOR YO'NALISHLARI //Conference on Digital
Innovation:" Modern Problems and Solutions". – 2023.

11.

Erkayev E. O'RTA MASOFAGA YUGURISH TEXNIKASI

TARAQQIYOTINING USTIVOR YO'NALISHLARI //Conference on Digital
Innovation:" Modern Problems and Solutions". – 2023.

12.

Erkayev E. “ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ” ФАНИ

ТАРАҚҚИЁТИНИНГ ҲОЗИРГИ КУНДАИ УСТУВОР АҲАМИЯТИ
//Conference on Digital Innovation:" Modern Problems and Solutions". – 2023.

13.

Erkayev E. ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ” ФАНИНИ

ЎҚИТИШДАГИ ИННОВАЦИЯЛАР ВА ИЛҒОР ХОРИЖИЙ ТАЖРИБАЛАР
//Conference on Digital Innovation:" Modern Problems and Solutions". – 2023.

14.

Erkayev

E.

TALABALARNI

JISMONIY

SIFATLARINI

HARAKATLI O'YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION VA
ILG'OR XORIJIY TAJRIBALAR //Conference on Digital Innovation:" Modern
Problems and Solutions". – 2023.

15.

Erkayev

E.

O'RTA

MASOFAGA

YUGURISHNING

XUSUSIYATLARI VA USTIVOR YO'NALISHLARI //Conference on Digital
Innovation:" Modern Problems and Solutions". – 2023.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi

PQ-5282-son “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

Salomov R,Aripov Y .Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiya uslubiyati.-T. Moliya. 2011.

Salomov R. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslbiyati.-T. Press. 2015.

Shakirjanova K.T. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarda kotibiyat ishini tashkil etish. Uslubiy qo‘llanma. – T.: O‘zDJTI nashriyot-matbaa bo‘limi. 2010 y. – 72 b.

Shakirjanova K.T., Soliyev I.R., /Baryerlar osha yugurishga o‘rgatish texnikasi va usuliyati, – T.: 2011 y.

Shаkirjаnоvа K.T. Jismoniy tаrbiya jismoniy mоslаshishi sportchilаrning mаshqlаngаnlik dаrаjаsining mezоni sifаtidа. T.: 2007.-36 s.

Shаkirjаnоvа K.T. Yengil atletikа аhоlini sоg’lоmlаshtirish vоsitаsi sifаtidа. Uslubiy qo’llаnmа. Tоshkent. 2011 Y. 35 bet.

Shаkirjаnоvа K.T. Yengil atletikаdа bоshqаruv vа pedagogik nаzоrаt. Mа’ruzа. O’zDJTI bоsmахоnаsi. Tоshkent. 2009 Y. 3,75 b.t.

Shаkirjаnоvа K.T. Yengil atletikаdа spоrt mаshgulоtlаri аsоslаri. T.:2008.

Erkayev E. O'RTA MASOFAGA YUGURISH TEXNIKASI TARAQQIYOTINING USTIVOR YO'NALISHLARI //Conference on Digital Innovation:" Modern Problems and Solutions". – 2023.

Erkayev E. O'RTA MASOFAGA YUGURISH TEXNIKASI TARAQQIYOTINING USTIVOR YO'NALISHLARI //Conference on Digital Innovation:" Modern Problems and Solutions". – 2023.

Erkayev E. “ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ” ФАНИ ТАРАҚҚИЁТИНИНГ ҲОЗИРГИ КУНДАИ УСТУВОР АҲАМИЯТИ //Conference on Digital Innovation:" Modern Problems and Solutions". – 2023.

Erkayev E. ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ” ФАНИНИ ЎҚИТИШДАГИ ИННОВАЦИЯЛАР ВА ИЛҒОР ХОРИЖИЙ ТАЖРИБАЛАР //Conference on Digital Innovation:" Modern Problems and Solutions". – 2023.

Erkayev E. TALABALARNI JISMONIY SIFATLARINI HARAKATLI O'YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION VA ILG'OR XORIJIY TAJRIBALAR //Conference on Digital Innovation:" Modern Problems and Solutions". – 2023.

Erkayev E. O'RTA MASOFAGA YUGURISHNING XUSUSIYATLARI VA USTIVOR YO'NALISHLARI //Conference on Digital Innovation:" Modern Problems and Solutions". – 2023.