“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
18
BOLANING KAMOL TOPISHIDA PSIXOLOGIK YONDASHUV
Raximova Nigora Abduzaxidovna
Tel: 97 712 78 66
Xalqaro islom akademiyasi qoshida tashkil etilgan " Ziyo- Zukko umumta'lim
maktabi" boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi
Annotatsiya:
Sizga ma’lumki, ko’pgina ota-onalar farzandlarini tarbiyalashda
turli xil to’siqlarga uchraydilar.Farzandni dunyoga keltirib, ularni voyaga yetkazib
katta qilish va ilm zinapoyalaridan qadamma-qadam yetaklab, dunyoni tanitishda
ota-onadan og’ir mehnatni, mashaqqatni talab etadi.
Kalit so`zlar:
zamonaviy madaniyat, ommaviy axborot tizimlari, Ta’lim
tizimida psoxologik metodlarning ijobiy natijalari, internet tarmoqlar.
Har bir ota-ona o’z farzandlarini qanchalik yuqori marralarga erishishlarini
orzu qiladilar. Ularning bilimi uchun sarmoya sarflab, qo’lidan kelganicha
zamonaviy maktab dargohlarida o’qitishga harakat qiladilar. Bola bilimli, ongli,
har tamonlama zakiy bo’lishi uchun va kelajakda komil inson bo’lib yetishishida
hissa qo’shadilar.
Shubhasiz, zamonaviy madaniyat va ayrim ommaviy axborot vositalari,
internet tarmoqlaridan kelayotgan turli tarbiyaga mos kelmaydigan ko’rsatuvlar bola
ongiga ta’sir etmoqda. Farzandni tarbiyalashda ya’ni, bir- biriga zid g’oyalar va
qadriyatlar bilan teskari qilib tashlanmoqda. Afsuski, ularning ko’pchiligi
bolaning dunyo qarashiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shularning barini hisobga
olgan holda farzandlarga internet tarmoqlardan to’g’ri foydalana olishni
o’rgatishimiz lozim. Ota-onalar ham bu jarayonda o’z farzandlari uchun asosiy
na’muna bo’lib qolaveradilar. Bundan tashqari, oiladagi tinch-totuvlik muhiti ham
bolaning tarbiyasida katta rol o’ynaydi.Oiladagi milliy qadriyatlar asosida tarbiya
topgan bola o’zaro hurmatni ko’rib katta bo’lsa, atrofdagi insonlarga ham hurmat
ko’zi bilan qaraydi.Katta va kichiklarni xurmat qilishni o’rganadi.Buni biz ustozlar
o’quvchilarni o’qitish va bilim berish jarayonida bilib olamiz.
O’quvchilarimizga bilim va tarbiya berar ekanmiz,ularni har bir ishda
mas’uliyatli bo’lib yondashishida yo’l ko’rsatishimiz lozim. Milliy qadriyatlar
asosida bilim berib, ta’lim- tarbiyani ongiga singdirib boramiz.O’quvchilar bilan
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
19
tarbiya darslarida turli mavzularda, yoritalayotgan mavzuning ijobiy va salbiy
tomonlari haqida suhbatlashiladi.
Ta’lim tizimida psoxologik metodlarning ijobiy natijalari
Bir necha yillik faoliyatim davomida o’quvchilar bilan psixologik metodlardan
foydalanib kelaman. “Ongli bola qanday bo’ladi?” mavzusida keng qamrovli
suhbat va mashg’ulot o’tkazganimda, mashg’ulot natijalari juda ham samarali va
ijobiy yakunlangan. O’quvchilar insonlarga qanday yordam berish kerakligi,
atrofdagilar bilan qanday munosabatda bo’lish lozimligi,ezgu ishlar nimaligi
to’g’risida o’z fikrini keng bayon etganlarini ko’rib, hayratga tushasiz.
Yana bir o’quvchim o’qish va yozishda sinfdagi boshqa bolalardan
o’zlashtirishda juda qiynalar edi. Unga yordam berish uchun ko’p
izlandim.Kuzatuvlarim natijasida ertalab boshlagan mashg’ulotlarini kechki tomon
yakunlashda qiyinchilikka duch kelishini aniqladim.
Bir kuni oldimga chaqirib ko’zini kichik ro’molcha bilan siqib bog’lab
qo’ydim. Keyin sinfning u boshidan, bu boshiga yurgazdim. Bola yurish jarayonida
doskaga, partalarga urildi va qiynalib meni qidirib yonimga topib keldi. Men ko’zini
yechar ekanman o’sha zaxoti bola yig’lab yubordi. Men unga, nimani his qilding,
deb so’radim. U ko’zim hech narsani ko’rmadi ,zulmat ichida qolib ,qo’rqib
ketdim dedi va meni qattiq quchoqlab oldi.Shu payt o’quvchimga, seni ko’zing bu
go’zal olamni ko’rib turibdi, senga o’xshagan ko’zi ojiz ,nogiron bolalar bor.Ular
bu yorug’ olamni ko’rishga muxtoj. Yozay ,chizay desa qo’llari nogiron . Shunday
bo’lsa ham ular oldinga intilib, rasm chizishga, dars qilishga, kitoblarni g’ijjalab
bo’lsa ham o’qishga harakat qiladilar. Senchi – sen, ko’zing bu yorug’ va go’zal
olamni ko’rib turibdi, oyoq va qo’llaring butun bo’lib turib, darslarni
o’zlashtirmaysan, dangasalik qilasan. Bilim olishga befarq munosabatda bo’lasan,
deb aytdim. Shu kundan boshlab shu o’quvchimda katta o’zgarishlar bo’ldi.
Sinfdagi eng a’lochi o’quvchilarim qatoriga qo’shildi.
Bu kichik bir psixologik yondashuv o’quvchimni butunlay yaxshi tomonga
o’zgartirdi.O’zida mas’uliyatni xis qilgan xolda, darslarni vaqtida va tez
bajaradigan bo’ldi. O’z oldiga ulkan maqsadlar qo’ydi. Birgina kichik bir “Ko’z
bog’lami” bolani mas’uliyatli bo’lishida, darslarga bo’lgan qiziqishida, oldinga
intilishida, hamma faol o’quvchilar kabi yaxshi bilim olish darajasiga chiqishida
katta yordam berdi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
20
“Dars muqaddas” dir! Biz ustozlar har bir darsga ajratilgan vaqtni muqaddas
bilib, mavzuga oid bilimlarni o’quvchilarimiz ongiga singdirar ekanmiz, milliy
qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashimiz lozim. O’quvchilarimizga kattalarni hurmat
qilishini , halollikni, adolat kabi asriy qadriyatlarni singdirishimiz lozim.Bu
jarayonda biz ustozlar va ota-onalar ularga har tomonlama na’muna va o’rnak
bo’lishimiz darkor.
Shu o’rinda buyuk donishmandlarning so’zlariga nazar solsak:
Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri - o’quvchiga hurmatda.
R.Emerson
O’z burchini vijdonan ado etuvchilargina erkin yashaydilar.
Setseron
Go’zallik tuyg’usini singdirmay turib, to’laqonli barkamol insonni voyaga
yetkazish mumkin emas.
P.Tagor
Bola bamisoli momiq bir narsaga o’xshaydi. Biz kattalar nima qilsak, shuni o’ziga
tortib oladi.
G.M. Qo’chqorova
Vatan oldidagi burch, fidokorlik, halollik kabi go’zal xislatlar, noyob
fazilatlardir.Ular faqat yoshlikdan boshlab inson tabiatiga singdiriladi. Ota-ona va
o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri yosh avlodga vatanparvarlik tuyg’usini
shakillantirishdir. Vatanga, ota- onaga, Ona tabiatga, kattalarga hurmat, fidokor,
halollik ruhida tarbiyalangan boladan kelajakda “Komil inson” bo’lib yetishadi
degan umiddaman.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1.
Raximova Nigora Abduzaxidovna - Xalqaro islom akademiyasi qoshida
tashkil etilgan "Ziyo- Zukko umumta'lim maktabi" boshlang'ich ta'lim
o'qituvchisi (muallifning o`zi)
